SEDANA SHIFO
6 subscribers
1 photo
4 links
Download Telegram
bo’lishi mumkin. Toshlarning o’lchamini aniq bilish va davolanish jarayonidagi o’zgarishlarni kuzatib borishingiz kerak (ideal holda, muntazam ravishda UTT o’tkazish). Xuruj sodir bo’lgan taqdirda darhol shifokorga murojaat qilish, toshning kattaligini aniqlash va uning chiqishi xavfli emasligiga ishonch hosil qilish kerak.

QORA SEDANANING YURAK-QON TOMIR TIZIMIGA TA’SIRI

Quyidagi xususiyatlar tufayli, bu yog’ yurak-qon tomir tizimi uchun foydalidir:

Qora sedana yog’i qon tomirlari devorlarini mustahkamlash va ularning elastikligini oshirishga yordam beradi.

U qondagi «yomon» xolesterin darajasini pasaytiradi (uning oziq-ovqatlardan so’rilishiniga to’sqinlik qiladi) va aterosklerotik blyashkalar va qon tromblari shakllanishiga to’sqinlik qiladi.

Qon tomirlarining spazmlarini to’xtatadi.

Yurak-qon tomir tizimidagi yallig’lanish jarayonlarini oldini oladi (umuman olganda, butun organizmda).

Gipertoniyaning boshlang’ich bosqichlarida qon bosimni pasaytiradi.

Yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarga ko’ra, qora sedana va uning yog’ini muntazam iste’mol qilish quyidagi kasalliklarning oldini olish va davolashda yordam beradi: varikoz, vegeto-tomirli distoniya, arterial gipertoniya, ateroskleroz, yurak-qon tomir tizimining yallig’lanishli kasalliklari.

Bundan tashqari, bu mahsulot yurak ishemik kasalliklari, tromboz, tromboflebitni oldini olishda foydali, ammo bu kasalliklarning faol bosqichida sedanani qo’llash !!mutlaqo qarshi ko’rsatiladi (hatto minimal miqdorlarda ham).

ALLERGIYADA QORA SEDANA YOG’INING FOYDASI

Allergiya qoida tariqasida bezarar bo’lgan moddalarga organizm immunitet tizimining yuqori reaktivligi tufayli chaqiriladi. Organizmning himoya mexanizmi zararli va zararsiz moddalarni ajrata olmaydi va organizmga kiruvchi barcha yot moddalarga qarshi kurash olib boradi. Eng ko’p uchraydigan allergiya turli — bronxial astma, mavsumiy allergik rinit va surunkali rinit, shuningdek, eshakemi va ekzema hisoblanadi.
Qora sedana yog’i allergiya alomatlarini samarali ravishda bartaraf etadi. Uning terapevtik ta’sir mexanizmi haligacha to’liq o’rganilmagan, ammo u asosan immunitetni qisqa muddatga yaxshilash qobiliyati bilan tushuntiriladi. Aftidan, qora sedana nafaqat immunitet tizimini kuchaytiradi, balki uni normallashtiradi ham, ya’ni allergiyada buzilgan sog’lom immunitetni tiklaydi.
Allergiya haqida batafsil→
Allergiyada qora sedanani qo’llash tartibi:

Mavsumiy allergiyada davolashni o’simliklar changi tarqalishi mavsumi boshlanishidan bir necha hafta oldin boshlash tavsiya etiladi. Qabul qilish klassik sxemaga ko’ra olib boriladi. Yoz oylarida davolanishni davom ettirish kerak, qishda esa tanaffus olinadi.

Agar allergiya belgilari namoyon bo’lib bo’lgan bo’lsa, tezkor ta’sirga erishish uchun ingalyatsiya qilish tavsiya etiladi. Ingalatsiya uchun 1 osh qoshiq ezilgan qora sedana urug’lari ustidan 1 litr qaynoq suv quyiladi, aralashma 5-10 daqiqa tindiriladi va damlama bilan ingalyatsiya qilinadi.

QORA SEDANANING ERKAKLARGA FOYDASI

Qora sedana jinsiy quvvatni oshiradi, libido va fertillikni kuchaytiradi. Bundan tashqari, uning yog’i prostatitni oldini olish va davolash uchun samarali vosita hisoblanadi.

Sedanada fitosterollar mavjud bo’lib, ular erkak jinsiy gormonlari — testosteron ishlab chiqarilishi yaxshilaydi. Shunga mos ravishda, libido ortadi, jinsiy a’zolarda qon ta’minoti va sperma sifati yaxshilanadi.

Uning tarkibida marganets va selen moddalari mavjud bo’lib, ular potentsiya va erkak libidosiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

E vitamini mavjudligi sababli, u jinsiy bezlarning holatini yaxshilaydi va bu o’z navbatida testosteronni oshirishga yordam beradi.

Undagi C vitami spermatozoidlarning harakatchanligini kuchaytiradi.

U qon aylanishini yaxshilaydi va yallig’lanishlarni oldini oladi.

Testosteronni ishlab chiqarish uchun Omega 6 va Omega 3-ning to’g’ri nisbatlarda (kamida 10 : 1, yaxshisi — 5 : 1) bo’lishi juda muhimdir.
Sedana yog’i tarkibida Omega 6`ning ulushi taxminan 58% tashkil qiladi, ammo Omega 3 ulushi esa 0,2%. Shu bois, uni Omega 3 miqdori ko’p bo’lgan boshqa vositalar bilan birgalikda qo’llash tavsiya etiladi.
Omega 3 miqdori quyidagi o’simlik yog’larida yuqori hisoblanadi:

zig’ir,

qovoq,

bodom,

yong’oq.

Prostatitni davolash, libidoni oshirish, erkaklik quvvatini kuchaytirish uchun qora sedana moyidan foydalanish usullari quyidagicha:

Nonushtadan so’ng ertalab 1 choy qoshiq ichga qabul qilish.

Prostatitni davolash uchun — sedana yog’ini qovoq urug’lari bilan birgalikda qabul qilish mumkin.

Uxlashdan oldin qov, bel va yorg’oqqa qora sedana yog’ini aylana harakatlar bilan surtish.

Yuqoridagi usullarga qo’shimcha ravishda, testosteronni oshirishning boshqa usullari bilan tanishib chiqish mumkin.
Testosteronni ko’paytirish→ 

QORA SEDANA YOG’INING AYOLLAR UCHUN FOYDALI JIHATLARI

Qora sedana yog’ini ayol jinsiy tizimining yallig’lanish-infektsion va onkologik kasalliklarida, hayz siklining buzilishida, bepushtlik, mastopatiyada qo’llash foydalidir.
Laktatsiya davrida ayollarga qora sedana yog’i iste’mol qilish ko’krak sutini ko’paytirish maqsadida tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ko’krak uchidagi yoriqlar tuzalishini tezlashtirish uchun uning yog’ini surtish mumkin.
Qora sedana yog’ida fitoestrogenlar mavjud bo’lib, u gormonal muvozanat buzilishi holatida foydali bo’lishi mumkin.

Fitoetrogenlar inson organizmda nafaqat estrogenlar, balki, shuningdek, antistrogenlar sifatida ham ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan nosteroid o’simlik birikmalaridir. Masalan, haqiqiy estrogenlardan farqli o’laroq, ular gormonga bog’liq bo’lgan o’smalarning o’sishini rag’batlamaydi, balki bostiradi.

Ushbu ikkilangan ta’sir fitoestrogenlarning tabiati bilan bog’liq. Ular estrogenlar bog’lanadigan retseptorlar bilan bog’lanishga qodir. Ammo fitoestrogenlarning ta’siri ancha zaifdir (500-1000 marta). Shunday qilib, estrogen darajasi past bo’lganda, fitoestrogenlar bo’sh bo’lgan retseptorlar bilan bog’lanadi. Estrogen darajasi yuqori bo’lganda esa, haqiqiy estrogenlar bilan raqobatlasha boshlaydi va retseptorlarni band qilib, androgen ta’sir ko’rsatadi.
Yuqoridagi ma’lumotdan ma’lumki, fitoestrogenlar har doim ham foydali emas — jinsiy gormonlar darajasi me’yorda bo’lgan ayollar ko’p miqdorda fitoestrogen saqlovchi mahsulotlarni suiiste’mol qilmasliklari kerak. Ammo qora sedana yog’ida fitoestrogenlar unchalik ham ko’p emas, uning foydali xususiyatlari boshqa barcha tarkibiy qismlarga asoslangan. Shu bilan birga, salomatlik holatini yaxshilash uchun kuniga bir choy qoshiqdan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

