Farg‘ona tumani hokimligi
2.98K subscribers
23.8K photos
2.6K videos
46 files
8.91K links
Farg‘ona tumani hokimligi rasmiy kanali

Veb-sayt: fargonatuman.uz
Facebook: facebook.com/fargonatumanihokimligi
Instagram: instagram.com/fargonatumanihokimligi

Murojaat yoʻllash uchun: @qabulxonabot
Download Telegram
“Yangi Fargʻona” gazetasining 2025-yil 19-iyul kungi 56-sonida "Fargʻona tumani: tadbirkorlik, turizm va goʻzal tabiat manzillari" nomli maxsus sahifa chop etildi.

Rasmlar orqali ushbu maqolalarni oʻqishingiz mumkin.

#gazeta2025

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
"Fargʻona suv taʼminoti" A.J. Fargʻona tumani bo‘limi tomonidan Fargʻona tumani, "Xoʻja Ahmad Vale" MFY, Chimyon koʻchasi hududidagi D-094 katta yoʻlining yon qismidan oʻtuvchi ichimlik suvi quvurida nosozlik bartaraf etilmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Bugun 19-iyul 2025-yil, shanba.

👉 BAYRAMLAR:


🌏 Yangi do'stlar kuni.
🌏 Xalqaro reteynerlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Milliy xot-dog kuni (National Hot Dog Day).
🇨🇴 Kolumbiya - Vatan qahramonlari va ularning oilalari kuni.
🇱🇦 Laos - Fransiyadan Mustaqillik kuni.
🇳🇵 Nepal - Muhandislar kuni.
🇷🇺 Rossiya - Moskva daryosi kuni.
🇺🇦 Ukraina - Murabbiylar kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Ayol vazirlar kuni.

👉 VOQEALAR:

🔹 Mil. av. 4241 - Misrliklar taqvimining boshlanishi.
🔹 711 - Arablar Pireney yarim orolini egallashdi.
🔹 1195 - Alarkos jangi bo'lib o'tdi.
🔹 1553 - 9 kun qirolicha bo'lgan Jeyn Grey Angliya taxtidan ag'darildi. Mariya Tyudor yangi qirolicha bo‘ldi.
🔹 1802 - AQShda “Dyupon de Nemur” kimyoviy konserni tashkil etildi.
🔹 1814 - Ingliz dengiz sayyohi M. Flaynderz o‘z kitobida birinchi marta "yashil qit’a”ni Avstraliya deb nomladi.
🔹 1822 - tarixdagi birinchi fotosurat olindi.
🔹 1870 - Fransiya-Prussiya urushi boshlandi.
🔹 1877 - Juranli jangi.
🔹 1918 - RSFSRda birinchi Sovet konstitutsiyasi kuchga kirdi.
🔹 1922 - Buxoro va Rossiya respublikalari oʻrtasida shartnoma imzolandi.
🔹 1923 - Turkiston davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) birinchi Oʻrta Osiyo davlat universiteti nomini oldi.
🔹 1928 - Xitoy Yevropa davlatlari bilan barcha "adolatsiz" shartnomalarni bekor qildi.
🔹 1900 - Parij metropoliteni ochildi.
🔹 1941 -  I. V. Stalin SSSR Mudofaa xalq komissari etib tayinlandi.
🔹 1949 - Laos Fransiyadan  mustaqil bo’ldi.
🔹 1980 - Moskvada XXII Olimpiya o‘yinlariga start berildi.
🔹 1996 - Asakada «UzDEUavto» qoshma korxonasining rasmiy ochilish marosimi.
🔹 2003 - dunyoda birinchi marta til transplantatsiyasi (ko‘chirib o‘tkazish) muvaffaqiyatli o'tdi.

👉 TAVALLUDLAR:

