Hayot falsafasi 🍃
56.6K subscribers
6.26K photos
253 videos
2 files
211 links
Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!

📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!

Реклама: @manfaatli_reklama

🌿 Моҳинур ))
Download Telegram

"Ket" deb haydolmasam, netaman....
"Kel" deb aytolmasam, netaman....
Seni osmonimga olib ketaman....
Seni osmonimga olib ketaman...!

Oʻylamay deymanu, oʻylamay boʻlmas....
Oʻtsang sen tomon bir boʻylamay boʻlmas....
Sen mening hammadan yashirgan sirim...
Mening ertagimsan, soʻylamay boʻlmas...!

@falsafasi_hayot 🕊

Hazrati Iso alayhissalomda kulish g‘olib ekan. U kishi bir gapirib, bir tabassum qilar ekanlar. Hazrati Isoning qarindoshlari Yahyo alayhissalom esa ko‘p yig‘larkanlar. Bir kuni Yahyo alayhissalom Iso alayhissalomdan so‘rabdilar:

— Ey Iso, Allohdan qo‘rqmaysizmi? Muncha kulasiz?

Iso alayhissalom:

— Allohdan umidingiz yo‘qmi? Nega yig‘layverasiz?

Ikkalalarining o‘rtalarida hukm qilish uchun Alloh taolo bir farishtani yuboribdi. Farishta shunday javob bergan ekan:

— Ko‘pchilikning orasida Iso alayhissalomning holati yaxshi. Chunki odamlarni ma’yus, noumid qilib qo‘ymaslik kerak. Xilvatda esa Yahyo alayhissalomning holati yaxshi...!

@falsafasi_hayot 🕊

Seni ovozingdan tanib, his qiladiganlar bor...
Seni yozganingdan tanib, his qiladiganlar bor... Ammo, yoningda turib, seni his qilmaydiganlar ham bor...!

@falsafasi_hayot 🕊

🍀 Naqadar goʻzal axloq!

Xalifa Umar ibn Abdulaziz masjidga kirsa, masjidning ichida, qorongʻida bir kishi yotgan ekan. Umar qorongʻida uni koʻrmay, oyogʻi bilan turtib yuboribdi. Shunda haligi odam: “Bu nima qilganing, eshakmisan?” dedi. Umar: “Yoʻq, men Umarman”, dedi. Umarning yonidagilar: “Ey moʻminlarning amiri, u sizni eshak dedi! ” deyishdi. Umar: “Eshak demadi. Eshakmisan, dedi. Men yoʻq deb javob berdim-ku”, dedi...!

Alloh Umarni rahmatiga olsin!
Naqadar goʻzallik, naqadar halimlik, naqadar taqvodorlik!
Sen ham odamlarga ularning axloqi bilan emas, oʻz ahloqing bilan muomala qil...!


@falsafasi_hayot 🕊

Yer yuzida ikkita omonlik bor edi. Biri ketdi, biri qoldi. Ketgani Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdir, qolgani esa istigʻfordir...!

Ali (r.a.)

🍀 Astag‘firullohallaziy laa ilaha illa huval Hayyul Qoyyuumu va atubu ilayhi
.

@falsafasi_hayot 🕊

Hayot qanchalik qiyin, eshiklar har qancha qulf boʻlmasin, esingizda tuting, Muso alayhissalomga dengizni ikkiga ajratib, yoʻl ochib bergan Zot siz uchun ham barcha berk eshiklarni ochishga qodirdir...

🍀 Siz qoʻllaringizni koʻtarib: “Ey Robbim!” desangiz bas...!

@falsafasi_hayot 🕊

“Agar Allohning neʼmatlarini sanasangiz, sanogʻiga yeta olmaysiz..”
(Nahl surasi 18-oyat)

Allohning neʼmatlari bitmas-tuganmas ekanini koʻring: hayot, sogʻlik, koʻz, quloq, qoʻl, oyoq, suv, havo, oziq-ovqat neʼmatlari. Bulardan ham eng buyugi rabboniy hidoyat boʻlmish Islom neʼmatidir. Bir kishi sizdan milyon 1 dollar evaziga ikki koʻzingiz yoki ikki qulogʻingiz yoki ikki oyogʻingiz yoki ikki qoʻlingiz yoki yuragingizni soʻrasa, berasizmi? Sizda qanchadan-qancha neʼmatlar bor, ularning neʼmat ekanini ham eʼtirof etmaysiz, shukrini ham ado qila olmaysiz. Ularning asl qiymati qanchalik ekanini birontasidan ayrilganingizda uning his qilasiz. Demak, sizning qoʻlingizda yuksak qiymatga ega boylik juda koʻp. Faqat ularning shukrini ado etish qoldi xolos.

