Uzbekistan Football Association
40.3K subscribers
50K photos
3.49K videos
84 files
16.9K links
Download Telegram
📋 Farg‘ona viloyati mezbonlik qilgan Futbol maktablari o‘rtasidagi U-15 O‘zbekiston Kubogi-2024 musobaqasi yakunlandi.

Turnirning 3-o‘rin uchun hamda final uchrashuvlari Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” markaziy stadionida o‘tkazildi.

Final uchrashuvida Farg‘ona hamda Namangan jamoalari kuch sinashdi. Uchrashuv asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa namanganlik yoshlar g‘alaba qozonib, musobaqaning g‘olibiga aylandi.

🥇 Namangan viloyati
🥈 Farg‘ona viloyati
🥉 Toshkent shahri

Musobaqa g‘oliblari O‘FA va FFA tomonidan ajratilgan kubok va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, turnirning eng yaxshilariga ham maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Legionerlarimiz Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov oʻz klublari ixtiyoriga joʻnab ketmoqda

Bilasiz, OʻFA Qatar maydonlarida oʻtayotgan U-23 Osiyo kubogida barcha legionerlarimizni terma jamoamizga jalb etishga muvaffaq boʻlgan edi. Xususan, Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinovning klublari bilan asosiy vazifaga qadar — Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi. Shu sababli, ushbu ikki futbolchi oʻz jamoalari tarkibidagi navbatdagi muhim oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun klublari safiga yo‘l olmoqda.

OʻFA ushbu tarixiy vazifani qayd etishda legionerlarimizning terma jamoamiz ixtiyoriga yetib kelishida koʻmaklashgani uchun “Lans” va “Al-Vahda” klubiga minnatdorchilik bildiradi.

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Navoiy viloyati mezbonlik qilgan Futbol maktablari o‘rtasidagi U-14 O‘zbekiston Kubogi-2024 musobaqasi yakunlandi.

Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tgan kubok bahslarining finalida Navoiy va Buxoro futbol maktablari jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Yakunda 3:1 hisobida navoiyliklarning qo’li baland kelib, O‘zbekiston kubogini boshlari uzra ko‘tarishdi.

🥇 Navoiy viloyati
🥈 Buxoro viloyati
🥉 Qashqadaryo viloyati

Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Navoiy futbol assotsiatsiyasi tomonidan kubok va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

💳 Uzcard | ⚡️ t.me/FAUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM