Food Business Insights
28 subscribers
65 photos
33 videos
5 links
‘Food Business Insights’ kanaliga xush kelibsiz! Bu yerda siz fast food va kafe biznesiga oid yangiliklar, innovatsion g‘oyalar va biznesingizni samarali rivojlantirish uchun foydali maslahatlar bilan tanishasiz.

Aloqa uchun: @loyalprint
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Domino Pizza qanday yo'l tutyapti?
Shunchaki pitsa sotmayapti.
Sabab beryapti.

"Pitsa – bu allaqachon sabab!"
"Kofe – bu mening ertalabki marosimim."
Bular oddiy yozuv emas. Bu – brendning ovozi.
Har bir quti, har bir stakan, har bir paket orqali Domino:
"Biz sizga mahsulot emas, kayfiyat yetkazamiz" deyapti

Nega bu ishlaydi?
Kraft paketga yozilgan jumla – yurakka tegadi.
Qizil va oq rang – ko‘zga darrov tashlanadi.
Quti – soddaligi bois tez esda qoladi.
Qahva stakan – siz bilan gaplashadi, “Tongni biz bilan boshlang” deydi.

Sizning kafengiz-chi?
Stakanlaringiz jim turibdi.
Qutilaringiz hech narsa demaydi.
Menyungiz oddiy ro‘yxat, hissiyot yo‘q.
Bu esa sizni raqobatchilardan ajratmaydi.

Ilhom oling!
Brending – bu logotip emas.
Brending – bu mijozingizga aytilgan so‘z.
Qutida, stakanda, menyuda – har yerda.
Kuchli g‘oya + soddalik + hissiy aloqa = zamonaviy brend.

Endi navbat sizda.
Qutini ochgan odam nimani his qilsin?
Stakanni ko‘targan mijoz nima deb o‘ylasin?

O‘ylang. His qiling. Yarating.
Yandex hali ham peshqadam, lekin Uzum ...

2024-yilda O‘zbekistonning 5 ta yirik yetkazib berish kompaniyasi umumiy hisobda 470 milliard so‘mlik savdo qilgan. Bozor katta emas, lekin undagi harakatlar nihoyatda qizg‘in:

Yandex Go hali ham bozordagi eng yirik o‘yinchi. O‘sish sur’ati boshqa raqiblarga qaraganda sekinroq bo‘lsa-da (+220%), yetakchilikni qo‘ldan bermagan.

Uzum Tezkor esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri quvib yetishga harakat qilmoqda — 768% yillik o‘sish! Bu darajada o‘sayotgan kompaniyani ko‘rish kamdan-kam uchraydi.

Ikkisi birgalikda bozorning 87% qismini egallab bo‘lgan. Ya’ni, qolganlar uchun joy unchalik ham ko‘p emas.

Qolgan xizmatlar holati esa turlicha:
Express 24 – qolganlar orasida foyda olayotgan yagona kompaniya.

Wolt hali foydaga chiqmagan, ammo rivojlanish bosqichida va o‘z o‘rnini izlamoqda.

Bringo? Hozircha u hamon “Bringo”.

Bozor hali to‘liq shakllanmagan. Ayniqsa, do‘konlar segmentida katta imkoniyatlar bor. Kim tez harakat qilsa, keyingi yirik o‘yinchiga aylanishi mumkin.
O'zbek "Fast food" bozorida yetakchi kim?

"EVOS" sof tushumlar bo'yicha "KFC"ni quvlab o'tib 860 miliard so'm bilan yetakchilik qilmoqda. “KFC” “EVOS”dan 100 milliard so'm kam sof tushumga ega. Ammo bir qiziq faktni aytib o'tish kerak. "EVOS"ning respublika bo'ylab 83 ta filiali mavjud. Bu raqamlar esa "KFC"da 3 barovarga kam. Ularda 29 ta filial respublika bo'yicha faoliyat ko'rsatmoqda.

Bitta muassasadan o‘rtacha daromad bo'yicha "KFC" qolgan uchta tarmoqdan yuqorida turibdi. Bu restoranlar tarmog'i bitta muassasadan 26,3 milliard so‘m daromad qilgan.

Kompaniyalarning pul jihatidan o'sishi bo'yicha "FeedUp" peshqadamlik qilmoqda, uning daromadi yil davomida 293 foizga oshgan.

Ikkinchi o‘rindagi "Oqtepa Lavash"da bu ko'rsatkich 78,4 foizni tashkil etmoqda. Bu tarmoq esa filiallar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda bormoqda. Filiallar soni allaqachon deyarli 100 taga yetgan.

Ushbu to‘rtta brend 2024-yilda umumiy 2 trillion so‘m daromad qildi - bu 2023-yilga nisbatan 52 foiz ko‘p.

Yetkazib berish xizmati kabi, bu sohada ham hozircha eng katta ikkita kompaniya ("Evos" va "KFC") bor. Ammo ular xotirjam bo‘lib qolmasliklari kerak, chunki asosiy raqobat endi boshlanmoqda. - deydi tahlilchi Temurmalik Elmurodov

© marketingbolimi
Bellissimo endi Qozog‘istonda!

Bizda ajoyib yangilik bor: Bellissimo Pizza tez orada Qozog‘iston bozoriga kirib kelmoqda! Hozirda tayyorgarlik ishlari yakuniy bosqichda — yangi filiallar ochilishi arafasida turibdi.

Mahalliy bozorga sig‘maydigan orzular va rejalar endi xalqaro maydonga chiqmoqda.

Qozog‘istonlik mijozlarga ham endi Bellissimo ta’mi, sifati va servisi nasib etadi!
Yangi jamoaga omad tilaymiz — ishlaringiz barakali bo‘lsin!

©FoodTech uz