Kattaqo'rg'on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi. Rasmiy kanal.
42 subscribers
51 photos
10 videos
10 files
53 links
Download Telegram
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul boshlandi

2022-yil 1-avgust kuni Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Adliya vazirligining yuridik texnikumlari” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar 20-avgust kuniga qadar (20-avgust kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) o‘qishni ko‘chirish yuzasidan arizalar 20-iyuldan 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

🔰 O’qishini koʻchirish istagida bo’lganlar ta’lim muassasasida tashkil etilgan Ishchi guruhga quyidagilardan iborat hujjatlar yig‘ma jildini taqdim etadi:

Ariza (o’quvchi yoki voyaga yetmagan bo’lsa uning ota-onasi tomonidan);
professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma;
o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
o‘quvchining pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi hamda ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasporti nusxasi.
Forwarded from S.Q.HUSANOV
ТЕХНИКУМГА ҚАБУЛ БОШЛАНДИ
10 АВГУСТДАН 10 СЕНТЯБРГА ҚАДАР

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест марказининг расмий веб-сайти орқали амалга оширилади.

Каттақўрғон Абу Али ибн Сино номидаги жамоат саломатлиги техникумида 6 та йўналишда 330 нафар кундузги таълим шаклида:
👨Ҳамширалик иши -120
👨Фелъдшер-акушерлик иши - 90
👨Фелъдшер-лаборантлик иши - 30
👨Тиббий профилактика иши - 30
👨Фармация - 30
👨Стоматология иши - 30

ЖАМИ: 330 нафар ўқувчилар кундузги таълим шаклида қабул қилинади.

👉Ўқиш муддати – 3 йил.
💻 Техникумга ўқишга кириш учун my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul (https://my.dtm.uz/service/67)” электрон платформаси орқали қуйидаги ҳужжатлар тақдим этилади:

1️⃣ Электрон ариза;

2️⃣ Умумтаълим мактабининг 11-синфни тугатганлигини тасдиқловчи аттестат (электрон) нусхаси ёки ўрта махсус, касб-ҳунар таълим муассасасини тамомлаганлиги тўғрисидаги диплом (электрон) нусхаси;

3️⃣ 3x4 фотосурат.

Республиканинг барча ҳудудларидан ўқувчилар ва чет эл фуқаролари қабул қилинади.

Манзил: Самарқанд вилояти, Каттақўрғон шаҳар , Умар Хайём 221 уй.
https://ktibbiyot66.zn.uz
☎️ Мурожаат учун телефонлар:
+99894 180 90 00
+99893 233 63 69


my.dtm.uz
Professional ta’lim muassasalariga qabul
Forwarded from S.Q.HUSANOV
⚡️Respublikamizda o‘quv jarayonlari 5-sentabrdan boshlanadi!

Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining ma'lum qilishicha, yangi o'quv yili 5-sentabrdan boshlanadi.

Shuningdek, Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi:

🔹1-sentabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);

🔹2-sentabr — juma (ish haftasi turidan qatʼiy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);

🔹3-sentabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

🔹4-sentabr — yakshanba (dam olish kuni).

5-sentabr, dushanba kuni barcha taʼlim muassasalari uchun 2022-2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.
​Qizlarga mazza, kontrakni toʻlash uchun foizsiz kredit olsa boʻladi 😅

Avva xabar qilganimizdek Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

❗️Ammo ko‘pchilik buni yaxshi tushunmagani sababli, yani 14 foiz ekanu degan tushunchaga kelgani bois Xushnudbek batafsil barcha yuzaga kelgan savollarga javob berdi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
#Биласизми

Техникумларда ёки ОТМ (давлат, хусусий ёки хорижий ОТМ филиали)да ўқиётган “Ёшлар дафтари”га киритилган ўқувчи-талабаларга контрактининг бир қисми қоплаб берилади.