(Oʻkinma kitobidan)

@falsafasi_hayot 🕊

🍀 Ota...

Men boy-badavlat oilaning farzandiman. Otam neft kompaniyasini rahbarlaridan biri edi. Juda boy, taqvodor odam edi. Nufuzli oliygohda oʻqir edim. Va agar aʼlo baholarga bitirsam, otam menga oʻzim xohlagan rusumdagi avtomobilni olib berishini xohlar edim. Gohida salonga kirib uni koʻrib chiqar edim.

Va nihoyat bitiruv onlari yaqinlashgach men bu fikrimni otamga bildirdim. Otam jilmayib qoʻydi. Indamadi.

Bitiruv kechasi ham boʻlib oʻtdi. Men uyimizni zinalaridan chiqar ekanman. Shu sovgʻani tasavvur qilar edim.

Otam kabinetini ochdim. Roʻparamda koʻzlari quvonchga toʻla otam turar edi. Meni tabrikladi. Va qoʻlidagi oltin gʻilofli “QURʼON” kitobini menga uzatdi.
Xafsalam pir buldi. Men otamga:

- Nahotki sizday boy odam, menga faqat shuni ilingan boʻlsangiz.
Axir yakka oʻgʻlingizman. Tilagimni bajarish shunchalar qiyinmidi? - dedimda kitobni tashlab chiqib ketdim.

Uzoq vaqt otamga boʻlgan arazim tarqamadi...

Oradan yillar oʻtdi... Uylandim, farzandlarim koʻpaydi. Meni boshqa davlatga ishga qoʻyishdi...

Bir kuni menga xat keldi. Otam vafot etib bor mulkini menga rasmiylashtirib qoldiribdi.
Uyga kirdim. Koridordan otam xonasiga kirar ekanman boʻgʻzimda yigʻi qotdi.
Otam seyfini ochdim. Qimmatbaho aksiyalar va boshqalar ustida oʻsha oltin gʻilofli “QURʼON” kitobi turar edi.

Varaqladim va ne koʻz bilan qarayki, ichida oʻsha davrimda nomimga rasmiylashtirilgan, men xohlagan rusumdagi avtomashina kaliti va xujjati turar edi...

Alqissa:
“ Alloh insonlarga yaxshilik xohlaydi. Lekin inson ojizdir... ”

Odamzod faqat oʻzi aqli yetgan yoʻldan baxtni kutadi.
Allohni esa yoʻllari koʻp.

@falsafasi_hayot 🕊

Turkiyaning Bursa viloyatida homilador ayoli uchun dovuchcha tergan inson bogʻ egasi uchun daraxt shoxiga xat bilan 100 turk lirasini (15 dollar atrofida) bogʻlab ketibdi.

Xatda: “Meva doʻkonlari yopiq, ayolim homilador. Soʻramasdan olishga majbur boʻldim, rozi boʻling”, deb yozilgan edi...!


🍀 Goʻzal islomning tarbiyasi ham naqadar goʻzal ☺️ koshki barcha insonlar birovning haqqidan shunchalar qoʻrqsalar edi...!

@falsafasi_hayot 🕊

Muammolar huddi kir yuvish mashinasiga oʻxshaydi! U bizni aylantiradi, buradi va siqib chiqaradi 🤣 Natijada esa, avvalgidan koʻra begʻubor va yahshiroq insonga aylanamiz..! 🙃

(Man ham shunday mashina ichida qolib ketdim, oʻzimni oʻzim ovutishga urinyapman-da 🙂)

@falsafasi_hayot 🕊
Hayotingdagi past-balandliklar seni bezovta qilmasin. Zero, bu salomatlik holatidir. Chunki hayoting yurak chizmalariga (EKG) oʻxshaydi. Agar u tekis bir chiziqqa tushsa, bu sening oʻlganingni anglatadi...!

