Uzbekistan Football Association
45.7K subscribers
53K photos
3.67K videos
84 files
17.8K links
Download Telegram
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvim rejasiga muvofiq 15 may - "Ommaviy futbol kuni" deb e’lon qilinganligi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi "Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-115-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida bugun 15 may Guliston shahri sport maktabi futbol maydonida "GRASSROOTS" festivali o'tkazildi. Mazkur festivalda 2-sonli iqsoslashtirilgan maktab hamda Guliston shahri 15-o'rta umumta'lim maktablaridan 100 nafar (50 nafar qiz bola, 50 nafar o'g'il bola) o'quvchilari ishtirok etishdi. Barcha festival ishtirokchilariga esdalik sovg'alar hamda tashakkurnomalar topshirildi.

📲Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
💥15- may Ommaviy futbol kuniga bag‘ishlab AFC ning “GRASSROOTS FOOTBALL DAY” loyihasi bo‘yicha futbol festivali bo‘lib o‘tdi.

🏟Farg‘ona shahar Futbol Markazi stadionida 15-may Ommaviy futbol kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimligi va sportni rivojlantirish boshqarmasi hamda viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan 10-12 yoshli bolalar uchun futbol festivali tashkil etildi.

🏟Mazkur festivalda dastlab yosh oʻgʻil-qizlar guruhlarga boʻlinib, murabbiylar qoʻl ostida mashgʻulotlar olib borishdi. Bolalarga futbol oʻynashning asosiy texnik elementlari yuzasidan koʻnikmalar berildi. 

⚽️Shuningdek festivalda bolajonlar uchun hursandchilik ulashish maqsadida multfilim qaxramonlari ham ishtirok etdilar.

👍Festival yakunida ishtirokchi o‘g‘il-qizlarga shirinliklar va estalik uchun maxsus futbolkalar va sertifikatlar topshirildi.

Mazkur festivalda viloyatimizdan 100 dan ortiq o‘g‘il-qizlar ishtirok etishdi.

📲 @FerghanaFA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ GRASSROOTS FOOTBALL DAY

Norin tumanida o‘tkazilgan, Osiyo Futbol Konfederatsiyasining “Grassroots Football day” festivali jarayonidan tayyorlangan videolavha
📋 Turkiyzabon mamlakatlar oʻrtasida U-16 musobaqasi tashkil etiladi

Bangkok shahrida turkiyzabon davlatlar futbol assotsiatsiyalari mutasaddilari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Assotsiatsiyalar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan uchrashuvda Oʻzbekiston futbol assosiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etdi.

Toshkentda oʻtkazilgan avvalgi uchrashuvda tomonlar oʻrtasidagi memorandumlar va hamkorlik kelishuvlari imzolangan boʻlib, unga muvofiq mazkur mamlakatlarda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, turli yoshdagi terma jamoalar oʻrtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish boʻyicha qadamlar tashlandi.

Xususan, joriy yilga kelib Turkiyada UEFAga aʼzo 4 mamlakat — Vengriya, Turkiya, Ozarbayjon va Qozogʻiston hamda OFKning Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qirgʻiz Respublikasi oʻsmirlari oʻrtasida ilk bor U-16 turniri tashkil etilishi maʼlum qilindi. Bunday xalqaro turnir muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘lishi bilan birga, ishtirokchilar uchun har yili o‘tkaziladigan U-17 JCh oldidan tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

Bundan tashqari, assotsiatsiyalar mutasaddilari futbol boʻyicha mutaxassislar, murabbiylar tayyorlash va oʻzaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalarini keng muhokama qildilar.

1️⃣ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Birinchi marotaba jamoaviy turda Olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdik. Bu ham katta yutugʻimiz — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi finali va Parij-2024 Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani haqida fikr bildirib oʻtdi.

“Bilasizlarmi, penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning oʻrniga oʻzim boʻlsam, deyman-da. Nimaga bunday boʻlishi kerak ekan-a, bittagina toʻp-a? Shunday mahorat koʻrsatdi, ularning koʻpi bilan gaplashdim. Ularga telegramma yubordim.

Endi biz ham darrov chempion boʻlamiz deymiz-da. Birinchi marotaba jamoaviy turda Olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdik. Bu ham katta yutugʻimiz.

Futbol ham oson ish emas. Bilasizlarmi, hozirda 5-6 ta nafar bolalarimiz dunyoga mashhur jamoalarda toʻp surmoqda. Bundan esa faxrlanaman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍 Ayni paytda Tailand poytaxti Bangkok shahridagi FIFAning 74-Kongressi davom etmoqda. Unda tashkilotga aʼzo mamlakatlar qatorida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi Oʻzbekiston vakillari ham ishtirok etyapti.

Kongressni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

📌 https://inside.fifa.com/about-fifa/congress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Parij-2024 Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani haqida fikr bildirib oʻtdi.

⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📸 Oʻzbekiston U-16 terma jamoasining “Qizil-tog‘” sport-sog‘lomlashtirish bazasidagi mashgʻulotidan fotogalereya

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasi oldidan Yangi Zelandiyaga qarshi mashgʻulot oʻyinida ishtirok etadi. Uchrashuv 18-iyul kuni Fransiyaning Nitsa shahrida boʻlib oʻtadi.

🇺🇿 Oʻzbekiston 🆚 Yangi Zelandiya 🇳🇿
🗓 18-iyul
📍 Nitsa | Fransiya

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM