Uzbekistan Football Association
36.6K subscribers
47K photos
3.3K videos
84 files
15.9K links
Download Telegram
📋 O'FA ishchi guruhi Andijon viloyatiga tashrif buyurdi - www.UFA.uz
Xabaringiz bor, O'FАning masʼul xodimlari tomonidan 2021-yilgi futbol mavsumi starti oldidan O'zbekiston Superliga hamda Pro-ligada ishtirok etuvchi har bir futbol klubi aʼzolari uchun kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash mavzusida davra suhbatlari tashkil etilib, bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

OʼFА ishchi guruhi bugun Andijon viloyatidagi faoliyatini davom ettirib, “Andijon”, “Andijanka” vakillari hamda futbol hakamlari va nazoratchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida 2020-yilda kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash boʼyicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi taqdim etilib, 2021-yilda bu borada yanada jiddiy ish olib borilishi maʼlum qilindi.

O‘FA ishchi guruhi Andijon shahrida joylashgan "Bobur arena" o‘yingohining hozirgi holati bilan ham tanishib chiqdi.

Shuningdek, ishchi guruh Andijon shahar Bo‘ston dahasida joylashgan viloyat bolalar va o‘smirlar futbol maktabi hududida qurilayotgan 60 o‘rinli o‘quv-yig‘in bazasi bilan yaqindan tanishdi. Andijon futbol assotsiatsiyasi faoliyati o'rganildi va ushbu tashkilotda mehnat qilayotgan xodimlar bilan suhbat uyushtirildi.

📲 https://t.me/FAUzbekistan
📅 O‘ZBEKISTON CHEMPIONATINING NAVBATDAGI BOSQICHI QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI VA JIZZAX VILOYATIDA BO‘LIB O‘TADI.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2021-yilgi taqvim rejasiga asosan Futzal bo‘yicha BO‘SM, IBO‘SM, olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatlari shug‘ullanuvchilari o‘rtasida “O‘zbekiston chempionati”ning navbatdagi bosqichi quyidagi xududlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🏆 2006-yil Qoraqalpog‘iston Res. 27 fevral-4 mart

🏆 2007-yil Jizzax vil. 27 fevral-4 mart

Izox:
Musobaqa boshlanishidan bir kun oldin mandat komissiyasi ya'ni xujjatlarni tekshirish jarayoni bo‘lib o‘tadi.

📲@UFABolalarFutboli
📋 O'FA ishchi guruhi Namangan viloyatida - www.UFA.uz
O'FАning masʼul xodimlari tomonidan 2021-yilgi futbol mavsumi starti oldidan O'zbekiston Superliga hamda Pro-ligada ishtirok etuvchi har bir futbol klubi aʼzolari uchun kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash mavzusida davra suhbatlari tashkil etilib, bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

OʼFА ishchi guruhi bugun Namangan viloyatiga tashrif buyurib, “Navbahor”, “Navbahor-Women” futbolchilari hamda futbol hakamlari va nazoratchilari bilan davra suhbati o'tkazdi.

Suhbat davomida 2020-yilda kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash boʼyicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi taqdim etilib, 2021-yilda bu borada yanada jiddiy ish olib borilishi maʼlum qilindi.

O‘FA ishchi guruhi Namangan shahridagi "Navbahor" stadioni, futbol mahorat maktabidagi shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari
Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi faoliyati o'rgandi va ushbu tashkilotda mehnat qilayotgan xodimlar bilan suhbat uyushtirdi.

📲 https://t.me/FAUzbekistan
HAMDARDLIK

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi AGMK futzal jamoasi a’zosi Timur Berdiyevning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila-a’zolariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildiradi.

Timur Berdiyev 1995-yilda tug’ilgan. Futzalda faoliyatini havaskorlar ligasida boshlagan. “Ardus”, “Paxtakor”, AGMK futzal jamoalari sharafini himoya qilgan. 2021-yil qishki transfer oynasida Bishkekning “Farvater” jamoasiga o’tishi rejalashtirilgan edi.

O‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin!
📋 O'FА masʼul xodimlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi - www.UFA.uz
Barchamizga maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmonida futbol sohasida bevosita faoliyat olib boradigan shaxslar tomonidan totalizator oʼynash, oʼyinga yoki uning natijasiga taʼsir oʼtkazish maqsadida kelishilgan oʼyinlar uyushtirish, ularda ishtirok etish jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilishi masalasiga alohida urgʼu berilgan.

Shu boisdan 2021-yilgi futbol mavsumi starti oldidan kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash mavzusida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, O‘FA ishchi guruhi bugun Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, futbolchi va murabbiylar hamda futbol hakamlari, nazoratchilar va futbolga aloqador mutaxassislar bilan davra suhbati tashkil etdi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari Xorazm viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti F. Ermanov bilan uchrashdi. Mutasaddilar kelajakda viloyat futbolini yanada rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar olib bordi.

Uchrashuv yakunida F. Ermanovning viloyatda futbolni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirayotgan tashabbusi qadrlanib, O‘FAning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O'FA mas'ul mutaxassislari Urganch shahrida joylashgan o‘yingohning hozirgi holati bilan ham tanishib, yaratib berilgan shart-sharoitlarni ko'zdan kechirdi.

📲 https://t.me/FAUzbekistan
📋 O'FA ishchi guruhi vakillari Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'ldi - www.UFA.uz