Fan choyxonasi
374 subscribers
34 photos
15 videos
1 file
90 links
- Ilm-fan
- San'at
- Adabiyot


Adminni qulog'iga aytiladigan gaplar uchun : @fanchilar_bir_minutga_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adabiyot  #Tahlil  #oqimlar

ADABIY OQIMLAR

1/2

Dunyo adabiyotida qadimdan inson g'oyasi ustuvor. Shuning uchun kishilarning haqiqiy inson haqidagi orzu havaslarini aks ettiruvchi asarlar ko‘p yaratilgan. Gomerning “Iliada" va “Odisseya” asarlari ham, “Kalila va Dimna”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”lar ham haqiqiy inson haqidagi orzular aksidir.  Shu mezondan kelib chiqsak, realizm ijodiy metodi ham klassisizm, romantizm, modernizm singari hayotni va inson dunyosini badiiy gavdalantirishning bir yo‘lidir.
Realizm (lotincha realis - mavjud, haqiqiy) termini real hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari, badiiy tafakkur tipini anglatadi. Masalan, antik yunon realizm, uyg‘onish davri realizmi kabi terminlar qo‘llanadi.  Tanqidiy realizm esa XIX asr o‘rtalarida maydonga kelgan adabiy yo‘nalish, ijodiy metod. Ayrim manbalarda atama va falsafiy ta'limot sifatida rivojlanishiga sababchi bo'lgan inson Roy Wood Sellars Wikipediya ma'lumotlariga ko'ra, kritikal realism otasi Roy Bhaskar Sovet manbalarida esa termin ilk bor M.Gorkiy tomonidan qo‘llangan. Biroq, mutafakkirlarning yashagan yillari nuqtai-nazaridan Gorkiy varianti haqiqatga yaqinroq.
Realist ijodkorlar voqelikka tanqidiy munosabatda bo‘ladilar, uni g‘oyaviy-hissiy inkor qiladilar. Lekin voqelikni tasdiq etuvchi asarlar ham bo‘lgan. Hozir bu termin an'anaviy ravishda qo‘llanayotgan bo‘lsa-da, uning faolligi sezilarli darajada pasaygan.
Realistik metodda bilish funksiyasi ustuvor. Ijodkor olam va odamni idrok etishda adabiyotni muhim vosita deb biladi. Hayotni butun murakkabligi bilan aks ettiradi. Insonni ijtimoiy muhit bilan bog‘laydi, muhitning inson taqdiri va fe'liga ta'sirini tadqiq
qiladi. Aslida, asar yozayotgan yozuvchi yoki shoir metod, uslub, oqim degan nazariy gaplarni ko‘p o‘ylab o‘tirmaydi. Haqiqiy ilhom samarasi bo‘lgan asar har qanday nazariy yo‘l-yo‘riqlardan yuksak turadi. Siyosiy qarashlar, mafkuraviy g‘oyalar eskirishi, noto‘g‘ri bo‘lib qolishi mumkinligi haqiqat. Lekin haqiqiy ilhom mevasi sifatida dunyoga kelgan asarlar o‘z ta'sirchanligini saqlab koladi. Metod va uning ko‘rinishi haqidagi nazariy mulohazalar esa aslida asarlarni bir-biridan farqlash, adabiy davrlar o‘rtasidagi tafovutlarni ko‘rsatish, aniqlash va belgilashning o‘ziga xos mezoni sanaladi.
Modernizm (fr. moderne - zamonaviy, eng yangi) XIX asr oxiri va XX asrning boshida vujudga kelgan badiiy estetik tizimni anglatadi. Modernizmning vujudga kelishiga Shopengauer va Nisshe irrasional falsafasi, Bergson intuitivizmi, E.Gusselning fenomenologiyasi, Freyd va Yung psixoanalizi, Xaydegger, keyinroq J.P.Sartr va A.Kamyu ekzistensializmi, Franfurkt maktabi ijtimoiy falsafasi g‘oyalari asos bo‘lib xizmat qildi. Ular XIX asr realizmi va romantizmi uchun xos bo‘lgan qolip tusini olgan shakl va usullarni takrorlash, naturalizmning voqelikdan passiv nusxa ko‘chirishi, badiiy ijodda akademizmga qarshi isyon ko‘tardilar. Ular an'anaviy shakl hozirgi zamon voqeligini ko‘rsatishga ojizlik qilib qolgan deb hisoblaydilar.
Futurizm - lotincha (futurum) so‘z bo‘lib "kelajak" ma'nosini anglatadi. Bu oqimning maqsadi kelajak san'atini yaratishdan iborat edi. Futuristlar san'at tamomila erkin bo‘lishi kerak, deb hisoblardilar, o‘tmish san'atini inkor qilardilar. Futuristlar yozish texnikasiga alohida e'tibor beradilar, poetik qonuniyatlarni buzadilar. O‘zining bir qancha ziddiyatli jihatlariga qaramasdan futurizm V.Xlebnikov, B.Pasternak kabi shoirlar ijodiy prinsiplarining shakllanishida katta rol o‘ynadi, shakl bobidagi dadil tajribalariga asos bo‘ldi.

