GolangDevs.uz
157 subscribers
15 photos
2 files
25 links
Ushbu kanal Golang tilida ishlovchi dasturchilar uchun ochildi.

Community: @golangdevs_community
Download Telegram
Forwarded from Asadbek Developer
Yana Men🙋

Mana do'stlar #sorting bo'limini ham yakunlab oldik.
Ushbu bo'limdan hamma algorithmlar ishimiz uchun kerak emas.
Shunchaki Logikani oshirish uchun o'rganib qo'ysangiz zarar qilmaydi.
Ulardan eng keraklilari Heap sort va Quick sort algorithmlari.

Nima uchun ?

Sababi bu algorithm mantiq oson va ishlash jihatidan tez.
Shu algorithmlardan Dastur uchun qo'llash, yana ham samarali bo'lishiga xizmat qiladi.
Va yana bir sabab Data Structure ya'ni (ma'lumot tuzilmasi) larda ham ko'p foydalaniladi.
Keyingi ko'rib chiqadigan bo'limimiz aynan Data Structure larga asoslangan.

Shu bilan algoritm tugadimi?

Yo'q albatta.
Bu sorting bo'limi eng oddiy algorithmlar. Bundanda qiyinroq algorithm kutib turibdi.
Masalan:
— Searching Algorithm
— Binary + Tree
— Breadth - first Search (BFS)
— Greedy Algorithm
va hokazo

Bular haqida ham ma'lumot beraman In Sha Alloh

O'rganishdan to'xtamang

@asadbekcoder
👍1
Go Go Go!

Muntazam ravishda rivojlanib, dasturchilar orasida kundan-kunga ommalashib kelayotgan dasturlash tili Go, balki, yangi til bo'lgani uchun ko'pchilikka notanish bo'lishi mumkin.

Ba'zida, "Go o'zi qaysi yo'nalish uchun ishlatiladi" - deb savol berib qolishadi. Ishlab chiqilishidan aniq maqsadlari va yo'naltirilgan sohalari bo'lishiga qaramay Golangni aslida, boshqa ko'p yo'nalishlarda ishlatish mumkin.

Bugun sizlarga Golangda GUI applicationlar qurish uchun kutubxonalar ro'yxatini taqdim etmoqchimiz.

GUI

GUI dasturlar qurish uchun maxsus kutubxonalar

Toolkitlar

- app Go, HTML, CSS orqali applar yasash uchun kutubxona. MacOS uchun(Windows tayyorlanmoqda).

- fyne Material designga asoslangan, Go uchun mo'ljallangan GUI native cross-platform dasturlar uchun. Linux, MacOS, Windows, BSD, Android va iOSda ishlay oladi.

- go-astilectron Go va HTML/JS/CSS yordamida cross-platform GUI dasturlar yasash uchun (Electron tomonidan ishlab chiqilgan).

- go-gtk GTK uchun Go bindinglari.

- go-sciter Sciter uchun Go bindinglari: Zamonaviy desktop UI development uchun embeddable HTML/CSS/script engine'lari. Cross platform

- gotk3 GTK3 uchun Go bindinglari.

- gowd GO, HTML, CSS va NW.js bilan tez va oddiy desktop UI development. Cross-platform.

- qt Go uchun Qt binding. (Windows, macOS, Linux, Android, iOS, Sailfish OS, Raspberry Pi).

- ui Go uchun Platform-native GUI kutubxonasi. Cross-platfrom.

- Wails built-in OS HTML rendererdan foydalangan holda, HTML UI bilan Windows, Mac, Linux desktop dasturlar tuzish.

- walk Go uchun WIndows dasturlar library kit

- webview Oddiy ikki tomonlama JavaScript bindinglari bilan cross-platform webview oynasi (Windows / macOS / Linux).


Interaction

- go-appindicator - libappindicator3 C kutubxonasi uchun Go bindinglari.

- gosx-notifier - Go uchun OSX Desktop Notifications kutubxonasi.

- mac-activity-tracker - OSX kutubxonasi kompyuteringizdagi har qanday (ulanadigan) harakat(activity) haqida habar berish uchun.

- mac-sleep-notifier - golangda OSX Sleep/Wake(ochish/yonish) bildirishnomalari.

- robotgo - Go Native cross-platform GUI tizimini avtomatlashtirish. Sichqoncha, klaviatura va boshqalarni boshqarish.

- systray - Menu va belgini bildirishnomalar hududida joylashtirish uchun Go'ning cross-platform kutubxonasi.

- trayhost - Host operatsion tizimining vazifalar paneliga belgi joylashtirish uchun Go cross-platform kutubxonasi.

ESLATMA: Go dasturlash tili GUI developmentda ommaviy til hisoblanmaydi, aynan manashu yo'nalishda ishlatilar ekan, deb o'ylab qolmang. Biz Go orqali shu yo'nalishda ham dasturlar yozish mumkin va kutubxonalar bor ekanligini aytmoqchimiz holos, albatta, go tili backend uchun ishlab chiqilgan va u backend uchun eng yaxshi til.

Manba: https://awesome-go.com/

@golangdevs_uz
👍2
Go dasturlash tilida metodlar va funksiyalar maʼlumot turlariga kiradimi?
Final Results
69%
Ha
31%
Yoʻq
Golang dasturlash tili quyidagi maʼlumot turlaridan foydalanadi:

• Metod
• Array
• Slice
• Boolean
• Numeric
• String
• Struct
• Pointer
• Function
• Map
• Channel
• Interface

@golangdevs_uz
👍1
Assalomu alaykum!

📬 Golang Developers Uz guruhini ochganimizdan keyin, communityga ko'plab savollar tusha boshladi.

Bugundan shunday savollarga birma-bir postlar orqali javob berib borishga harakat qilinadi.

📝 Savolingiz bo'lsa, yoki Go tiliga oid biror ma'lumot yoki manba bilsangiz, umuman murojaat uchun @golangdevs_community guruhiga yozing.

@golangdevs_uz
Go developer bo'lish uchun nimalarni o'granish kerak?

Quyida sizga Go developer bo'lish uchun ko'rsatilgan roadmaplardan ikkitasi keltirib o'tmoqchimiz:

roadmap.sh sayti tomonidan ishlab chiqilgan, Learn how to become a Go developer

golangrepo.com saytidan olingan, Golang Developer Roadmap

Ushbu roadmaplarda o'rganish kerak bo'lgan texnologiyalar majburiy, ixtiyoriy yoki "bilib qo'ygan yaxshi" turkumlariga ranglar bilan ajratib ko'rsatilgan. Shunday ekan, u yerda yozilgan hamma narsani o'rganish shart emas )

@golangdevs_uz
👍8🔥1
Go dasturlash tilini qayerdan, qaysi manbalardan o'rgansam bo'ladi?

📝 Ushbu savolga javob sifatida bir kichik maqola yozdik. Unda siz go dasturlash tilidagi mashxur va foydali manbalarni bilib olishingiz mumkin!

🔗 Maqolaga link: https://telegra.ph/Go-tili-uchun-manbalar-01-10

Ps. Bu postni endi "share" qilmasa bo'lmaydi)

@golangdevs_uz
👍6🤩2
GolangDevs.uz pinned «Go dasturlash tilini qayerdan, qaysi manbalardan o'rgansam bo'ladi? 📝 Ushbu savolga javob sifatida bir kichik maqola yozdik. Unda siz go dasturlash tilidagi mashxur va foydali manbalarni bilib olishingiz mumkin! 🔗 Maqolaga link: https://telegra.ph/Go-tili…»
Kompyuteringizga Goni o'rnatish bo'yicha muammolar bo'lyaptimi?

O'rnatib bo'lganingizdan keyin ham xato ishlayaptimi? Yoki internetdan yuklab olgan third-party toollar ishlamayaptimi?

Shu kabi muammolar kelib chiqmasligi uchun siz goni to'g'ri o'rnatgan bo'lishingiz va go environment(muhit)ni to'g'ri sozlagan bo'lishingiz kerak.

🔗 Navbatdagi darsligimizda goni o'rnatish va go environmentni sozlash bo'yicha to'liq ma'lumot olishingiz mumkin: https://telegra.ph/Golangni-install-qilish-01-12

@golangdevs_uz
👍4🤩1
Forwarded from Husan Musa | Gopher
Go dan boshlang’ich intervyu savollari

1. Go dan foydalanishning boshqa tillarga nisbatan qanday afzalliklari bor?

- Boshqa tillardan farqli ravishda akademik tajriba asosida boshlangan, Go kodi pragmatik tarzda loyihalashtirilgan. Har bir xususiyat va sintaksis qaror dasturchi hayotini osonlashtirishga qaratilgan…

Davomini o’qish

Husan Musa
👍2
Golangga oid kontentlar bilsangiz guruhga yozishingiz mumkin, kanalga joylaymiz.
@golang_dells, tavsiya.
🎉 Biz 300 kishi bo'ldik!

Siz ham @golangdevs_community guruhimizga qo'shiling va Go dasturlash tiliga oid bilimlaringizni oshiring.

@golangdevs_uz
🔥11👍4
We'll fix this soon. Sorry for technical issues.

GolangDevs team.
🖥 PC room setup. Sizda qanday?)

@golangdevs_uz
👍3