Androidcoder
15 subscribers
91 photos
9 videos
7 files
82 links
only UP!!!
Download Telegram
Forwarded from Data Science
Visual Thinking: Drawing Data to Communicate Ideas.zip
214.8 MB
📱Data Science
📱Visual Thinking: Drawing Data to Communicate Ideas
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Mobile news (Murotxonov Anvarxon)
Yana "Data" tarqalishi
"Safe road" foydalanuvchi shaxsga oid ma'lumotlari va ilovaga ulangan bank karta raqamlari hamda to'lov ma'lumotlariga oid raqamli infolar tarqalgani xabar qilinmoqda

Xozircha rasmiy izoh berilmadi.
Coming back 🙃
❤1
Forwarded from IT Portal
На GitHub выложили полноценный практический курс по DevOps с подготовкой инфраструктуры к продакшену.

Курс включает 18 лабораторных работ, в ходе которых вы научитесь развёртывать одно приложение, последовательно осваивая Docker, CI/CD, Terraform, Kubernetes, Helm, Argo CD, Prometheus, Grafana и методы постепенного развёртывания обновлений.

https://github.com/inno-devops-labs/DevOps-Core-Course

@IT_Portal
Forwarded from Mobile news (Murotxonov Anvarxon)
🦈"Quantum Era" ham yaqinlashib kelyapti :)
Katta-yu kichik kompaniyalar dasturlarini ushbu davrda yuz berishi mumkin bo'lgan voqeyliklarga tayyorlashmoqda:
Shifrlash algoritmlari, blokcheyn , bank tizimidagi xavfsizliklar ... va hokazolar.

Umuman olganda bu jiddiy va daxshatli darajadagi buzib kirishlar bilan boshlanadigan davr! SUPER computerlar bu davrni boshlab berishadi.

Ushbu davr uchun harakatni hozirdan boshlash kerak yoki siz shunchaki ushbu jarayonda "tozza" kuzatuvchi bo'lib qolasiz :) Omad 🤡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from Flutter Notes
Sizni yaxshi biladigan AI-ga, sizdagi barcha malumotlar asosida xonani jihozlab berishini so'rab ko'ring.

Natija yomon emas )

Natijani comment-da ulashishingiz mumkin
Osh 😁
🔥2
Forwarded from Latipov [uzb]
UzIMEI’ning yetti yili: yaratilish tarixi, ta’sischilar, trillionlab so‘mlik to‘lovlar va ularning qonuniyligiga oid savollar

IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq navbatdagi mojarodan so‘ng UzIMEI tizimining yaratilish tarixi, pudratchi qanday tanlangani va tizimning moliyaviy jihatlarini batafsilroq o‘rganishga qaror qildim. Natijada savollarim yanada ko‘paydi. Ulardan eng asosiysi – IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun majburiy to‘lov undirishning o‘zi qanchalik qonuniy.

Konstitutsiyaga ko‘ra, fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 93-moddasiga muvofiq, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy etish Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatiga kiradi.

Ammo IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov qonun bilan emas, balki Vazirlar Mahkamasining 778-sonli qarori bilan belgilangan.

Shu yerda savol tug‘iladi: huquqiy jihatdan bu qanday to‘lov – soliqmi, yig‘immi yoki xizmat haqi?
Agar soliq yoki yig‘im bo‘lsa, nega uni parlament emas, hukumat belgilagan? Agar xizmat bo‘lsa, IMEI ro‘yxatdan o‘tkazilmagani uchun telefon 30 kundan keyin mahalliy mobil operatorlar tarmog‘ida ishlamay qoladigan sharoitda, bu xizmatdan foydalanish qanchalik ixtiyoriy?

Soliq kodeksida yig‘im qonun bilan belgilanadigan, yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq va budjet tizimiga to‘lanadigan majburiy to‘lov sifatida ta’riflangan. IMEI uchun to‘langan pullar esa tizim operatorining maxsus hisobvarag‘iga tushadi. Shu sababli uni avtomatik ravishda davlat yig‘imi deb hisoblash ham to‘g‘ri emas.

Ammo majburiy to‘lovni shunchaki «xizmat haqi» deb atash orqali uning qonuniyligiga oid savolni yopish ham, nazarimda, yetarli emas.

Biz huquqiy baho olish uchun murojaat qilgan yuridik fanlar doktori Dildora Bazarova ham, avvalo, ushbu to‘lovning huquqiy tabiatini aniqlash zarur, deb hisoblaydi. Agar bu yig‘im bo‘lsa, Konstitutsiya va Soliq kodeksi talablari bajarilishi kerak. Agar xizmat haqi bo‘lsa, uning majburiyligi va narxini belgilash uchun yetarli qonuniy asoslar mavjudligi tushuntirilishi lozim.

To‘lov qonuniymi yoki yo‘qmi, degan savolga javob topish uchun rasmiy huquqiy tushuntirish, jumladan, Konstitutsiyaviy sudning pozitsiyasi zarur.

Endi narxiga to‘xtalsak. Bugun bitta IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish 88 ming so‘m, 30 kundan keyin esa 110 ming so‘m turadi. Bitta telefonda ikkita IMEI bo‘lsa, har biri uchun alohida to‘lash kerak. 2019-yildan buyon standart tarif deyarli ikki baravar oshgan.

Nega? Chunki xizmat narxi muntazam oshirib boriladigan bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) bog‘langan. Xuddi jarimalar va ayrim davlat yig‘imlari kabi. Ammo BHM oshishining raqamli identifikatorni ma’lumotlar bazasiga kiritish tannarxiga qanday aloqasi bor? Nega ro‘yxatdan o‘tkazish narxi BHMning aynan 20 foizi, 2 yoki 5 foizi emas? Tarifning iqtisodiy ekspertizasini kim va qachon o‘tkazgan?

Yetti yil ichida IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ to‘langan. 2026-yilning birinchi yarmida tizim davlat operatori daromadlarining qariyb 90 foizi aynan IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hisobiga shakllangan.

Shu bilan birga, xizmat tannarxining ochiq hisob-kitobi, xarajatlarning batafsil tarkibi va texnik pudratchi qancha mablag‘ olayotgani haqida ma’lumot yo‘q.

Shu o‘rinda ikkinchi muammoga kelamiz – tizimning yaratilish jarayoni shaffof emasligi. 2019-yilda UzIMEI’ni joriy etish bo‘yicha tanlovda loyihani 2,5 million yevroga amalga oshirishni taklif qilgan Turkiyaning TTG kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. Bu haqdagi rasmiy xabarni internet arxividan topish mumkin.

TTG bizga uning mutaxassislari Toshkentda UZINFOCOM bilan birgalikda ish boshlaganini ham ma’lum qildi. Ammo shartnoma imzolanmagan. Kompaniya vakillarining aytishicha, sabablar tushuntirilmasdan loyiha Delta Telecom International kompaniyasiga berilgan.

Tanlovdan bir necha oy o‘tib, hukumat Information Technology Center qo‘shma korxonasi tashkil etilganini e’lon qildi. Uning 51 foiz ulushini Amerikaning Delta Telecom International I, LLC kompaniyasi, 49 foizini esa davlatga qarashli Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi olgan.

2026-yilga kelib esa ta’sischilar orasida Amerika kompaniyasi o‘rniga Singapur kompaniyasi ko‘rsatilgan. Qizig‘i, bu kompaniya faqat 2020-yil avgustida, ya’ni UzIMEI ishga tushganidan keyin ro‘yxatdan o‘tgan.

Bu kompaniyalarning yakuniy benefitsiar egalari kim? Nega dastlabki tanlov g‘olibi shartnomasiz qolgan? Tizimni yaratish aslida qanchaga tushgan?

Ehtimol, bu savollarning barchasiga qonuniy va iqtisodiy jihatdan asosli javoblar bordir. Ammo tizim majburiy bo‘lsa, millionlab fuqarolarga taalluqli bo‘lsa va trillionlab so‘m tushum keltirayotgan bo‘lsa, nega bu hujjatlar ochiqlanmagan?

Shaxsan menda tizim qanday shartlar asosida yaratilgani, undan tushgan pullar qayerga yo‘naltirilayotgani va nima uchun «xizmat» aynan shuncha turishi haqida ma’lumot bo‘lmasa, unga nisbatan ishonch ham bo‘lmaydi.

Ha, yagona IMEI bazasi foyda keltirishi mumkin: o‘g‘irlangan telefonlarni bloklash, klonlangan kodlarni aniqlash va noqonuniy importga qarshi kurashishda yordam beradi. Ammo nazarimda, tizim keltirib chiqarayotgan xarajatlar uning foydasidan ko‘proqdek.

Biz O‘zbekistonda soliq yuki nisbatan pastligi haqidagi gaplarni tez-tez eshitamiz. Ayrim soliq stavkalari bo‘yicha shunday bo‘lishi ham mumkin. Lekin biznes yuritish va yashashning haqiqiy xarajatlari faqat soliqlar bilan belgilanmaydi.