@Fan_choyxonasi
2/2

Ekzistensializm
(existence - mavjudlik) - XX asrdagi ana shu nomdagi falsafa asosida vujudga kelgan modernistik oqim. Ushbu falsafa markazida inson hayotining ma'nosi, shaxs erki va mas'uliyati muammolari turadu. Adabiy oqim sifatida ekzistensializm borliq va insonning g‘aroyib sirli-sehrli jihatlari xususida bahs yuritadi. Ushbu adabiyot namunalarida insonning jamiyatga begonaligi, yolgizligi, mahkumligi muammosi ko‘tariladi. Ko‘pincha qahramonlar kutilmagan vaziyatga tushib qoladilar, ushbu vaziyatning ular qalbi va ruhiyatiga ta'siri muallif diqqat markazida turadi. Sartr, Kamyu kabi ijodkorlar ushbu adabiyotning ajoyib namunalarini yaratdilar.
Ekspressionizm (ingl. expression - ifoda) - birinchi jahon urushi va inqilobiy to‘ntarishlar davrida san'at va adabiyotga kelgan oqim. Ushbu oqim vakillari hissiyotga, tuyg‘uga alohida e'tibor beradilar, qahramonning tasavvurlari, taassurotlari ifodasi yetakchilik qiladi, hissiyotga, kechinmaga urg‘u beriladi. Ekspressionizm ko‘proq poeziya va dramada namoyon bo‘lgan.
Impressionizm (frransuzcha impression - taassurot) - XIX asr oxiri XX asr boshlarida Fransiyada vujudga kelib, tasviriy san'at, adabiyot, musiqada o‘zini namoyish qilgan oqim. Impressionistlar insonning biron hodisa ta'sirida tug‘ilgan taassuroti, hissiyoti, hayajoni, ruhiy holati san'atning diqqat markazida turishi kerak, deb hisoblaganlar. Ular insonning asl hayotini g‘ayrishuuriy hissiyotlar, o‘zgalardan yashirin tuyg‘ularda ko‘rganlar, ushbu olamni bor bo‘yicha ko‘rsatishsa harakat qilganlar. Impressionizm atamasi Monening “Taassurot. Quyosh chiqishi” nomli kartinasi ko‘rgazmada namoyish etilgandan so‘ng paydo bo‘lgan. Rassomlar o‘zlarining sevimli janrlari bo‘lgan peyzaj, portret, ko‘p shaxslar tasvirlangan kompozisiyalarda ularni qurshagan dunyodan olgan lahzalik taassurotlarini ifodalaganlar.
Aslida, jahon adabiyotidagi mavjud oqimlarni chuqur o‘zlashtirgan holatda badiiy asarni o‘qish, tahlil qilish asarlarning ruhiyatini anglashda muhim hisoblanadi. Bu o'quvchiga asar mohiyatini anglashga xizmat qiladi. Shu bois oqimlar alohida-alohida o'rganiladi.

O'zDSMI katta o‘qituvchisi Bobonazarova Gulnoza ustoz ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

@Fan_choyxonasi
#paleoklimatologiya
#tarix

Ilmiy konsensus

Ilk bor Aristotel o'zining "Fizika" nomli asarida mavjud ilmlarni tarmoqlarga ajratadi. Shu davrdan boshlab, fanlar tizimi shakllandi va ular umumiy asosga ega bo'lgan nurlar kabi turlicha yo'nalishda rivojlanib, kuchli farqlanib bordi. O'tgan asrdagi shiddatli axborot oqimi va keng ko'lamli ma'lumot muhiti sharofati bilan turlicha o'rganish obyektlariga ega bo'lgan fanlar o'zaro kesishish nuqtalariga ega bo'ldilar. Tabiiy fan yutuqlarini sanoatda va qishloq xo'jaligida qo'llanilishi, siyosatchilar omma psixologiyasi usullaridan foydalanishi, software mo'jizalarining har sohaga kirib borishi bilan fanda "interdisciplinary approach" vujudga keldi

Ushbu tendensiyaning yana bir misoli bu tarixni o'rganishda dendroxronologiya, carbon dating, paleoklimatologiya faollashgani hamda olingan natijalarning iqtisodiy-ijtimoiy tarixni o'rganishda qo'llanilishi bo'lsa kerak. Dendroxrologiya yoki dendroklimatologiya bu turli davrlardagi atmosfera hodisalari va iqlim jarayonlarini daraxt halqalari (tree-rings) orqali o'rganishga aytiladi. Karbon dating haqida Texnoplov yaxshi video ishlagan, tavsiya qilaman. Paleoklimatologiya haqida esa fan mutaxassisi, mustaqil tadqiqotchi Ahrorbek mufassal ma'lumot berib o'tibdi.

Rimda respublika tuzumi davrida iqtisodiy holatlar va ijtimoiy hayotning qiyofasini tiklashda yuqoridagi fanlarning ilmiy yutuqlaridan foydalanamiz.

Rimliklar barpo etgan saltanat sharqda Afina, Antiox va Aleksandriyadan tortib, Karfagen va Kadiz orqali g'arbda Londongacha boʻlgan port shaharlarni bogʻlovchi oʻrgimchak toʻrini eslatardi. Rim sarhadlari kattalashgani sari savdo-sotiq va kemalar harakati ham kengayib bordi. Buni Oʻrtayer dengizi tubidan topilgan kema qoldiqlaridan ham bilish mumkin. Bu xarobalarning qaysi davrga oid yekanini turli usullar bilan aniqlasa boʻlardi. Kemalarda zaytun yog'i va vino bilan to'ldirilgan amforalar (koʻzalar) Italiyadan Galliyaga (Fransiya) tashilgan yoki tekinga tarqatish uchun Rimga olib kelingan. Loydan yasalgan sopol koʻza - amforalarda odatda ularni qachon va kim yasagani haqida maʼlumot boʻlgan. Rimdagi Tibr yoki Monte de Kochchi (“Sopol tog'”) nomi bilan mashxur tepalik taxminan 53 million dona amforadan yigʻilgandi. Amforalar kemalardan tushirib olingach, oʻsha yerga tashlab yuborilgan va asrlar osha kattagina tepalik hosil boʻlgan.

Kema qoldiqlarini topgan arxeologlar kema yog'ochi tarkibidagi uglerod-14 izotop miqdorini atmosferadagi uglerod-14 bilan solishtirib, kema yoshlarini aniqlaganlar. Dastlabki 20 ta kema mill.avv. 500-yillarga to'g'ri kelgan. Bular Rimga emas, Karfagenga tegishli bo'lishi ham mumkin. Taxminan milod boshlariga to'g'ri kelgan Rimga tegishli kemalar soni esa 180 ta edi. Bu esa o'sha davr uchun hayratlanarli darajada katta ko'rsatkich edi. Ularda qaram viloyatlardan Rimga muttasil yuk tashilgani va amforalar tog'i Rim iqtisodiy qudratidan darak beradi.

Taraqqiyot izlarini topishning yana bir qiziqarli usuli "Grenlandiya muzliklari na'munalarini tadqiq qilish" (GRIP) loyihasidan olingan. Qor parchalari yerga tusharkan, ular o'zi bilan birga ifloslantiruvchi qo'rg'oshin, kumush, mis kabi moddalarni olib tushadi. Yerga tushgach, u muzlaydi va to'planib boradi. Mazkur jarayon uzoq davom etadi va tadqiqotchilarga ming yillar oldingi atmosfera ifloslanish darajasini o'rganish imkonini beradi. 1990-1992-yillarda qilingan tadqiqotga ko'ra, mill.avv. 500-yillardan boshlab havoni bulg'aydigan moddalarda sezilarli o'sish kuzatilgan. Milodiy I asrda qo'rg'oshin, kumush, mis miqdori o'z cho'qqisiga chiqdi. Biroq keyin keskin pasayish kuzatilgan va o'sha ko'rsatkich faqatgina XIII asrga kelib qayta qayd etilgan. Bu dalillar Rimda konchilik va hunarmandchilik faoliyati 1-asrga kelib gurkiraganini va shundan so'ng, pasayish kuzatilib, Rim qulay boshlaganini ko'rsatadi.

