Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi |Ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar ️
1.49K subscribers
11.6K photos
1.37K videos
169 files
4.83K links
✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar
✔️ Ijtimoiy yangiliklar
✔️ Ta'lim yangiliklari

@Alek1111 - Lavha joylash
Download Telegram
11 ОКТЯБРЬ – “ХАЛҚАРО ҚИЗЛАР КУНИ”

Бугун 11 октябрь бутун дунё эътиборини қизларнинг камситилиши, уларнинг ижтимоий муаммоларига қаратиш мақсадида Халқаро қизлар куни (International day of the Girl Child) нишонланади.

ЮНEСКО маълумотларига кўра, 1995 йилдан буён бутун дунёда қизларни мактабга қамрови даражаси 73% дан 89% гача ошган, бугунги кунда университетларга қизлар йигирма йил аввалги билан таққослаганда уч баробар кўп ўқишга кирмоқда.

Қизларингизнинг таълим олишига эътибор қаратинг, имкон беринг, сармоя киритинг. Зеро, “Битта ўғил болани ўқитсангиз бир инсонга таълим берган бўласиз, битта қиз болани ўқитсангиз, бутун миллатга таълим-тарбия берган бўласиз".

2021 йил ушбу санада қизларга рақамли технология яратувчилари сифатида эътибор қаратилмоқда ва “Рақамли авлод. Бизнинг авлод" мавзусида кенг нишонланмоқда.

Бугун юртимиз мактабларида 3 миллиондан ортиқ қиз бола таҳсил олади, Халқ таълими вазирлиги фурсатдан фойдаланиб барча қизларни мазкур сана билан муборакбод этади.


@uzedu
. KITOB VA TELEFON
(hikoya )
Xontaxta ustiga eski, ammo noyob kitoblarni yoyib, xaridor kutib turgan nuroniy otaxon oldiga bir bola kelib salom berdi.
— Bobo, sotadigan kitoblarim bor edi, olmaysizmi?
Otaxon bola uzatgan kitobni qoʻliga oldi. "Oq tanli sardor". Bu asar uchun savdolashmay haq toʻlaydigan kishilar istalgancha topiladi.
Sotuvchi bolaga razm soldi. O‘n ikki-oʻn toʻrt yoshlardagi oʻsmir unga iltijoli boqib turardi.
— Yana boshqa kitoblaring ham bormi?
— Bor, agar olsangiz, olib kelaman.
— Keyin ota-onang meni axtarib kelishmaydimi?
— Yoʻq-yoʻq, bu kitoblar bobomniki. U kishining olamdan oʻtganlariga ancha boʻlgan. Ota-onamning ularni oʻqishga vaqtlari yoʻq. Hech kim sezmaydi kitoblar yoʻqligini.
Ota oʻylanib qoldi.
— Pulini nima qilasan, bolam, ust-boshingga qaraganda pulga muhtojliging yoʻq koʻrinadi.
— Telefon olaman.
— Boʻlmasa, eshit, bolam. Avvalo, isming nima?
— Olimjon...
— Yaxshi, Olimjon, meni Odil bobo deb chaqirishadi. Ana, tanishib ham oldik. Men senga telefonni osonlik bilan qoʻlga kiritish yoʻlini oʻrgataman. Rozimisan?
Olimjon ishonqiramay unga tikildi.
— Hozir senga uchta savol yozib beraman. Ana shu savollarga javob topib kelasan. Javob qoʻlingdagi kitobda. Hech qanday chiqimsiz mana shu telefonga ega boʻlasan.
Ota kissasidan soʻnggi rusumdagi telefon olib koʻrsatdi.
Olimjonning koʻzlari sevinch va hayratdan yonib ketdi.
— Rostdanmi?
Chol samimiy jilmaydi.
— Rost. Faqat tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi. Har gal boshqa-boshqa kitoblardan savol beriladi.
Nihoyat, bola shartga rozi boʻldi.
Oradan ikki hafta oʻtib, Olimjon paydo boʻldi. Boboni hayron qoldirib, hamma savollarga javob berdi. Ikkinchi bosqichda esa oʻn kunda keldi. Uchinchi bosqich tamom boʻlgach, bola yutuqni qoʻliga oldi.
— Bobo, — dedi Olimjon. — Bu haqda ota-onamga ham aytsangiz, boʻlmasa, ular ishonishmaydi.
Odil bobo borishga vaʼda berdi.
Kechki payt Olimjonlarnikiga bordi. Bolaning ota-onasi Odil boboni xursandchilik bilan kutib olishdi, rahmat aytishdi.
— Olimjon telefonga ega boʻlgani bilan uni tashlab qoʻyib, kitob oʻqishga qiziqib ketdi, — dedi dadasi. — Ochigʻi, biz unchalik kitob oʻqimaymiz. Lekin otam rahmatli kitobxon kishi boʻlgan. Yuring, u kishining kutubxonasiga kiraylik.
Kutubxonada kitob javonlari tartib bilan joylashgan edi. Toʻrdagi suratni koʻrib, ota hayratdan qotib qoldi. Unda Odil boboni kitob oʻqishga qiziqtirgan inson — ustozi Ubaydulla domla kulib turardi.
. Sarvinoz Odilova, Yozyovon tumanidagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 9-sinf oʻquvchisi.
. Sayyora Akbarova, shu maktabning Ijodiy-madaniy targʻibotchi.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Фарғонада “Халқаро қизлар куни” катта тантана қилинди