Import bojlari, majburiy to‘lovlar, sertifikatlashtirish, ruxsatnomalar, raqobatga qo‘yilgan cheklovlar, monopoliyalar va byurokratiya ham bor.

Tranzaksion xarajatlar ham mavjud. Bular – odamlar va tadbirkorlarning deklaratsiya to‘ldirish, tekshiruvlardan o‘tish, ro‘yxatdan o‘tkazish, navbat kutish va davlat organlari bilan ishlashga sarflaydigan vaqti va resurslari.
Bu ham iqtisodiy yo‘qotish. Ba’zan bunday xarajatlar soliqlarning o‘zidan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Oxir-oqibat, bularning barchasi uchun iste’molchi haq to‘laydi. Jumladan, tovarlar narxining qimmatlashishi orqali.

Biz dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatmiz. Logistika xarajatlari shundoq ham yuqori. Ammo qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish o‘rniga, ko‘pincha yangilarini yaratamiz.

Menimcha, IMEI uchun undiriladigan to‘lovning mustaqil huquqiy ekspertizasini o‘tkazish, tizimning moliyaviy modelini va pudratchini tanlashga oid hujjatlarni oshkor qilish zarur. Shundan keyingina majburiy pullik ro‘yxatdan o‘tkazishni hozirgi shaklda saqlab qolish uchun asoslar bormi yoki yo‘qmi, degan masalani muhokama qilish mumkin.

@latipovuzb
GitHub'da kiberhujum: 60 mingdan ortiq repozitoriy xavf ostida!

Hakerlar juda yashirin sxemadan foydalanishdi: zararsiz ko'ringan Pull Request'lar orqali tizimga kirib, GitHub Actions ish jarayoniga zararli skript joylashgan.

Natijada AWS, Google Cloud va Azure xizmatlariga tegishli maxfiy tokellar va parollar o'g'irlanib, 4,800+ ta akkaunt jabr ko'rgan. Hujumchilar iz qoldirmaslik uchun jurnallarni ham tozalab ketishgan. Xavf ostida nafaqat dasturchilar, balki npm va PyPI orqali kutubxona tarqatuvchilar ham bor.

💡 Xulosa: GitHub Actions uchun berilgan ruxsatlarni, secrets'larni va begona pull request'larni tekshirib chiqing va qattiq cheklovlar o'rnating. Xavfsizlik hech qachon ortiqcha emas!
Forwarded from IT Portal
Ютубер с помощью Claude взломал свой 32-летний Jeep Cherokee, используя Arduino стоимостью всего $3, и добился того, чтобы автомобиль прошёл проверку на соответствие экологическим нормам Калифорнии. 🏎

У Jeep 1994 года выпуска нет стандартного диагностического разъёма, который используется в современных автомобилях. По словам автора, Claude смог разобраться в забытом протоколе связи из 1990-х годов и настроить запись данных о поездках. Затем он перешёл от чтения данных бортового компьютера к управлению топливным насосом.

Сам бортовой компьютер был слишком старым для перепрошивки, поэтому OpenAI Codex помог запустить на нём специальный код, изменяющий подачу топлива.

Примерно через неделю, Jeep успешно прошёл проверку на уровень вредных выбросов. 🎧

@IT_Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👣 Релиз Flutter 3.50: главные изменения для разработчиков

Вышел Flutter 3.50 и это обновление приносит несколько фундаментальных изменений в архитектуру фреймворка. Команда сосредоточилась на производительности, упрощении нативной интеграции и подготовке платформы к следующему этапу развития. Давайте разберем самые важные нововведения, которые повлияют на повседневную разработку и потребуют внимания при обновлении проектов.


Работа с нативным кодом:

Это, пожалуй, самое значимое изменение в релизе, которое меняет подход к работе с нативным кодом:

🔹Генераторы FFIgen для Objective-C и JNIgen для Java и Kotlin вышли в стабильную версию. Теперь нативные API можно вызывать из Dart напрямую, без каналов и обмена сообщениями.

🔹Данные больше не нужно упаковывать и распаковывать. Вызовы не обязаны быть асинхронными. Их можно делать синхронно и даже из фоновых изолятов.

🔹Pigeon получил новый режим, пока в превью. Он сам собирает типобезопасный код для связи с платформой, используя те же генераторы. Каналы при этом никуда не делись.