@falsafasi_hayot 🕊

- Duo qilayotganda yoki orzuga berilganda nega ko‘zlarini yumib oladi inson...?
- Chunki eng chiroyli narsalar ko‘z bilan
ko‘rilgan emas, qalb bilan his qilinganidir....! 🙂

@falsafasi_hayot 🕊
Hayot falsafasi 🍃
Photo
🍀 Allohga suyangan tilanchi...

Podshohlardan birining shahar koʻchalarini aylanib yurish odati bor edi. Aravada ketayotgan podshohning eʼtiborini ikki tilanchining ovozi tortdi. Ulardan birinchisi shoh aravasi tomon qoʻlini choʻzib, uni madh etib hayqirdi: “Faqat shohim menga baxtimni hadya etadi!”.
Podshoh nariroqdagi ikkinchi tilanchi, goʻyo bunga qasd qilgandek: “Faqat Alloh marhamatli Zot, faqat Allohdan baxt tilayman!”, der edi.
Saroyga qaytgan shoh ikkita non pishirib, ulardan biriga kattagina tilla yombi qoʻshishlarini buyurdi. Ertasiga yana shu joydan oʻtgan shoh tilla qoʻshilgan nonni oʻzini maqtagan tilanchiga berishlarini buyurdi. Narigi non esa Allohdan baxt soʻragan gadoyga nasib qildi. Oradan necha vaqtlar oʻtib, oʻsha joydan oʻtgan podshohning koʻzi yana oʻsha tilanchiga tushdi. Tilanchi hali-hamon oʻsha joyida oʻtirib, baqira odamlardan xayr soʻrardi. Podshoh aravasidan tushib tilanchiga yuzlandi va soʻradi:
— Nega yana tilanib oʻtiribsan? Men senga ichida tilla boʻlgan non bermaganmidim?
Tilanchi hayron boʻldi:
— Qanaqa oltin haqida soʻzlayapsiz, shohim. Menga bergan noningiz juda ogʻir ekanligidan uni xom gumon qilib, anavi yerda oʻtiradigan tilanchiga 10 chaqaga sotib yubordim.
Ikkinchi tilanchi koʻrinmasdi. Soʻrab-surishtirishni buyurgan shoh, gadoyning xotini tillani topib olgani, ular boyib ketib hozir toʻkin yashayotganini eshitdi. Shoh tilanchiga hech qachon Allohni qoʻyib, boshqaga sigʻinmaslikni, baxt-saodat ham faqat Parvardigordan soʻralishini aytib saroyiga ravona boʻldi.


@falsafasi_hayot 🕊

🍀 Menga yolgʻonchi onam kerak...!

Sakkiz yoshli bolajonning onasi vafot etishi bilan dadasi farzandini yolgʻiz qolishidan qoʻrqib, ona mexridan ayrilib qiynalib qolmasin deb, boshqa ayolga uylanishga majbur boʻldi.
Oradan bir necha kun oʻtgach ota farzandini bagʻriga bosib, erkalab:
– Toychogʻim, yangi onang bilan avvalgi onangni orasida qanday farq bor, deb soʻrab qoldi.
Bola juda ham begʻuborlik bilan javob berdi:
– Haqiqiy onam menga yolgʻon gapirardilar, ammo ikkinchi onam hamma aytgan gaplarida sodiq turadilar.
Ota taʼjublanib soʻradi:
– Qanaqasiga, bolajonim?
Oʻgʻil:
– Oʻynab oʻtirganimda onamga yoqmaydigan ish qilsam, menga aytardilar:
“Agarda quloq solmaslikni bas qilmasang va menga zulm qilaversang senga ovqat bermay qoʻyaman”, derdilar... gaplariga parvo ham qilmasdim. Baʼzan, koʻchada koʻp oʻynab qolib ketsam, chiqib meni koʻchama koʻcha izlardilar, meni topmagunlaricha oyoqlari qayerga boshlasa oʻsha yerga ketaverardilar. Va nihoyat meni topganlaridan keyin yuz koʻzlarimdan oʻpib, meni uyga olib borardilar va mazali taomlari bilan siylardilar.
Endi esa yangi onam, “agar oʻyinni bas qilmasang senga ovqat yoʻq”, dedilar. Mana ikki kundan beri qornim och, juda qiynalib ketdim dada....!
Menga yolgʻonchi onamni qaytarib bering, iltimos dada. Yolgʻonchi onamni sogʻindim deya yigʻlab yubordi... 😔

🍀 Yolgʻonchi onajonlarimiz borliklari uchun beadad shukr... Bolaligimda koʻp eshitardim,

Otasiz yetim gul yetim,
Onasiz yetim shum yetim...