Бугун вилоят театр-концерт саройида “Халқаро қизлар куни” муносабати билан “Сенинг ташаббусинг - сенинг келажагинг учун” шиори остида байрам тадбири бўлиб ўтди. Ёшлар ишлари агентлиги вилоят бошқармаси ташаббуси билан ташкил этилган тадбирда вилоят ҳокимининг хотин-қизлар масалалари бўйича маслаҳатчиси, вилоят маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бошқармаси бошлиғининг биринчи ўринбосари Тўлқиной Тожиева иштирок этди.

Сўз олганлар давлатимиз томонидан хотин-қизларга кўрсатилаётган эътибор ва ғамхўрликлар ҳақида тўхталиб ўтишди.

БМТ Бош Ассамблеясининг 2011 йил 19 декабрдаги резолюциясига асосан, 11 октябрь — “Халқаро қизлар куни” деб эълон қилинган. Бу сана ҳар йили жаҳон бўйлаб турли давлатларда қизларнинг камситилиши, уларнинг ижтимоий муаммоларига эътибор қаратиш мақсадида нишонланиб келинмоқда.

БМТга аъзо давлатлар, халқаро ташкилотлар, фуқаролик жамиятининг турли тузилмаларига ушбу кунни кенг миқёсда нишонлаш, шунингдек, бутун дунёда қизларнинг ҳаёт тарзи, яшаш шароитлари, ҳуқуқ ва эркинликлари билан боғлиқ ҳолатларни ўрганиш тавсия этилади.

“Айни жиҳатлардан келиб чиқиб Фарғонада 11 октябрдан “Қизлар ҳафталиги” бошланди. Ҳафталик доирасида жойларда турли тадбирлар ўтказилади”, - деди Тўлқиной Тожиева.

Тадбирда бир гуруҳ фаол, ташаббускор қизлар тақдирланишди. “Ёшлар дафтари”га киритилган қизларга тикув машиналари берилди. Олий ўқув юртларида таҳсил олаётган қизларнинг шартнома тўловлари учун сертификатлар топширилди.

Якунда вилоятимизда фаолият олиб бораётган таниқли санъаткорлар иштирокида концерт дастури ташкил этилди. Куй-қўшиқлар ўйин-кулгулар билан давом этди.
Farg'ona viloyati Oltiariq tumanida avgust oyi hashari uchun deb maktab o'qituvchilari maoshidan 4 foizdan ushlab qolinyapti” mazmunda ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarga
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda “Far g'ona viloyati Oltiariq tumanida avgust oyi hashari uchun deb maktab o'qituvchilari maoshidan 4 foizdan ushlab qolinyapti” mazmunda tarqalgan xabar viloyat xalq ta'limi boshqarmasida tuzildan ishchi guruh tomonidan o'rganilmoqda.

O'rganish natijalarini tegishli tartibda ma'lum qilamiz.

Farg'ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Фарғона вилояти халқ таълими бошқармаси жисмоний ва юридик шахсларни таълим тизимидаги масалалари юзасидан юқоридаги “Ишонч телефонлари” орқали соат 9:00 дан 18:00 га қадар ҳафтанинг душанба-жума кунлари қабул қилади ва қонун доирасида муаммоларингизни ҳал этилишига кўмаклашади.

Фарғона вилояти халқ таълими бошқармаси ахборот хизмати.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2021-yil 31-dekabr kuni eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning amal qilish muddati tugaydi.

Barcha fuqarolardan ushbu guvohnomalarni oʻz muddatida yangi namunaga almashtirib olishlarini soʻraymiz

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok
Инсон қадрини улуғлаш – энг олий саодат

📍http://uza.uz/posts/309753

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
. AZIZ ONA TILIMSAN
(Qasida)
O, sen qadim o'zbegimning go'zallikka boy tili,
Qarluq, qipchoq, o'g'izimning serzavq, serchiroy tili,
Goh “turkiy til” atalganim, goho “chig'atoy tili”,
Ming asrlar osha kelgan qadim ona tilimsan,
Mehri dilga jondek ingan aziz ona tilimsan!

