Fan choyxonasi
379 subscribers
27 photos
15 videos
1 file
88 links
- Ilm-fan
- San'at
- Adabiyot


Adminni qulog'iga aytiladigan gaplar uchun : @fanchilar_bir_minutga_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtisod
#pets

Iqtisodiy farovonlikning noodatiy belgisi - 1/2

Aholi turmush darajasi (ingl. standarts of living) bu kishilarning hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishidir. Aholi turmush darajasi mamlakat iqtisodiyotiga tutilgan oyna hisoblanadi. Umuman iqtisodiyotda aholi farovonligi haqida ma'lumot bisyor va qarashlar juda xilma-xil, bu borada hali ancha gaplashamiz. Bugun qisqacha aholi turmush darajasini ko'rsatuvchi indikatorlarni ko'rib chiqsak. BMT tomonidan quyidagicha ko'rsatkichlar olingan :

1. Demografik ko'rsatkichlar.
2. Hayot kechirishning sanitar-gigiyena jihatidan sharoitlari.
3. Oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish.
4. Turar joy sharoitlari.
5. Ma'lumot va madaniyat.
6. Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
7. Aholining daromadlari va xarajatlari.
8. Hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari.
9. Transport vositalari.
10. Dam olishni tashkil etish.
11. Ijtimoiy ta’minot.
12. Inson erkinligi.

Shuningdek, mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (GDP per capita) ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlash mumkin. Ayrim olimlar iste’mol savatini ham asosiy ko'rsatkich sifatida ta'kidlashadi. Iste'mol savati bu yashash uchun zarur bo'lgan ne'matlar to'plamidir. Boyroq mamlakatlarda uning tarkibi salmoqli bo'ladi, qashshoq hududlarda faqatgina kundalik oziq-ovqat mahsulotlaridangina iboratdir. Taqqoshlash uchun

Biroq, qo'shimcha, ikkilamchi omillar ham ma'lum farovonlik bilan korrelatsiyani hosil qilishi mumkin. Veblen ta'riflaganidek dangasa sinflar (iqtisodchilar tushunadi😁), mashg'uloti bo'lgan turli ko'ngilochar faoliyatlar, san'at, adabiyot bilan mashg'ul bo'lish yoki aytaylik, bir insonning uyidagi kitoblar/musiqiy asboblar farovonlik belgisi/natijasi bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, aholi orasida uy hayvonlari boqishning urflashishi farovonlik belgisi sifatida ko'rsatsa bo'ladi. Uy hayvonlari (pet) deganda koʻpaytirish, jun, tuxum, sut olish uchun emas, balki koʻngilochar maqsadlarda it, mushuk, baliq, qush va hokazolarni parvarishlash tushuniladi. Har sohada boʻlganidek, hayvon parvarishida ham amerikaliklar mutlaq yetakchi (Keyingi oʻrinlarda Britaniya va Fransiya). Ushbu mamlakatdagi ayrim statistikalarga nazar tashlasak :

1. Umumiy hisobda AQSHda yiliga 120-130 mlrd doll sarflandi. Taqqoslash uchun bu Bill Geytsning jami boyligiga yoki Nyu-Yorkdan 160 000 dan ortiq uy sotib olishga teng.

2. Oʻrtacha har 3 ta xonadondan 2 tasida uy hayvoni mavjud boʻlib, ularning aksari Rossiya, Fransiya, Germaniyadan farqli ravishda mushuklar emas, itlardir. Jami boʻlib 69 million xonadonda itlarni va 45 million uyda mushuklarni topish mumkin. Har 20 ta uydan birining oʻz reptilyasi bor.

3. Daromad sarflari bitta itga yiliga oʻrtacha 1480 doll. ga toʻgʻri keladi (2021-yil) Bu esa dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidagi insonlarning oʻrtacha sarfidan yuqoridir. Jumladan, qoʻshnilarimiz Qirgʻiziston va Tojikistonda YAIMning jon boshiga qiymati 1,339 doll. (2021-yil) va 897 doll. Andijonda esa taxminan 1389 doll. O'zbekistonda yashash minimumi aniq ko'rsatilmagan (yoki men topa olmadim), oziq-ovqat savatchasi - 887 ming so'm, Prezident adminstratsiyasi taklif etgan 5600 so'm mablag' (2020-yil) esa inflatsiyani hisobga olganda o'rtacha 8500-9000 so'm/kun atrofida, eng kam oylik ish haqi esa - 1 050 000 so'm/83 dollar (joriy kurslarda, aslida 2021-yil hisoblanishi kerak). Jon boshiga YaIM esa (2021) - 21 million so'm. Bundan kelib chiqadiki, mo'jizaviy diyor normal ko'ppagining qadri ixtiyoriy o'rtacha o'zbekning yashash darajasiga yaqin.

