Madaniyat bo'limi | Forish tumani
145 members
481 photos
100 videos
2 files
216 links
Ⓜ️ Jizzax viloyati Forish tumani Madaniyat bo'limi.
☎️ Tel: (72) 452-15-98
✉️ E-mail: baxti2724@inbox.uz
🌐 Veb sayt: http://forishmb.mincult.uz/
Murojaat uchun: @baxti1989
Download Telegram
to view and join the conversation
Joriy yilning 6-oktyabr kuni Forish tumani madaniyat markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Тantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi va madaniyat markazida tashkil etilgan badiiy xavaskorlik jamoalari, ijodiy to‘garaklar faoliyati shuningdek markazda yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan va madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan ijodiy to‘garaklar, badiiy xavaskorlik jamoalari bilan yaqindan tanishib, ular oldida turgan muhim vazifalar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli tavsiyalar berib o‘tdi.
ЖИЗЗАХ ВИЛОЯТИ ФОРИШ ТУМАНИ МАДАНИЯТ МАРКАЗИНИНГ ТАНТАНАЛИ ОЧИЛИШ МАРОСИМИ БЎЛИБ ЎТДИ. БАТАФСИЛ
Forish tumani Madaniyat bo‘limida tashkil etilgan badiiy tashviqot guruxi a’zolari tomonidan 2020-yil 7-oktabr kuni Zafarabod tumani S.Raximov SIU dagi Samarqand viloyatidan kelgan 179-terim otryadi va Zafarobod tumani S.Sindarov SIU dagi Forish tumani “O’zbekiston” MFY dan borgan 205-terim otryadlari xasharchilariga madaniy dam olish konsert dasturi tashkil etildi. Madaniy tadbirlarda 130 nafardan ortiq hasharchilar ishtirok etdi.
2020 yil 10-oktyabr kuni Forish tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan madaniyat markazida tashkil etilgan navbatdagi “Maydon tomoshalari” festivalida Uchquloch madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Parvoz” ashula va raqs xalq ansamblining konsert dasturi namoyish etildi.
Konsert dasturida Vatanni, tinchlikni, yoshlikni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar, shuningdek raqslar namoyish etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Жиззах вилояти Фориш туманида маданият уйи очилиши ва «Обод қишлоқ» дастури доирасидаги ишлар таҳлили
#10oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Forish tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan
2020 yil 11-oktabr kuni madaniyat markazida “Maydon tomoshalari” festivali tashkil etildi. Festivalda Forish tumani madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Tog’ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli ijrosidagi milliy kuy-qo’shiq, raqslardan hamda rus va qozoq qardosh millatlarining qo’shiqlaridan tuzilgan jonli ijrodagi konsert dasturi namoyish etildi.
Forish tumani Madaniyat bo‘limida tashkil etilgan badiiy tashviqot guruxi a’zolari tomonidan belgilangan tadbirlar rejasiga asosan 2020-yil 11-oktabr kuni Zafarabod tumani S.Raximov SIUdagi Samarqand viloyatidan kelgan 179-terim otryadi va F.Xo‘jayev SIUdagi Forish tumani Jamoatchilik a’zolaridan tashkil etilgan mahalla fuqarolar yig‘inlaridan borgan 175-terim otryadi xasharchilariga madaniy dam olish konsert dasturi namoyish etdildi. Konsert dasturlarida 170 nafarga yaqin hasharchilar qatnashdi.
21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab Forish tumani Uchquloch madaniyat markazida “Mening ona tilim-mening faxrim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 👉🏻Batafsil:
2020 yil 17-oktabr kuni Forish tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan madaniyat markazida tashkil etilgan navbatdagi “Maydon tomoshalari” festivalida Forish madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Bog’don gullari” folklor etnografik xalq ansambli va “Kichkintoy” xalq havaskorlik qo’g’irchoq teatrining tomosha konsert dasturlari namoyish etildi.
Forish tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan 2020 yil 18-oktyabr kuni madaniyat markazida tashkil etilgan “Maydon tomoshalari” festivalida tuman badiiy xavaskorlari ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forish tumani Madaniyat boʻlimi tomonidan 21-oktabr Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tayyorlangan videorolik.
"QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!"
2020 yil 24-oktabr kuni Forish tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan madaniyat markazida tashkil etilgan navbatdagi “Maydon tomoshalari” festivalida Forish madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Tog’ shalolasi” ashula va raqs xalq ansamblining milliy kuy-qo’shiqlardan tuzilgan jonli ijrodagi konsert dasturlari namoyish etildi.