Good Doctor feedbacks
165 subscribers
1 video
🙋Feedbacks >> @jamshidnazarali

👩‍🏫Demo darslar: @GoodDoctor_Demo

🕵️Asosiy kanalimiz: @gdgooddoctor
Download Telegram
Forwarded from Бинту Икром🐳🐋
Assalomu alaykum va rohmatullohu va barokatuh

Biz darsda mikrobiologiya fanini o‘tganimizda umuman tushunmaganman, shunchaki o‘qib kelib, gapirib berardim, tushunmaganim un darrov yana unutardim, darslarimiz institutda juda sekin o‘tardiki, "Tezroq tugasa edi..." deb o‘tirardim darslarda... va shu tariqa "Mikrobiologiyaga umuman tushinib bo‘lmaydi"- deb o‘ylagan edim, ammo GOOD DOCTOR ning mikrobiologiya kursi butunlay: "qiyin, tushunarsiz"-degan tasavvurimni o‘zgartirib yubordi, aslida juda tushunarli, aniq va harakat qilsa o‘zlashtirilishi oson fan ekanligini anglab yetdim.

Bu fanni yaxshi o‘zlashtirishimiz un: eng so‘nggi manbalarga asoslangan ma‘lumotlar va vaziyatli masalalar bn mustahkamlashimizga sababchi bo‘lgan ustozimiz
@JavoxirNazarov ga alohida tashakkur aytaman!
Alloh ilmingizni ziyoda qilsin ustoz, bu yo‘ldan Alloh sizni hech qachon charchatib qo‘ymasin!

#mikrobiologiya_haqida
2👍2🔥2🥰1
Forwarded from Dr
Дарслар жудаям зор болди, устозим @JavoxirNazarov @Doctor_Bekmirzayev алохида рахмат, анча нарса органдим ва колган фанларгаям, ман учун фундаментни бир кисми болди.
4🔥3
Forwarded from 𝘋𝘳.𝘋𝘳𝘦𝘢𝘮𝘦𝘳
Immunologiya kursida ancha fundament bilimlarni oldim, menimcha bularni har bir shifokor bilishi shart. Immunitetim past deb odamlar ko'p gapiradi, lekin u o'zi nima, bir dona limfa tuguni bajaradigan millionlab ishlar , oddiy allergiya , autoimmun kasalliklar. Bularni mexanizm darajasida tushunish kerak.
Bu kursda olgan bilimlarim oltinga teng va boshqa fanlarni o'zlashtirishda ham ahamiyati katta. Meditsina bunchalik qiziqarli ekanligini bilmay yurgan ekanman 🥲🤫. Ustozlarga mingdan ming rahmat @Bekmirzaev_Javohir @Javoxir_Nazarov
Shu tempda davom etish uchun hatto mikrobiologiya kursiga ham a'zo bo'lib oldim 😁
Bundan buyon bilim olishda to'xtamaslik kerak)
3
Forwarded from Bo'ston
Kurs juda yoqdi, videolar juda yaxshi ishlangan ekan, qisqa vaqtda vaqtni tejagan holda kurs materallaridan foydalansa self-studydan ko'ra yaxshiroq bo'lar ekan ,ayniqsa kursdagi case masalali quizlar yoqdi, keyin darsdagi savol-javoblarda o'qilgan ma'lumot yanada mustahkamlanar ekan
🔥8👍1
Forwarded from فاطمة الزهرة
Assalomu alaykum VA RAhmatullohu barokotux ustoz sizlardan juda minnatdorman.Alloh taolo yanada ilmingizni ziyoda qilsin.
Bu kursga qo'shila olmasam kerak degandim.Lekin Alloh nasib qilib bepul o'qish imkonyatiga ega bo'ldim.Avvalo tashkil qilgan vedio darslarni tushuntirib bizga ilm olishga yengillik qilgan ustoz @JavoxirNazarov kattakon rahmat.Juda zo'r ishlangan va a'lo darajada tushuntirilgan.
Alohida tashakkurim@Doctor_Bekmirzayev ustozga.Tinmadilar juda ko'p ishladilar biz bilan.Oxirgi 2 dars qatnasha olmadim bu haqida ustozni ogohlantirgandim.🙈🙈Lekin har dars tugagandan keyin juda Mazza qilardim.Chunki tibbiyotda ko'p anglashni xohlagangan lekin tushunmagan narsalarimni ustoz ertak qilib tushuntirib berardilar.Ingliz tilini bilmaganim uchun biroz qiynaldim.😔Lekin o'zim kutganimdan ham ko'p narsa oldim.😊. Alloh taolo rozi bo'lsin.
InshaAlloh nasib bo'lsa ingliz tilini yaxshilar o'rganim Good Doctor jamoasiga qo'shilib davom ettiraman.InshaAlloh .Alloh taolo shunday yaxshi insonlarni doim yaxshilik bilan siylasin ilohim🤲
5👍5
Forwarded from Makhmudjon Melikuziev
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh .

from student to student

Good doctor kurslariga qo'shilishimdan oldin o'zim 5 oy self-study qilib tayyorlanga edim, bu davrda ma'lumotlar judayam ko'p va tuganmasdek tuyulardi yani tugatganimga to'liq confident bola olmasdim ( USMLE imtihonlaridan pass bolish uchun Hamma narsani emas kerakli narsani bilish kerakligi tushunib yetgandim) va eng kerakli qismlardan biri case ishlash, bundan hamma ma'lumotni o'qib chiqganimdan keyin ham case ishlashga qiynalar edim , aniq kerakli qismni topib olishga qiynalar edim va manga consistency va aniq plan yetishmasdi , buni his qilardim . keyinchalik Good doctor kanalini kuzatib borar edim . va e'lon berildi , microbiology yani kurs boshlanishi haqida va bu paytda man micro boshlayman degan paytga to'g'ri keldi , va qo'shildim .

darslarni qanday olib borilishini va qanday resourcelardan foydalanilishini ko'rdim. va

video darslarni ustoz @JavoxirNazarov o'z maromiga yetkazib, usmle imtihondan tushishi mumkin bo'lgan conceptionlar aniq yoritib berishgan.

va biz bn doimiy savol javoblar qilib , tushunmagan qismlarimizni maksimal tushuntirib berib aniq mohiyatiga yetishimizga katta yordam berib, doimiy kamchiliklarimizni to'ldirib, bu yo'limizda katta tirgak bo'layotgan ustozimiz @Doctor_Bekmirzayev .
darslardagi muhitga to'g'risi gap yo'q. Ha yana kursning man uchun eng ustun taraflaridan biri bu- doimiy cases ishlash va qanday yondashishni to'g'ri va tez rivojlantirishi bo'ldi . malum fan tugagaguncha uje caselarni ham ishlab aniq tahlillar bilan ishlab bo'linadi .
yani teachersiz va teacher bilan o'qishdagi farqlarni his qildim .


USMLE step 1 exam da PASS bo'lish uchun muhim bo'lgan ( avvvalo nasib) :

• aniq reja
• kerakli resources
• consistency
tajribali yo'l ko'rsatuvchi allaqachon bu yo'lni past balandini ko'rib bo'lgan ustozlar .

bularni nima uchun yozyabman?

foydali narsani har doim ehtiyoji borlarga ulashishga harakat qilaman va hozir ham shunday (bolaligimdan yaxshini yaxshi , yomonni yomon deb aytishga o'rgatishgan )

USMLE o'qiymikin ?
eplay olamanmikin?
va allaqachon boshlab togri yo'nalish topa olmay vaqtini sarflab qo'yayotganlar bo'lsa, aniq bir tempga tushib Good doctor kurslarini o'qib ko'rishni maslahat beraman. o'zingizni haqiqiy potentsialingizni darslar o'tilgani, o'qiganingiz sari his qilasiz, o'zini qayta kashf qilgan tanishlarim ham bor.


