2 subscribers
10 photos
2 videos
1 file
5 links
Never stop learning ❗️❗️❗️

You can do it everything if you want ❗️❗️❗️

Have you got question just ask me ⏬⏬⏬

👨🏻‍💻 @ergashev111
Download Telegram
Channel created
Channel photo removed
Channel photo updated
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Veb saytlarni hosil qilish uchun Frontend va Backend dasturchilari qatnashadi.

❗️Frontend dasturchisi 👨🏻‍💻 veb sahifaning barcha ko'rinadigan qismini hosil qilib beruvchi dasturchi hisoblanadi😎. Misol uchun siz Kun.uz ga kirganingizda sizga ko'rinadigan har qanday ko'rinishni yaratuvchi dasturchi hisoblanadi. Bundan tashqari veb sayt yasash uchun

❗️
Backend dasturchisi 👨🏻‍💻 veb saytning baza qismi serverlari bilan shug'ullanadi.

⭕️ Bundan tashqari Fullstack dasturchilari bo'lib ular ham frontend ham backend texnologiyalarida ishley olishadi.

📣 Ushbu kanalda sizlar bilan Frontend texnologiyalaini o'rganib boramiz.

👉🏻 Kanalga o'tish
Live stream scheduled for
Veb sahifaning FrontEnd qismini 3 ta texnologiya yordamida hosil qilishimiz mumkin. Bular:
❇️ HTML
❇️ CSS
❇️ JS
📣 Bizga qo'shiling
🔥2
HTML - (Hyper Text Markup Language)

♦️ Veb sahifalarni yaratish uchun standart belgilash tilidir

♦️ HTML veb sahifaning strukturasini tafsiflaydi

♦️ HTML elementlari brauzerga kontentni qandey ko'rsatishni tafsiflaydi.

❇️ HTML
-dasturlash tillari qatoriga kirmaydi. HTMLda hujjat/web-sahifa yaratish uchun Windowsning 'Bloknot' kabi oddiy matn muharriri 🗒 yetarli. HTML ning buyruqlari < > belgilari orasiga yoziladi va bu teg (inglizcha: tag; tarjimasi: belgi, yorliq) deb ataladi. Misol uchun, <html> yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini bildiradi. Shuningdek, teglarning katta yoki kichik harflar bilan yozilishi farqlanmaydi (misol uchun, <HTML> va <html> bir xil teg), yana teglar lotin alifbosida yoziladi.
JavaScript haqida gapirishdan oldin shuni
alohida takidlash kerakki ⏬

❗️❗️❗️ JavaScript va Java konsepsiyada ham dizaynda ham mutlaqo boshqa tildir.

♦️ JavaScript dunyodagi eng mashhur dasturlash tilidir.

♦️ JavaScipt orqali veb saytdagi harakatlarni ifodalay olamiz deyishimiz mumkin.

♦️JavaScriptni eng afzallik tomoni o'rganish uchun oson til.

🔴 ECMAScript - bu tilning rasmiy nomi.

❇️ JavaScript - odatda veb-sahifalarni yaratish uchun ishlatiladi. Bu bizga veb-sahifaga dinamik xatti-harakatlarni qo'shish va veb-sahifaga maxsus effektlar qo'shish imkonini beradi. Veb-saytlarda u asosan tekshirish maqsadida ishlatiladi. JavaScript bizga murakkab harakatlarni bajarishga yordam beradi va shuningdek, veb-saytlarning tashrif buyuruvchilar bilan o'zaro aloqasini ta'minlaydi. JavaScript-dan foydalanib, veb-sahifani qayta yuklamasdan ham hujjat tarkibini yuklash mumkin.
CSS - Cascading Style Sheets

♦️ HTML yoki XML (jumladan, SVG , MathML yoki XHTML kabi XML dialektlari ) da yozilgan hujjat taqdimotini tasvirlash uchun foydalaniladigan uslublar jadvali tilidir.

♦️ CSS ko'p ishlarni tejaydi. U bir vaqtning o'zida bir nechta veb-sahifalar stilini tasvirlashi mumkin.

