From heart
41 subscribers
266 photos
72 videos
47 links
Har gapda 2 ta ma'no bor. Balki 3 tadir

Shaxsiy hudud #Samimiy
Download Telegram
Hozir uyga kelsam, uyga o'g'ri tushibdi, pul qidiryapti ekan, birga qo'shilishib men ham qidiryapman, chiqib qolar degan umiddaman, o'zimga ham kerak bo'lib turuvdi )

©Jek

@HeartFrom 😁😂
Jin ursin, uydan bir so'm chiqmadi, O'g'rini yonida nima degan odam bo'ldim🤦‍♂

#Jek

@HeartFrom
اَلصَّلَاةُ خَيْرٌ مِنَ النَّوْمِ

As - solatu hoyrun mina’n - navmi
Namaz uyqudan xayrliroqdir..
Ba'zan baxt uchun hatto o'zingiz bilan ham kurashishingizga to'g'ri keladi.
Forwarded from From heart (Sᴀʀᴅᴏʀ Esʜʙᴇᴋᴏᴠ)
Shu qadar sen uchun qadrliki, sabr qilasan.
Umir 1 martta beriladi, uni ham Sensiz o‘tgassam adolatdanmas.
Qamoqda ertaga ozodlikka chiqadigan va ertaga dorga osiladigan kishilar bir xonada ikki narsani istaydi: Biri tun tezroq tugashini istasa,ikkinchisi tun abadiy bo'lishini istarkan.

©Amina Sherinko'g'lu (Dor ostidagi odam)
Forwarded from From heart (Sᴀʀᴅᴏʀ Esʜʙᴇᴋᴏᴠ)
#Sevgi_Xaqida

Sevgi bor ... Yo'q emas ...!!! U faqat ko'chalarda "Tanishaylik" demaydi ... Ko'p gapirmidi ... Chunki seni yoningda tili aylanmay qoladi...! Sevaman deb cho'chitishdan qo'rqib shunchaki " Yaxshi ko'raman " deya oladi...!Nafsiga erk bermidi... Chunki seni asridi...! Sen uchun dunyolarni vada qimidi ... Chunki uning dunyosi sensan ... Seni har ko'rganida yosh bolaga o'xshab quvonadi ... Sen bo'lsa ko'p kulishini noto'g'ri tushunasan... U seni ko'p tergamaydi ...Chunki senga ishonadi...! U senga shunchaki kelib ketmaydi... Kelgandan keyin bir umrga qoladi... Shunday ekan sevgilingizni asrang ...

@HeartFroM | ❤️
Meni so'zimdagi ma'no o'rniga, uning ko'zlaridagi ma'no ma'noliroq...

By
@HeartFroM | ❤️
Sarxush bo'lib, har narsa ko'zimga ikki-uchta ko'ringanda ham sen birgina va yagona eding...
#samimiy

@HeartFroM | ❤️
#dialog

- Aka.. 🙃
- Nima? 🤨
- Hech nima! ☺️
- Boree..
😏

@HeartFrom | 💛
Unga hayollarimni o'g'irlashiga indamagan, va bundan rohatlanadigan jabrlanuvchiman..

#samimiy
Bu shaxardan ketyapman, lekin nimadirim qolib ketayotgandek bo‘lyapdi..
Shunday qalblar bor dengiz ham uning qalbidan kichik…
Agar sevsang, "Sevaman" deb ayt,
Rad etsa bir necha kun qiynalishing mumkin.
Aytmasang bir umr qiynalasan.
#fikr

@HeartFrom | 💛
-Юр, тезроқ бўлақол.
-Мен боришни хохламайман.
-Юрақол укажон, кеч қоламиз.
-Бормайман.
-Борасан. Жума куни уйда фақат аёллар ўтиради.
Эркаклар Масжидда бўлади.
Юр укажоним
....
#shunchaki

