FinTechVibes💸
95 subscribers
121 photos
73 videos
2 files
49 links
I talk about:
-Finance📊
-Technology⚙️
-Education📚
-Movies🎬
Download Telegram
Lehigh Universitetining MBA Business Collegeda Ambassador talabalardan biri etib tayinlandim. Ozgina scholarship ham berishdi bu bo'yicha. Kimgadur mening universitetimda o'qish qiziq bo'lsa,shu link orqali meni topib gaplashishlari mumkin.

See more students:

Lehigh Business Ambassadors | Lehigh Business https://share.google/8voxvdN3ggyO6g6FV
👍542🍾2🥰1👏1🎉1
LinkedIn’ning ilk bor e’lon qilingan “Eng Yaxshi universitetlar” reytingida AQSh oliygohlarining bitiruvchilarini uzoq muddatli muvaffaqiyatga eng samarali tayyorlaydigan 50 ta universitet ko'rsatildi.⁠

Ushbu ro‘yxat maxsus ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, unda bitiruvchilarning ish joylashuvi, yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi, o‘qish davridagi amaliyot tajribalari hamda tadbirkorlik natijalari kuzatilgan.⁠

Mazkur dasturlar bitiruvchilari odatda ish topishda tezroq muvaffaqiyatga erishadi, kuchli professional tarmoq quradi va rahbarlik lavozimlariga erta ko‘tariladi.(Xar holda yaqin o'tmishda shunday bo'lgan). Men o'qiyotgan Lehigh University bu ro'yxatda 17 o'rindan joy olgan.
👍53👏1🍓1
3-Noyabr kuni Cobaltga shartnoma ochilganda UzAuto 2 soat ichida 100,000 ta shartnoma imzoladi. Internetdagi ochiq ma'lumotlarga tayanib Uzauto xodimi tarafidan tuzilgan rekord natijalariga ko'ra bu sotuv Xiaomi YU7(1 soatda 289,000 shartnoma) dan keyin qisqa vaqt ichida eng ko'p sotilgan model sifatida 2-o'rin oldi. Bu o'ziga xos rekord bilan Cobalt Teslaning Model 3(180,000 ta 24 soat) va Cybertruck(146,000 ta 1.5 kunda) ortda qoldiribti. Albatta bu statistika Cobaltni dunyo darajasidagi mashhur mashinalar bilan solishtirishga asos bo'lmaydi. Sababi,Cobaltning bunday sotuviga bozordagi sun'iy to'siqlar sababchi bo'lishi mumkin.Qolaversa, aniqlash kerak,masalan, balki Tesla Model 3ni dastlabki 1 soatda 150,000 ta keyin kun davomida 30,000 ta sotgan bo'lsachi? Xullas,100% foydali deb bo'lmasa ham qiziq solishtirish bo'libti.
👍2👀211
Kecha Amerikaliklar uchun muhim bayramlardan biri-Thanksgiving (Shukronalik) bayramini nishonlash uchun Universitetimizdagi "kattakon" Lori opa uyiga taklif qildi. Oilaviy bayramda opaxon,pochchamiz Scott va jiyanlar Ethan va Jaden va ularning opoqi-buvilari bilan bayramni nishonladik🦃 Kurka va boshqa ovqatlarni pochcha zo'r tayyorlapti.Ularga "Bandaman"ni eshitirdim va yoqtirib qolib,mazza qilib tinglashdi va saqlab olishdi.Bu bayramda har bir inson shoshgan dunyodan bir nafas to'xtab,o'zidagi bor ne'matlarga shukronalik keltiradi.Men ham o'zimda bor barcha narsalar uchun Allohga shukr aytdim.🤲
👍4🔥4❤‍🔥211😁1🆒1
Deyarli har bir Start-up bugun Sun'iy intellektga aloqador:)
😁51👍1👏1🆒1