❇️ CSS-dan hujjat matnini juda oddiy uslublash uchun foydalanish mumkin, masalan , sarlavhalar va havolalarning rangi va hajmini o'zgartirish. U tartibni yaratish uchun ishlatilishi mumkin - masalan , matnning bitta ustunini asosiy tarkib maydoni va tegishli ma'lumot uchun yon panelli tartibga aylantirish. Hatto animatsiya kabi effektlar uchun ham foydalanish mumkin.
Yuqoridagilarni o'qib tushunmagan bo'lsangiz 🤷🏻‍♂️ havotir olmang hali har biriga alohida to'xtalib o'tamiz 😁. U ma'lumotlar sizda shunchaki HTML, JavaScript, CSS haqida tasavvur uyg'otish uchun edi. Bundan tashqari biz bu kanalda JavaScriptning eng mashxur hozirgi kunda eng ko'p ✳️ qo'llaniladigan React kutubxonasini 📔📒📕 ham o'rganamiz.
🔘 Dasturlashni o'rganmoqchisiz lekin qandey komputer 💻 tanlashni bilmayapsizmi unda quyidagi maslaxatlarni o'qib qo'ying😁 (Foydasi tegadi).

♦️ Intel Core i5 yoki i7 protsessorlari

♦️ To'liq HD ideal holda 1920 × 1080

♦️ 4 GB minimum operativ xotira tavsiya qilinadigan operativ xotira 16 GB

♦️ Bundan tashqari protsessorning chastotasiga ham ahamiyat berish lozim eng kamida 2.4 Ghz bo'lsa yaxshi.

♦️Kompyuter xotirasiga ham ahamiyat bering xotirasi SSD bo'lsa nur ustiga a'lo nur 😄
Front-End
VSCodeUserSetup-x64-1.62.3.exe
🛑Veb sahifaning frontend qismini oddiy blaknotda 📋 ham yaratsa bo'ladiyu 😉 lekin unda yozilgan kodlar biroz zerikarli bo'lib qoladi 😕 bu dastur orqali yozilgan kodlarimizni chiroyli ko'rinishga va kodlarni oson ishlatib ko'rishimizga va ko'plab hususiyatlarga ega 😃. (O'zingiz bir ishlatib ko'ring).

💢Doimo ishingizni qiziqarliroq bo'lishiga intiling shunda o'rganishdan va o'sishdan to'xtamaysiz 😉

💻Frontendni biz bilan o'rganing
👍1
Assalomu aleykum !!!

Sizlar uchun Frontend bo'yicha bepul kurs boshlanadi bu kursda nimalarni o'rganasiz:

✅ HTML
✅ CSS
✅ Javascript
✅ React (Hooks, React Router, Redux)

🔴 Kurs online formatda zoom orqali bo'lib o'tadi.

🟢 Agar zarurat bo'lsa offline formatda ham o'tkaziladi.

Sizlardan talab faqat ishtiyoq bilan o'qish☺️ !!!

📣📣📣 Bizning kanal
Front-End pinned a photo
Forwarded from MohirDev.uz
​​Bo'sh vaqtingizda ko'rishingiz mumkin bo'lgan, dasturlashga aloqador seriallarni bir joyga jamladik:

1. The Billion Dollar Code (2021)
2021-yil Netflix tomonidan suratga olingan serial real voqealarga asoslangani uchun qiziq. Syujetga ko'ra, Google Earth asosini tashkil qiluvchi algoritmni 2 nemis dasturchilaridan Google "o'g'irlab oladi' va yillar o'tib, bu dasturchilar Googleni sudga berishadi. 4 qismdan iborat serialni ko'rib, 90-yillardagi dasturlash muhitini xis qilishingiz mumkin.

2. Sillicon Valley (2014-2019)
Komediya janrda olingan serialda Sillikon Vodiysi, startaplar o'ziga xos tarzda ochib berilgan. Serial davomida Pied Piper deb nomlangan startapning o'sishi va qulashini ko'rishingiz mumkin.

3. Devs (2020)
Kvant kompyuteri, nazariy fizika, big-data, yangi texnologiyalar, dasturlash aralashgan falsafiy va jinoiy trillerlarga qiziqsangiz, bu miniserial aynan siz uchun. Fikrlashga majbur qiladigan serial.

4. Mr. Robot (2015-2019)
Kunduzi kiberxvafsizlik mutaxassisi, kechasi esa xakker sifatida faoliyat yuritadigan Elliot atrofida bo'lib o'tadigan voqealar haqida serial hikoya qiladi.