@Fan_choyxonasi
#iqtisod
#pets

Iqtisodiy farovonlikning noodatiy belgisi - 2/2

4. Yana qiziqarlisi, sarflanadigan mablagʻlarning aksari tibbiy maqsadlarga qaratilgan. Aholining qariyb 45%i oʻz sogʻligʻi uchun sarflanadigan mablagʻ barobaricha oʻz uy hayvonlarining davolanishlari uchun sarflaydilar. Har yili 458 doll. mablagʻ itlarni davolash uchun sarflanadi. Afisha.uz bergan ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda esa o'rtacha 10 kun dam olish/davolanish mumkin. Amerikaliklar 4 oyoqli doʻstlarining ozuqasi uchun oʻrtacha 287 doll., oʻyinchoqlari uchun 56 doll, choʻmiltirish, tozalash uchun 47 doll. sarflaydi. Hayvon uylari ham eng rivojlangan sohalardan biri. Yiliga birgina hayvonning uyiga 230 doll. sarflanadi. O'rtacha talaba bir o'quv yili (2 semester) davomida yotoqxona uchun deyarli shuncha mablag' sarflaydi (1 BHM davlat yordami bilan)

5. Amerikada noyob kasblardan yana biri bu - dog walking servis, yaʼni itlarni sayr qildirish xizmati (oʻrtacha 30 daqiqa). Bu sohada yiliga qariyb 1 mlrd doll. pul aylanadi. Bu sohada yiliga 26 mingdan 62 ming dollargacha topish mumkin va bu deyarli AQSHdagi maktab oʻqituvchilarining yillik daromadi bilan barobardir.

6. Yana bir qiziq jihati, uy hayvonlariga eng koʻp mablagʻ sarflovchilar yoki nihoyatda oʻqimishli yoki umuman taʼlim olmagan kishilardir. Magistraturani bitirgan yoki doktorlik darajasiga erishganlar aholining boshqa qismiga nisbatan oʻz hayvonlariga saxiyroq, mehribonroq. Yosh darajasiga koʻra esa, asosan oʻrta yoshlilar (33-40) yoki nisbatan katta yoshlilar (55-64) uy hayvonlariga koʻproq egalik qiladilar. Bu bilan bogʻliq turli oʻrganishlar mavjud, lekin Forbes nashrining yozishicha, bu koʻproq insonlarning mehr berish istagi va hayvonlar bu borada eng maqbul yechim bilan boʻgliq ekan. Yaʼni oʻzaro munosabatlar yoki farzand tarbiyasi amerikaliklar uchun oʻta masʼuliyatli, ogʻir va mashmashaliroq ish ekan. Hayvonlar esa doim ham mehr va masʼuliyat talab qilavermaydi hamda nisbatan arzonroq tushadi. 33 million aholi esa uy hayvonlari sabab, farzandli boʻlishni yoki oila qurishni kechiktiradilar,

7. Hayvonlar sugʻurtasi ham eng keng tarqalgan, tom maʼnoda modaga aylangan ishdir. 2021-yilda Qoʻshma Shtatlarda jami 80% it sugʻurtalangan edi, biroq umumiy barcha hayvon turlariga qarasak, bu juda kichik koʻrstakich, atigi 2,5%, lekin Kovid-19 pandemiyasidan soʻng bu raqamlar shiddat bilan oʻsib borishi kuzatilmoqda.

Yuqorida keltirilganlarni inobatga olsak, uy hayvonlari munosabat mamlakatning iqtisodiy holatini gavdalantira oladi.

@Fan_choyxonasi
#math
#piday

π kuni

pi - aylananing uzunligini uning diametri nisbatidir. pi - fandagi eng mashhur irratsional konstanta. Pi va uning tarixi haqida yozmoqchi emasman, buni matematiklar mendan yaxshiroq tushunadi. Qiziqadiganlar uchun - 1 , 2 , veritasium.
Futbol olamida oltin to'p uchun kurash qanchalik shiddatli bo'lsa, fanda ham uzoq yillik muammoga yechim berish favqulodda olamshumul sanaladi. Pi bizga ancha vaqt ana shunday bellashuv zavqini berdi. Yillar davomida uning aniqroq qiymatini topishga urinishlar bo'lgan, hatto hozir ham ayrim havaskorlar qandaydir yechimlar topishganini iddao qiishadi. Akademik Shavkat Abdullayevich, ana shunday qiziqarli urinishlarni aytib berdi. Bir to'quvchi ham pi = 22/7 ekanini , shu nisbatda qalpoq tikilsa, mukammal chiqishini isbot sifatida olib kelgan ekan😁

Pi irratsional ekani ma'lum bo'lgach, uning dastlabki verguldan keyingi tartibini yodlash bo'yicha xotira musobaqalari avj olgan. Hatto ilk millionta raqamlari yozilgan kitob ham chiqarildi, faqat pi uchun. Shu bois fanda uning mavqei o'zgacha. Xalqaro matematiklar birlashmasi (IMU) har yili 14-martni π kuni deb e'lon qilgan. pi = 3.14 (taqriban) ekanidan, 3-oy va 14-kun degan ma'noda. Har yili bu kunda xalqaro matematiklar bayrami nishonlanadi va turli olimpiadalar, qiziqarli musobaqalar, ma'ruzalar o'tkaziladi.

Kanalda matematiklar bormi-yo'qmi bilmayman, biroq fan ixlosmandlari yi'gilganiga ishonchim komil. Shu bois, hamma fanchilarni pi kuni bilan tabriklayman.

@Fan_choyxonasi
#Medicine
#kardio

Oxirgi payt yurak-qon tomir tizimida olib borilayotgan chuqur izlanish va tadqiqotlar o'z natijasini ko'rsatmoqda. Yaqinda Yevropa kardiologlar va ko'krak qafasi jarrohlari assosiatsiyasi (EACTS) aortani mustaqil organ sifatida tan olgandi.  Tunov kuni Nature'da yana bir tadqiqot natijalari e'lon qilindi

Embrionda organagenez jarayoni 3-haftadan, yurak shakllanishi bilan boshlanadi. Homila rivojlanishining 22-kunidan yurak ura boshlaydi (Betts, Gordon, 2013). Morfologik murakkabligi bois, yurak mo'tadil ishlashi uning formatsiyasiga uzviy bog'liq, ya'ni yurak strukturasidagi kichik o'zgarish jiddiy oqibatlarga olib keladi.  Biroq olimlarni yurak hujayralari bilan bog'liq mavhumliklar qiynab kelardi.  Hujayra RNK tartibini MERFISH usuli bilan o'rganish natijasida yurak hujayra turlari aniqlandi va anatomik guruhlarga ajratildi.

Natija: Ushbu topilmalar yurak kasalliklarini davolash va to'qimalarni qayta tiklashga yordam beradi.

@Fan_choyxonasi
#Happiness
#Statistics

Baxt - Kishi hayotining mazmuni, axloqiy maqsadi va ko'rsatkichi. Baxt tushunchasi barcha ta'limotlarning asosida yotadi, shu bois baxtga nisbatan diniy, dunyoviy, falsafiy, psixologik, tarixiy, madaniy yondashuvlar turlicha shakllanib, iqtisodiyot, psixologiya, nevrosayns, xulq-atvor va boshqa fanlarning o'rganish obyektiga aylangan. Yunonlardan Konfutsiygacha, Dalay Lamadan Isogacha, Spinozadan Freydgacha, Hedonistlardan Altruistlargacha inson baxtini tushunish va mezonlarini yaratishga urinishgan. Garchi ushbu qarashlarning hech biri mutlaq haqiqatni to'la aks ettirmasada, davlatlar, xalqaro tashkilotlar, tadqiqotchilar uchun baxtni o'lchash muhimdir.

