#physics
#Higgs
"xudo"ning yaratuvchisi ?
Nitshe haq bo'lib chiqdi. "xudo" o'ldi. Gaplarim ahmoqona tuyulayotgan bo'lsa, shoshilmang, hozir tushuntiraman.
Higgs bozoni - bu zarralar fizikasidagi muhim element, negaki u massani hosil qiladi. Siz bu oy 5 kiloga semirgan bo'lsangiz, tashvishlanmang, ovqat ratsioningizdan kuyunmang, shunchaki bozonni ayblang. Xullas, u massaga javobgar va demakki Eynshteyn sharofatiga (e=mc²), u energiyaga ham javobgar. Shu bois bu zarra - zarralar xudosi (God particle) deb ataladi.
Peter Higgs - zarralar xudosi tushunchasi "yaratuvchisi". "xudo" yaratuvchisi sifatida uni "xudo"ning "xudo"si desak bo'ladi va u yaqinda o'ldi.
Higgs bozoni va maydoni haqida keyingi postda gaplashamiz.
P.S. O'ylaymanki postda aytilgan "xudo"chalar bilan oliy zot Xudoni farqlay olasizlar.
@Fan_choyxonasi

Wikipedia
Friedrich Nietzsche
German philosopher (1844–1900)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Cosmo
#jonibekov
Nol tortishishdagi Djanibekov effekti
Bugun Xalqaro kosmonavtika kuni. Bundan 63 yil oldin Yuriy brat Gagarin Vostok 1 da birinchi bo'lib orbitaga chiqqandi. Shu bois 12-aprel bayram etib belgilandi. Sovet kosmonavtikasi yutuqlari haqida gap ketganda, avvalo, ushbu sana eslanadi. Biroq, sovet space dasturida turfa millat vakillari, shuningdek, yurtdoshimiz Vladimir Jonibekov ham bor edi. U hatto nor tortishish effektini Kashf etib, nomini tarixga yozdi. Vladimir Jonibekov sharafiga nomlangan ushbu effekt 1985-yil 25-iyunda Salyut 7 kosmik stantsiyasini qutqarish missiyasi paytida aniqlangan.
Teorema shuni ko'rsatadiki, eng katta va eng kichik inersiya momentli jismning bosh o'qlar atrofida aylanishi barqaror, oraliq inersiya momentiga ega bo'lgan asosiy o'q atrofida aylanishi barqaror emas. Janibekov buni qanotli gayka bilan ko'rdi (videoda). Ushbu teoriya AQShning ilk sun'iy yo'ldoshi Explorer 1 bilan bo'lgan hodisani izohlaydi.

#Effect
#Gulliver
Bir
Gulliver effekti — bu katta elementga ko'plab kichik elementlar ta'sirini ifodalash uchun ishlatiladi. Makroiqtisodiyotda dengizga chiqish imkoniyati cheklangan qoloq davlatlarga qo'shni bo'lgan qudratli davlatning ta'sirini ifodalashda qo'llaniladi. Ayrim manbalarda ko'rinmas, mayda xavflardan qo'rqib, o'z istaklarimizni amalga oshira olmasligimizni, atrofdagilarning xohish-irodasiga ko'ra ish tutishimizni ifodalaydi. Shuningdek, katta to'plamdagi kichik xatolar kichik to'plam guruhlariga salmoqli ta'sir etishini bildiradi. Ibora sifatida notanish muhitda odam o'zini kichik, ahamiyatsiz sezishini yoki haddan tashqari e'tibor markazida bo'lishini ham angalatadi. Molekulyar kimyoda bir modda molekulasini hosil qilishda ishtirok etgan mayda zarralar birgalikda yaxlit moddani hosil qiladi. Bu atama Jonatan Sviftning "Gulliverning sayohatlari" romanidan ilhomlangan bo'lib, unda bosh qahramon turli mamlakatlarga sayohati davomida hajmi o'zgarishini boshdan kechiradi.
@Fan_choyxonasi
#Gulliver
Bir
effektga
40 hunar ozGulliver effekti — bu katta elementga ko'plab kichik elementlar ta'sirini ifodalash uchun ishlatiladi. Makroiqtisodiyotda dengizga chiqish imkoniyati cheklangan qoloq davlatlarga qo'shni bo'lgan qudratli davlatning ta'sirini ifodalashda qo'llaniladi. Ayrim manbalarda ko'rinmas, mayda xavflardan qo'rqib, o'z istaklarimizni amalga oshira olmasligimizni, atrofdagilarning xohish-irodasiga ko'ra ish tutishimizni ifodalaydi. Shuningdek, katta to'plamdagi kichik xatolar kichik to'plam guruhlariga salmoqli ta'sir etishini bildiradi. Ibora sifatida notanish muhitda odam o'zini kichik, ahamiyatsiz sezishini yoki haddan tashqari e'tibor markazida bo'lishini ham angalatadi. Molekulyar kimyoda bir modda molekulasini hosil qilishda ishtirok etgan mayda zarralar birgalikda yaxlit moddani hosil qiladi. Bu atama Jonatan Sviftning "Gulliverning sayohatlari" romanidan ilhomlangan bo'lib, unda bosh qahramon turli mamlakatlarga sayohati davomida hajmi o'zgarishini boshdan kechiradi.
@Fan_choyxonasi
Academic Dictionaries and Encyclopedias
Gulliver effect
(GUL.uh.vur uh.fekt) n. When a large target succumbs to an attack by numerous smaller adversaries. Example Citation: Both events underscore the impact of what s come to be called the Gulliver Effect when a large target, like electronic financial…
Yangi rubrika qo'shmoqchimiz. Darbadar admin ayrim mavzularda chapati uslubda so'z yuritadi. Nima deysizlar ?
Final Results
66%
Qiziq, ko'raylik qani ?
16%
Bo'lmaydi, yig'ishtiringlar karam sho'rvani
18%
Menga Pushkin bir jahon
#Economy
#Formatdan_tashqari
#Chapani
Ettamatan Uzb kanallarida :
Efiopiyada 54 million sigir boqiladi. Sudanda esa 42 million, Mavritaniyada 20 million chorva bor, Lekin bu mamlakatlar ochlikdan aziyat chekmoqda. Gollandiyada esa 13 million sigir parvarishlanadi, lekin mamlakat butun dunyoni sutli mahsulotlari bilan boqadi.
Hadicha bin Qanna
Shunaqa xabar chiqdi, nu search qilsam muallif boshqa - Ahmed Al-Jarallah. Hadicha opamiza bo'sa, Al-jazeerada ishlarkan.
Mayli gap bundamas, asosiysi boylik - boshqaruvda, resurslarda emasligi almisoqdan beri ma'lum iqtisodchilarga aslida. Masalan qarela : Bizda qolip ketgan steretipniy qarash - venesuala krizisda degan fikr bor. Nu mamlakat krizisdan chiqbogan. Inflatsiya mo'tadil hozir. Lekin mamlakat aholisi qashshoq, neft zaxiralari bo'yicha lyuboy arab davlatidan oldinda bo'lgan xalq o'ta qashshoq va boyvuchchalarga ajralib qolgan. Neft bo'yicha atlas kartadagi holatga qarab yo' to'ba, astapirlo deb yoqaga tupurib, ne shunaqa devoradi odam.
Yana bir tipichniy misol - KDR (kongo). Mamlakatda elektrotexnika uchun havodek muhim bo'lgan kobalt achib yotibdi. Nu aholi kunlik daromadi 2$ga ham yetmedi.
Umuman afrika butun qit'asi bilan misol bo'ladi - eng ko'p strategik resurslarga ega va eng kambag'al qit'a. Bojalar Poziljonovni holidek aniq yana bir misol : Dunyodagi 80% olmos afrikada, eng katta exportyor - De beers konsorsiumga esa kelgindilar, jumladan oppenhaymer oilasi egalik qiladi. Betta o'sha mashhur foydali qazilmalar qarg'ishi bor (bu haqda oq yoqali adminlar yozadi), ya'ni iqtisodchi ulamolar aytganidek, qanchalik qazilma VIP bo'lsa, shuncha korrupsiyalashish riski yuqori bo'ladi.
Eng resursga zor yaponlar kaypda yashedi. Suv bilan tinme olishib yotgan gollandlar pomidor yetishtirishda suv sarfini 300 litrdan - 4 litga tushira olgan. Ayrim manbalarda (to'la tekshirilmagan), 1 kg pomidor yetishtirish uchun 1 litr suv to'g'ri kelarkan. Biz 1kg pomidor yetishtirish uchun Gollandiyaga qaraganda 375 baravar ko'p suv ishlatamiz, tushunyapsanmi, Karl.
Ba'zida iqtisod uchun tizimdan ko'ra tuzum, oltindan ko'ra duo (ixlos) muhimroq.
Why nations fail tavsuyu shu yeriga.
