FinTechVibes💸
95 subscribers
121 photos
73 videos
2 files
49 links
I talk about:
-Finance📊
-Technology⚙️
-Education📚
-Movies🎬
Download Telegram
Har uch kishida kredit bor

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, iqtisodiy faol aholining har uchinchisida yoki 33 foizida kredit bor ekan.

Bankdan krediti borlarning 27 foizida 2 yoki undan ko‘p kredit mavjud.

Aholi orasida eng ommabop kredit turi mikroqarzlar bo‘lib, ularning o‘rtacha foiz stavkasi 34,9 foizni tashkil qilmoqda.Har uch kishida kredit bor

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, iqtisodiy faol aholining har uchinchisida yoki 33 foizida kredit bor ekan.

Bankdan krediti borlarning 27 foizida 2 yoki undan ko‘p kredit mavjud.

Aholi orasida eng ommabop kredit turi mikroqarzlar bo‘lib, ularning o‘rtacha foiz stavkasi 34,9 foizni tashkil qilmoqda.
🍾2🆒1
-Bosqinchi Britaniya imperiyasi haqida aqalli birgina yahshi narsa aytish mumkinmi?
-Xa,Britaniya dunyo mamlakatlariga eng ko'p Mustaqillik bayrami kunlarini taqdim qilgan
.😁

Bugun 4-iyul Amerika Qo'shma shtatlari Mustaqillik kuni.🇺🇸 1776-yil aynan shu kunda Amerikaning Asoschi Otalari Britaniyadan ozodlikni e'lon qilib deyarli 8 yillik urushga kirishganlar va maqsadlariga yetishgan.Mel Gibsonning "Patriot" kinosi zo'r chiqqan.
Mushakbozlik zo'r bo'lyapti.💥
🔥4🤣1
1-bo'lib $1 trillion qiymatga erishgan kompaniya -Apple
1-bo'lib $2 trillion qiymatga erishgan kompaniya -Apple
1-bo'lib $ 3trillion qiymatga erishgan kompaniya -Apple
va 1-bo'lib $4 trillion qiymatga erishgan kompaniya🥁...-Nvidia
2🍾1
Iqtisodchi Kundaligi
AQSHdagi Favqulodda xodisalar agentligi axborot markazida telefonga javob beruvchi ishchilar bilan kontraktlar yangilanmagani uchun o‘nminglab qong‘iroqlarga javob berilmay qolibdi. Eslatib o‘taman, Texas shtatidagi tabiiy kulfat oqibatida hozircha 120tadan…
ras.jpg
121.4 KB
Ha gap buyoqda ekanda,meniyam telfonimga shunaqa vahima bilan bir-nechta xabarlar kelaverdi,kimdur "qizil knopka"ni bosvordimikin-a debman.😅🧨 AQShda 911 raqamiga telfon qilib tusha olmaslik,juda jiddy xodisa ekan. Yordamga muhtoj odamlar javobsiz qolib ketishipti.Tinchlik bo'laversin.
😁1🌚1
Jyul Vern romanlarini o’qib katta bo’lganman.Uning “Kapitan Grant bolalari”, ”15 yoshli Kapitan”, ”Antifer tog’aning sarguzashtlari”, “Suv ostida 80 ming kilometr” va “Dunyo bo’ylab 80 kun” asarlari meni kompas va xarita olib kemalarda okeanu-dengizlar osha suzib dunyo kezishga undardi. Deyarli 30 yoshimgacha Vatandan tashqariga chiqmadim.Endi mana vaqti kelgan ekan,Allohga shukr,imkoniyatlar ochilmoqda. Hozir Amerikadaman,yaqinda Kanada vizasini qo’lga kiritdim. Yaqin oylarda butun Shimoliy Amerika qit’asini o’zim uchun kashf qilmoqchiman.Ungacha esa Atlantika okeanida cho’milib keldim.🌊
👍1533
Bir savodsiz o'zbek millioneri buxgalteriya kerak emas deganda ajablangandim. Buyoqda esa dunyoning eng boy milliarderlari Uorren Baffet va Mark Kubandan biznesmen uchun eng kerakli bilim nima deb so'ralsa Buxgalteriya (Accounting) deb javob berishmoqda: Buxgalteriya -bu biznes tili.Amerika va O'zbek boylari dunyoqarashlaridagi farq:)

https://www.youtube.com/watch?v=VT_SCYbkmd8
🔥7🤣5
Amerikada 70 kunim:


Amerikaga kelganimga 70 kun bo’ldi,bu butun boshli gigant mamlakat haqida to’liq xulosa qilish uchun qisqa muddat. Lekin ayrim xulosalarim bilan o’rtoqlashmoqchiman:

1) Amerika bu-“risk-taker”lar (tavakkal qiluvchilar) yurti ekan. Ya’ni bu yerda risk qilib biror biznes qilgan odamlar haqiqiy Amerika orzusiga erisha oladi. Oldin o’ylar edim Amerikaga kelib biror yahshi kompaniyaga ishga kirsam,asta sekin ishlab oyligim oshadigan bo’lsa-o’shanda men Amerika orzusini ushlayman deb. Bu yo’l ham albatta yahshi - agar siz Google, Amazon yoki JpMorganChase kabi kompaniyalarda yuqori lavozimlarda bo’lsangiz.Bunday korxonalarga kirish uchun ayovsiz raqobat va talab qilinadigan cheksiz kvalifikatsiyalarga tayyor bo’lib va tanishlaringiz (network) orqali nimadur natija qilib joylanib olish mumkin. Maoshingiz esa ko’plab soliq va bill to’lovlarni qoplab olsa ham xursand bo’lasiz.Pul jamg’arish qiyin.
Lekin bu yerga kelib ko’rganim: oddiy odamlar ozgina kallani ishlatib risk qilib, biznes boshlab, millioner bo’lib keta olishgan.Ularda na yuqorida aytilgan kvalifikatsiyalar,sertifikatlar,tanish bilishlar bo’lgan. Kutubxonada birga ishlaydigan hind bola yahshi gap aytgandi: “biz hindlar juda aqlli xalqmiz,lekin baribir amerikaliklar bizdan boy bo’lib qolaveradi,sababi ular risk-takerlar va “out-of-box thinking” (chegaralardan tashqarida taffakur qiluvchilar) o’ylash mentalitetiga ega”.

2) Ta’limdagi tanqidiy fikrlashga(critical thinking) bo’lgan e’tibor tufayli mahalliy talabalarda shuni sezdimki,ular ko’p bilimlarni yoddan bilmasliklari mumkin,lekin mantiqan o’ylab juda ham qiziqarli fikrlar va yechimlarga kela olashadi.

3) Sog’liqni saqlash tizimi rostdanam zo’r ishlagan.Buni siz mahalliy yoshlarning o’rtacha bo’ylari va gavdalaridan bilib olishingiz mumkin. Yoshlikdan kerakli vitaminlar va chiniqtiruvchi sport turlari bilan mutassil shug’ullantirib kelinganlari bois ular juda ham kam kasal bo’lishadi.

4) Amerika rostdanam juda katta mamlakat: 1 davlat 4 ta vaqt zonasi, Sharqiy sohil G’arbiy sohildan 3 soat oldinda.Bu xuddi Qoraqalpog’istonda soat 9 bo’lgan payt va Andijonda soat 12 bo’lishidek.Shahardan shaharga yoki bir shahar ichida biror joyga bormoqchi bo’lsangiz ham mashinda yuraverasiz,yuraverasiz umringiz yo’lda o’tadi.Jamoat transporti unchalik ham samarador emas. Taxi qimmat. Shuning uchun mashinangiz bo’lishi-bu tabiiy zaruratlardan.

5) Amerikaliklar xonalarni juda sovuq saqlashlari meni xayron qoldirdi. Ayrim kunlar tashqarida xarorat 10 Selsiy gradus bo’lib turganda ham xonalarni 5-8 gradus sovuqlikda saqlasharkan. Konditsioner umuman o’chmaydi. Ko’chadagi do’kon yoki restoranlardan ichgani oddiy suv bering desangiz muzlab qolgan suv berisharkan,shu sabab xona xaroratida saqlangan suv bering deyish kerak.Jazirama janubdan kelgan Iordaniya,Hindiston,Zimbabvelik guruhdoshlarim dars payt qalin kiyimlarda o’tirashadi - bechoralar sovuqqa o’rganmagan.Men esa bizda chillada minus -20 gradus bo’ladi deb ularni qo’rqitib turaman. Balki shuning uchun amerikaliklar orasida shamollash,grip kasalliklari kam uchrar-sovuqqa chiniqqanlaridan.