🔸 Mil. av. 3228 - Krishna - janmashtami, hinduizmda xudo shakllaridan biri, Vishnuning sakkizinchi avatari.
🔸 1814 - Semuel Kolt (1862) - Amerikalik konstruktor va sanoatchi, o‘qotar qurol ishlab chiqaruvchi firmaning asoschisi.
🔸 1834 - Dega Ilyer  Jermen Edgar (1917) - Fransuz rassomi, haykaltarosh va impressionizmning yetuk namoyondasi.
🔸 1893 - Vladimir Mayakovskiy (1930) - rus sovet shoiri, XX asrning buyuk shoirlaridan biri.
🔸 1896 - Archibald Kronin (1981) - Ingliz yozuvchisi.
🔸 1910 - Fransisko Koloane Kardenas (2002) - Chililik yozuvchi.
🔸 1921 - Rozalin Yalov (2011) - Amerikalik biofizik ayol, Nobel mukofoti sohibasi (1977).
🔸 1937 - Damir Salimov (2019) - kinorejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983).
🔸 1938 - Vaxtang Kikabidze - sovet va gruzin aktyori, qo'shiqchi, ssenariynavis, kino rejissyori, qo'shiqlar muallifi.
🔸 1971 - Vitaliy Klichko - Ukrainalik siyosatchi, Kiyev meri, sobiq og'ir vazndagi bokschi, jahon chempioni.
🔸 1975 - Oksana Chusovitina - badiiy gimnastika sportchisi. U dunyo boʻyicha sakkizta olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachidir.
🔸 1976 - Benedikt Kamberbetch - Britaniya teatr, kino va televidenie aktyori.
🔸 1976 - Vinesa Shou - amerikalik aktrisa va model.
🔸 1984 - Diana Mokanu - ruminiyalik sportchi, suzish bo‘yicha ikki karra olimpiya chempioni (2000).
🔸 1997 - Aysun Aliyeva - ozarbayjonlik futbolchi.
🔸 2001 - Ruslan Abdullayev — birinchi yarim oʻrta vazn toifasida havaskor bokschi, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Jahon (2023) va Osiyo chempioni (2022).

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 “Xalqchil davlat fuqarolik xizmati” videotanlovi boshlandi!

Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan ijtimoiy videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi!

📌 Kimlar ishtirok etadi?
Farg‘ona viloyatidagi davlat fuqarolik xizmatidagi tashkilotlar o‘z nomidan qatnashadi.

📹 Videorolik shartlari:
▪️ Davomiyligi: 2–3 daqiqa
▪️ Yangi kontent bo‘lishi (ilgari e’lon qilinmagan)

🧭 Yo‘nalishlar:
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi mas’uliyati
Ochiqlik, shaffoflik, xizmat etikasi va kitobxonlik madaniyati
Korrupsiyaga murosasiz munosabat
Milliy qadriyatlar asosida xizmat mas’uliyati
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqi va oiladagi ibratli jihatlari

🏆 Mukofotlar:
🥇 1-o‘rin — Diplom + Noutbuk + 5 mln so‘mlik kitoblar
🥈 2-o‘rin — Diplom + Kompyuter jihozlari
🥉 3-o‘rin — Diplom + Planshet
🎖 Qo‘shimcha nominatsiyalar ham mavjud!

🗓 Arizalar avgust–sentyabr oylarida qabul qilinadi.

🗳 Baholash: 80% hakamlar, 20% Telegram ovoz berish

📣 Tashkilotingiz fidoiy yuzini butun jamoatchilikka taniting!

Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Youtube 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona tumanida erta tongdan doira sadolari ostida "Bir yurak – bir jamiyat" shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy festival doirasida milliy liboslar targʻibot tadbiriga tantanali tarzda start berildi.

Tadbir Fargʻona tumani hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda Yoshlar ishlari boʻlimi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda “Mehribon qo‘shnichilik”, “Yoshlar hamchihatligi”, Har-xilmillat vakillari milliy taomlari, “Milliy liboslar”, “Kitoblar” savdo yarmarkalari, “Sog‘lom ovqatlanish” ko‘rgazmalari, turli sport musobaqalari, “Zakovat” intelektual o‘yini, dor o‘yinlari, “Qo‘lma-qo‘l kitob” loyihasi doirasida 500 ga yaqin kitoblar tarqatildi.

San’atkorlar, jajji bolajonlar tomonidan tayyorlangan madaniy konsert dasturi tomoshabinlarga o‘zgacha zavq baxsh etdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona tumanida "Bir yurak – bir jamiyat" shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy festival oʻtkazildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍2👏1
📢 DIQQAT! MUHIM E’LON

🛠 “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali sizga shuni ma’lum qiladi:

2025–2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida quyidagi GRSlardan tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:

📍 21-iyul kuni:

1️⃣ Vodil-1 GRS (12:00–14:00)
– 2 ta AGTKSH

🔧 Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz yetkazib berish xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.

Hurmatli fuqarolar!
Gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishingizni, gaz jihozlariga e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yordamga muhtoj har bir insonga ko‘mak...

Favqulodda vaziyatlar vazirligida eshitish va nutqida muammo bo‘lgan shaxslar uchun tunu kun ishlaydigan maxsus dispetcherlik xizmat ko‘rsatiladi. E’tiboringizga ushbu mavzuga oid maxsus videorolikni taqdim etamiz.
———
Помощь каждому, кто в ней нуждается...

В МЧС круглосуточно работает Диспетчерская служба поддержки лиц с проблемами слуха и речи. Вашему вниманию специальный видеоролик.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Portal
👍1