GEOSTARS
482 subscribers
2.78K photos
358 videos
282 files
903 links
🇺🇿 Geodeziya, Kartografiya, Masofadan zondlash, GAT bo'yicha ma'lumotlar

🇬🇧 Information about Geodesy, Cartography, Remote Sensing, GIS
Admin: https://t.me/Shoxoka1208
Download Telegram
#vebinar #gis #rs
GIS and Remote Sensing Uzbekistan hamjamiyati tomonidan doimiy tashkillashtirilayotgan vebinarga sizlarni taklif qilamiz.

Navbatdagi 5-vebinarda yurtimizdagi GIS sohasida olib borilayotgan ishlar hamda chet elda GIS sohasida ilmiy ish olib borayotgan izlanuvchilarni maruzasi tinglashingiz mumkin.

Vebinar 10-fevral soat 20:00 o'tkazilishi belgilangan.
Qo'shimcha ma'lumotlarni kanalda berib boramiz.

🌍 @geostars
#vebinar #gis #rs #tiiame #kadastr
GIS and Remote Sensing Uzbekistan hamjamiyati tomonidan doimiy tashkillashtirilayotgan 6-vebinarga sizlarni taklif qilamiz.

Maruzachilar:

1. O'tkir Imomqulov -
Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi va uning istiqbollari
2. Aziz Inamov -
"TIQXMMI" MTUda Geodeziya, geoinformatika va masofadan zondlash bo'yicha olib borilayotgan islohotlar

Vebinar 17-fevral kuni o'tkazilishi belgilangan.
Qo'shimcha ma'lumotlarni kanalda berib boramiz.

🌍 @geostars
#vebinar #gis #rs #tuproqshunoslik
GIS and Remote Sensing Uzbekistan hamjamiyati tomonidan doimiy tashkillashtirilayotgan 7-vebinarga  sizlarni taklif qilamiz.

Maruzachilar:
1. Zafar Bahodirov -

Tuproqlarni tahlil qilishda masofadan zo'ndlash va sun'iy intelekt texnologiyalarini qo'llash

2. Sanjar To'klibaev -
Sho'rlangan qishloq xo'jalik yerlari meliorativ xolatini baholash va ma'lumotlarni tezkor qayta ishlashga yo'naltirilgan mobil ilova yaratish

Vebinar 24-fevral(shanba) kuni soat 17:00 o'tkazilishi belgilangan.

Vebinar 🎥Google Meet
dasturi orqali o'tkaziladi. Vebinar havolasi 1 soat oldin e'lon qilinadi.

🌍 @geostars
#openaerialmap #drone #rs

OpenAerial Map - bu ochiq litsenziyaga ega 🛰sun'iy yo'ldosh va uchuvchisiz uchish apparati tasvirlarini qidirish, almashish va foydalqqanish uchun vositalar to'plamidir.

❇️ Saytdan foydalanuvchilar tomonidan yuklangan yuqori aniqlikdagi uchuvchisiz uchish aparatlaridan olingan tasvirlarini yuklab olishingiz mumkin. Yoki o'zingizda mavjudlarini yuklashingiz ham mumkin.

Saytga kirish uchun havola:👇
https://map.openaerialmap.org/

🌍 @geostars
#vebinar #gis #rs #geomatika #qgis

GIS and Remote Sensing Uzbekistan hamjamiyati tomonidan doimiy tashkillashtirilayotgan 8-vebinarga  sizlarni taklif qilamiz.

Maruzachilar:
1. Usmanov Saidislomxon
-
Geomatika sohasida olib borilayotgan ishlar

2. Maksudov Raxim -
QGIS dasturida XLS ma'lumotlari bilan ishlash

Vebinar 2-mart(shanba) kuni soat 20:00 o'tkazilishi belgilangan.

Vebinar 🎥Google Meet
dasturi orqali o'tkaziladi. Vebinar havolasi 1 soat oldin e'lon qilinadi.

🌍 @geostars
#gis #rs #ngis #kadastr #geoportal #uzb

🌐 Milliy geoaxborot tizimi geoportali
- yerdan foydalanuvchilar to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rish imkoniyati beruvchi ochiq portal. Xaritalar bo'limidan Ochiq xarita, Avtoyo'llar, Yer resurslari, Yerkadastr xisobi temetik xaritalarini tanlash mumkin.