© Economist Charli Gordon🤞 (darbadar admin)

ARAB TIMES - KUWAIT NEWS
Our crisis with oxen, not cows
YEARS ago, and with each new dawn, we go back to square one in mourning for our economic and financial situation, and the state it has reached. On the other hand, our successive governments have been absolving themselves of responsibility, wailing daily,…
Mundarija - 2
Mundarija - 1
1. Statistik manipulyatsiya
2. Baxning kuni
3. Inflatsiya kalkulatori
4. Magnit maydoni
5. Hurmattalab alvasti
6. Antroposen epoxasi ?
7. Eng katta yordam - aralashmaslik (iqtisodiy liberalism mevalari)
8. Partizancha marketing
9. Gender, diskriminatsiya va mantiq - 1
10. Sapiens va til
11. Gender, diskriminatsiya va mantiq - 2
12. Suicider jasorati
13. Markaziy Osiyo yoki O'rta Osiyo
14. Fan kechasi : quyosh "hayo"si
15. Gender, diskriminatsiya va mantiq - 3
16. "god" is dead ?
17. Jonibekov hissasi
18. Gulliver karomati
19. Boylik siri
Qo'shimcha :
1. Gaz tankeri
2. Solar eclipse
3. Van gogni eslab
4. Jonkuyar muallim
5. Iqtibos_time
6. Sora AI tavallosi

Telegram
Fan choyxonasi
Mundarija - 1
1. Siyosat yoki yuzsizlik
2. Boburning shakkokligi - temuriylar qulashi
3. Logic succesfully failed
4. Evrilmagan "Jarayon"
5. Klimatologiyaning otasi
6. TradeOFF
7. Tanstaafl lafzi
8. Matematika va din, fakt (!) va ishonch
9. Adabiy…

#Rock
#Uzbekistan
O‘zbek rock tarixi va buguni 🤟
Dunyoga yashindek tarqalgan rock musiqiy janri o‘zimizning jonajonimizga ham oltmishinchi yillarning ikkinchi yarmidan eshik qoqib kela boshladi. O‘zbekistondagi eng birinchi rock guruhi 1967-yilda tuzilgan ‘‘Киберги‘‘ edi. Guruhning repertuarida asosan dunyo rock klassikalarining coverlari joy olgan edi. Undan keyingi tuzilgan rock guruh bu ‘‘Сигма‘‘ guruhi edi. Ularning ham ijodi asosan Yepropa va Amerika rock musiqalari bilan qayta ishlangan o‘zbek xalq kuylari edi. Qolaversa, bu ikki guruh ijodidan O‘zbekiston kompazitorlarining asarlari ham o‘rin olgan edi.
Ulardan keyingi o‘rinda o‘zbek rockini biz ularsiz tasavvur qila olmaydigan ‘‘Yalla‘‘ guruhi davom ettirdi. O‘zi umuman yetmishinchi yillarda bizda rockning bir qancha tarmoqlari gulladi desak ham bo‘ladi. Yalladan tashqari ‘‘Квазарлар‘‘ va ‘‘Navo‘‘ kabi folk-rock guruhlar ijod qilishdi. Jazz-rockda ‘‘Синтез‘‘ , ‘‘Интер‘‘ , ‘‘Sato‘‘ kabi guruhlar o‘z so‘zlarini aytishdi. Keyinchalik heavy-metal ‘‘Рейс 09‘‘ , ‘‘Дуа-метал‘‘ kabi guruhlar ham o‘zbek rockiga rang-baranglik olib kelishdi.
Keyingi davr o‘zbek rockida rivojlanish davri bo‘ldi. Rockni tushunuvchi, rockni his qiluvchi guruhlar judayam ko‘p bo‘ldi. ‘‘Original‘‘ guruhi rock, rock-n-roll, pop-rockda, ‘‘Parvoz‘‘ guruhi rock, folk-rock, pop-rock, to‘y-rockda, ‘‘Bolalar‘‘ guruhi rock, pop-rockda, ‘‘Sahar‘‘ guruhi rock, pop-rockda, Z-BEK guruhi rock, metal, heavy-metal, thresh-metalda ijod qilishdi. Qolaversa, boshqa janrlarda ijod qiluvchi ko‘plab guruhlarning ijodi, rock elementlari bilan jilolandi.
Hozirgi davrda ham yosh rock guruhlar ijoddan to‘xtashgani yo‘q. Yoshblond, Flyin up, Bu qala, Axror Alixonov, Hooligans, Bicycles For Afghanistan va Alibek Kabdurahmonov boshchiligida bo‘lib o‘tayotgan simfo-rock konsertlar meni ko‘proq rock tinglashga undab, O‘zbekistonda sekinlik bilan bo‘lsada rock rivojlanayotini his qilishimga yordam beradi.
Muallif : @Noyabr_simfoniyasi
P.S. Musiqa ixlosmandlari uchun rokerlar jamiyati 🤟

Quruq muz va issiq qum.
Bu agregat holatdagi materiallarning tutashgan nuqtalarida, quruq muzning, issiq qum ustida asta-sekin ishqalanishi va muz sublimatsiyalanishi natijasida karbonat angidrid gazi ajralib chiqa boshlaydi.

#Nasr
#Murakami
Yapon Kafkasi
Bir guruh monopolist korporatsiya xo'jayinlari egallavogan dunyoda beysbol ko'rib o'tirgan barmendan nimaniyam kutish mumkin. Nari borsa kattaroq istolovoy ochadi, bitta cho'tki toyota olib, yiliga 100k soqqa qiladi va 2 marta chirigan G'arbda nafas olib qaytadi, bolalarini xususiy maktabda o'qitadi. Bular tipichniy yapon o'rta puldori qiladigan ishlar, lekin Murakami emas. U babybumerlardan bo'sayam farzand ko'rib o'tirmadi, otasi zolim Antanta armiyasi sabab ruhan travma osayam, g'arbdan qonsirab yurmadi, beysbol ko'rib o'tirib, ilk asarini boshladi. U jinsiy identiti, sevgi, yo'qotish, urush, nostalgiya va o'lim haqida fikr yuritarkan, quyosh botadigan tomonlardan chuqur ta'sirlangan. An'anachi yaponnavist fantacy yozuvchilar qarg'ishiga uchragan holda, realizm va surrealizmni, magic va gnida taqdir o'yinlari bilan qorishtirgan. Femkalarni sexist degan tamg'alariga qarab o'tirmay, ajoyib nasriy bo'tqa tayyorlagan.
Asarlarini qunduz amaki aytib turgandek, narrativlar tez-tez ko'zga tashlanadi. Muzika ohangi ayniqsa o'ta norm. Mashhur kitobi "Norwegian wood" ham aynan o'sha nomdagi Beatles hitidan ilhomlangan. Kitoblarda bir qator allegoriyalar ham uchredi. Masalan : 1Q84 ("1984"ga) va "Kafka on the shore" (nomidan ma'lum).
O'zi dunyoda yahudiylar va lo'lilardan keyingi eng past toifa - o'qibomagan kitobi haqida review yozadiganlar. Perfektsionist va hissizeshak aristokrat adminlar fan haqida bahslashib quloqni qomatga keltirishgan payt, men birin-ketin varoqlarni quvlarkanman komputerda pdf uzra scrol down qilarkanman, asar umuman boshqa daraja ekanini 7-hissiyot birla ilg'adim. Bratni yana bir hurmat qilarli tomoni, u o'z versiyasini sir tutadi, talqinni doim o'quvchining o'ziga qoldirishni afzal ko'radi, hatto gurzili Isrofil so'rasa ham.
Asar parlament peshtoqiga yozishli gaplar bilan boshlangan : "Sen har safar bo'rondan qochishga intilasan, biroq u doim senga yaqinlasha boradi. Sen qochasan, u quvlaydi. Nega ? Chunki bu bo'ron senga begona emas, u ichingda, seni bir qisming".
Title bejiz Kafkaga bog'lanmagan. "Jarayon"ni o'qigan radnoylar, Metamorfizni yostig'iga qistirib uxlaydigan darogoylar tushunadi. O'qimagan bo'lsangizsenlarni ham yer ko'tarib yuripti tavsiya, o'qinglar. Asarda 15-yoshli Kafka Tamura imbesil otasining jabr-u sitamlaridan qochishga urinadi. Parallel olamning boshqa tomonida esa kantudjnik chol Nakata hayot ma'nosini topishda Kafkaga yordam beradi. O'tish davridagi har bitta shkolotron kabi Kafka ham o'tmishidan azoblanib, kelajak orzularini sarob ichida ko'radi. Ona sog'inchi tez-tez eslanib, kitobxonni ich-etini tirnaydi. O'zligi bilan suhbat qilish, paranormal holatga tushib, ongosti (😏) muloqoti introvertlik, alamzadalik kayfiyati uchun ko'pirtiruvchi xamirturush bo'lib beradi. Magical realismdan mohirona foydalangan holda, asarda tomdan tarasha tushgandek, banalniy vaziyatlarni tiqib ketish ham uchraydi.
O'zini hurmat qilgan yerlik homo sapiens o'qishi kerak bo'lgan asar. Aqalli hayotidan ma'no topadi yoki yerni band qilib turishni to'xtatadi😈
Asarni hali yakunlamadim. Biroq, Kafkaesque'ning yana bir yorqin namunasidan bahramand bo'layotganim uchun Xudoga va Murakamiga rahmat.
© Darbadar admin🤞
Kafka asariga review
@Fan_choyxonasi
#Murakami
Yapon Kafkasi
Bir guruh monopolist korporatsiya xo'jayinlari egallavogan dunyoda beysbol ko'rib o'tirgan barmendan nimaniyam kutish mumkin. Nari borsa kattaroq istolovoy ochadi, bitta cho'tki toyota olib, yiliga 100k soqqa qiladi va 2 marta chirigan G'arbda nafas olib qaytadi, bolalarini xususiy maktabda o'qitadi. Bular tipichniy yapon o'rta puldori qiladigan ishlar, lekin Murakami emas. U babybumerlardan bo'sayam farzand ko'rib o'tirmadi, otasi zolim Antanta armiyasi sabab ruhan travma osayam, g'arbdan qonsirab yurmadi, beysbol ko'rib o'tirib, ilk asarini boshladi. U jinsiy identiti, sevgi, yo'qotish, urush, nostalgiya va o'lim haqida fikr yuritarkan, quyosh botadigan tomonlardan chuqur ta'sirlangan. An'anachi yaponnavist fantacy yozuvchilar qarg'ishiga uchragan holda, realizm va surrealizmni, magic va gnida taqdir o'yinlari bilan qorishtirgan. Femkalarni sexist degan tamg'alariga qarab o'tirmay, ajoyib nasriy bo'tqa tayyorlagan.
Asarlarini qunduz amaki aytib turgandek, narrativlar tez-tez ko'zga tashlanadi. Muzika ohangi ayniqsa o'ta norm. Mashhur kitobi "Norwegian wood" ham aynan o'sha nomdagi Beatles hitidan ilhomlangan. Kitoblarda bir qator allegoriyalar ham uchredi. Masalan : 1Q84 ("1984"ga) va "Kafka on the shore" (nomidan ma'lum).
O'zi dunyoda yahudiylar va lo'lilardan keyingi eng past toifa - o'qibomagan kitobi haqida review yozadiganlar. Perfektsionist va hissiz
Asar parlament peshtoqiga yozishli gaplar bilan boshlangan : "Sen har safar bo'rondan qochishga intilasan, biroq u doim senga yaqinlasha boradi. Sen qochasan, u quvlaydi. Nega ? Chunki bu bo'ron senga begona emas, u ichingda, seni bir qisming".
Title bejiz Kafkaga bog'lanmagan. "Jarayon"ni o'qigan radnoylar, Metamorfizni yostig'iga qistirib uxlaydigan darogoylar tushunadi. O'qimagan bo'lsangiz
O'zini hurmat qilgan yerlik homo sapiens o'qishi kerak bo'lgan asar. Aqalli hayotidan ma'no topadi yoki yerni band qilib turishni to'xtatadi😈
Asarni hali yakunlamadim. Biroq, Kafkaesque'ning yana bir yorqin namunasidan bahramand bo'layotganim uchun Xudoga va Murakamiga rahmat.
© Darbadar admin🤞
Kafka asariga review
@Fan_choyxonasi
Wikipedia
Haruki Murakami
Japanese writer (born 1949)
#news
#science
Dayjest (saralari)
1. Bir guruh olimlar qalinligi bir atomga teng bo'lgan oltin bo'laklarini sintez qilishdi. Ular balandligi juda kichik bo'lgani uchun 2D materiallar deb ataladi.
Natija : Oltin juda yaxshi elektr o'tkazuvchanlikka ega, shuningdek ixtiro turli lazer sensorlarida va katalizda qo'llaniladi. Masalan, suvdan vodorod ajratib olishda. Biroq, oldinda qilinadigan ishlar ko'p deydi Lars Hultman.
2. Olimlar tomonidan mikrobiologiya evolutsiyasini yaxshiroq tushunish uchun maxsus o'yin - Borderlands Science ni ishlab chiqdilar. Dunyo bo'ylab 4,5 million geymerlar o'yinni o'ynash orqali yarim kun ichida mikrobial DNK ketma-ketligi haqida oldingi 10 yillik o'rganishdan besh baravar ko'proq ma'lumot to'plashdi.
3. Pluton yuzasida yurak shaklidagi ulkan dog' qanday paydo bo'lgani xalqaro astrofiziklar jamoasi va Milliy tadqiqot bo'yicha vakolatlar markazi (NCCR) PlanetS a'zolari hal qilishdi. Ko'plab tahlillar natijasida, pluton avvalroq bir qancha sayyoraviy to'qnashuvlarga uchragani ma'lum bo'ldi.