QORA SEDANA: TERI UCHUN FOYDASI

Qora sedana yog’i turli teri kasalliklarini (ugri toshishi, ekzema va dermatitlar, psoriaz, so’gal, lishay, gerpes) davolash va alomatlarini yengillashtirishda, shuningdek yuz va tana terisi uchun kosmetik mahsulot sifatida ishlatiladi (yog’ ajralishini tartibga solish, teri teshikchalarini toraytirish, teri tuzilmasini yaxshilash, uni yumshatish, elastikligini yaxshilash, suv-yog’ muvozanatini tiklash, qipiqlanishini bartaraf etish, kichik ajinlarga qarshi, chandiq izlari va striyalarni yo’q qilish). Bu uning quyidagi xususiyatlariga bog’liq:

Qora sedana yog’i yallig’lanishga qarshi, bakteritsid, zamburug’ va virusga qarshi xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar aksariyat hollarda ko’plab kasalliklarni davolash uchun qimmatli hisoblanadi.

Antiallergen ta’siri. Ba’zi teri kasalliklari autoimmun tabiatga ega bo’ladi, qora sedananing bu xususiyati esa ularni bartaraf etishda ishtirok etadi.

Antioksidant xususiyatlari. U erkin radikallarning shakllanishiga to’sqinlik qiladi va organizmni ularning ta’siridan himoya qiladi. Shunday qilib, u butun organizm, shu jumladan terining ham qarishi jarayonini sekinlashtiradi.

Kollagenlarning tiklanishi va ishlab chiqarish jarayonlarini rag’batlantiradi. Bu jarohatni shifo topishiga yordam beradi va terining elastikligini oshiradi.

Qon va limfa aylanishini yaxshilaydi. Bu terining oziqlanishi va tozalanishini yaxshilaydi.
Teri kasalliklarini davolash va terining holatini va ko’rinishini yaxshilash uchun qora sedana yog’ini qo’llash tartibi quyidagicha:

Klassik sxema bo’yicha ichga qabul qilish.

Tashqi qo’llash:

Teri kasalliklarini davolash uchun — kuniga ikki marta zararlangan joylarni yog’lash (ba’zi hollarda, masalan psoriazda ahvol yomonlashishi mumkin — bu holda yog’ni qo’llashni to’xtatish kerak).

Terining holati va ko’rinishini yaxshilash uchun — qora sedana yo’gining o’zini yoki boshqa yog’ bilan aralashmalasini (masalan zaytun yog’i) terining muammoli sohalariga surtish va yengil massaj qilish.Yuz parvarishi→

QORA SEDANANING SOCH UCHUN FOYDASI

Sedana sochni mustahkamlash, soch o’sishini yaxshilash, qazg’oqdan qutilish va sochlarning tabiiy rangini tiklash uchun yaxshi vosita hisoblanadi.
Soch parvarishi haqida→
Soch uchun qora sedana yog’ini qo’llash tartibi
Eng yaxshi natijalarni olish uchun yog’ni ichga qabul qilish va tashqi qo’llashni birlashtirish kerak.
Soch uchun vitaminlar→

Klassik sxema bo’yicha qabul qilish.

Avval boshga bir necha tomchi qora sedana efir moyidan tomizib, boshni aylana harakatlar bilan massaj qilish. 15 daqiqadan keyin sedana va kokos moyini teng nisbatda aralashtirib, bosh terisiga qo’llash. Uni 2 soatga qoldirish kerak, keyin yaxshilab yuvib tashlash joiz
O‘zbekiston bo‘yicha barcha hududlarga yetkazib beramiz.919253551
Channel name was changed to «SEDANA SHIFO»
Channel photo updated
Sedana shifo
https://t.me/FN551
Qora seda tarixi

🔍 Qora sedana haqidagi dastlabki ma'lumotlar bundan 2-2,5 ming yil avvalgi davrga tegishlidir. Gipakrat, Pliniy, Dioskoridlar o'z asarlarida qora sedananing shifobaxsh xususiyatlari, organizmga foydasi haqida ma'lumotlar keltirib o'tganlar.

Misrda qora sedana qimmatbaho mahsulot bo'lib, undan pul ayirboshlashda ham foydalanishgan.

📚 Ibn Sino, o'zining "Tib qonunlari" kitobida, tabobatda qora sedanadan foydalanish bo'yicha batafsil yozib qoldirgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhu vasallam: "Qora dona (sedana) o'limdan boshqa har bir dardga davodir", dedilar

XX asrda qora sedana ustida 500 dan ortiq xalqaro tadqiqotlar o'tkazilgan. Uning natijasida Ibn Sino va Payg'ambarimizning so'zlari o'z isbotini topgan.

📞 Hoziroq qo'ng'iroq qiling va buyurtma bering:
(91) 925 35 51

🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab BEPUL yetkazib beriladi.
Qora seda tarixi

🔍 Qora sedana haqidagi dastlabki ma'lumotlar bundan 2-2,5 ming yil avvalgi davrga tegishlidir. Gipakrat, Pliniy, Dioskoridlar o'z asarlarida qora sedananing shifobaxsh xususiyatlari, organizmga foydasi haqida ma'lumotlar keltirib o'tganlar.

Misrda qora sedana qimmatbaho mahsulot bo'lib, undan pul ayirboshlashda ham foydalanishgan.

📚 Ibn Sino, o'zining "Tib qonunlari" kitobida, tabobatda qora sedanadan foydalanish bo'yicha batafsil yozib qoldirgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhu vasallam: "Qora dona (sedana) o'limdan boshqa har bir dardga davodir", dedilar

XX asrda qora sedana ustida 500 dan ortiq xalqaro tadqiqotlar o'tkazilgan. Uning natijasida Ibn Sino va Payg'ambarimizning so'zlari o'z isbotini topgan.

📞 Hoziroq qo'ng'iroq qiling va buyurtma bering:
(91) 925 35 51

🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab BEPUL yetkazib beriladi.
Forwarded from мирзоев тўлқин
Туя сути қайси касалликларга даво?

СаломатликA A A



Туя сути таркибида аминокислоталар, кўп миқдорда темир моддаси тутганлиги сабабли жуда фойдали саналади.
Юқоридаги таркибий тузилмалар билан камқонликда жуда яхши самара беради. Сут таркибидаги фосфор ва кальций эса регенерация жараёнини тезлаштиради, суякларга қаттиқлик бағишлайди. Шунингдек, сут таркибида С, Д, В гуруҳ витаминлари, натрий ва калий тузлари тутади.
Туя сутининг калорияси юқори эмас. Онкологик касалликлар ва лейкемия касаллигида туя сутининг фойдаси аниқланган. Ушбу сутдан сил, яралар, ошқозон-ичак тизими касалликларида, ошқозон ости бези, жигар касалликларида самарали фойдаланилади.
Бизда туя сутини кўпинча гепатит ва жигар циррозига буюришади. Бу сут жигардаги яллиғланишни камайтиради. Сут таркибидаги моддалар гепатит вируси ДНКси репликациясини блоклайди. Бемор иммунитетини кучайтиради. Бу сут В вирусли гепатит билан оғриганларга тавсия этилади.
Гепатит касаллигидан ташқари сутни қандли диабетда, тери касалликларида қўллаш мумкин. Айнан тери эластиклиги яхшилаганлиги сабабли косметологияда ҳам фаол қўлланилади.

O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beramiz. 919253551