G'iyosiddin Yusuf | blog
10.1K subscribers
299 photos
45 videos
2 files
149 links
O‘ndan oshiq kitoblar muallifi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ustoz

Yordamchim: @Kaatib
Savollar: @Yechimhubbunabot

https://mssg.me/giyosiddinyusuf

Donate: 8600332972430643
Download Telegram
“Kichkina shahzoda” – kattalarning ertagi!

Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari bolalar uchun yozilgandek ko‘rinsa-da, satrlar ostida kattalar teran hayotiy saboqlar yashiringan. Muallif sodda tilda insoniyat, do‘stlik, muhabbat va hayotning mazmuni haqida chuqur fikr yuritadi.

Asarning bosh qahramoni – Kichkina shahzoda, o‘z sayyorasidan sayohatga chiqib, turli olamlarni kezadi. U yo‘lda podshoh, g‘ururli odam, ichkilikboz, biznesmen, fonar yoquvchi va geograf kabi turli xil obrazlar bilan uchrashadi. Ushbu qahramonlar orqali yozuvchi kattalar dunyosining ma’nosiz bandliklari va kamchiliklarini tasvirlaydi. Nihoyat, Kichkina shahzoda Yerga kelib, bu yerda u Tulki bilan uchrashganda Tulki unga “Eng muhim narsani ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, uni faqat yurak bilan ko‘rish mumkin” degan hayotiy haqiqatni o‘rgatadi.

Asarda samimiyat va sadoqat, do‘stlik va javobgarlikning ahamiyati aks ettirilgan. Kichkina shahzoda o‘z sayyorasida qoldirib kelgan atirgulga bo‘lgan muhabbati va unga bo‘lgan mas’uliyatni anglab yetadi. Bu esa bizga hayotdagi muhim narsalarni qadrlash va ularga mehr berish lozimligini eslatadi.

“Kichkina shahzoda” – bu oddiy ertak emas, balki hayot va insoniy munosabatlar haqidagi falsafiy asar. U har bir o‘quvchini ichki dunyosiga nazar tashlashga, mehr va sadoqatning chinakam qadriyat ekanini anglashga undaydi. Bu kitob yosh bolalar ham, kattalar ham o‘qishi va har safar yangi ma’no topishi mumkin bo‘lgan bebaho asarlardan biridir.

Qo'shimcha: asar hozirgacha dunyoning 300 ga yaqin tiliga tarjima qilingan. Yuqoridagi suratda 25 ta tildagi kitoblar rasmi berilgan. Uni bir inson jamlagan ekan.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
"Buvamning oshqozonidagi mamlakat" — gap oshqozon haqida emas!

Qobiljon Shermatov yosh bo'lishiga qaramay, bolalar adabiyoti yo'nalishida juda samarali ijod qilib kelmoqda. U kishining asarlari tili ravon, sodda, bolalar uchun tushunarli, o'ziga xos shiraga ega bo'lishi bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.

Yozuvchining "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" asari ham zohiran bir insonning ichida kechgan voqealarni bayon qilgani bilan, aslida, jajji o'quvchilarni halollik, to'g'rilik, rostgo'ylikka undaydi.

Bahodir va Baxtiyor ismli ikki bola maktabdan kelib, chanqab ketganidan muzlatkichdan sharbatga o'xshash ichimlik olib ichishadi. Lekin bu ichimlik akasining tajriba uchun tayyorlagan suyuqligi bo'lib, u kichraytiruvchi xususiyatga ega edi. Shunday qilib, ikki bolakay ko'z ilg'amas darajada kichrayib, buvasining oshqozoniga tushib ketdi.

U yerda dastlab Oshqozon shahrida bo'lishdi. Maktabda ko'chirgani uchun ko'zi ojiz bo'lib, yolg'on gapirgani uchun tili soqov bo'lib, ko'p sinovlarni boshdan kechirishdi. So'ngra Yurak shahriga yo'l olishdi. Bu yerdagi sarguzashtlar ham o'ziga xos bo'ldi...

