From heart
39 subscribers
266 photos
72 videos
46 links
Har gapda 2 ta ma'no bor. Balki 3 tadir

Shaxsiy hudud #Samimiy
Download Telegram
#salavot_aytishni_unutmang


"Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad "

@Shu_yaxshi
Kimnidur juda kuchli sevishning badali, ortiq hech kimni sevolmaslikdir!

@Shu_yaxshi |
Mabodo hokim bo'lsam ham muammo yo'qda, so'kishni onasini emdirvoraman...))

@Shu_yaxshi | 😏
Yengilma Tur
Konsta
Agar yashashga topmasang mazmun , qara Onang qanday go'zal ayol ! Tog'ri menga gapirish oson lekin osonmas darding oldida ojiz bo'lish.

©Konsta

@Shu_yaxshi
"Balki Xudo inson daraxtlarga ham jilmayib boqishi uchun sahroni bino qilgandir?"

©Alkimyogar

@Shu_yaxshi
Bir ayol jonli efirda boʻlayotgan “fatvo” loyihasiga qoʻngʻiroq qilib, Shayxga savol berdi:
- Nima uchun islom (dini) bizni halol, harom amallarda erga itoat etishimizni chegaralab, unga bogʻlab qoʻydi-yu, lekin, erkaklarni bizga itoat etishda bogʻlamadi?
- Sizni nechta farzandingiz bor?
- Uchta oʻgʻlim bor.
- Alloh taolo sizni bir erkakga itoat qilishingizga buyurib, uchta erkakni esa sizga itoat qilishga buyurib qoʻydi. Siz oʻsha bir erga itoat etmasangiz jannatga kirmaysiz. Ular uchta erkak sizga itoat etishmasa jannatga kirishmaydi. Qani aytingchi, ortiqlik kim tarafda?

@Shu_yaxshi
Holimizni chin dildan so'rovchi topilsa-yu, "Ahvolim yomon " desak...
#Parcha

Xudbin emas, fidoyi bo‘ling. Sevgida xudbinlik bor. Chunki sevgi ikki tomonlama bo‘lishi kerak. Sevgi javob istaydi. Oshiq ma’shuqasi tomonidan sevilishni orzu qiladi. Siz unga ko‘p vaqt ajratasiz. U esa sizga u qadar e’tiborli emas. Hatto ba’zan o‘zgalar uning iltifotidan sizdan ko‘ra ko‘proq bahramand bo‘ladilar. Keragicha sevilmayotgandek his qilasiz o‘zingizni. Men sizga boshqacha sevgi tavsiya qilaman. Qiyin, ammo samarasi bo‘ladigan, sizni baxtli qiladigan sevgini. Oluvchi emas, beruvchi bo‘ling. Qancha olganingizni emas, qancha
berganingizni o‘ylang. U uchun nimalar qildingiz, nimalarga
bardosh berdingiz, nimalarni fido qildingiz, shularni hisob-kitob qiling. Aslida sevganingiz uchun nimalardir
qilganingizda ham o‘zingizni o‘ylagan bo'lasiz

© Kitobdan

@Shu_yaxshi
Onalar hech qachon o'lmaydi. Farishtaga aylanishadi.
©Ilhaq
Berkitgan mazmunim his etasanmi vujuding - la
4 yildan beri birorta qizga gapirmaganim uchun davlat menga bitta "Maluba" bersa ham yomon bo'lmas edi...
Qarg'alar uchsa qaraylik Marg'ilonning yo'liga
Hidi kelsa mast bo'laylik handalakning bo'yiga


Kecha "Ilhaq"da qahramon shu qo'shiqni aytib o'lib ketdi. Qo'shiqni eshitib allanechuk bo'lib ketdim.

Oqpodsho Marg'ilon uyezdini bosib olgach, erkak zotini bitta qoldirmay Marg'ilon yo'lida osib o'ldiradi. Osilgan murdalarni tushurib olishga yo'l qo'ymaydi. Qarg'alar esa mayitlarni yeyish uchun uchib keladilar. Aka-ukasiz, otasiz, ersiz qolgan ayollar himoyachilarini himoya qilish uchun, ko'zlarida yosh bilan qarg'alarni quvadilar:

"Qarg'alar uchsa qaraylik Marg'ilonning yo'liga"

Vafot etganlarning hidi shunchalik anqigan ekanki, shamol essa uzoqlarga yetib borib, ko'zlarni yoshlatar ekan. Vafodorlar og'alari hidini eng totli handalakka qiyoslab shu satrlarni aytishgan:

"Hidi kelsa mast bo'laylik handalakning bo'yiga"

Endi bu qo'shiqni mazmunini bilib oldingiz. Bobolar ruhini hech qachon unutmang. Shu Vatan barchamizniki, ota merosni asraylik.


@Shu_yaxshi
#shunchaki

Dunyo ham Nuh kemasiga oʻxshab borayabdi, odamlar kam-u, hayvonlar koʻpdek...

@Shu_yaxshi mi?
Karonavirus haqida men o‘qigan eng yaxshi tvit:

- Ona, O‘zbekistonga ham karonavirus kelibdi.
- Unday bo‘lsa, tahoratsiz yurma bolam
- Nimaga ona ? Karonavirus yuqmasligi uchunmi ?
- Yo‘q, tahoratsiz o‘lib qolmaslik uchun...

@Shu_yaxshi
Forwarded from Deleted Account
Qalamlar ko'tarilgan sahifalar qurigan.

@Shu_yaxshi
Sevgi har xil.

Xotinimga narsa olsam, narxini oshirib aytaman. Xursand boʻlsin deb.
Onamga narsa olsam, pasaytirib aytaman. Koyimasinlar deb...

©Qahramon Aslanov

@Shu_yaxshi
#dialog #kayfiyat

- O'glim, telefoningni kodini ochib ber qani, bir ko'raylik-chi!
- Dada, barmoq izim esimdan chiqib ketibdi..

©bittada

@Shu_yaxshi
Hamma uxlab yotibdi.

Oshqozon:

– Brat nimadir qilayleek ☹️

@Shu_yaxshi
Sms keladi:

"Assalomu alaykum, yaxshi dam oldingizmi 🤗 kayfiyatingiz yaxshimi 🙃 Kuningiz xayrli o'tsin 🤲 O'zingizni ehtiyot qiling, ho'pmi, Maskangizni taqish esingizdan chiqmasin 🤨"



Qaysi go'zaldan bunday maktub keldi deb tursang tepasida Minzdrav degan yozuv turadikuuu 🤦‍♂

@Shu_yaxshi