Yaqinda, Sapiens Labs tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalari Amerikaning mashhur Vox.com saytida e'lon qilindi. "Mental State of the World" deb nomlangan ushbu tadqiqotlar har yili Global Mind Project so'rovnomasi ma'lumotlari asosida to'planadi. Unga ko'ra, qashshoq mamlakatlar aholisi baxtliroq (13-bet),  internet/texnologiya bilan ta'minlangan insonlar depressiyaga moyilroq ekani aytiladi hamda shu kabi ma'lumotlar asosida tuzilgan reytingda O'zbekiston eng baxtsiz mamlakat ekani qayd etilgan. Bu kabi ayrim noratsional statistikalar metodikasi haqida Garvard doktaranti Botir aka Qobilov yaxshigina savollarni o'rtaga tashlab, natijalarni shubha ostiga olgandi.

Kecha, 20-mart xalqaro baxt kuni (world happiness day) munosabati bilan bir qator ishonchli tashkilotlar, jumladan, BMT, Gallup va Meta tomonidan Gallup World Poll doirasida 143 davlat ishtirokidagi tadqiqot e'lon qilindi. Gallup World Poll qanday o'tkazilishi, uning metodologiyasi haqida bu yerda tanishishingiz mumkin. World Happiness Report 2024 ga ko'ra, baxtiyorlik indeksida O'zbekiston 47-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo va MDH davlatlari orasida birinchi o'rinni egalladi :

🇺🇿 O‘zbekiston 47-o‘rinda;
🇰🇿 Qozog‘iston – 49;
🇲🇩 Moldova – 71;
🇷🇺 Rossiya – 72;
🇰🇬 Qirg‘iziston – 75;
🇦🇲 Armaniston – 82;
🇹🇯 Tojikiston – 88;
🇬🇪 Gruziya – 91;
🇦🇿 Ozarbayjon – 101;
🇺🇦 Ukraina – 105.

E'tiborlisi shundaki, jahon baxtiyorlik indeksi Oxford Wellbeing Research Centre va UN Sustainable Development Solutions Network rahbarligida so‘nggi 3 yil davomida aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida hisoblanadi. Respondentlarga gipotetik jihatdan eng yaxshi (10 ball) va eng yomon (0 ball) yashash imkoniyati haqida savol beriladi, shuningdek, ushbu shkala bo'yicha hozirgi hayot darajasini baholash so'raladi. Shu bilan bir qatorda, YaIM, o'rtacha umr ko'rish davomiyligi, saxiylik, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, erkinlik va korrupsiya bo'yicha mamlakatlar kesimida qo'shimcha ma'lumotlar to'planadi.

Xulosa shuki, yurtimizda ba'zi raqamlar biz o'ylagandan ko'ra ijobiyroq. Aholi farovonligini real baholashda esa hayp va konspirologik so'rovlardan ko'ra, ilmiy yondashuv va dalillar muhimroq.

Manipulyatsiyaga uchmang !

Tadqiqotning to'liq varianti (pdf)  - link
Loyiha maqsadi haqida youtubda - link

@Fan_choyxonasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bax
#Music

Kechikkan post

Loqaydlik qilibmiz, kecha 21-mart Navruz Jon Baxning tavallud ayyomlari edi. Bax Barokko davrining yetakchilaridan bo'lib, juda katta me'ros qoldirgan. U haqida wikida yetarlicha ma'lumot bor, to'xtalib o'tirmaymiz.

Bax ijodining shoh to'plamini bu yerda eshitishingiz mumkin. Takoy lyoxkiysini eshitmoqchi bo'lganlarga - 1 , 2 , 3 .

Kecha shuningdek modern o'zbek she'riyati namoyondasi va futbol sehrgarini ham yodga oladigan kun bo'lgan. Ular haqida mutaxassislardan - Abdulla Oripov , Ronaldinho
#Economy
#Inflation

Markaziy Bank ma'lumotlariga ko‘ra yillik inflyatsiya darajasi 14 foiz etib qoldirildi.

Demak sodda qilib aytganda, pulning qadrsizlanishi yillik 14 foiz ekan. Lekin ba'zida aholi orasida, xususan tarmoqlarda inflyatsiya darajasiga ishonchsizlik va shubha bilan qarash uchrab turadi. Xo‘sh, shunday ekan buni tekshirish uchun nega endi har kim o‘z shaxsiy inflyatsiya hisoblab ko‘rmasligi kerak?

@linkdatauz jamoasi ajoyib loyihani ishlab chiqibdi. Loyiha maxsus kalkulyatordan tashkil topgan bo‘lib, unda har kim o‘z shaxsiy yoki oilaviy inflyatsiya darajasini hisoblab ko‘rishi mumkin.

https://linkdata.uz/linkbasket.html havolasi orqali kirilganda shaxsiy kalkulyatordan foydalanish yo‘riqnomasi va nima ichun inflyatsiya darajasini hisoblash kerakligi haqida ma'lumotlar berib o‘tilgan.

Ushbu loyihani iqtisodiyot va Data Science sohasidagi yetuk malakali mutaxassislar amalga oshirgan.

Shuningdek, jamoa tarafidan O‘zbekistondagi avtomobil narxlarini baholash, yo‘l harakati hodisalari tahlili kabi bir qancha qiziqarli loyihalar ham ishlab chiqilgan.

© Abdulatifkhan Anvarkhani, MHTI tadqiqotchisi

@Fan_choyxonasi
#Geophysics
#Geology

Magnit maydoni va magnit maydonining inversiyasi haqida

1600-yilda ingliz olimi Uilyam Gilbert oʻzining "Magnit,magnit jismlar va buyuk magnit Yer haqida" kitobida Yerni doimiy katta magnit ekanligini aytib oʻtadi va shuni ham qoʻshimcha qiladiki,uning oʻqi Yerning aylanish oʻqiga toʻgʻri kelmaydi.

Oradan I asrcha vaqt oʻtib, E.Galley (Ha, oʻsha Nyutonning hamtovogʻi boʻlgan Galley) tomonidan yerning birinchi magnit xaritasi tuziladi.

Asosiy savolni qoʻysak.Yerda magnit maydonlari qanday hosil boʻladi? Va uning hosil boʻlishida qanday fizik jarayonlar roʻy beradi?

Avvalo bu jarayonni hosil boʻlishini tushunish uchun yerning differensialangan vertikal qatlamlari hisoblangan Yer poʻsti,mantiya va yadroning vertikal tuzilmalari haqida maʼlumotlarga ega boʻlish zarur.Magnit maydon hosil boʻlishida barcha qatlamlar ishtirok etadi,ammo jarayonning ibtidosi tashqi yadro va ichki yadro oʻrtasidagi korrelyatsiya orqali paydo boʻladi.

Tashqi yadro temir va nikeldan ichki yadro esa koʻplab nazariyalarga koʻra suyuq temirdan iborat va shuni qoʻshimcha qilish kerakki,ularning turli moddadan iboratligi,zichligidagi turli farqlar qatlamlarning aylanish burchak tezliklari turlicha boʻlishi hamda tashqi yadroda issiqlikning konveksion va turbulent oqimlari magnit maydonlarining hosil boʻlishiga olib keladi.

Yerning magnit maydoni dipol bo'lib, uning o'qi Yer aylanish oʻqi bilan 10° burchak tashkil etadi. Qutblari geografik qutblarga teskari, ya'ni Shimoliy magnit qutbi janubda Antarktidada, Janubiy magnit qutbi esa shimolda Kanadada joylashgan. Masalan, taxminan 42° shimoliy geografik kenglikda joylashgan Toshkent, taxminan 37º janubiy magnit kengligiga ega.

Yerning magnit momenti M=8,1*10²⁵ Gs sm³ ga teng, Yer yuzasidagi magnit maydon kuchlanganligi o'rtacha~ 0,4 Gs ni tashkil etadi.

Dipol o'qining Yer o'qiga nisbatan og'ganligi va ko'chganligi hamda magnit momentining kattaligi Yer magnit maydonining faqat umumiy ko'rinishini ifodalaydi xolos. Yer shari yuzasiga yaqinlashgan sari Yerning magnit maydoni Braziliya, Janubiy Atlantika, Kanada va Sharqiy Sibir global magnit anomaliyalari ta'sirida sezilarli darajada o'zgaradi.

1-qism

@Fan_choyxonasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AI
#Sora

Yaqinda Sora AI test rejimida videolar yasashni boshlagandi. Bugun esa Sora AI yordamida ishlangan videolar sifatiga baho bering. Shunchaki daxshat. Bu yerda esa AI Falastin va G'azo ahliga atab qo'shiq tayyorlabdi. Do'stimiz Ahrorbek ham AI tomonidan ishlangan ilk fantastik filmni ulashibdi. Yangi davr ostonasidamiz, do'stlar.