Tog'u toshlar bag'riga ilk bitig bo'lib tushding sen,
So'ng sopolu yog'ochlarni misli guldek quchding sen,
“Avesto”dek so'ng teri-yu, qog'ozlarga ko'chding sen,
Massagetu saklar suygan sug'diyona tilimsan,
Qoshg'ariylar mehr qo'ygan aziz ona tilimsan!

Saodatga yo'llagaydir ul “Qudatg'u bilig”ing,
Ul “Devonu lug'atit turk” birla to'qdir iliging,
Ham “Hibatul haqoyiq”dir - Haq yo'lida suluging,
Rabg'uziylar qissa bitgan sof, xalqona tilimsan,
Haqiqat deb Haqqa etgan, aziz ona tilimsan!

Donging ketmish Bosfordan to Oltoy, Hindistongacha,
Ahli Kushon, Eftalitu to Turki Hoqongacha,
Kezib O'rxun-Enasoydan mulki Xurosongacha -
To'marisdek ko'ksin kergan chin mardona tilimsan,
Shiroqlarga shuur bergan aziz ona tilimsan!

Oromiyu so'g'd, pahlaviy, runiy, uyg'ur xatingda,
Goh arabcha, goh krillcha, goh yozilding lotinda,
Bir kun sirtga chiqmay qolmas ne dard bo'lsa botinda,
Goh yombidek pinhon yotgan bir durdona tilimsan,
Goh bulbuldek xandon otgan aziz ona tilimsan.

Sen - Lutfiy va Atoiylar lutfida ko'z ochgan nur,
Mir Alisher qalamida qayta sayqal topgan dur,
Mirzo Bobur bobom senga shohona to'n yopgandur,
Shohlari ham shohbayt bitgan chin shohona tilimsan,
Peshonamga Olloh bitgan aziz ona tilimsan.

Ogahiydek ogoh etding elni yovning qahridan,
Otash bo'lib otilding sen shoh Mashrabning qalbidan,
Muqimiyu Furqat bo'lib so'z ochding el dardidan,
Gulxaniydan nur taralgan baxshiyona tilimsan,
“Zarbulmasal”lar yaralgan aziz ona tilimsan!

Behbudi-yu Avloniylar kechdi sen deb jonidan,
CHo'lponlaring tushdi sen deb hatto o'z osmonidan,
Sening-da bo'ldi bag'ring qon Qodiriyning qonidan,
“Vo bolam!” deb faryod chekkan, bag'ri tilim-tilimsan,
Tilkalanib ko'z yosh to'kkan, aziz ona tilimsan!

Ba'zan sendan ayirmoqchi bo'ldi bizni nokaslar,
O'z onasin ham unutgan manqurt, benavo kaslar,
Lek o'zlari yo'qlik sari uchdi o'shal xor-xaslar,
Zafar quchib kulib turgan, g'olibona tilimsan,
Boshiga baxt qushi qo'ngan aziz ona tilimsan!

Endi davlat tilidirsan, duru hikmat tilisan,
Istiqloldan baxti kulgan, buyuk millat tilisan,
Bosh Qomusda qadr topgan, shonu shavkat tilisan,
Elimning jon dilidirsan, mening-da jon dilimsan,
Dilimning jon gulidirsan, aziz ona tilimsan!

Sen shundayin bir bog'sanki, so'lmagaysan to abad,
Quyosh kabi porloqdirsan, so'nmagaysan to abad,
Jonim tilim, o'lmagaysan, o'lmagaysan to abad,
Kelajagu ertasi bor, sen yakdona tilimsan,
Manguliklarga daxldor, aziz ona tilimsan.

Aziz Vatan quchog'ida yuksak erur parvozing,
Jahon ayvonlari uzra yangragay hur ovozing,
Zikrillongga ham ne'matdir bergan yangroq bu sozing,
Qaddi baland, qadri baland, chin sharqona tilimsan,
Baxti quyoshdek sarbaland, aziz ona tilimsan!
Farg'ona viloyat xalq ta'limi boshqarmasining ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarga
MUNOSABATI

Ijtimoiy tarmoqda “Marg'ilon va Farg'ona shahrida maktabda 2-sinflar uchun kitoblar kelgani yo'q” mazmunda tarqalgan xabar viloyat xalq ta'limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o'rganilmoqda.

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi rahbari Sherzod Dolimov mazkur holatni shaxsan o'z nazoratiga olganligini ma'lum qilamiz.

O'rganish natijalarini esa tegishli tartibda e'lon qilamiz.

Farg'ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.