GRIP loyihasi haqida - link¹, link², link³
Rim tarixi haqida bestsellar - link

@Fan_choyxonasi
Ramazon muborak ❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtisod
#pets

Iqtisodiy farovonlikning noodatiy belgisi - 1/2

Aholi turmush darajasi (ingl. standarts of living) bu kishilarning hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishidir. Aholi turmush darajasi mamlakat iqtisodiyotiga tutilgan oyna hisoblanadi. Umuman iqtisodiyotda aholi farovonligi haqida ma'lumot bisyor va qarashlar juda xilma-xil, bu borada hali ancha gaplashamiz. Bugun qisqacha aholi turmush darajasini ko'rsatuvchi indikatorlarni ko'rib chiqsak. BMT tomonidan quyidagicha ko'rsatkichlar olingan :

1. Demografik ko'rsatkichlar.
2. Hayot kechirishning sanitar-gigiyena jihatidan sharoitlari.
3. Oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish.
4. Turar joy sharoitlari.
5. Ma'lumot va madaniyat.
6. Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
7. Aholining daromadlari va xarajatlari.
8. Hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari.
9. Transport vositalari.
10. Dam olishni tashkil etish.
11. Ijtimoiy ta’minot.
12. Inson erkinligi.

Shuningdek, mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (GDP per capita) ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlash mumkin. Ayrim olimlar iste’mol savatini ham asosiy ko'rsatkich sifatida ta'kidlashadi. Iste'mol savati bu yashash uchun zarur bo'lgan ne'matlar to'plamidir. Boyroq mamlakatlarda uning tarkibi salmoqli bo'ladi, qashshoq hududlarda faqatgina kundalik oziq-ovqat mahsulotlaridangina iboratdir. Taqqoshlash uchun

Biroq, qo'shimcha, ikkilamchi omillar ham ma'lum farovonlik bilan korrelatsiyani hosil qilishi mumkin. Veblen ta'riflaganidek dangasa sinflar (iqtisodchilar tushunadi😁), mashg'uloti bo'lgan turli ko'ngilochar faoliyatlar, san'at, adabiyot bilan mashg'ul bo'lish yoki aytaylik, bir insonning uyidagi kitoblar/musiqiy asboblar farovonlik belgisi/natijasi bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, aholi orasida uy hayvonlari boqishning urflashishi farovonlik belgisi sifatida ko'rsatsa bo'ladi. Uy hayvonlari (pet) deganda koʻpaytirish, jun, tuxum, sut olish uchun emas, balki koʻngilochar maqsadlarda it, mushuk, baliq, qush va hokazolarni parvarishlash tushuniladi. Har sohada boʻlganidek, hayvon parvarishida ham amerikaliklar mutlaq yetakchi (Keyingi oʻrinlarda Britaniya va Fransiya). Ushbu mamlakatdagi ayrim statistikalarga nazar tashlasak :

1. Umumiy hisobda AQSHda yiliga 120-130 mlrd doll sarflandi. Taqqoslash uchun bu Bill Geytsning jami boyligiga yoki Nyu-Yorkdan 160 000 dan ortiq uy sotib olishga teng.

2. Oʻrtacha har 3 ta xonadondan 2 tasida uy hayvoni mavjud boʻlib, ularning aksari Rossiya, Fransiya, Germaniyadan farqli ravishda mushuklar emas, itlardir. Jami boʻlib 69 million xonadonda itlarni va 45 million uyda mushuklarni topish mumkin. Har 20 ta uydan birining oʻz reptilyasi bor.

3. Daromad sarflari bitta itga yiliga oʻrtacha 1480 doll. ga toʻgʻri keladi (2021-yil) Bu esa dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidagi insonlarning oʻrtacha sarfidan yuqoridir. Jumladan, qoʻshnilarimiz Qirgʻiziston va Tojikistonda YAIMning jon boshiga qiymati 1,339 doll. (2021-yil) va 897 doll. Andijonda esa taxminan 1389 doll. O'zbekistonda yashash minimumi aniq ko'rsatilmagan (yoki men topa olmadim), oziq-ovqat savatchasi - 887 ming so'm, Prezident adminstratsiyasi taklif etgan 5600 so'm mablag' (2020-yil) esa inflatsiyani hisobga olganda o'rtacha 8500-9000 so'm/kun atrofida, eng kam oylik ish haqi esa - 1 050 000 so'm/83 dollar (joriy kurslarda, aslida 2021-yil hisoblanishi kerak). Jon boshiga YaIM esa (2021) - 21 million so'm. Bundan kelib chiqadiki, mo'jizaviy diyor normal ko'ppagining qadri ixtiyoriy o'rtacha o'zbekning yashash darajasiga yaqin.

