Uzbekistan Football Association
45.7K subscribers
53K photos
3.67K videos
84 files
17.8K links
Download Telegram
#FULL_TIME

🏆 O'zbekiston CAFA Womenʼs Championship-2022 g'olibi

🇺🇿 O'zbekiston 1:0 Eron
🇮🇷

90' | Uchrashuv yakunlandi!

Gol muallifi: Maftuna Shoyimova

📲 t.me/FAUzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Maftuna Shoyimova tomonidan kiritilgan g'alaba goli 🔥

📲 t.me/FAUzbekistan
🏆 CAFA Womenʼs Championship-2022

Nilufar Qudratova Oʻzbekiston — Eron uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi, deya topildi.

📲 t.me/FAUzbekistan
📋 “Doʻstlik” bazasidagi qurilish ishlari koʻzdan kechirildi
Xabaringiz bor, Turkiyaning “Hatko” kompaniyasi Toshkent viloyatida Oʻzbekiston terma jamoalari uchun “Doʻstlik” bazasining qurilish-rekonstruksiya ishlarini amalga oshirmoqda.

Bugun OʻFA rahbariyati mazkur jarayonlari koʻzdan kechirish, masʼullar bilan suhbatlashish hamda kerakli tavsiyalar berish maqsadida qurilish obyektiga tashrif buyurdi.

Dastlab mazkur bazadan oʻrin olgan obyektlar, jumladan, mashgʻulot maydonchasi va stadion loyihasining texnik-tashkliy jarayonlari bilan tanishildi. Obyektdan oʻrin oladigan 2 ta gibrid va 2 ta sunʼiy qoplamali futbol maydonlarini xalqaro standartlar asosida sifatli bunyod etish, ularning drinaj tizimlarini toʻgʻri sozlash, kelgusida chimlarni saqlash va parvarishlar uchun kerakli qurilmalarni tashkil etish yuzasidan topshiriq berildi.

Bundan tashqari, quruvchi kompaniya vakillariga barcha jarayonlarni jadallashtirish, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish bilan bir qatorda loyihalarning xavfsizlik jihatlariga alohida eʼtibor qaratish kerakligi aytildi va kerakli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, terma jamoalar futbol markazining tibbiy-tiklanish, yotoqxona va oshxonasini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash yuzasidan fikr almashildi. Shaharchada kutubxona, restoran hamda yashil hudud tashkil etish loyihasi oʻrganilib, infratuzilmadan oʻrin olgan keyingi rejalari muhokama qilindi.

📲 t.me/FAUzbekistan
📋 Ayollar terma jamoamizning CAFA turniridagi ishtirokiga nazar

Ayollar milliy terma jamoalari oʻrtasida ilk marotaba tashkil etilgan CAFA turniri qariyb 12 kun davom etdi. Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi barcha uchrashuvlarda gʻalaba qozonib, 12 ochko jamgʻargan holda musobaqa chempioniga aylandi.

Qayd etish kerak, jamoamiz 4 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 20 ta gol kiritib, oʻz darvozasidan birorta ham toʻp olib chiqmadi.

🇺🇿 Oʻzbekiston 6:0 Tojikiston 🇹🇯
🇺🇿 Oʻzbekiston 6:0 Turkmaniston 🇹🇲
🇰🇬 Qirgʻiz R. 0:7 Oʻzbekiston 🇺🇿
🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 Eron 🇮🇷

📲 t.me/FAUzbekistan
📸 Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasining Eronga qarshi uchrashuvidan fotolavhalar

📲 t.me/FAUzbekistan