6) Tabiat rostdan ham go’zal. O’qish binosi oldida kiyiklar,olmaxonlar,racoonlar( tarjimasi yo’q menimcha) bemalol yurishadi.Singan daraxtlarni hech kim o’tin qilgani uyga olib ketmaydi va o’sha yerda qoladi.Daraxtlar chirib,yana tabiatga o’g’it bo’lib qaytadi.Xavodagi namlik darajasi o’rtacha 65-70% bo’lmoqda.Bu nafas olishga biroz qiyinlik tug’diradi.Muzdek xonadan tashqariga chiqsam ko’zoynaklarim parlanib ketmoqda. Bizda namlik darajasi o’rtacha 25-30% bo’lar edi-bu tabiiyki 2 barobardan oshiq farq menga bilinmoqda.

7) Haydovchilik madaniyati-boshqa daraja. Piyodalar hooov anavi uzoqda bo’lsa ham, haydovchilar mashinani darxol to’xtatib yo’l berishlariga mazza qivoramanda. Lekin Nyu-York bu yahshi gaplardan istisno - u ko'plab tartibsiz haydovchilar makoni ekan.

Balki men asosan Akademik muhitda yurganim uchun hali Amerikani to’liq ko’rmagandurman. Hozircha shular. Yana nimadur bo’lsa yozaman.
👍8🔥721🆒1
Startup asoschisiga: Agar siz mahsulotni ishga tushirishdan oldin uni mukammal qilish kerak deb o‘ylasangiz, esda tuting – Google Maps 2005-yilda ishga tushirilganida unda Yevropa,Osiyo,Afrika va umumam yer sayyorasining yarmi yo‘q edi 😳Dunyo faqat Amerikadan iborat edi (Marvel kinolariga o'xshab)🙃

Shunga qaramay, u tarixdagi eng ko‘p ishlatiladigan xaritaga aylandi.

Agar Google Maps’ni Yevropasiz ishga tushira olgan bo‘lsa, sizning mahsulotingiz ham barcha funksiyalari jilolangan bo‘lishi shart emas.

Mukammallik startaplarga zarar qiladi. Tezlik esa gigantlarni yaratadi.
👍43
Iqtisodiyoti (yillik Yalpi ichki mahsuloti) trillion dollarda hisoblanadigan davlatlar. Hindiston bu yil Yaponiyaga yetib oldi-lekin kishi boshiga hisoblaganda yaponlar baribir ancha boy. Polshaga qoyil-trillion klubga kirdi.Koreyslar Avstraliyani quvib o'tishdi. AQSH hamon eng katta iqtisod-uni Xitoy quvib kelmoqda. Kuchli 5 likda 3 ta Osiyo va 1 ta Germaniya-hamon Yevropaning eng katta iqtisodi bo'lib turipti. O'zbekiston hozirda yillik o'rtacha $100 milliard YaIM; $0.1 trillionga ega.
🆒32😭1
Lehigh Universitetining MBA Business Collegeda Ambassador talabalardan biri etib tayinlandim. Ozgina scholarship ham berishdi bu bo'yicha. Kimgadur mening universitetimda o'qish qiziq bo'lsa,shu link orqali meni topib gaplashishlari mumkin.

See more students:

Lehigh Business Ambassadors | Lehigh Business https://share.google/8voxvdN3ggyO6g6FV
👍542🍾2🥰1👏1🎉1
LinkedIn’ning ilk bor e’lon qilingan “Eng Yaxshi universitetlar” reytingida AQSh oliygohlarining bitiruvchilarini uzoq muddatli muvaffaqiyatga eng samarali tayyorlaydigan 50 ta universitet ko'rsatildi.⁠

Ushbu ro‘yxat maxsus ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, unda bitiruvchilarning ish joylashuvi, yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi, o‘qish davridagi amaliyot tajribalari hamda tadbirkorlik natijalari kuzatilgan.⁠

Mazkur dasturlar bitiruvchilari odatda ish topishda tezroq muvaffaqiyatga erishadi, kuchli professional tarmoq quradi va rahbarlik lavozimlariga erta ko‘tariladi.(Xar holda yaqin o'tmishda shunday bo'lgan). Men o'qiyotgan Lehigh University bu ro'yxatda 17 o'rindan joy olgan.
👍53👏1🍓1