Farhodjon yashayapti
440 members
162 photos
20 videos
213 links
Farhodjon Chinberdiyev kanali.

Sayt: https://farhodjon.uz/
Instagram: https://www.instagram.com/farlives/
Twitter: https://twitter.com/FarLives
Facebook: https://www.facebook.com/FarLives/

Email: far@farhodjon.com
Download Telegram
to view and join the conversation
Farhodjon yashayapti
Oʻzbekistonda ishlamayotgan, menga toʻgʻridan-toʻgʻri foydali saytlar: 1. techcrunch.com - qaysi axmoq bu saytni yopgan, hayronman. Texnologiyalar va startaplar boʻyicha eng asosiy sayt. Bizning odamlar bu saytni qancha koʻp oʻqisa shuncha yaxshi-ku?! 2.…
Techcrunch hamma platformada muammolarsiz ishlayapti. Lekin SoundCloud haliyam yopiq.

Aytgandek, "yangi davr shamoli" bilan ochilib ketgan Skype'da ovoz bilan gaplashish imkoniyatini yana bizdan olib qo'yishgan ko'rinadi: kuni kecha Skype orqali chet el bilan muloqot vaqtida mening ovozimni eshitishmadi. Ko'p AT sohasidagi odamlar ham Skype bilan aloqa qilishdagi muammolarni aytishyapti. Bu — juda salbiy signal.

Geografiya darsini eslaymiz: https://farhodjon.uz/blog/geography-lesson/
Cities: Skylines shaharsozlik oʻyinida shaharni toʻlaqonli simulyatsiya qilish mumkin: shahar noldan quriladi, ichida aholi yashaydi, mashinalar yuradi va hokazo. Turli infrastrukturalar rivojlanishi jarayonida shaharga yangi aholi keladi, ular uchun ish joylari, uy, maktab, dam oladigan sohalar, kasalxonalar, ommaviy transport va bir qancha zarur narsalar qurish lozim.

Yaqinda shu oʻyinda (baʼzi oʻzgarishlari bilan) bitta chorrahadagi traffikni (mashinalar oʻtish tezligi) qanaqa optimallashtirish mumkinligi koʻrdim (video quyida). Juda ajoyib.

Menimcha, shahar hokimiyatlaridagi shaharsozlik bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar haftaning biror 2-3 kunini shu oʻyinni oʻynab, aslida shaharni qanaqa qurish, "city"larning aholi va biznesga qanaqa taʼsir oʻtkazishini oʻrganishi tarafdoriman. Va shundan chiqib xulosalar qilishsa 😅

#shahar
😍 Spot.uz yozyapti: Yandex.Xarita Toshkentda jamoatchilik transportini real vaqtda (real-time) kuzatish imkoniyatini qo'shibdi! Mobil ilovasi yoki veb-interfeysida (https://yandex.uz/maps) "avtobus" ikonkasini tanlaganda chiqyapti.

https://www.spot.uz/ru/2019/09/19/yandex/
iOS 13 keldi...
Juda keng, mayda detallar, iOS'ning avvalgi versiyalari bilan solishtirib yozilgan iOS 13 taqrizini har yildagidek MacStories chiqaradi:

https://www.macstories.net/stories/ios-and-ipados-13-the-macstories-review/

O'ziyam 30 ta sahifadan iborat bo'lgan bu taqriz faqat iOS foydalanuvchilarigamas, mobil ilovalar ishlab chiqish sohasida ishlaydigan har qanday odam uchun foydali: dizayner, dasturchi, sifatni ta'minlovchilar (QA), mahsulot menejerlari va hokazo. Tizimdagi o'zgarishlarni to'liqroq, chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Masalan, tizimdagi "qorong'i rejim" shunchaki ranglarni teskarisiga almashtirish orqali qilinmagan: ko'p ranglar yorug' va qorong'i rejimlarda ochroq yoki to'qroq bo'ladi, navigatsiya yoki fonlardagi tim qora ranglar ularning ustidan boshqa element ko'rsatilganida "chuqurlikni" aniq qilish uchun ochlashadi va hokazo.

Aytgandek, maqolaning ichida bir qancha qiziqarli ilovalarning skrinshotlari keltirilgan: ko'pi foydali.

#apple
Cloudflare WARP

Cloudflare kompaniyasi oʻzining 1.1.1.1 mobil ilovasida tez VPN-sifat ulanish imkoniyatini ishga tushiribdi: https://blog.cloudflare.com/announcing-warp-plus/

Blogida aytishicha, WARP foydalanuvchining IP-manzilini yashirmaydi. Lekin tez va xavfsiz. Masalan, har xil kafe yoki aeroportlardagi umumiy Wi-Fi tarmogʻidan foydalanayotganda shunaqa servislarni ishlatish shaxsiy maʼlumotlarning oʻgʻirlanishining oldini oladi.

Juda tez ulanish uchun oyiga $4,99 toʻlanarkan. Quyidagi havola orqali yuklab olish menga 1GB juda tez ulanish beradi:

https://warp.plus/pjyC

Aytgandek, ilova ichida tekin DNS ham bor: bu domenlarni tez topish uchun yordam beradi. Xuddi Google yoki Yandexʼniki kabi. Ayniqsa, Yandex DNS juda foydali: alohida xavfsiz (turli viruslarsiz) va oilaviy (kattalarga moʻljallangan kontent ochilmaydi) rejimlari bor. Uyda routerga oʻrnatib qoʻysa ham boʻladi.

#internet
Facebook Horizon 🤯

addmeto kanali Techcrunchʼdan olib yozishicha, 2020-yilning boshida Facebook oʻzining virtual olamini ishga tushirarkan.

Treyleri zoʻr: https://youtu.be/Is8eXZco46Q

Facebook Horizon deb nomlangan bu olam(lar) Oculus virtual reallik platformalarida ishlaydi (Facebook tomonidan 2014-yilda sotib olingan). Ready Player One filmini eslatvoradi ham. Xuddi ijtimoiy Minecraft.

Va eng asosiysi: odamlarda oʻzining olamini yaratish imkoniyati boʻladi! 🤗

Betasiga bu yerda yozilamiz: https://www.oculus.com/facebookhorizon/

#vr
Bayramlarda dam olish

Koʻp davlatlarning bayramlari hozirgi zamonga moʻljallanmagan. Yilning kalendar sanasini bayram va dam olish kuni sifatida eʼlon qilish har doim ham odamlar uchun qulay emas. Kalendar sanasi baʼzi yillarda shundoq ham dam olish kunlariga yoki haftaning noqulay ish kuniga toʻgʻri kelishi mumkin.

Masalan, 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni va bu kunda butun Oʻzbekiston dam oladi (faqat oʻqituvchilar emas). Bu yil dam olish kuni seshanbaga toʻgʻri kelyapti. Hammaga ham 2 kun (shanba, yakshanba) dam olib, keyin dushanba kuni ishlab, soʻng seshanbada yana dam olish qulay emas. Menga dam olish kunlari dushanba yoki juma kunlari boʻlgani maʼqul.

Shuning uchun, bunaqa bayramlarni kalendar kuniga qarabmas, oyning haftasiga nisbatan belgilash lozim: oktabrning birinchi dushanbasi, mayning ikkinchi jumasi kabi. Odamlarda 3 kun dam olish imkoniyati har yili boʻladi. Bayram atrofidagi dam olish kunlarini surish va oldindan noaniqliklar ham boʻlmaydi: baʼzida “qaysi kuni dam olinadi?” degan savolga bayramga yaqin qolguncha javob boʻlmasligi mumkin. Albatta, Yangi Yil, hayit kabi xalqaro bayramlarni butun dunyo bilan nishonlagan maʼqul.

AQShdagi baʼzi bayramlar shunaqa: Shukronalik kuni — noyabrning 4-payshanbasi. Shu hafta nisbatan yalqovroq hisoblanadi: koʻp odamlar bayramni oilasi bilan kutgani uchun, dushanba-seshanbadan boshlab keyingi dushanbagacha dam olishadi odatda.

Oʻqituvchilar kuni haqida yaqinda amerikalik tanishim qiziq gap aytib qoldi:

Bu kunni hamma uchun dam olish kuni sifatida nishonlab iqtisodiyotga zarar yetkazgandan koʻra, shu bir kunda soliqlardan tushadigan pulni oʻqituvchilarning oyligiga qoʻshib berish koʻproq foyda keltirarmidi...

Xalqaro murabbiylar kuni aslida 5-oktabrda nishonlanadi.

@FarLives 🌀
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yorugʻlik Yerning atrofida aylanishi. Ok, bu tez, lekin baribir tezligini sezish mumkin. Juda tez boʻlganda shu oq doira shunchaki chiziq boʻlardi xolos.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yerdan Oygacha boʻlgan masofadagi yorugʻlikning harakati. Bu xuddi Ping-Pong oʻyinini eslatadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer va Oydan Marsgacha boʻlgan masofadagi yorugʻlikning harakati xuddi toshbaqanikini eslatadi 😅
Farhodjon yashayapti
Yer va Oydan Marsgacha boʻlgan masofadagi yorugʻlikning harakati xuddi toshbaqanikini eslatadi 😅
Bundan kelib chiqadi-ki, odamzod yorugʻlik tezligi bilan uchishga erishganda ham eng yaqin sayyoralar tizimiga yetib olish uchun 4,37 yil ketarkan. Eslatib oʻtaman: bu vakuumdagi, gravitatsiya maydonlari xalaqit bermagandagi tezlik va kosmik kemaga oʻxshagan katta obyekt bunaqa tezlik olishi va butun qolishi juda va juda qiyin masala.

Xulosa: yorugʻlik tezligi yetarlicha tez emas. Koinotni kengroq oʻrganish uchun umuman boshqacha texnologiyalar yoki usullar kerak (Interstellar filmini eslaymiz yoki Mass Effect oʻyinini).

---

Bu videoda yorugʻlik Marsga 3 minut 2 sekundda yetib boryapti. Unchalik katta boʻlmagan Curiosity (rover, marsyurar) Yerdan uchib Marsga qoʻnishi uchun 9 oy vaqt ketgan. Kattaroq fazo kemasi sekinroq uchadi.

#koinot
Juma oqshomi uchun video: https://youtu.be/JL0Behj7zko

Norvegiyalik kishi hayotidagi oddiy voqealardan zavqlanishini YouTubeʼga qoʻyyapti. Kanalini 600 mingdan koʻp odam kuzatadi! Yuqoridagi va umuman hamma videolariga qoldirilgan izohlar ham ajoyib.

#youtube