▪️ Kitob 2022-yilda “Bolalar va o‘smirlarga bag‘ishlangan eng yaxshi kitob” deb topilgan;
▪️ Asarning bir nechta bobi maktab darsligiga kiritilgan;
▪️ “Yosh kitobxon” tanlovida o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar qatoridan o‘rin egallagan.

Ushbu havola orqali kitobdan qisqacha o'qib ko'rishingiz, mundarijasi bilan tanishishingiz hamda xarid qilish uchun bog'lanishingiz mumkin.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Bolalar uchun tavsiya qilingan kitoblar ro'yxati (1)

Ko'k yozuv ustiga bosib, kitob va uning xaridi haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

1. Erkin Malik. "Chumolilar saltanati" — o'qishni bilgan bolalar o'zi o'qisa ham bo'ladi, bilmaydiganlarga o'qib bersangiz, tushunarli bo'laveradi.
2. Antuan de-Sent Ekzyuperi. "Kichkina shahzoda" — hamma uchun!
3. Anvar Obidjon. "Oltin yurakli avtobola" — 7+.
4. Janni Rodari. "Jelsomino yolg'onchilar mamlakatida" — 7+.
5. Karlo Kallodi. "Pinokkioning boshdan kechirganlari" — 7+.
6. Anni Shmidt. "Mushuklar malikasi Minush" — o'qishni bilgan bolalar o'zi o'qisa ham bo'ladi, bilmaydiganlarga o'qib bersangiz, tushunarli bo'laveradi.
7. Sa'dulla Quronov. "Galaktikada bir kun" — 7+.
8. G'iyosiddin Yusuf. "Go'zal xulqlar" — 8+.
9. "Oyning orqasidagi sir" — 8+.
10. Qobiljon Shermatov. "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" — 7+.

Davomi bor

#tavsiya #kitob

@GiyosiddinYusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bir joyda tadbirda bo'ldim. Unda "Kitobxon farzand" mavzusida ma'ruza qildim. Xususan, unda bolalar nima uchun kitobxon bo'lishi kerakligi haqida ham to'xtaldim. Shunda aytilgan sabablardan biri videoda.

#Kitob #tarbiya

Kirill | Lotin
Birov qo‘ng‘iroq qilsa yoki internet orqali yozsa, 10–15 daqiqa suhbatlashib qolamiz. Lekin "Nega kitob o‘qimayapsan?" degan savolga "Vaqt bo‘lmayapti" deb javob beramiz. Muammo vaqtda emas, qalbda, xohish-istakda. Juda kam holatlarda vaqtimiz bo‘lmay ijtimoiy tarmoqqa kira olmagan kunimiz bo‘lishi mumkin, lekin kitob o‘qimagan kunlarimiz bisyor. Oz bo‘lsa ham davomiy o‘qishga harakat qilaylik.

#Kitob

Kirill | Lotin
Kitobxonlik_Hisobi.pdf
1.6 KB
Har bir kitob o'qiganingizda foydalanish uchun sodda jadval. Bemalol ulashib, chiqarib olavering.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Bolalarni kitobga oshno qilish – qadriyatlarni saqlab qolish yo‘lidagi muhim qadam

Bugungi texnologiyalar asri bolalar hayotini tubdan o‘zgartirdi. Telefon, planshet va internet – bularning barchasi axborot olishni osonlashtirdi, ammo shu bilan birga, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni ham pasaytirdi. Vaholanki, kitob faqat bilim manbayi emas, balki milliy qadriyatlarimiz, axloqiy tushunchalarimizni saqlash va avlodlarga yetkazish vositasi hamdir.

Farzandlarimizning ong-u tafakkurini mustahkamlash, ularni teran fikrlashga o‘rgatish uchun kitobga bo‘lgan mehrni erta yoshdan shakllantirishimiz kerak. Buning uchun nima qilish mumkin?

Ota-onaning o‘rnak bo‘lishi – bolalar kitob o‘qish odatini kattalardan o‘rganadi. Agar ota-ona qo‘lida kitob tutib, zavq bilan mutolaa qilsa, bola ham buni tabiiy holat sifatida qabul qiladi.

