From heart
40 subscribers
266 photos
73 videos
47 links
Har gapda 2 ta ma'no bor. Balki 3 tadir

Shaxsiy hudud #Samimiy
Download Telegram
Aytilmagan bir so'z qoldi
Turinglar ey nomozga kech qolasizlar.
Forwarded from Buyuklar (Sᴀʀᴅᴏʀ Esʜʙᴇᴋᴏᴠ.)
​​​Ramazonning ilk kuni

(Tasavvufiy hikoyalar turkumidan)

Keksa cho‘pon suruvini o‘tlatish uchun yaylovga chiqqanda tepalikda joylashgan olma daraxtining ostida o‘tirib xordiq chiqarar, so‘ng agar meva pishadigan mavsum bo‘lsa unga qarab:
- Qani daraxtjon, endi qariyaning ulushini beraqol, - derdi va sara
olmalardan biri cholning qo‘liga kelib tushardi. Keksa chol sadaf qo‘ndoqli pakkisini yonidan chiqarib uni tilimlab tanovul qilganidan so‘ng Qur’oni karimni o‘qishni boshlardi.
Cho‘pon bu daraxtni yigirma yil avval ekkan vaqti unga mehr bergan, tahoratidan suv orttirib uni sug‘organdi. Olma daraxtining ildizi manashu suvlardan kuch olib tez orada meva bera boshlagandi. U paytlar ham cho‘pon zabardast, ham daraxtning bo‘yi past bo‘lgani uchun bo‘y cho‘zib bemalol yaxshi pishgan olmalardan o‘zi uzib olardi.
Biroq, oradan o‘tgan shuncha yillar uning belini bukib, bo‘yini pastlatgan, daraxt esa chinordek ko‘kka yuksalgandi. Ammo, nima bo‘lganda ham daraxt shu cholning ekkan daraxti bo‘lib qolaverardi. Uni o‘z farzandidek suyib siypalarkan:
- Qani daraxtjon, bugungi qismatimni beraqol, - derdi va bu necha
yillardan beri davom etib kelar, daraxt pishgan va eng sara olmalarini beminnat uzatishda davom etardi.
Qishloq aholisi bu voqeani uzoq-uzoqlardan kuzatar va o‘zaro bu haqda gaplashar, hamda bu keksa cho‘ponning valiy zot ekani haqida gaplar yurardi.
Chol bir kuni daraxt ostiga kelib yana har kungidek ulushini so‘radi. Daraxtning mevasi g‘uj bo‘lishiga qaramay negadir birorta ham olma bermadi. So‘ng chol yana so‘radi, lekin kutgan narsasi tushmadi. Ko‘zyoshlari soqollari orasidan sizib tusharkan, yuragi to‘lib ketgan bechora chol daraxtdan nari ketib o‘zini qo‘ylarining orasiga otdi, ilk marta daraxti uning istagini rad etayogandi.
Cholning beli har doimgidan ko‘ra ko‘proq bukilgan, oyoqlari madorsizlikdan yura olmaydigan holga kelgandi. Chol qo‘ylarini sekin-asta to‘plab qishloq tomon yo‘l olgan vaqtda pastda joylashgan masjidning bugun o‘zgacha nur taratayotgan minoralaridan kelgan azon ovozini eshitib birdan seskanib ketdi. Go‘yo yangitdan dunyoga kelgandek edi. Bir narsa yodiga tushdi. Bolalardek sevinib daraxtining yoniga yugurdi va unga mehr bilan yaqinlasharkan:
- O‘zimning daraxtjonim, - dedi qichqirib yig‘lab, - mening go‘zal
daraxtim, mushk xidligim. Shu esidan chiqargan qariyani ranjitmay nega vaqtliroq ayta qolmading, bugun Ramazonning ilk kuni ekanini!

@Buyuklar_sozlari- bizni kuzatib boring.
#mustasno

Dengizda berilgan va'da sohilga chiqqach unutilarkan...

@Haqiqat_hammasi
#mood

Amerikalik turist o‘zbek bilan Samarqandni aylanib yurib:
— Bu yerlarda binolar past ekan, masalan manabu bino bizda bo‘lganida 10 barobar baland bo‘lardi, - debdi bir binoni ko‘rsatib.
O‘zbek:
— Ha, albatta axir bu jinnixonaku, - dermish.

@Haqiqat_hammasi 😂🤦‍♂
Bir kuni shunday odamni uchratasanki, uning ko'zlaridan senga taqdir qarab turadi.

©Elchin Safarli. "Qaytganimda uyda bo'l"


@Haqiqat_hammasi | ❤️
​​Hamma gapirayotganda sukut saqla. So'zlaring sevgi haqida jaranglasa ham, jarangiga ko'z yoshlaring hamrohlik qilsa ham gapir. Yoningdagilarni kechira olishni o'rgan,shunda o'zing ham kechirilishga muyassar bo'lasan. Shoshqaloqlik qilma, ammo qayig'ing qayoqqa suzayotganligini ham esdan chiqarma. Balki u yo'ldan adashgandir...

©Elchin Safarali - Qaytganimda uyda bo'l

@Haqiqat_hammasi | ❤️
Trust me, I’m a liar
Men sen bilan samolardanda balandda.
​​"...uning ko'zlaridan menga taqdir qarab turardi".

@Haqiqat_hammasi | ❤️
Forwarded from Talabaning shaxsiy kundaligi
Ho’p desang, birga choy ichamiz
Omadimiz kelsa yomg’ir ham yog’ar...

T.me/student_hayotidan |
хочу вернуться в детство
Tushda kechgan umrlarni o'qiydigan havo bolyapdi. #Lekin

@Haqiqat_hammasi
#shunchaki

Yuzi goʻzal boʻlganlarga bir necha oʻn kunda toʻyasan,
Qalbi goʻzal boʻlganlarga bir necha oʻn yil ham kamlik qiladi...

@Haqiqat_hammasi | ❤️
"....Ey Robbim, qalbimga hokim bo'la olmayapman, Oishani qattiq sevaman..."
Rasululloh (s.a.v)
​Kitob o'qiyotgan qizni ko'rsangiz qo'yib yubormang. Yarim kechasi o'qigan romanidan ta'sirlanib yig'lab yotganini ko'rsangiz,issiq choy damlab bering va bag'ringizga bosib yupating. Shunda u doim yoningizga qaytadi. Romanlarining qahramoni haqiqiy ekanligini aytadi. Kitob o'qiyotgan qizni qo'yib yuborman,aksincha muhabbatiga sazovor bo'ling. Bir tasavvuringizdagi chandon yorqinroq hayotni taqdim etajak bu qizni muhabbatiga albatta sazovor bo'lin. Qalbingizda va atrofingizda tinchlik bo'lishini xohlasangiz,kitob o'qiyotgan qizni aslo qo'yib yubormang.

©Robert Pattinson

@Haqiqat_hammasi | ❤️
#shunchaki
Tilagim bolalar uyidagi hamma bolalarga "Kiyin, oying seni olib ketishga keldi" deyishsin.

@Haqiqat_hammasi | ❤️
#shunchaki
Hech qaysi inson hayotimizga shunchaki kirib kelmaydi...

@Haqiqat_hammasi | ❤️