HappyControl with me
171 subscribers
114 photos
82 videos
38 files
458 links
Oʻquvchidan oʻquvchiga!

This channel is not supported on your brain IQ version! Please update it.

👉 @Sadullaev_Azamat
Download Telegram
Hozir topayotgan pulidan baxtni his qilmayotgan odam, miyasidagi pulni topganida ham baxtni his qilmaydi!

Baxt bu shaxsiy tanlovimiz. Boriga shukur qilish va Yaxshirog'i uchun mehnat qilish kerak bo'ldi! Rizq bo'lsa bo'ladi hammasi!


Noluvchilar va noshukurlar uchun!
Stuart_Russell_20_Xulosa.pdf
67.9 KB
Sun’iy Intellekt haqida shu xulosalarni o’qib chiqishni har bir biznes egasi, oila boshlig’iga, talabalarga tavsiya qilaman. Agar kimdir to’liq ko’rishni istasa shu ma’ruza ham juda qiziq.
Bolalar uchun vitamin va minerallar.pdf
1.4 MB
• Bolalar uchun eng kerakli vitamin va minerallar ro'yxati

• Barcha vitamin va minerallarni pediatr yoki oilaviy shifokor nazorati bilan qabul qilish kerak

• Sog’lom ovqatlanish va sog’lom turmush tarziga ham amal qilish kerak
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Hammasi oddiy fikrdan boshlanadi.

oddiy fikr -> g’oya -> orzu -> niyat va maqsad -> reja -> harakat -> natija

Kechalari uyquni oladigan bir g’oya bilan band bo’lish orqali katta natijalarga erishish mumkin.

Bunday «mukkasidan ketish» (being obsessed) har doim ham sog’lom yo’l emas.

Ammo mukkasidan ketuvchilar uchun boshqa yo’l mavjud emas…

Ana shunday mukkasidan ketuvchi optimist insonlar dunyo o’zgartiradi.

Bek Olimjon
11.04.26
Norvegiya
jamiyatdan ko'pchilik norozi doim, lekin shu norozilardan nima xoxlaysiz deb so'rasayiz nima xoxlashini bilmaydi!

O.N
MUAMMOLARINGIZNI AYTMANG

Bizga bolalikdan "Dardingni bo‘lish, yengil tortasan," deb uqtirishadi.

Bu – eng katta yolg‘onlardan biri.

Dardingizni hech kim tushunmaydi.

Ko‘pchilikka baribir, qolganlari esa xursand bo‘ladi.

Zaif nuqtalaringizni o‘zingizdan boshqa hech kim bilmasligi kerak.

Boks ringiga chiqqanmisiz? Agar jigar qismiga kuchli zarba yeb, og‘riqni sezdirmasangiz – jangni davom ettirasiz.

Agar yuzingizda ozgina og‘riq alomati ko‘rinsa nima bo‘ladi? Raqib faqat o‘sha nuqtaga uradi va sizni qulatadi.

Hayot ham ring. Muammolaringizni dod-voy qilib aytishingiz – o‘z peshonangizga nishon chizib qo‘yganingiz bilan teng.

Siz kimdandir rahm kutasiz. Lekin ertaga vaziyat o‘zgaradi.

Bugungi sirdoshingiz, eng yaqin deb bilganingiz ertaga dushmanga aylanishi tayin.

O‘shanda siz o‘z qo‘lingiz bilan bergan ma’lumotlar o‘zingizga qarshi eng kuchli qurolga aylanadi.

Nolimang. Yig‘lamang. Muammoni aytib tasalli izlamang.

Og‘riqni ichga yutishni o‘rganing. Uni kuchga aylantiring.

Yiqildingizmi? Jim turing va o‘rningizdan turing.

O‘zingizni zaif ko‘rsatishga haqqingiz yo‘q. Bu dunyoda faqat kuchlilar hurmat qilinadi.

Tanlov o‘zingizda: yo doim qurbon rolida nolib yurasiz, yoki irodangizni charxlab, g‘alabaga erishasiz.