Qiziqarli kitoblarni tanlash – bolaga uning yoshi va qiziqishlariga mos keladigan kitoblarni tanlab berish lozim. Agar kitob bolaning dunyoqarashiga yaqin bo‘lsa, u mutolaadan zavqlana boshlaydi.

Texnologiyadan unumli foydalanish – internet va gadjetlarni mutlaqo cheklashning iloji yo‘q, ammo ularni to‘g‘ri yo‘naltirish mumkin. Masalan, audiokitoblar tinglash, elektron kitoblar yoki bolalar uchun qiziqarli interaktiv o‘quv dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Kitob o‘qishni zavqli jarayonga aylantirish – har kuni ma’lum vaqtni kitob o‘qishga ajratish, iloji bo'lsa, birgalikda kitob o‘qish yaxshi natija beradi. Shuningdek, kitoblarni muhokama qilish, bir-biriga gapirib berish, savol-javoblar qilish ham bolalar uchun qiziqarli bo‘ladi.

Kutubxonalarga tashrif buyurish – bolalarni kitobxon qilish uchun atrof-muhitning o‘rni muhim. Xususan, kitobxon o‘rtoqlarining bo‘lishi va ular bilan yoki ota-onasi bilan kutubxonalarga borish, yangi kitoblar tanlash bolalarning kitobga muhabbatini oshiradi.

Kitob o‘qishga bo‘lgan mehr bolalarda hayotiy qadriyatlarni shakllantiradi, ularga to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajrata bilish, mustaqil fikrlash, nutqini rivojlantirish va, eng muhimi, odamiylikni saqlab qolish imkonini beradi. Texnologiya qanchalik rivojlansa ham kitob hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Shuning uchun bolalarni bu bebaho xazinaga oshno etishimiz lozim.

#Bolalar #kitob

Kirill | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har kun bir betdan bo'lsa ham doimiy kitob o'qishni yo'lga qo'yishimiz kerak. Kitob o'qish bilan biz ertaga bugundan yaxshiroq bo'la olamiz.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Tan olish kerakki, hamma kitob ham yaxshilikni o‘rgatavermaydi, yomonlikni ko‘zlab chiqarilgan kitoblar, behuda narsalar bilan chalg‘ituvchi yoki fahshga targ‘ib qiluvchi, to‘g‘ri e’tiqoddan adishishga sabab bo‘luvchi kitoblar ham bor. Lekin bunday kitoblar kam, albatta – guruch kurmaksiz bo‘lmaydi. Lekin telefon va kompyuterdagi o‘yinlarga nazar tashlasak, behuda, fahsh aralashgan, ur-o‘ldirni o‘rgatadigan o‘yinlar juda ko‘p. Shuning uchun bolalarimizga tarbiyaviy, foydali, ilm o‘rgatadigan o‘yinlar ko‘payguncha ular o‘ynaydigan o‘yinlarni nazorat qilishimiz, ko‘proq kitob o‘qishga targ‘ib qilishimiz yanada dolzarbdir.

Ps: Yaqinda inglizcha kitoblar haqida yozganimda ishonchli kitoblar so'rashdi. Tavsiya qilaymi? — 🔥

#tarbiya #kitob

@GiyosiddinYusuf
Mutolaasiz bayram bayramdek bo'lmaydi...

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Nega 2-aprel xalqaro bolalar kitoblari kuni?

Chunki bu kunda dunyoga mashhur bolalar yozuvchisi Hans Kristian Andersen tavallud topgan. Bu kun 1967-yildan boshlab Xalqaro Yoshlar Kitoblari Kengashi (IBBY) tomonidan tashkil etilib, bolalar adabiyotini rivojlantirish, o‘qishga muhabbat uyg‘otish va kitoblar orqali yosh avlodni tarbiyalash maqsadida o‘tkaziladi.

Mening bolalar uchun kitoblarim:
• Kundalik odoblar
• Muzqaymoq
• Arab alifbosi
• Ko'zlar quvonchi
• Odobingiz — obro'yingiz (2)
• Ota-onamni yaxshi ko'raman
• Go'zal xulqlar

Sizda bu kitoblardan qaysilari bor?

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
NEGA AYNAN BOLALAR UCHUN KITOBLAR?

Hozirgi kunda o‘ndan oshiq kitoblarim nashr qilingan bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi bolalar uchun bo‘lgan kitoblar va bundan keyin ham aynan shu yo‘nalishda ko‘proq ijod qilmoqchiman. Ba’zidan "Nega aynan bolalar uchun kitoblar yozasiz?" deb so‘rashadi. Quyida shu haqida to‘xtalmoqchiman.

1. Bolalar uchun tarbiyaviy, qo‘rqmay ishonib topshirishimiz mumkin bo‘lgan kitoblar juda kam. Shuning uchun bu bo‘shliqni biroz bo‘lsa ham to‘ldirish uchun shu yo‘nalishni tanlaganman.

2. Kattalar uchun kitob yozish mas’uliyati og‘ir, bolalar kitoblari juda ko‘p ilm talab qilmaydi har holda. Imkoniyatdan kelib chiqib shu yo‘nalishni tanlaganman.

3. Bugun odob-axloq, tarbiyaviy kitoblarni o‘qigan bolalar 20-30 yildan keyin jamiyatimizga turli sohalarda xizmat qiluvchi shaxslar bo‘lib yetishadi, inshaalloh. O‘shanda katta islohotlar bo‘lishini umid qilgan holda bu yo‘nalishni tanlaganman.

4. Shu mavzuda kitob yozish qobiliyatimiz, imkoniyatimiz boshqa mavzularga nisbatan yaxshiroq shakllandi, alhamdulillah. Yozgan kitoblarimni bolajonlar juda yaxshi qabul qilib kelmoqda. Bolalar uchun tushunarli, sodda tilda, asosiysi, yaxshilikka chaqiruvchi, dinimiz ta’limotlariga muvofiq bo‘lgan ko‘rsatmalarni bolalar tilida yozish ilhomi berildi. Shuning uchun vaqtimni tijorat yoki boshqa sohaga sarflasam, gavharni qo‘yib tezakni olgandek — Alloh bergan qobiliyatni zoye qilgandek his qilganim uchun shu yo‘nalishni tanlaganman.

#Kitob

Kirill | Lotin
12-aprelda Yuksalish maktabining Navoiy filialida "Yosh kitobxon" musobaqasi o'tkazildi. Unda Yuksalish maktablarining barcha maktablaridan 5-sinfdan 9-sinfgacha bo'lgan har bir sinfdan bir nafardan o'quvchi ishtirok etdi.

Musobaqa uchta shart bo'yicha bo'lib o'tdi: kitob bo'yicha gapirib berish, adib hayoti va ijodini aytish, she'rni ifodali o'qib, sharhlash. Kamina ustozlardan biri bilan birga 9-sinf o'quvchilariga hakamlik qildi.

Bolalarning javoblari meni juda xursand qildi. Bizning sinfda qizlar doimgidek faollik, ishtiyoq bo'yicha ustuvor bo'ldi. Uchta o'rinni ham qizlar egalladi: Solihanur, Ma'suma va Xonzoda.

G'oliblarga esdalik sovg'alari va pul mukofotlari berildi. Ishtirokchilar va hakamlarga ham tashakkurnoma, sertifikat va sovg'alar berildi.

Bolalarni kitob o'qishga bo'lgan bunday rag'batlantirishi uchun @Yuksalish_maktablari ga tashakkur aytaman! Ajoyib musobaqaga guvoh bo'lishga imkon berganlari uchun alohida rahmat!

#Hayotiy #kitob

@GiyosiddinYusuf
Bolalar bilan birga kitob o'qiganimizning natijasidan ba'zi namunalar.

#kitob #tarbiya

@GiyosiddinYusuf