FikrLab - fikrlab rivojlaning
3.79K subscribers
1.79K photos
55 videos
34 files
250 links
Onlayn kursimiz: @mantiqiy_fikrlab

Roʻyhatdan oʻtish: @fikrlab_bot

Savollar va tijoriy hamkorlik: @fikrlab_aloqa_bot
Download Telegram
Mirolim 2, 0, 1, 9 raqamlarini yuqoridagi katakchalarga joylashtirib, eng katta sonni hosil qilmoqchi. So'roq belgisi o'rniga qanday raqamlarni yozishi mumkin?

@fikrlab
👍15👏3
Yuqoridagi ma'lumotlardan foydalanib, poyezdlarning tunneldan chiqib ketish vaqtlarini toping.

@fikrlab
👍10👏6
Ikki yil oldin Yusuf va Ahmad birgalikda 15 yosh edilar. Hozir Ahmad 13 yoshda. Yusuf necha yildan keyin 9 yoshga to'ladi?

@fikrlab
👍16🤔1
To'rtta to'pni har biri qolgan uchtasiga tegadigan qilib joylashtirish mumkin. Beshta tangani esa har birini qolgan to'rtta tangaga tegadigan qilib o'rnatish mumkin. Yuqoridagi kabi oltita shamni har biri qolgan beshtasiga tegadigan tarzda joylashtirish mumkinmi?

@fikrlab
👍12🤔11
Foydalanish qoidalariga ko'ra mehmonxonadagi yuk lifti 15 dan ortiq bo'lmagan kattalar yoki 20 dan ortiq bo'lmagan bolalarni sig'dira oladi. Agar liftga oltita katta yoshdagilar chiqib bo'lgan bo'lsa unga ko'pi bilan yana nechta bola sig'ishi mumkin?

@fikrlab
👍21
PM imtihonlarining 1-bosqich saralash testiga tayyorgarlik ko'rish uchun matematika va muammoli masalalarni hal qilish bo'yicha namunaviy test savollaridan iborat onlayn imtihon topshiring.

Ushbu test savollari bilan al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlariga ham tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

👉👉 TEST TOPSHIRISH 👈👈
👍14👏1
Ushbu shaklda sariq rangli kvadratning perimetri 20 ga teng bo'lsa katta kvadratning yuzini toping.

@fikrlab
👍25
Qonuniyatni aniqlab so'roq belgisi o'rnidagi sonni toping.

@fikrlab
👍16👏6🤔6
Besh bola sizga qarab skameykada o'tirishibdi. Malik Boburning chap tomonida va Parvizning o'ng tomonida. Laziz Boburning o'ng tomonida, G'ayrat esa Bobur va Lazizning o'rtasida. Chapdan birinchi o'tirgan bola kim?

@fikrlab
👍16🤔6👏1
Yuqoridagi shaklda nechta uchburchak mavjud?

@fikrlab
👍19👏7🤔3
Lolada 7 ta olma va 2 ta banan bor. U dugonasi Yayraga 2 ta olma beradi, Yayra esa evaziga banan beradi. Keyin Lolada banan bilan bir xil miqdorda olma qoldi. Lola dugonasidan nechta banan olgan?

@fikrlab
👍15👏2🤔1
Piramidaning kataklari quyidagi qoidaga muvofiq to'ldirilgan: har bir ikkita qo'shni raqamning ustiga ularning yig'indisi yozilgan. Ba'zi raqamlar o'chirildi va rasmda ko'rsatilgan konstruksiya hosil bo'ldi. Eng yuqori katakda qaysi son yozilishi kerak?

@fikrlab
👍13🤔4👏3
Yuqoridagi shakllar ketma ketligining 23-navbatida keladigan shaklni toping.

@fikrlab
👍16👏6
Devor oldida uzunligi 1 m bo'lgan kub shaklidagi quti turibdi. Uzunligi 5 m bo'lgan narvonning uchki qismi devorga suyangan holatda turibdi va yana bir qismi rasmda ko'rsatilganidek qutiga tegib turibdi. Narvonning devorgan teggan nuqtasidan qutigacha bo'lgan masofa qancha?

@fikrlab
👍22🤔4
Katta to'rtburchak hosil qilish uchun to'rtta bir xil kichik to'rtburchaklar rasmda ko'rsatilganidek birlashtirildi. Har bir kichik to'rtburchakning qisqa tomoni uzunligi 10 sm. Hosil bo'lgan katta to'rtburchakning eng uzun tomoni necha sm?

@fikrlab
👍18
Yetishmayotgan kub qaysi variantda ko'rsatilgan?

@fikrlab
👍27🤔7
Aka va singilning 3 yil oldin birgalikdagi yoshi 20 edi. Agar singlisi hozir 9 yoshda bo'lsa, akasining yoshi nechada?

@fikrlab
👍20
Bir idishda ikkinchisiga qaraganda 2 marta ko'p yog' bor edi. Birinchi idishdan 20 l, ikkinchi idishdan 80 l yog' olingandan keyin ikkala idishdagi yog' miqdori 170 l bo'lib qoldi. Dastlab har qaysi idishda qancha yog' bo'lgan?

A) 60 l va 120 l B) 90 l va 180 l
C) 100 l va 200 l D) 80 l va 160 l


@fikrlab
👍17
Jamoloy bir xil to'rtburchaklar mavjud bo'lgan qog'oz ichiga 4 ta siniq chiziq chizdi va uchta siniq chiziqning uzunligi aniqladi. To'rtinchi siniq chiziqning uzunligini esa siz toping.

@fikrlab
👍16👏3🤔3
Noma'lum sonni toping.

@fikrlab
🤔15👍11
A shahardan B shaharga qanday yo'llar bilan borish mumkinligini aniqlang. Har bir yo'lning uzunligini toping va ular orasidan eng qisqa yo'lni aniqlang.

@fikrlab
👍10🤔2