Hammaga omad !
16👍9🌚3
Assalomu aleykum darslar juda qiziqarli.Mikrobiologiya kurs orqali juda ko'p narsalarni o'rgandim.Virusli bakterial etiologiyali kasalliklarda klinik belgilarni kelib chiqish mexanizmlari ham yaxshi tushuntirilgan.Institut o'quv programmasida tushunmay qolgan mavzularim va savollarimga javob topdim.Juda ko'p maʼlumotlarni xato o'zlashtirib ketgan ekanman.Shularni ham qayta tog'ri tushunib olishimga yordam berdi bu kurs.Klinik fikrlashga katta etibor qaratish kerakligini o'rgandim.Hammangizga kursda qatnashishni maslahat beraman.Bergan bilimlari va qilgan mehnatlari uchun Good doctor jamoasiga va ustozlarimiz @JavoxirNazarov va @gogetter_21 ga o'z minnatdorchiligim va rahmatimni aytaman.Ilm ulashishdan hech qachon charchamang.
2
Forwarded from Manager | MuhammadMirzo
Microbiology qismi juda tizimli va imtihon yo‘nalishida o‘tilgani yoqdi. Mavzular oddiy nazariya emas, balki USMLE savollarida qanday kelishi nuqtai nazaridan tushuntirilgani ayniqsa foydali bo‘ldi. Organizm → klinika → test savoli ko‘rinishida bog‘lanishi eslab qolishni osonlashtirdi.
Ayniqsa, farqlashga qiyin bo‘lgan bakteriyalar va viruslar jadval, taqqoslash va mnemoniklar bilan berilgani samarali bo‘ldi. Antibiotiklar, toksinlar va patogenez qismlari imtihoncha yondashuvda o‘tilgani kuchli tomoni deb hisoblayman.
1🔥1
Forwarded from Xidirnazar
Men Good doctor da biokimyo kursini yakunladim kurs sifati aʼlo hamma high-yield maʼlumotlar yigʻilgan ayniqsa Mahmudjon ustozni dars oʻtishlari yoqdi chunki erinmasdan har bitta holatni klinikasi bilan bogʻlab tushuntiradila shu kursni tashkil qilgan Good doctor jamosiga ham alohida rahmat barchaga kursni tavsiya qilaman!!!
Forwarded from Jasurbek
Assalomu alaykum barchaga biochemistry kursini tamomlaganimiz va ozmi kòpmi bilimga ega bòlganimiz bilan barchani tabriklayman! Meni bu ilm yòliga chorlagan, undagi qiyinchiliklarga kòmakdosh, maslakdosh bòlgan barchaga katta rahmat aytaman. Bunda eng asosiy qatorda ota-onam, ustozimiz Mahmudjon aka va bir qancha insonlar turibdi. Kurs juda kòp bilim va kònikmalar oldim òzim uchun. Bir gap borku: ,,qancha òrganganing sari hali yana qancha òrganmagan narsalaring haqida bila boshlaysan"

Kurs juda zòr òtdi ustoz har bir talaba bilan individual yondashishdi, qanday savol bòlsa ham hech erinishsiz birma-bir javob berishdi.Kursda òqigan barchani, bunga sababchi bòlgan ustozlarni Alloh ilmini bundanda ziyoda qilsin!

Kursni tamomlagan barcha guruhdoshlarga keyingi rejalarida omad tilayman.

Good doktor kursini barchaga tavsiya qilaman. Chunki bunda barcha high-yield ma'lumotlar, caselar, konspektlar va online savol-javoblar barchasi bor.

Kurs davomida ilm òrgatish uchun beminnat sa'y-harakati singan ustoz va tashkilotchilarga rahmat!!!
Assalomu aleykum Good Doktor guruhida biochemistry bo'limini tugatdim.Biochemistry juda zo'r yakunlandi.Case ustida ishladim.Mikrobiologiya va Immunologiya bo'limlarida natijalarim ohirgi qatorlarda edi.Biochemistrda  klinik fikrlashim yanayam oshdi.Ko'pchilik talabalarning xatosi kursga boshida qo'shilib1,2 ta darsdan keyin casedagi natija pastroq chiqsa ruhiyatlari tushib qolib ketishadi.To'htamay natijalarga qaramasdan harakat qilish kerak.Qatnashishni niyat qilib yurgan talabalarga ikkilanmay kursga qatnashishni tavsiya qilaman.Darsni savol javob qilib caselarni vaqtini ayamasdan bittalab tahlil qilib berdi har darsda ustozimiz  Mahmudjon aka.Shunday kursni tashkil qilib mehnatini ayamaydigan ustozlarimizga rahmat aytaman.Ilm ulashishdan hech qachon charchamang.Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin