German Sparkassenstiftung Uzbekistan
123 subscribers
215 photos
15 videos
80 links
German Sparkassenstiftung Uzbekistan Telegram sahifasiga xush kelibsiz!

Welcome to the German Sparkassenstiftung Uzbekistan Telegram channel!
Download Telegram
Forwarded from Дурдона Равшановна
#Xalqaro_hamkorlik

🇩🇪🇺🇿 Professional ta’lim tizimining maxsus fan o‘qituvchilari va Pedagogik innovatsiyalar instituti vakillari Germaniyada

🌐 Germaniyaning “German Sparkassenstiflung for International Cooperation” tashkiloti hamkorligida Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar instituti vakillari va professional ta’lim tizimining maxsus fan o‘qituvchilari Germaniyaning Landshut shahrining “Sparkassenakademie Beyern” akademiyasida Germaniyaning professional ta’lim tajribalari o‘rganish va moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha malaka oshirmoqdalar.

Veb-sayt|Facebook|Telegram|Youtube
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
Professional ta’lim muassasalari direktor va o‘rinbosarlarini Germaniya metodikasi asosida o‘qitish bo‘yicha o‘quv-seminar davom etmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda joriy yil 11–21-iyul kunlari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida pilot sifatida tanlangan professional ta’lim muassasalarining 52 nafar direktori, o‘rinbosari va mas’ul xodimi germaniyalik mutaxassislar tomonidan o‘qitilmoqda.

O‘quv seminarda “Mikro biznes”, “Boshqaruv malakalari”, “Ish beruvchilar bilan hamkorlikda ishlash”, “Biznesni rejalashtirish va bank suhbatlariga tayyorgarlik”, “Iqtisodiyot bilan hamkorlik qilish ko‘nikmalari” mavzulari bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, loyiha doirasida joriy yil aprel-may oylarida 460 nafardan ortiq pedagog Germaniya metodikasi asosida o‘qitildi. Shu yil yakuniga qadar esa 750 nafar pedagog kadrni ushbu metodika asosida o‘qitish rejalashtirilgan.

#ProfTa’lim

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#stajirovka

19 nafar professional taʼlim tizimi pedagogi Germaniyada malaka oshirmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda professional taʼlim tizimi pedagog kadrlarini Germaniya metodikasi asosida tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu tashkilot tomonidan 19 nafar professional taʼlim tizimi pedagog-kadrlari Germaniyaning Landshut shahrining “Sparkassenakademie Beyern” akademiyasida malaka oshirmoqdalar.

Malaka oshirish dasturiga muvofiq joriy yil 16–23-iyul kunlari oʻqituvchilar Germaniyada dual taʼlim tizimi, “WISO darsi” misolida oʻquv jarayonlari, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish metodikalari, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha xalqaro ekspertlar tomonidan malaka oshiradilar.

#xalqaro_hamkorlik

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Yosh fermerlar
Joriy yilning 4-5-avgust kunlari Samarqand viloyati Yoshlar markazida joylashgan Yosh fermerlar innovatsion markazida “Jamg‘arish o‘yini” bo'lib o'tdi.

Seminarda 22 nafar tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga jamg‘arish hamda kreditning afzallik va kamchiliklari, byudjetni to‘g‘ri taqsimlash, to‘g‘ri xarajat qilish va oila maqsadiga erishish yo‘llari to‘g‘risida seminar-trening tashkil etildi.

Qatnashchilari shunchaki zerikarli ma'ruza tinglash yoki ma'lumot eshitish bilan vaqtini o‘tkazishmadi. Chunki bu aynan hayotiy masalalarni yechimiga qaratilgan o‘yindir. Seminarda har bir ishtirokchi moliyaviy muammolarga o‘zining hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda yechim topishni o'rganishdi.

Ushbu o‘yin orqali ishtirokchilar bank, kredit, omonat va boshqa moliyaviy bilimlarga ega bo‘lishlari va mustahkamlashlari mumkinligi amaliy mashg‘ulotlar orqali tushintirib o'tildi.

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda👇
Web | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Узбекистан 24/7
⚡️В Узбекистане пройдет Всемирный день без автомобиля

В Узбекистане 22 сентября официально объявлено - Днем без автомобилей. Жителям предлагается использовать экологически чистые средства передвижения – ходьбу, езду на велосипеде, метро и трамваях.

Подписаться на канал
👉 Узбекистан 24/7
Forwarded from PROFEDU.UZ
#Seminar
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪“German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti ekspertlari tomonidan seminar o‘tkazildi

📅 Joriy yilning 29-sentabr kuni “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti eksperti Birgit Flamma tomonidan “Biznes asoslari” fani dasturi asosida oʻquv jarayonini tashkil etish hamda oʻquv qoʻllanmani yaratish boʻyicha oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

🏛 Unda Toshkent shahridagi professional taʼlim muassasalari biznes asoslari fani oʻqituvchilari ishtirok etib, ular tomonidan oʻquv qoʻllanma yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

🔰Maʼlumot o‘rnida, 2023-yil 4-oktyabr kuni respublikadagi barcha professional taʼlim muassasalari biznes asoslari fani oʻqituvchilari uchun onlayn oʻquv seminar oʻtkazilishi kelishildi.

Ⓜ️ Manba

Veb-sayt|Facebook|Telegram|Youtube