Material и Cupertino переезжают в отдельные пакеты:

Здесь изменения затронут почти каждый проект, поэтому лучше подготовиться заранее:

🔹Новые проекты сразу создаются с использованием независимых material_ui и cupertino_ui. Они развиваются отдельно от SDK и обновляются независимо.

🔹Привычные material.dart и cupertino.dart внутри фреймворка официально помечены как устаревшие.

🔹Переезд делается одной командой: dart fix --apply --code=migrate_design_widgets. Она сама заменит импорты и обновит делегаты локализации.


Что нового в вебе:

Веб-направление получило заметный прирост скорости и полезные мелочи для деплоя:

🔹Сборка на WebAssembly в Safari 26.2 и Firefox 147 выдает более чем в два раза больше кадров в секунду, чем JavaScript. Пока это включается вручную через wasmAllowList, по умолчанию станет в следующих релизах.

🔹Флаг --web-content-hash добавляет хеши в имена файлов. После выкладки новой версии пользователи больше не сидят на старом кэше.

🔹Экспериментальный WebParagraph отдает верстку текста браузеру. CanvasKit худеет с 5,46 до 3,75 МБ, эмодзи становятся цветными, а квадратики вместо символов пропадают.


iOS и macOS:

Тут изменения приятные и для пользователей и для разработчиков при отладке:

🔹Касания доходят до фреймворка на кадр раньше. Это минус 16 мс на 60 Гц и 8 мс на 120 Гц. Проверяли на устройствах вплоть до iPhone 6s.

🔹Новый или только что обновленный айфон больше не висит на белом экране, пока не откроешь Xcode. Инструменты сами готовят устройство к запуску.

🔹На реальные устройства вернулся flutter screenshot, которого не было с iOS 17.

🔹Отключение Swift Package Manager теперь выводит предупреждение при каждой команде. А на маках на Intel Flutter больше не тестируют, так что пора готовиться к переезду на Apple Silicon.


🔗 Читать подробнее


💡 Вывод:

Flutter 3.50 не ломает привычный подход к разработке, но заметно расширяет возможности. Прямой вызов нативного кода убирает лишнюю работу там, где важна скорость, а переезд Material в отдельные пакеты потребует пары минут на миграцию. Обновление выглядит спокойным, но полезным для каждого проекта.


Подписаться на канал:
➡️ Flutter & Dart | Мобильный трудоголик
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
AI bilan biror mavzuni o'rganish har doimgidan ham osonroq lekin LLM lar juda ko'p yozadi...boshni og'ritvoradi.

Shu borada bir qancha usullarni sinab ko'rdim va hozir men uchun eng yoqib turgan usul bu quyidagi skill orqali:

https://github.com/janestreet/agent_skills/tree/master/socratic-tutor

Sizga shundoqqina javobni aytib qo'ymaydi. Sizni qiynab qiynab o'rgatib oladi. Suvingizni ichadi. Savollar so'raydi. Progressni track qiladi.

O'zim ham studentlarni shunday qiynashni yoqtiraman. Natijasi zo'r bo'ladida.

@jakhonrakhmonov
Forwarded from ai mastava
Gemini Neonni asosan Opus 5.5 bilan solishtirishgan...

benchlar

@aimastava
Forwarded from Shamsiddin Komil
Uy qurdirayotgan odam usta qo'ygan har bir g'ishtni tekshirib chiqmaydi. Lekin poydevor qanday qo'yilganiga, uy loyihadagidek chiqyaptimi yoki yo'q shunga albatta qarab turadi.

Kod bilan ham shu ahvolga keldik. Agentlar shu darajada ko'p yozyaptiki, AI yozgan PR oddiysidan 2,5 barobar katta bo'lib, review vaqti kunlab kutib yotadi. Hammasini o'qishga hech kim ulgurmaydi, rostini aytsam o'qimayapmiz ham.

Xo'sh, unda nimani o'qish kerak?

One-way door, ya'ni merge qilgandan keyin ortga qaytarish qiyin bo'lgan o'zgarishlar.

O'zim ham agent yozgan kodning tranzaksiyalarga, ma'lumot va xavfsizlikka aloqador joyini ko'rib chiqaman, qolganiga manual va automated testlar bir necha raundlar ichida hal bo'ladi.

Har bir qatorni o'qish davri o'tdi. Endi g'ishtni emas, qarorni tekshiramiz: nimani tanladik, nega tanladik va eng asosiysi, to'g'ri narsani quryapmizmi o'zi.

Manba: LinearB, AI Hero