❗️Geopartaga OneID orqali kirilsa saytdan to'liq foydalanish mumkin.

🔻Geoportalga o'tish uchun havola:

https://open.ngis.uz/

🌍 @geostars
#vebinar #gis #rs #geomatika #aquacrop

GIS and Remote Sensing Uzbekistan hamjamiyati tomonidan doimiy tashkillashtirilayotgan 9-vebinarga  sizlarni taklif qilamiz.

Maruzachilar:
1. Kenjabayev
Shavkat -
Sug'orishni rejalashtirish va hosilni prognozlashni yaxshilash uchun AquaCrop dasturini amalga oshirish

2. Umarov Nurali -
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti transformatsiya qilish jarayonida geomatika va masofadan zondlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar

Vebinar 9-mart(shanba) kuni soat 20:00 o'tkazilishi belgilangan.

Vebinar 🎥Google Meet
dasturi orqali o'tkaziladi. Vebinar havolasi 1 soat oldin e'lon qilinadi.

🌍 @geostars
#gis #rs #geoportal #agro #uzb

🌾Qishloq xo’jaligi vazirligi geoaxborot tizimi – Qishloq xo’jaligi yerlari bilan bog’liq barcha fazoviy ma’lumotlarni izlash va tasvirlashga mo’ljallangan internet tarmog’ida ochiq foydalanishda taqdim etiladigan ma’lumotlar manbaidir.

🔹Geoportal haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun havola

👉 Geoportalga o'tish

🌍 @geostars
#agro #gis #rs #ai #onesoil

🌱OneSoil - suniy intelekt yordamida ekinlarni masofadan turib kuzatish, hosildorlikni oshirish, urug‘lik va o‘g‘itlar sarfini pasaytirishga yordam beradigan platformadir.

🔹Sun'iy yo'ldosh ma'lumotlaridan foydalanib, o'simliklar rivojlanishini nazorat qilish va aniq qishloq xo'jaligi texnologiyalarini qo'llash imkonini beradi.

🔹Smartfoningizga OneSoil dasturini o'rnating hamda dastur yordamida daladagi muammolarni tezda toping va dala tekshiruvlari uchun sarflanadigan vaqt va pulni tejang.

Raqamli dehqonchilik yordamida dalangiz unumdorligini oshiring!

👉 Platformaga o'tish

Mobil dasturni yuklab olish:📲
Android | IOS

🌍 @geostars
🚀Masofadan zodlash orqali yer ostidagi suv hajmini o'lchash mumkinligini bilarmidingiz?

🐁🐈Yoki bir birini Tom va Jerryga o'xshab quvib yuruvchi suniy yo'ldoshlar haqida eshitganmisiz?

🌍 GRACE va GRACE-FO: Sayyoramizning Gravitatsiya Kuchini "Sezuvchi" Yo'ldoshlar! 🚀

GRACE (Gravity Recovery and Climate Experiment) va uning davomchisi GRACE-FO (Follow-On) missiyalari Yerning tortishish maydonini o‘lchash uchun maxsus yaratilgan ikki egizak yo‘ldoshlar juftligi. Ular 2002-yildan beri Yerdagi suv resurslari, muzliklar erishi va dengiz sathining ko‘tarilishi kabi global o‘zgarishlarni kuzatib kelmoqda.

🔭 Qanday ishlaydi? GRACE va GRACE-FO yo‘ldoshlari bir-biridan 220 km uzoqlikda harakatlanib, orasidagi masofaning ozgina o‘zgarishlarini juda aniq o‘lchaydi. Yerning tortishish maydoni har xil joylarda o‘zgaradi va bu yo‘ldoshlar orasidagi masofaning o‘zgarishiga olib keladi. Bu ma'lumotlar esa yerning tortishish maydoni xaritasini yaratishda qo‘llaniladi.

🌊 Nega bu muhim? Bu missiyalar yordamida biz global iqlim o‘zgarishlari haqida ko‘proq bilib olamiz. Misol uchun, ular muz qoplamlarining qanchalik tez eriyotganini yoki qurg‘oqchilikni oldindan ko‘ra oladi. Har bir o‘lchov, yer yuzasidagi suv resurslarining miqdori va joylashuvi haqida qimmatli ma'lumotlar beradi.