@Fan_choyxonasi
#iqtisod
#pets

Iqtisodiy farovonlikning noodatiy belgisi - 2/2

4. Yana qiziqarlisi, sarflanadigan mablagʻlarning aksari tibbiy maqsadlarga qaratilgan. Aholining qariyb 45%i oʻz sogʻligʻi uchun sarflanadigan mablagʻ barobaricha oʻz uy hayvonlarining davolanishlari uchun sarflaydilar. Har yili 458 doll. mablagʻ itlarni davolash uchun sarflanadi. Afisha.uz bergan ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda esa o'rtacha 10 kun dam olish/davolanish mumkin. Amerikaliklar 4 oyoqli doʻstlarining ozuqasi uchun oʻrtacha 287 doll., oʻyinchoqlari uchun 56 doll, choʻmiltirish, tozalash uchun 47 doll. sarflaydi. Hayvon uylari ham eng rivojlangan sohalardan biri. Yiliga birgina hayvonning uyiga 230 doll. sarflanadi. O'rtacha talaba bir o'quv yili (2 semester) davomida yotoqxona uchun deyarli shuncha mablag' sarflaydi (1 BHM davlat yordami bilan)

5. Amerikada noyob kasblardan yana biri bu - dog walking servis, yaʼni itlarni sayr qildirish xizmati (oʻrtacha 30 daqiqa). Bu sohada yiliga qariyb 1 mlrd doll. pul aylanadi. Bu sohada yiliga 26 mingdan 62 ming dollargacha topish mumkin va bu deyarli AQSHdagi maktab oʻqituvchilarining yillik daromadi bilan barobardir.

6. Yana bir qiziq jihati, uy hayvonlariga eng koʻp mablagʻ sarflovchilar yoki nihoyatda oʻqimishli yoki umuman taʼlim olmagan kishilardir. Magistraturani bitirgan yoki doktorlik darajasiga erishganlar aholining boshqa qismiga nisbatan oʻz hayvonlariga saxiyroq, mehribonroq. Yosh darajasiga koʻra esa, asosan oʻrta yoshlilar (33-40) yoki nisbatan katta yoshlilar (55-64) uy hayvonlariga koʻproq egalik qiladilar. Bu bilan bogʻliq turli oʻrganishlar mavjud, lekin Forbes nashrining yozishicha, bu koʻproq insonlarning mehr berish istagi va hayvonlar bu borada eng maqbul yechim bilan boʻgliq ekan. Yaʼni oʻzaro munosabatlar yoki farzand tarbiyasi amerikaliklar uchun oʻta masʼuliyatli, ogʻir va mashmashaliroq ish ekan. Hayvonlar esa doim ham mehr va masʼuliyat talab qilavermaydi hamda nisbatan arzonroq tushadi. 33 million aholi esa uy hayvonlari sabab, farzandli boʻlishni yoki oila qurishni kechiktiradilar,

7. Hayvonlar sugʻurtasi ham eng keng tarqalgan, tom maʼnoda modaga aylangan ishdir. 2021-yilda Qoʻshma Shtatlarda jami 80% it sugʻurtalangan edi, biroq umumiy barcha hayvon turlariga qarasak, bu juda kichik koʻrstakich, atigi 2,5%, lekin Kovid-19 pandemiyasidan soʻng bu raqamlar shiddat bilan oʻsib borishi kuzatilmoqda.

Yuqorida keltirilganlarni inobatga olsak, uy hayvonlari munosabat mamlakatning iqtisodiy holatini gavdalantira oladi.

@Fan_choyxonasi
#math
#piday

π kuni

pi - aylananing uzunligini uning diametri nisbatidir. pi - fandagi eng mashhur irratsional konstanta. Pi va uning tarixi haqida yozmoqchi emasman, buni matematiklar mendan yaxshiroq tushunadi. Qiziqadiganlar uchun - 1 , 2 , veritasium.
Futbol olamida oltin to'p uchun kurash qanchalik shiddatli bo'lsa, fanda ham uzoq yillik muammoga yechim berish favqulodda olamshumul sanaladi. Pi bizga ancha vaqt ana shunday bellashuv zavqini berdi. Yillar davomida uning aniqroq qiymatini topishga urinishlar bo'lgan, hatto hozir ham ayrim havaskorlar qandaydir yechimlar topishganini iddao qiishadi. Akademik Shavkat Abdullayevich, ana shunday qiziqarli urinishlarni aytib berdi. Bir to'quvchi ham pi = 22/7 ekanini , shu nisbatda qalpoq tikilsa, mukammal chiqishini isbot sifatida olib kelgan ekan😁

Pi irratsional ekani ma'lum bo'lgach, uning dastlabki verguldan keyingi tartibini yodlash bo'yicha xotira musobaqalari avj olgan. Hatto ilk millionta raqamlari yozilgan kitob ham chiqarildi, faqat pi uchun. Shu bois fanda uning mavqei o'zgacha. Xalqaro matematiklar birlashmasi (IMU) har yili 14-martni π kuni deb e'lon qilgan. pi = 3.14 (taqriban) ekanidan, 3-oy va 14-kun degan ma'noda. Har yili bu kunda xalqaro matematiklar bayrami nishonlanadi va turli olimpiadalar, qiziqarli musobaqalar, ma'ruzalar o'tkaziladi.

Kanalda matematiklar bormi-yo'qmi bilmayman, biroq fan ixlosmandlari yi'gilganiga ishonchim komil. Shu bois, hamma fanchilarni pi kuni bilan tabriklayman.

@Fan_choyxonasi
#Medicine
#kardio

Oxirgi payt yurak-qon tomir tizimida olib borilayotgan chuqur izlanish va tadqiqotlar o'z natijasini ko'rsatmoqda. Yaqinda Yevropa kardiologlar va ko'krak qafasi jarrohlari assosiatsiyasi (EACTS) aortani mustaqil organ sifatida tan olgandi.  Tunov kuni Nature'da yana bir tadqiqot natijalari e'lon qilindi

Embrionda organagenez jarayoni 3-haftadan, yurak shakllanishi bilan boshlanadi. Homila rivojlanishining 22-kunidan yurak ura boshlaydi (Betts, Gordon, 2013). Morfologik murakkabligi bois, yurak mo'tadil ishlashi uning formatsiyasiga uzviy bog'liq, ya'ni yurak strukturasidagi kichik o'zgarish jiddiy oqibatlarga olib keladi.  Biroq olimlarni yurak hujayralari bilan bog'liq mavhumliklar qiynab kelardi.  Hujayra RNK tartibini MERFISH usuli bilan o'rganish natijasida yurak hujayra turlari aniqlandi va anatomik guruhlarga ajratildi.

Natija: Ushbu topilmalar yurak kasalliklarini davolash va to'qimalarni qayta tiklashga yordam beradi.

@Fan_choyxonasi
#Happiness
#Statistics

Baxt - Kishi hayotining mazmuni, axloqiy maqsadi va ko'rsatkichi. Baxt tushunchasi barcha ta'limotlarning asosida yotadi, shu bois baxtga nisbatan diniy, dunyoviy, falsafiy, psixologik, tarixiy, madaniy yondashuvlar turlicha shakllanib, iqtisodiyot, psixologiya, nevrosayns, xulq-atvor va boshqa fanlarning o'rganish obyektiga aylangan. Yunonlardan Konfutsiygacha, Dalay Lamadan Isogacha, Spinozadan Freydgacha, Hedonistlardan Altruistlargacha inson baxtini tushunish va mezonlarini yaratishga urinishgan. Garchi ushbu qarashlarning hech biri mutlaq haqiqatni to'la aks ettirmasada, davlatlar, xalqaro tashkilotlar, tadqiqotchilar uchun baxtni o'lchash muhimdir.

Yaqinda, Sapiens Labs tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalari Amerikaning mashhur Vox.com saytida e'lon qilindi. "Mental State of the World" deb nomlangan ushbu tadqiqotlar har yili Global Mind Project so'rovnomasi ma'lumotlari asosida to'planadi. Unga ko'ra, qashshoq mamlakatlar aholisi baxtliroq (13-bet),  internet/texnologiya bilan ta'minlangan insonlar depressiyaga moyilroq ekani aytiladi hamda shu kabi ma'lumotlar asosida tuzilgan reytingda O'zbekiston eng baxtsiz mamlakat ekani qayd etilgan. Bu kabi ayrim noratsional statistikalar metodikasi haqida Garvard doktaranti Botir aka Qobilov yaxshigina savollarni o'rtaga tashlab, natijalarni shubha ostiga olgandi.

Kecha, 20-mart xalqaro baxt kuni (world happiness day) munosabati bilan bir qator ishonchli tashkilotlar, jumladan, BMT, Gallup va Meta tomonidan Gallup World Poll doirasida 143 davlat ishtirokidagi tadqiqot e'lon qilindi. Gallup World Poll qanday o'tkazilishi, uning metodologiyasi haqida bu yerda tanishishingiz mumkin. World Happiness Report 2024 ga ko'ra, baxtiyorlik indeksida O'zbekiston 47-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo va MDH davlatlari orasida birinchi o'rinni egalladi :

🇺🇿 O‘zbekiston 47-o‘rinda;
🇰🇿 Qozog‘iston – 49;
🇲🇩 Moldova – 71;
🇷🇺 Rossiya – 72;
🇰🇬 Qirg‘iziston – 75;
🇦🇲 Armaniston – 82;
🇹🇯 Tojikiston – 88;
🇬🇪 Gruziya – 91;
🇦🇿 Ozarbayjon – 101;
🇺🇦 Ukraina – 105.

E'tiborlisi shundaki, jahon baxtiyorlik indeksi Oxford Wellbeing Research Centre va UN Sustainable Development Solutions Network rahbarligida so‘nggi 3 yil davomida aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida hisoblanadi. Respondentlarga gipotetik jihatdan eng yaxshi (10 ball) va eng yomon (0 ball) yashash imkoniyati haqida savol beriladi, shuningdek, ushbu shkala bo'yicha hozirgi hayot darajasini baholash so'raladi. Shu bilan bir qatorda, YaIM, o'rtacha umr ko'rish davomiyligi, saxiylik, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, erkinlik va korrupsiya bo'yicha mamlakatlar kesimida qo'shimcha ma'lumotlar to'planadi.

Xulosa shuki, yurtimizda ba'zi raqamlar biz o'ylagandan ko'ra ijobiyroq. Aholi farovonligini real baholashda esa hayp va konspirologik so'rovlardan ko'ra, ilmiy yondashuv va dalillar muhimroq.

Manipulyatsiyaga uchmang !

Tadqiqotning to'liq varianti (pdf)  - link
Loyiha maqsadi haqida youtubda - link

@Fan_choyxonasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bax
#Music

Kechikkan post

Loqaydlik qilibmiz, kecha 21-mart Navruz Jon Baxning tavallud ayyomlari edi. Bax Barokko davrining yetakchilaridan bo'lib, juda katta me'ros qoldirgan. U haqida wikida yetarlicha ma'lumot bor, to'xtalib o'tirmaymiz.

Bax ijodining shoh to'plamini bu yerda eshitishingiz mumkin. Takoy lyoxkiysini eshitmoqchi bo'lganlarga - 1 , 2 , 3 .

Kecha shuningdek modern o'zbek she'riyati namoyondasi va futbol sehrgarini ham yodga oladigan kun bo'lgan. Ular haqida mutaxassislardan - Abdulla Oripov , Ronaldinho
#Economy
#Inflation

Markaziy Bank ma'lumotlariga ko‘ra yillik inflyatsiya darajasi 14 foiz etib qoldirildi.

Demak sodda qilib aytganda, pulning qadrsizlanishi yillik 14 foiz ekan. Lekin ba'zida aholi orasida, xususan tarmoqlarda inflyatsiya darajasiga ishonchsizlik va shubha bilan qarash uchrab turadi. Xo‘sh, shunday ekan buni tekshirish uchun nega endi har kim o‘z shaxsiy inflyatsiya hisoblab ko‘rmasligi kerak?

@linkdatauz jamoasi ajoyib loyihani ishlab chiqibdi. Loyiha maxsus kalkulyatordan tashkil topgan bo‘lib, unda har kim o‘z shaxsiy yoki oilaviy inflyatsiya darajasini hisoblab ko‘rishi mumkin.

https://linkdata.uz/linkbasket.html havolasi orqali kirilganda shaxsiy kalkulyatordan foydalanish yo‘riqnomasi va nima ichun inflyatsiya darajasini hisoblash kerakligi haqida ma'lumotlar berib o‘tilgan.

Ushbu loyihani iqtisodiyot va Data Science sohasidagi yetuk malakali mutaxassislar amalga oshirgan.

Shuningdek, jamoa tarafidan O‘zbekistondagi avtomobil narxlarini baholash, yo‘l harakati hodisalari tahlili kabi bir qancha qiziqarli loyihalar ham ishlab chiqilgan.

© Abdulatifkhan Anvarkhani, MHTI tadqiqotchisi

@Fan_choyxonasi
#Geophysics
#Geology

Magnit maydoni va magnit maydonining inversiyasi haqida

1600-yilda ingliz olimi Uilyam Gilbert oʻzining "Magnit,magnit jismlar va buyuk magnit Yer haqida" kitobida Yerni doimiy katta magnit ekanligini aytib oʻtadi va shuni ham qoʻshimcha qiladiki,uning oʻqi Yerning aylanish oʻqiga toʻgʻri kelmaydi.

Oradan I asrcha vaqt oʻtib, E.Galley (Ha, oʻsha Nyutonning hamtovogʻi boʻlgan Galley) tomonidan yerning birinchi magnit xaritasi tuziladi.

Asosiy savolni qoʻysak.Yerda magnit maydonlari qanday hosil boʻladi? Va uning hosil boʻlishida qanday fizik jarayonlar roʻy beradi?

Avvalo bu jarayonni hosil boʻlishini tushunish uchun yerning differensialangan vertikal qatlamlari hisoblangan Yer poʻsti,mantiya va yadroning vertikal tuzilmalari haqida maʼlumotlarga ega boʻlish zarur.Magnit maydon hosil boʻlishida barcha qatlamlar ishtirok etadi,ammo jarayonning ibtidosi tashqi yadro va ichki yadro oʻrtasidagi korrelyatsiya orqali paydo boʻladi.

Tashqi yadro temir va nikeldan ichki yadro esa koʻplab nazariyalarga koʻra suyuq temirdan iborat va shuni qoʻshimcha qilish kerakki,ularning turli moddadan iboratligi,zichligidagi turli farqlar qatlamlarning aylanish burchak tezliklari turlicha boʻlishi hamda tashqi yadroda issiqlikning konveksion va turbulent oqimlari magnit maydonlarining hosil boʻlishiga olib keladi.

Yerning magnit maydoni dipol bo'lib, uning o'qi Yer aylanish oʻqi bilan 10° burchak tashkil etadi. Qutblari geografik qutblarga teskari, ya'ni Shimoliy magnit qutbi janubda Antarktidada, Janubiy magnit qutbi esa shimolda Kanadada joylashgan. Masalan, taxminan 42° shimoliy geografik kenglikda joylashgan Toshkent, taxminan 37º janubiy magnit kengligiga ega.

Yerning magnit momenti M=8,1*10²⁵ Gs sm³ ga teng, Yer yuzasidagi magnit maydon kuchlanganligi o'rtacha~ 0,4 Gs ni tashkil etadi.

Dipol o'qining Yer o'qiga nisbatan og'ganligi va ko'chganligi hamda magnit momentining kattaligi Yer magnit maydonining faqat umumiy ko'rinishini ifodalaydi xolos. Yer shari yuzasiga yaqinlashgan sari Yerning magnit maydoni Braziliya, Janubiy Atlantika, Kanada va Sharqiy Sibir global magnit anomaliyalari ta'sirida sezilarli darajada o'zgaradi.

1-qism

@Fan_choyxonasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AI
#Sora

Yaqinda Sora AI test rejimida videolar yasashni boshlagandi. Bugun esa Sora AI yordamida ishlangan videolar sifatiga baho bering. Shunchaki daxshat. Bu yerda esa AI Falastin va G'azo ahliga atab qo'shiq tayyorlabdi. Do'stimiz Ahrorbek ham AI tomonidan ishlangan ilk fantastik filmni ulashibdi. Yangi davr ostonasidamiz, do'stlar.

Umuman, AI (SI) ko'plab tadqiqotlarning o'rganish obyektiga aylandi. Shuningdek, iqtisodiy jihatdan yangi sahifalarni ochishi aniq. Sovuq urushning yangi poygasi aynan AI dir. Shuningdek, uning huquqiy muammolari bor va falsafiy jihatdan bahsli. Lekin bular vaqt masalasi, xolos.

Rasmiy sayt

Videolar @Sariqdev kanalidan olindi.

@Fan_choyxonasi