➡️ Бунда ёшлар етакчисининг ижобий тавсияси билан контрактнинг 50 фоизигача, бироқ БҲМнинг 50 бараваридан ошмаган қисми тўлаб берилади.
#Eslatma

⚡️Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining ma'lum qilishicha, barcha ta'lim tashkilotlarida yangi o'quv yili 5-sentabrdan boshlanadi.

Shuningdek, Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi:

🔹1-sentabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);

🔹2-sentabr — juma (ish haftasi turidan qatʼiy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);

🔹3-sentabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

🔹4-sentabr — yakshanba (dam olish kuni).

5-sentabr, dushanba kuni Respublikamizdagi barcha taʼlim muassasalari uchun 2022-2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.
KUN HIKMATI:

Agar siz har bir hurgan itga tosh otish uchun to‘xtasangiz, siz hech qachon o‘z maqsadingizga erisha olmaysiz.

Uinston Cherchill
___________

КУН ҲИКМАТИ:

Агар сиз ҳар бир ҳурган итга тош отиш учун тўхтасангиз, сиз ҳеч қачон ўз мақсадингизга эриша олмайсиз.

Уинстон Черчилл
Bugun kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi

2022-yil 11-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Bugun (10-sentabr) professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

👨🏻‍💻 Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.
⚡️ Маълумотларга қараганда Профессионал таълим муассасаларида ўқиш истагини билдирган абитуриентлар учун Давлат тест маркази томонидан тест синовлари жорий йилнинг 3-8 октябрь кунлари бўлиб ўтиши режалаштирилмоқда.

Аниқ маълумотларни Давлат тест маркази ва Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан тасдиқлашини кутамиз. Албатта, бу саналарга ўзгартиришлар ҳам киритилиши мумкин.
Texnikumlarni aʼlo va yaxshi baholarga tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga suhbat asosida 2-kursdan qabul qilinadi.

2022-yil 11-yanvar kuni Hukumatning 17-son qarori qabul qilingan;

❗️Qarorga koʻra,

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OʻZ SOHASIGA MOS bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilangan.

❗️Oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
#useful #bilasizmi

🔰Xotin qizlar uchun foizsiz taʼlim krediti olish tartibi ‼️

〽️Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

☝️Ammo ko‘pchilik buni yaxshi tushunmagani sababli, yani 14 foiz ekanu degan tushunchaga kelgan, batafsil barcha yuzaga kelgan savollarga javob:

Ushbu Kredit kimlarga beriladi⁉️

▪️Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);

▪️Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

#eslab_qoling
Masofaviy taʼlimga berilmaydi‼️

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti⁉️

▪️Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi

▪️Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak

▪️bankka ariza;
▪️shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
▪️taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
▪️talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

📆 2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 4-oktabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 4-oktabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tafakkur_qiling

💠 Xitoydagi maktab o‘quvchilariga farzandlarining ta’lim olishlari uchun ota-onalari qanday sharoitlarda ishlayotganlarini koʻrsatishibdi. Mana buni tarbiya desa boʻladi!

Xo'sh, talaba-yoshlar siz-chi? Sizning ta'lim olishingizga sharoit yaratib berish uchun ota-onangiz qanday mashaqqat chekib pul topayotgani haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Taʼlim krediti olish istagida boʻlgan talabalar diqqatiga!

🟢Siz uchun qulaylik yaratish maqsadida talim-krediti.uz platformasi ishga tushirildi.

➡️Platformadan foydalanish imkoniyatlari haqida ushbu rolik orqali bilib olishingiz mumkin.
💰Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi!

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kimlarga beriladi?
🟢Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
🟢Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?
🟢Kunduzgi, sirtqi, kechki;
🟢Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?
🟢Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?
🟢Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7-yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7-yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?
🟢bankka ariza;
🟢shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
🟢talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.
➡️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Вазирлар Маҳкамаси қарори билан "Олий таълим аълочиси" ҳамда "Ўрта махсус ва профессионал таълим аълочиси" кўкрак нишонлари таъсис этилди.

@Zarnews_uz