TELBAGINAM)))
____
Sevaman. Kuting deb kelmasligingni
Telba deb, lek mazah qilmasligingni,
Sevaman. Ana shu sevmasligingni,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Tushungin. Bo'lmasang ko'nikolmayman,
Yozaman, tilimda gapirolmayman,
Seni boshqacha chaqirolmayman,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Yoqib yubordim kecha kundaliklarim,
Unutdim. O'tmishim, estaliklarim,
Asli yuqumli edi telbaliklarim,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Ishqimiz abadiy, ishqimiz cheksiz,
Birga yashasak deyman - ginasiz, keksiz,
Bir-birini topgan telbalardekmiz,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Hayron bo'lishmoqda so'z "zanjir" iga,
Qalqon topdik hijronning xanjariga,
Yengdik va yuqotdik ko'zdan nariga,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Yuragim qiynoqda, dilim qiynoqda,
Asir bo'lma, gumon degan tuzoqda,
Qalbingga quloq tut, nima demoqda,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Dardlarim azobli, dardlarim kulgu,
Muhabbatim - cheksiz, sarhadsiz, mangu,
Ishon. Men axir boshqachamanku,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Tanimiz ishq degan sharobdan mastdir,
"O'xshatmasdan - uchratmas" degani rostdir,
Bu qadar o'xshashlik shunchakimasdir,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Sen yolg'iz suyganim, sen umrbotim,
Dil izhorim yozgan - qo'shiq, bayotim,
Hayotim mazmuni - mazmunli hayotim,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Odamlar g'iybatdan tiyilmaydilar,
Qo'y, ular biz uchun kuyunmaydilar,
Bu sherimni baribir tushunmaydilar,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Quladim, sen yo'q kunlar ko'payib,
Yotibman rasmingga boqib, jilmayib,
Ko'nglim yorishmoqda, og'riq kamayib,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Oson emas yetishish - baxtning uyiga,
Dardlar solar ekan ming bir kuyiga,
Visol-chun sabr qilay, mayliga,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Bo'xton yog'dirar, yolg'onchilardan berkin,
Ne savdo? Yashab bo'lmaydi erkin,
Muz erir, bahor qaytganda sekin,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

To'g'ri, hammasiga o'zim aybdor,
Menman, go'zal tuning aylagan bedor,
Yakunsiz sevgim bor, emasman puldor,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Sherimning yakunin topmasman, qara,
Yurak to'la yara, qalbimda yara,
Men-la QOL, o'ldirib KETGANDAN ko'ra,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Senga eltar tushim - keldi o'ngidan,
Behad go'zalsan bugun, har kungidan,
Sevib qolgandekman yana, yangidan,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Mensiz qo'llaring sovuqqotdi-ku,
Sog'inchning tig'lari og'ir botdi-ku,
Kularsan, lek ko'z yoshing "sotdi-ku"
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Sog'inib, g'arib va nochor holdaman,
Sening-la koshona, sensiz kulbaman,
Men ham, senga o'xshagan bir telbaman,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Tanamni yondirdim, qalbga o't qalab,
Yoningda qolish-chun topaman sabab,
Vafo, faqat vafo qilaman talab
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Qofiya ortidan quvmadim, chopib,
Qatorlar olyapti bir-birin topib,
Netay, voz kecholmam, mavzuni yopib,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Ezyapti, qalbimni - sensizlik,
Sezyapti yuragim - kuchsizlik,
Bizsizlik. Bizgamas - bizsizlik,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Ne bo'ldi bizga, nima boʻldi ayt,
Qarorda adashdik, yetganida payt,
Men yo'lga chiqdim, sen ham ortga qayt,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Bitilgan baytlar ham charchadi,
"Sevasanmi, ayt?"lar ham charchadi,
Hatto, megabaytlar ham charchadi,
Telbaginam, oʻzimni telbaginam)))

Ogʻir botmasin, zoʻr yozolmay qolishim,
Ogʻir botmasin, bu - oʻzimdan nolishim.
Ogʻir botyapti lek, bir oʻzim qolishim,
Telbaginam, oʻzimni telbaginam)))

Ko'plar soxta mehr ilindilar,
Bizga ho'p yoqishga urindilar,
Lek, hammasi sog'dek ko'rindilar,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

Bizda boshqacha - hamma tuyg'ular,
Tun. Uyqu o'rniga - shirin uyqular,
Baxtga qorishib ketar, hatto qayg'ular,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

To'siqlar ilashdi - ancha vaqtgacha,
Ne uchrasa birga yengib - axtgacha
Oz qoldi, jonim, ishqdan - baxtgacha,
Telbaginam, o'zimni telbaginam)))

"Yo'q" deyish yoqarkan sening tilingga,
Tilgamas, quloq solib turgin dilingga,
Eslab tur, suratim olib qo'lingga,
Telbaginam, o'zimni telbaginam...

@HeartFroM | 💛
Senda bir narsa bor - Menga chuqur-chuqur nafas oldiradigan bir narsa..