Umuman, AI (SI) ko'plab tadqiqotlarning o'rganish obyektiga aylandi. Shuningdek, iqtisodiy jihatdan yangi sahifalarni ochishi aniq. Sovuq urushning yangi poygasi aynan AI dir. Shuningdek, uning huquqiy muammolari bor va falsafiy jihatdan bahsli. Lekin bular vaqt masalasi, xolos.

Rasmiy sayt

Videolar @Sariqdev kanalidan olindi.

@Fan_choyxonasi
Forwarded from Raqamli GEO (𝑨𝒉𝒓𝒐𝒓𝒃𝒆𝒌)
Antroposen yangi epoxa sifatida qabul qilindimi?

11700 yil avval muzlik davridan soʻng,golosen davri boshlangan va hozirgi kungacha davom etayotgan epoxa sifatida qabul qilingan.Ammo,tinib-tinchimaganlar XX asrda XIX asr oʻrtalariga toʻgʻri keladigan yangi epoxa -Antroposenni taklif qilishdi.Maktab geografiya darsliklarida uchratishingiz mumkin-ki,yer shakllanishi va taraqqiyotining bosqichlarini belgilashda yoki geoxronologik jadvalda antropogen atamasi mavjud.Aynan bu davrlarni ajratishning negizida insonning yaralgani va uning asta-sekin rivojlanishi, tabiatga moslashishi hamda tabiiy jarayonlarda turli xil evrilishlarning boʻlganligi nazarda tutiladi.

Antroposen ham nomidan koʻrinib turiptiki,inson har yerda dominantga aylandi hamda iqlim va biosferaga asosiy taʼsir koʻrsatuvchi ekanligi maʼlum.Soʻnggi,oʻzgarishlarda keskinlik shu qadarki,atrof-muhit golosenni tark etib yangi davrga qadam qoʻygandek.

2009-yilda iqlim va geologik oʻzgarishlar, oʻzgargan yoxud oʻzgaruvchan davrga yetib keldik degan fikrni isbotlash uchun Antroposen ishchi guruhi tuziladi (AWG) boshlanish oʻrganish jarayonlari yadroviy boʻmba sinovidan qolgan qoldiqlarni oʻrganish edi.

2009-yildan keyin hozirgi kungacha 15 yil davomida munozaralar davom etdi.2023-yilda AWG Xalqaro geologiya fanlari ittifoqi (IUGS) toʻrtlamchi davr tarkibiga kiruvchi komissiya uchun hujjatlarni tayyorladi.Hisobotda olimlar antropotsen boshlanishining koʻrsatkichlari sifatida pastki choʻkindilarda plutoniy izotoplari topilgan Kanadadagi Kroufard koʻllarini taklif qilishdi va ular atom bombasidan keyin paydo boʻlgan edi.

Ammo yaqinda Xalqaro geologlar ittifoqi deyarli bir ovozdan bu nomlanishni rad etishdi.Bu atama faqatgina norasmiy jabhalarda ishlatilishi mumkin.

Ummumiy qilib aytishimiz mumkinki,bu epoxani yangi davr sifatida qabul qilish hali buyon yer tarixidagi kimyoviy,iqlimiy,turli xil gʻalayonli voqealar darajasiga yetgan emas.

@Raqamli_geo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosatdan_gapiramiz

Agar jinoyat uchun jazo shunchaki jarima bo'lsa, unda bu jazo faqat kambag'allar uchun mavjud.

©️ Final Fantasy Tactics

@Fan_choyxonasi
#Marketing
#Guerillla

Shablon matnlar, reklamalar ish bermaganda, arzon va qulay usulda ommani jalb etish uchun partizancha marketing qo'llaniladi.  Marketologdan talab etiladigani esa ozgina vaqt, kreativlik va energiya.

Partizancha marketing clickbait bu iste'molchilarni noan'anaviy usullar bilan hayratga solish va shu orqali ularning e'tiborini jalb etish usuli. Jay Conrad Levinsonning 1984-yilda chiqarilgan shu nomdagi (inglz. Guerilla marketing) kitobi asosida paydo bo'lgan.

O'zimizni qorako'zlardan ham bunday noyob idealar chiqib turadi :

Shedevr¹ Shedevr²

Kitobni tavsiya qilaman.
Marketingga qiziquvchilar uchun

@Fan_choyxonasi