4. Qovoqarilar oddiy pestitsidlarga nisbatan ancha chidamli ekani aniqlandi. Buni yangi tadqiqot ko'rsatmoqda.
Unga ko'ra kimyoviy moddalar ularga hech qanday salbiy ta'sir topilmadi. “Arilarni asrang” degan chaqiriq so‘nggi yillarda barchaning og‘zida. Biroq, O'g'itlar desa bong uruvchilar, arilarning o'limi, ayniqsa, yovvoyi arilar o'limiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganishmagan
5. Ishtaha yo'qolishi miyaning qayerda paydo bo'lishini aniq aniqlash uchun olimlar ko'ngil aynishiga yo'liqqan sichqonlarni o'rgandi. Unga ko'ra, ochlik va ko'ngil aynishiga javobgar neyronlar turlicha.
"Ushbu neyronning sun'iy faollashuvi bilan sichqon juda och bo'lsa ham ovqat yemaydi", deydi tadqiqotni olib borgan Germaniyaning Martinsried shahridagi Maks Plank biologik razvedka institutida Venyu Ding.
6. Cho'kayotgan dunyo : Niderlandiyada yerning to'rtdan bir qismi dengiz sathidan pastga cho'kib ketgan. 2040 yilga borib esa dunyo aholisining deyarli beshdan bir qismi cho'kib ketgan quruqliklarda yashashi kutilmoqda. Jakarta dunyodagi eng tez pasayib borayotgan poytaxtga aylandi, bu Indoneziyani yangi poytaxt shaharni izlashga undadi. Qo'shma Shtatlarda 45 shtat bo'ylab 44 000 kvadrat kilometrdan ortiq maydon cho'kishdan bevosita ta'sir ko'radi. Xitoyning yirik shaharlari juda tez cho'kmoqda - har yili 10 millimetr. 2120-yilga kelib Xitoyning qirg'oqbo'yi yerlarining 22-26 foizi suv ostida qoladi.
7. Michigan universiteti tadqiqotchilari familiyaning alifbodagi tartibi va baholar orasida korrelatsiya borligini aniqlashdi. 30 million talabalar shunchaki jurnalda pastroqda turgani uchun baholashda diskriminatsiyaga uchrar ekan. Tadqiqotga ko'ra, A-E familiyaga ega talabalar, qolganlarga nisbatan 0,6 ball ko'proq jamg'arar ekan.
8. Discovery Muzeyi Leonardo Da Vinchi tu'gilgan kuniga ochiq eshiklar kunini uyushtirdi
9. Kognitiv science pioneri, faylasuf olim Deniel Dennet vafot etdi.

Art of Loving Italy
Happy 568th Birthday Leonardo da Vinci!
Today, April 15 Leonardo da Vinci turns 568 years old. He was as an inventor, painter, sculptor, architect and military engineer. He was a gifted man with a curious mind. His intellect knew no bound. We celebrate with cake and quotes!
#Social
#Irq
Xabashmisiz ?
Yuqorida kabi jumla uchun, aslida, javobgarlik belgilash mumkin, ayniqsa, negroid irqli diaspora yuqori hududda. Biroq, bu kabi savollar avvallari AQSh doktorlari tomonidan bemorlarga berilgan. Negaki mijozlarga beriladigan dori, tashxis turi ularning irqiga bog'liq (Pubmed). Jumladan :
1. Ayrim dorilar irqqa qarab kuchliroq ta'sir qiladi. Dori dozasi uchun bu muhim.
2. Ayrim kasalliklar, masalan teri saratoni qora tanlilarda kam uchraydi.
3. Ayrim kasalliklar (sil) aksincha, qora tanlilarda oq tanlilarga nisbatan ko'proq uchraydi va asoratlari kuchliroq bo'ladi.
Shu va boshqa sabablarga ko'ra bemorlarning teri rangi kasallik tarixiga kiritilishi kerak. Avvallari bemorlar qora tanli bo'lsa, kasallik tarixiga negroid irqiga mansub deb belgilab qo'yilar edi. Keyinchalik, baraka topgur BLM chilar sabab doktorlar «rangli insonlar» iborasini ishlata boshlashdi. Biroq, bu ham nozik qalb egalarining ko'nglini og'ritdi. Bu masalani zamonaviy dermatologiya otasi Tomas Fitzpatrik yechdi. U negroid, rangli teri yoki umuman barcha irqlarni maxsus tiplar orqali ifodaladi va bular Fitzpatrik tiplari/shkalasi deb nomlandi. Shu bilan qorako'zlar, asian, latinolar irqiy diskomfortni his qilishlari kamaydi.
Mavzuga doir : Irqlararo turmush keysi

PubMed Central (PMC)
The indispensability of race in medicine
A movement asking to take race out of medicine is growing in the US. While we agree with the necessity to get rid of flawed assumptions about biological race that pervade automatic race correction in medical algorithms, we urge caution about insisting ...
#Marketing
#Narx
Narx siyosati
Marketing strategiyasini amalga oshirishda mahsulot narxi bilan bog'liq bo'lgan narx siyosati muhim o'rin tutadi. U mahsulotni o'tkazishdagi eng muhim omillardan biri. Narx siyosati haqida butun boshli kitob yozsa bo'ladi, biroq bugun asosiy jihatlarini ko'rib chiqamiz.
Qaymog'ini olish - yetakchi (ba'zan monopolist) korxona yangi mahsulot realizatsiya qilganda qo'llaniladi. Tipik misol -- Apple. Yangi iphone sotuvga chiqqanda narx yuqori belgilanadi, bozor to'yingach (ancha sotilgach), qolgan mahsulot arzon narxda sotib yuboriladi. Ushbu usuldan "elegant" iste'molchilarga ega, raqobatda ustun va yangiliklar yaratuvchi kompaniyalar foydalanadi.
Kirib olish - past narxlarni joriy etish orqali katta tovar oborotni shakllantirish va bozorga kirib olishda qo'llaniladi (demping narx siyosatiga qaralsin). Yangi bozorga kirib kelayotgan xitoy tovarlari past arzon narx va katta hajm bilan to'fondek yopiriladi. Ba'zi marketologlar hazil aralash bu usulni "qirib olish" deb ham ataydi, chunki iste'molchilarni katta qismini jalb etib, bozorni tom ma'noda "qirib oladi", bozorga o'rnashgach esa narxni ko'taradi. Avvalroq, YandexTaxi, hozir esa YandexGo ushbu usullardan foydalanmoqda.
Psixologik narx belgilash - Bu usul yaxlitlanmagan summada, narxni arzon qilib ko'rsatishda ishlatiladi. Bu usul orqali biz korzinka nega 15 990 so'm narx belgilashini anglaymiz. Xaridorlar odatda, taqqoslashda dastlabki xona birliklariga e'tibor qaratadi, shu bois, 16 o'rnida 15 ni ko'rish miyaga signal beradi. Ayrim marketologlar, shuningdek, o'z ustozim ham bu usul endi ishlamasligini, butun bo'lmagan sonlar (15 878 so'm kabi) miyada bosim hosil qilishini, 16 000 kabi qulay sonlar iste'molchiga komfort berishini aytishadi, lekin bu hali empirik isbotlanmagan.

Coursera
Marketing Strategy: What It Is and How to Create One
A marketing strategy is a compass that guides larger ...
#Marketing
#Again
Teskari marketing
Biz ko'pincha fundamentlar bilimlarni ko'r-ko'rona o'rganamiz va har qanday holatda ham tatbiq etishga urinamiz. Fors-major holatlar, istisnolar yoxud o'zgacha rakursdan qarashni unutib qo'yamiz. Kecha darsda shunday bo'ldi. Qiziq keys, qarang :
Biz o'ylaymizki, sodda bozor qonuniga ko'ra oilada farzandlar koʻp boʻlsa, bolalar tovarlarining (e.g. o'yinchoqlar) sotilishi koʻpayadi. Aslida doim ham unday emas, chunki ota-onada kamroq farzand boʻlsa, u bola uchun koʻproq pul sarflay oladi, bolaga pirogdan kattaroq ulush tegadi. Agar bolalar tugʻilishi koʻpaysa, har bolaga mos keluvchi pul sarfi kamayadi va bu tovarlar, jumladan, o'yinchoqlar sifatsizroq va kamroq xarid qilinadi. Bolalar soni xaridlarga ta'sir qiladi - tadqiqot1 , tadqiqot2
Shuningdek, ko'p bolali oilalarda bolalar o'zlari turli o'yinlar o'ylab topishadi, outdoor mashg'ulotlar bilan shug'ullanishga moyil bo'ladi yoki hech bo'lmasa stol o'yinlar (monopoly, jumanji) o'ynashadi. Yakka farzandlar esa o'yinchoqlar bilan ko'proq mashg'ul bo'lishadi. Aka-ukalar ahamiyati haqida - link
Lego kompaniyasi koʻp bolali mamlakatlarga emas, koʻproq kam bolali, yaʼni oilada bir yoki ikki farzand koʻradigan mamlakatlarga koʻproq marketing qilar ekan va oʻsha davlatlarda oʻzlarining rasmiy doʻkonlarini ochishar ekan.
Aslida, bu yerda ham bozor qonuni ishlamoqda, faqat rakursni o'zgartirish kerak.

ResearchGate
(PDF) Influence of children on purchasing decisions of well-to-do families
PDF | Purpose This study aims to investigate the influence of preschool children at ages 5 to 6 on purchasing decisions among well‐to‐do families and... | Find, read and cite all the research you need on ResearchGate
#Management
#Pret
from Hero to Zero
Allegra tomonidan 2010-2011-yillarda olib borilgan so'rovlarga ko'ra, Buyuk Britaniyada Pret a Manger (keyingi o'rinlarda Pret) kompaniyasi eng ilhombaxsh brent nomini oldi. Uning customer service tizimi tahsinga sazovor edi. Har bir qahva stakaniga CEO Metcalf'ning telefon raqami yozilgan, shu bois har qanday shikoyatni bevosita bosh direktorga yetkazish mumkin. Bu esa xaridorlarga o'ziga xos ishonch berardi. Qanday qilib kompaniya obro'sini yo'qotdi - consecutive xatolar...
1. 2016-yilda Natasha Ednan-Laperouse Pret mahsulotlaridagi allergik vositalar sabab vafot etadi. Avvalroq shu xususda shikoyatlar ko'paygandi. Asosiy xato - mahsulot tarkibi ochiqlanmasligi va xo'randalar allergiya chaqiruvchilarni iste'mol qilib qo'yishi edi.
2. 2018-yilda kompaniya aksiyalarining katta qismi Reiman oilasi qo'liga o'tadi. Ushbu oila o'z vaqtida Gitler natsizmi pionerlaridan edi, shu bois aksiyalar narxi quladi. Batafsil
3. 2020-yil Kovid pandemiyasi davrida esa Pret savdoni ko'tarish uchun g'ayrioddiy usul o'ylab topdi. Unga ko'ra, endilikda kunlik 5 ta kofe xarid qiluvchilar maxsus a'zolikni sotib olar, u atigi 10£/oy turardi. Dastlab, bu savdoni jonlantiradiganday tuyuldi. Keyinroq ulkan talabni qondirib bo'lmay qoldi. Sababi, odamlar a'zolikni birga sotib olar yoki qahvalarni shunchaki ulashishardi. Natijada, ishni tashkillashtirib bo'lmay qoldi, a'zolik esa o'z tannarxini ham qoplamagan. Shu bois loyiha to'xtatildi, odamlar norozi bo'ldi va kompaniya obro'sini yo'qotdi.
4. Kompaniya Britaniyada faqat London bilan kifoyalanib qolgandi, u boshqa viloyatlarga, masalan, Manchester yoki Liverpulga tomon kengaya olmadi. Covid esa London uchun juda og'riqli kelgandi.
5. Ishchilar bog'liq muammolar 2023-yilda Pret uchun 800K jarima bilan tugadi😐.
Bular direktorlar kengashining xatolari jamlanmasi va yomon boshqaruvning tipik misoli. Qizig'i, bularning bari kompaniyani mashhur qilgan o'sha Metcalf ketgandan keyin boshlangan.
P.S. Manchester Unitedni esga soldimi...

YouTube
Pret & Itsu Founder: How I Built TWO Billion Dollar Brands At The Same Time!: Julian Metcalfe | E173
Julian Metcalfe is the founder of Pret A Manger and Itsu, and since he’s been a young man has been on a mission to change the way we think about eating out and how we eat. His companies are together worth over $3 billion.
Topics:
0:00 Intro
01:32 Early years…
Topics:
0:00 Intro
01:32 Early years…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#biology
#ichthyology
Tripodli baliq ( bythypterois grallator ) - 878 dan 4720 m gacha bo'lgan chuqurlikda past kengliklarda yashaydigan dengiz baliqlari.
B.grallator germafrodit va Bythypterois oilasi kamida 18 ta turni oʻz ichiga olgan boʻlib, B.grallator oʻz oilasining eng yirik vakili va uning uzunligi 30 sm dan 43 sm gacha yetadi.
Bu baliqlar asosan chuqur dengiz novlarida yashaydi va ularning tarqalish geografiyasi Amerika, Yevropa, Afrika, Okeaniya qitʼalari hisoblanadi.