Yerdagi o‘zgarishlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘ruvchi va ularni kuzatuvchi ushbu "kosmik yo'ldoshlar" bizning iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashimizda juda muhim ahamiyatga ega! 🌍

🔻Foydali manbaalar:
JPL (Jet Propulsion Laboratory)
GFZ (GeoforschungsZentrum Potsdam)
CSR (Center for Space Research at University of Texas, Austin)

📹Loyiha haqida qisqa videoro'lik:
https://youtu.be/1IX2EExv5pM?si=P2M91EGlEIUsmf-Q

#rs #water #gis #nasa #jfz #grace #gravity #grace_fo #environment

🌍 @geostars
🌌Toshkent shahrining SAR sensori orqali olingan sun'iy yo'ldosh surati

Bu kosmik surat Yaponiyaning Synspective kompaniyasining 🛰StriX sun'iy yo'ldoshidanolingan bo'lib, bu turdagi tasvirlar asosan infrastrukturani boshqarish, shaharsozlik, va tabiiy ofatlar ta'sirini kuzatish uchun ishlatiladi.

🌍Synthetic Aperture Radar (SAR) kosmik suratlari har qanday ob-havo sharoitida, hatto tunda ham yuqori aniqlikdagi tasvirlarni yaratishga imkon beradi.

Bu turdagi syomka ishlari dengizga yaqin va ob-havo tez-tez aynidigan hududlarda keng qo'llaniladi.

🔻Ushbu kosmik suratni quydigi havola orqali bazi bir shaxsiy ma'lumotlarni kiritgan holda ko'chirib olishingiz mumkin:
https://synspective.com/gallery/tashkent/

#SAR #tashkent #rs #Airport #City #InfrastructureManagement #gis

🌍 @geostars
🗺Earth Map - bu sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga asoslangan ekologik monitoring platformasi bo'lib, atrof-muhit o'zgarishlarini aniqlash va tahlil qilishda yordam beradi.

🔹Uning eng qiziqarli tomoni - platforma global o'zgarishlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini beradi, masalan, o'rmonlarning qisqarishi yoki suv resurslarining kamayishi kabi holatlar.

⚡️Shuningdek, foydalanuvchilar iqlim o'zgarishlari, qurg'oqchilik, hosildorlik va suv havzalari haqida keng qamrovli tahlillar olib borishlari mumkin.

🔻Platformaga o'tish uchun havola:
https://earthmap.org/

#earthmap #earth #map #rs #gis #analysis #climate #agriculture #hydrology #degradation #lclu

🌍 @geostars
Index DataBase masofadan zondlashda ishlatiladigan sensorlar indekslari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan vosita.

U foydalanuvchilarga muayyan sensorlar va mavzular bo‘yicha indekslarni tez topish imkonini beradi.

🌱Misol uchun o‘simliklar o'sishini kuzatish uchun ko‘plab indekslari mavjud, biroq ular bir joyda to‘planmagan va tizimlanmagan.
Saytga, sensor yoki mavzuni kiritib, ushbu qidiruv shartlariga mos keluvchi barcha indekslar va ular haqidagi ma'lumotlarni oson topishingiz mumkin.

🔻Saytga o'tish uchun havola:
https://www.indexdatabase.de/

#index #database #sensor #rs #gis

🌍 @geostars
🇺🇸CORONA loyihasi 1960-1972-yillarda AQShning Sovuq Urush davridagi maxfiy sun'iy yo‘ldosh razvedka tiziminidir. Bu maxfiy dastur geosiyosiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, to'plangan tasvirlar bugungi kunda ochiqdir.

CORONA tasvirlari nafaqat o‘sha davrdagi texnologik yutuqlarni aks ettiradi, balki yer yuzining sovuq urush davridan beri o‘zgarishlarini o‘rganish uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi.

❇️Qiziqarli jihati shundaki ushbu suniy yoldosh suratlari kilomertlab fotoplonkalarga tushirilgan va yerga kapsulalarda jo'natilgan.

#gis #rs #razvetka #coldwar #usa #ussr #corona

🔻Saytga tashrif buyuring:
https://corona.cast.uark.edu/

🌍 @geostars
Forwarded from GEOSTARS