Alloh hech kimni otasidan ham, onasidan ham judo etmasin... Toʻkis oilada katta boʻlish bahti har bir farzandga nasib etsin... Lekin chindan ham otasi vafot etgan bolalarni onalari hech kimga hafa qildirmay, koʻzidan bir tomchi yosh oqizmay voyaga yetkaza oladilar... Mani onam kabi... Onajonim ham bizni hech kimga muhtoj qilmadilar, hech kimga hafa qildirmadilar, doimo oldimda togʻdek suyanchigʻim borligini his qilib, Allohga shukrona aytaman... Bu endi boshqa hikoya ☺️ Inshaalloh, nasib etsa bu haqida ham bir post yozaman!


Mohinur ))

@falsafasi_hayot 🕊

Baxt-saodatdan “Sen qachon kelasan?” deb soʻradilar... Shunda u: “Har bir nafs Alloh taolo unga yozganidan boshqasi kelmasligini bilganda kelaman” deb javob berdi...!

@falsafasi_hayot 🕊

🍀 Sizga jahl qilmoqchi boʻlgan kimsa dunyodagi eng yaxshi inson boʻlsangiz ham baribir sabab topadi...

🍀 Sizdan ketmoqchi boʻlgan kimsa, unga qancha mehr-muhabbatingizni tortiq qilmang, baribir ketadi...

🍀 Va yana xuddi shunday, kechirishni, sevishni istagan inson unga eng qattiq azobni bergan boʻlsangiz ham sizni qalbida saqlab yurish uchun sabab topa oladi... Aslida sababni oʻzi kerak emas, unga bu dunyoda borligingizni oʻzi kifoya...!

Farqi sizning yaxshi yoki yomonligingizda emas, qarshingizdagi insonning oldida qadr-qiymatingiz neqadar va qanchalik ekanligida...!

@falsafasi_hayot 🕊

Butun olam sening bo'l deyishing bilan yaraldi, ey Robbim... Mening ham bo'lmayotganlarimga bir bora bo'l degin....

@falsafasi_hayot 🕊
🍀 Bir dona tuxum...
(boʻlgan voqea)

Muhammadjon aka koʻpincha dala hovlisida yashaydi. Shahardagi uyiga har zamonda bir keladi. Kecha kelgan ekan, qoʻshnisining tovuqlari kirib ekinlarni choʻqib tashlagani yetmaganday omborxonadagi yem solingan qopdan anchagina yemni yebdi. “Baraka topgur qoʻshni-yey, tovuqlaring ham bor boʻlsin”, deb ularni oʻz uyiga oʻtkazib yubordi. Yem solingan qoplarning ogʻzini mahkamlar ekan, oʻsha yerda turgan bitta tovuq tuxumini koʻrib qoldi. Bir koʻngli qoʻshnini chaqirib, tuxumni bervormoqchi boʻldi-yu, ammo shoshib turganidan bu ishni ertaga qoldirdi.
Keyin baʼzi ishlarini bitkazdi-da, kerakli anjomlarni olib mashinani oʻt oldirdi. Ozgina yoʻl yurgach oʻziga-oʻzi “Sen ertagacha yashashning kafilini olganmisan? Paygʻambar alayhissalom namozdagi ikki salom orasini ham omonat bilganlar-ku!”, deb shartta ortga qaytdi. Tuxumni olib, qoʻshnini chaqirdi. “Qoʻshni tovuqlaringiz bizning hovliga tuxum qoʻygan ekan, mana olib qoʻying”, dedi. “Qoʻyavermaysizmi, bitta tuxum ekan-u, men roziman”, dedi qoʻshni Solijon aka. “Yoʻq, u yoqdagi savol-javobda nima deyman?” deydi Muhammadjon aka.
Mamnun boʻlib mashinasini haydab ketgan Muhammadjon akaning yelkasidan togʻ agʻdarilgandek edi...!

@falsafasi_hayot 🕊