"SURKHON" PFK
3.86K subscribers
23.1K photos
1.61K videos
39 files
3.01K links
"Surxon" futbol klubining telegramdagi rasmiy kanali
Download Telegram
#SurxonRanders 0️⃣-3️⃣
| UCHRASHUV YAKUNLANDI

Navbatdagi nazorat uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik

#SurxonRanders 0️⃣-3️⃣
Nazorat uchrashuv. “Surxon” — “Randers” 0:3

Bugun Turkiyada jamoamizning oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu safar jamoamizga qarshi Daniyaning “Randers” jamoasi maydonga tushdi. Uchrashuv yaxshi raqobat va hujumkor oʻyin bilan yodda qoldi

Birinchi boʻlimdan soʻng “Randers” 0:1 hisobida oldinda edi. Ikkinchi boʻlimda jamoamiz yana ikkita toʻp oʻtkazib yubordi

Nazorat uchrashuv. “Surxon” – “Randers” 0:3

Gollar
: Bundgaard 29ʼ (0:1), Kamara 56ʼ (0:2), Kamara 60ʼ (0:3)

“Surxon” (asosiy tarkib): Aziz Isakov, Shamil Gasanov, Boburjon Asqarov, Behruz Shaydulov, Sunatilla Hamidjonov, Humoyun Sherboʻtayev, Dostonbek Tursunov, Diyor Ramazonov, Asadbek Karimov, Nodirbek Bobomurodov, Nuriddin Hasanov

“Randers” (asosiy tarkib): Alexander Nibo, Byorn Kopplin, Hugo Andersson, Mikkel Brund, William Kaastrup, Tobias Klaysner, Mikkel Pedersen, Oliver Berrum Yensen, Jakob Ankersen, Filip Bundgaard, Elhoji Kamara

Navbatdagi oʻyin Chexiyaning “Vishkov” klubiga qarshi boʻlib oʻtadi. Ushbu uchrashuv 16-fevral kuni boʻlib oʻtadi

📲💻 https://pfcsurkhon.uz/news/nazorat-uchrashuv
#HappyBirthday 🎂

🥳 Jamoamizning ashaddiy muxlislardan biri Yormatbek Omonovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz! 🎂

#SurxonimDoimBizSenBilan
Orif Onorov — Surxondaryoda yoshlar futbolini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi

Ma’lumki, Surxondaryo viloyatidan ko’plab futbol iqtidorlari chiqqan va yoshlar futboliga viloyatimizda katta e’tibor qaratiladi

Orif Onorov surxondaryolik futbolchi bo’lib, o’z vaqtida “Surxon”, “Mash’al” jamoalarida to’p surgan. Hozirda OFK “A” litsenziyasiga ega. Onorov yoshlar, bolalar va ayollar futbolini rivojlantirishga mas’ul etib tayinlandi
#HappyBirthday 🎂

🥳 Jamoamizning futbolchisi Kamron Saydazimovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz! 🎂

Futbolchimizni bugungi tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz. Unga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxt-saodat tilaymiz

#SurxonimDoimBizSenBilan
🙌 ✍️ Artyom Filiposyan — “Surxon” futbolchisi!

Jamoamiz navbatdagi transferni amalga oshirdi. Endi klubimiz sharafini taniqli himoyachi Artyom Filiposyan himoya qiladi. Oʻz davrida Filiposyan Oʻzbekiston Milliy terma jamoasida ham oʻynagan (13 ta uchrashuv). Tajribali markaziy himoyachi 2011-yilda “Nasaf” tarkibida OFK Kubogini qoʻlga kiritgan

Filiposyanning faoliyati:

2006 - “Mashʼal”
2009 - “Nasaf”
2012 - “Bunyodkor”
2014 - “Lyaonin”, Xitoy
2014 - “Lokomotiv”
2015 - “Bunyodkor”
2016 - “Dinamo”
2016 - “Buxoro”
2019 - “Prachuap”, Tailand
2020 - “TR Kabo”, Indoneziya
2021 - “Prachuap”, Tailand
2021 - “Muankang Yunayted”, Tailand
2022 - “Soʻgʻdiyona”
2022 - AGMK

Filiposyanga jamoamizga “Xush kelibsiz” deb qolamiz va klubdagi faoliyatida omad tilaymiz
🇹🇷 #TurkeyCamp
1️⃣3️⃣ KUN

“Surxon” Turkiydagi yigʻinini davom ettirmoqda

Jamoamiz reja boʻyicha kuniga ikki mahal mashgʻulot oʻtkazmoqda. Bugun ertalab jamoamiz mashgʻulot zalida mashq qilgan boʻlsa, ikkinchi mashgʻulot tabiiy maydonda oʻtkazildi

Ertaga jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvni o'tkazadi. Raqibimiz - chexiyaning "Vishkov" jamoasi bo'ladi