Uzbekistan Football Association
41.2K subscribers
49.7K photos
3.48K videos
84 files
16.8K links
Download Telegram
📸 Oʻzbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashgʻulotlaridan fotogalereya

📲 t.me/FAUzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏟 OZ QOLDI!

1-19 iyun kunlari O‘zbekistonda Osiyo Kubogi U-23 turniri bo‘lib o‘tadi. Muxlislarni ajoyib xalqaro musobaqa va unutilmas lahzalar kutmoqda.

#U23AsianCup

📲 t.me/FAUzbekistan
📋 OʻFA Prezidenti Abdusalom Azizov Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, ertaga yurtimiz maydonlarida 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo kubogi bahslari start oladi. Mezbon Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi esa guruh bosqichida Turkmaniston, Qatar va Eron vakillariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun OʻFA Prezidenti Abdusalom Azizov Turkmaniston bilan boʻlib oʻtadigan ilk oʻyin oldidan Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi. Dastlab, futbolimiz rahbari yoshlar jamoamiz oldida turgan ushbu musobaqaning masʼuliyati haqida fikr bildirdi.

Eng avvalo, terma jamoada oʻynash har bir futbolchi uchun faxr ekanligi, jamoa birdam boʻlib, Vatan sharafi uchun kurashishi va yurt obroʻsini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilishi kerakligini taʼkidladi. Shuningdek, jamoaning oldida turgan asosiy maqsadlardan biri — Parij Olimpiadasiga puxta va tizimli tayyorgarlik koʻrish, har bir futbolchi professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni oʻzida mujassam qilib borishi kerakligi aytildi. Ijobiy natijaga erishish uchun OʻFA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi maʼlum qilindi.

Oʻz oʻrnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi. Shundan keyin Abdusalom Azizov murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtab tomonidan futbolchilarning sogʻligi, tiklanishi va vitaminizatsiyalash jarayoni borasida maʼlumotlar eshittirildi. OʻFA Prezidenti futbolchilarga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam koʻrsatish amaliyotini davom ettirishga koʻrsatma berdi.

Uchrashuv yakunida Abdusalom Abdumavlonovich masʼuliyatli turnir oldidan jamoamizga yana bir bor omad tiladi.

📲 t.me/FAUzbekistan
📋 Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichi oldidan yig'ilish o'tkazildi

Хabaringiz bor, 8-14-iyun kunlari Namangan shahrida 2023-yili bo’lib o'tadigan Osiyo kubogining saralash bosqich bellashuvlari oʻtkaziladi. Qit’a birinchiligining saralash bahslarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha "Markaziy" stadion majlislar zalida tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Abdurazaqov, shunigdek, mas’ul tashkilot va mehmonxona rahbarlari qatnashishdi. Yig‘ilishdagi asosiy masala Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etadigan jamoalarni yuqori saviyada kutib olish, mehmonxonalarda qulay sharoitlarni yaratish, o‘yinlar o‘tkaziladigan stadionga borib-kelish yo‘llarida qulay sharoitlarni tashkil etish masalalari oʻrtaga tashlandi. Bundan tashqari, mashg‘ulotlarni o‘tkazish maydonlarining shayligi bo‘yicha tegishli tashkilot mas’ullariga topshiriqlar berildi.

📲 t.me/FAUzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 8-14-iyun kunlari Namangan viloyati Osiyo kubogining saralash uchrashuvlariga mezbonlik qiladi.

“C” guruhi
🇺🇿 Oʻzbekiston
🇹🇭 Tailand
🇲🇻 Maldiv
🇱🇰 Shri Lanka

Qitʼa birinchiligining saralash oʻyinlarida milliy jamoamizni qoʻllab-quvvatlang.

📲 t.me/FAUzbekistan
Oʻyin kuni!

🏆 U-23 Osiyo kubogi

🇺🇿 Oʻzbekiston — Turkmaniston 🇹🇲
🕰 20:30
🏟 “Paxtakor” stadioni

Eslatib oʻtamiz, musobaqaning ochilish marosimiga bagʻishlangan bayram dasturi soat 20:00 da start oladi.

📲 t.me/FAUzbekistan
#U23AsianCup

🏆 U-23 Osiyo kubogi

📆 1-iyun kuni boʻlib oʻtadigan uchrashuvlar roʻyxati:

🇮🇷 Eron — Qatar 🇶🇦
🕰 18:00
🏟 “Bunyodkor” stadioni

🇺🇿 Oʻzbekiston — Turkmaniston 🇹🇲
🕰 20:30
🏟 “Paxtakor” stadioni

🇦🇺 Avstraliya — Kuvayt 🇰🇼
🕰 18:00
🏟 “Markaziy” stadioni

🇯🇴 Iordaniya — Iroq 🇮🇶
🕰 22:00
🏟 “Markaziy” stadioni

📲 t.me/FAUzbekistan
📋 OAV vakillari diqqatiga!

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonida soat 17:45 da start oladi.

Mashgʻulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.

📲 t.me/FAUzbekistan