Hayot falsafasi 🍃
55.4K subscribers
6.27K photos
257 videos
2 files
212 links
Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!

📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!

Реклама: @manfaatli_reklama

🌿 Моҳинур ))
Download Telegram
🌿 Ayolning nazdida yer yuzidagi barcha ayolni yomon ko'rmaguningcha uni sevgan bo'lmaysan ))

"Ayol qonuniyatlari" kitobi , 1 mln 9 yuzming 6 yuz 76chi sahifa. "Muqaddima" ikkinchi abzast 😅

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Sabablarini qilib qo'yib , natijasini Allohga tavvakul qilingandan go'zalroq ishni ko'rmadim))

Tuningiz osuda oʻtsin qalbi musaffolarim ☺️🍃

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Er namozini tugatib bo‘lib, ayoli tomon kelib uning yoniga o‘tirdi...
Ayolining qo‘llarini ushlagan holda uning barmoqlari bilan bir nimalar o‘qiy boshladi...
Ayoli so‘radi:
-— "nima qilyabsiz ?!"
-— "Namozni tugatib bo‘lib, tasbehni sening barmoqlaringda o‘qishni xohladim... 📿
Ajri ikkimizga tegsin va JANNATda ham birga bo‘laylik deya...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ikkinchi xotin olmoqchi bo‘lgan bir kishi shayx Ibn Usaymin rahimahullohdan maslahat so‘radi.

Shayx unga "ikkinchi xotin olishdan maqsading nima?", deb savol berdilar.

U: "bir qizni iffatli bo‘lib yashashiga yordam bergan bo‘laman", deb javob berdi.

Shayx: "unday bo‘lsa uylanmagan bir bo‘ydoq yigitga pul berib, uni o‘sha qizga uylantirib qo‘ygin, ikkalasini ham haromdan saqlaganlik savobini olasan", dedilar...


@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Bir kuni Rasulullox (s.a.v.) Madina bozoriga kirdilar. Yonlarida saxobalardan ba’zilari xam bor. Yul chekkasida orik bir ulokchaning uligi yotardi. Rasuli Muxtaram janobimiz egilib ulokchaning kulogidan tutdilar:
- Bir dirxamga kim oladi shuni? - deb suradilar.
Bu taklif saxobalarga galati tuyuldi.
- Kim unga pul sarflaydi, foydalanib bulmasa... - deyishdi.
Janobimiz endi savol tarzini uzgartirdilar:
- Tekinga olishni istaysizlarmi?
- Valloxi, bu ulokcha tirik bulganida xam bir chakaga kimmat. Chunki xali kuloklari xam kichkinagina. Uning ustiga, ulikligi inobatga olinsa, nimaga xam yarardi?
Shunda Rasuli Kibriyo ulokni tashlab, kadlarini rostdadilar.
- Bilinglarki, Ollox xuzurida dunyoning kiymati sizlar shu ulokka bergan baxodan xam pastdir, - dedilar.

— Ahmad Lutfiy Qozonchi "Saodat asri qissalari" kitobidan.

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 •Negadir doim ko‘nglimizni og‘ritgandan emas - ko‘nglimizga qaraydigan insonlardan alamimizni olamiz...

•Bizni sevganlarga
ozor beramizu - sevmagan insonlarga poyondoz bo‘lamiz...

•To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganni yomon ko‘ramizu - egri yo‘lga boshlaganni ortidan doim qolmaymiz...

•Ozgina pulimizni yo‘kotib qo‘ysak qancha asabimiz buzilib xafa bo‘lamizu - ammo xech kanday boylikka sotib olib bo‘lmaydigan vaqtimizni arzimagan kishilar, bekorchi bo‘sh narsalarga sarflayotganimizga achinmaymiz..


@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Bir guruh turistlar timsoh fermasini ko‘rgani borishibdi. Suvni o‘rtasida qayiqda turganda ferma egasi "kim suvga sakrab, qirg‘oqqacha tirik yetib olsa, bir million dollar beraman", debdi. Hamma jim turganmish.

Shu payt bir yigit "shalop" etib suvga tushib, shosha-pisha qirg‘oqqa suza boshlabdi. Timsohlar ortidan boribdi, ammo omadi kelib, yigit sog‘-salomat qirg‘oqqa chiqib olibdi.

Fermer majbur bo‘lib, va’da qilingan bir million dollarni beribdi.

Yigit xotini bilan mehmonxonaga qaytgach, xotiniga "yaxshi bo‘ldi-yu, ammo men suvga o‘zim sakramadim. Kimdir suvga turtib yubordi..", desa, xotini "o‘sha men edim", deyarmish ))

Qissadan hissa shulkim, har bir omadli erkakni ortida katta ishlarga birinchi turtki beradigan ayoli turar emish ))

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Hindistonlik sartarosh o‘z ish joyida televizor o‘rnatish o‘rniga, o‘z navbatini kutayotgan mijozlar uchun kichik bir kutubxona tashkil qildi va "Kitob o‘qigan insonlarga 30% chegirma bor" deb yozib qo‘ydi.

Insonlar o‘zgarishi uchun hamma narsani hokimyat qilishi shart emas. Siz ham kichik harakatingiz orqali ongni rivojiga ulkan hissa qo‘sha olasiz!

@falsafasi_hayot 🍃
💚🌿 Vafo...!

Bir kishi uylandi. U ayolini juda yaxshi ko‘rardi. Kutilmaganda ayolida g‘alati kasallik paydo bo‘libdi. Butun badaniga husnbuzar toshib, avvalgi chiroyidan asar ham qolmabdi. Dard borgan sari avj olibdi.

Kasallik boshlangan vaqtda er safarda ekan. U qaytayotganida falokat yuz beribdi, ko‘zi jarohatlanib, ko‘rmay qolibdi. Shu alfozda er-xotin 40 yil birga hayot kechirishibdi. Vaqti-soati yetib, ayol vafot etibdi. Er bir umrlik hamrohini, vafodor, itoatli xotinini yo‘qotganidan qattiq xafa bo‘libdi.

Ayolni dafn etishgach, hamma uy-uyiga tarqalibdi. Er ham o‘z uyiga ketmoqchi bo‘libdi. Shunda yonidagi do‘sti so‘rabdi:
– Qayoqqa ketyapsan?
– Uyimga.
– Qanday qilib ketasan, axir birov yetaklamasa, yo‘lingni topolmaysan-ku!
– Mening ko‘zlarim ochiq, – debdi u.
– Faqat shuncha yil o‘zimni shu holga solib yurdim. Ayolimning kasali oqibatlari meni shunday yo‘l tutishga majbur qildi. U juda yaxshi ayol edi, kasalligidan xabardorligimni bilganida, umr bo‘yi o‘ksinib yashardi. Qalbini yaralagim kelmadi.
“Erim xunukligimni bilmaydi-ku,” deya xotirjam yashashi uchun shunday yo‘l tutdim. U qirq yil kasalligini o‘ylamay, ko‘ngli o‘ksimay yashaganidan xursandman...

@falsafasi_hayot 🕊
🌿 Mehmon haqqi...

Gʻarblik bir musulmondan suxandon so‘radi:

- Nima uchun musulmon bo‘lgansiz?
U shunday javob qildi:
- 1993 yilda turmush o‘rtog‘im bilan Turkiyaga safar qildik. Qishloqlardan birida yo‘lni yo‘qotib qo‘ydik. Bir yo‘lovchidan:
- Ushbu manzilni bilasizmi?, deb so‘radim.
U :
- Bu yerda mehmonxona yo‘q. Men bilan uyimga yuringlar. O‘sha yerda tunaysizlar, dedi.
Biz uning uyiga bordik. Juda ham qorong‘u edi. Uyga kirsak, u yerda besh bola va ikki qariya er-xotin bor ekan. Bizga kamtarona taom keltirishdi. Uni yedik.
Keyin uy sohibi menga :
- Sen xotining bilan shu xonada dam ol. Biz boshqa xonada tunaymiz, dedi.
Biz uxladik. Ertalab turib uy sohibiga rahmat aytish uchun tashqariga chiqdim. Qarasam, biz tunagan xonadan boshqa xona yo‘q ekan. Uy sohibini qidirdim. U oilasi bilan xovlida daraxt ostida yotar edi.
Men unga:
- Sen jinnimisan, nega bunday qilding?, dedim.
U :
- Men jinni emasman. Men musulmonman. Dinim meni mehmonni qo‘limdan kelganicha izzat-ikrom qilishni buyurgan. Sen esa mehmonimsan, dedi.
Xotinim bu manzarani ko‘rib yig‘lab yubordi. Men uy sohibiga:
- Unday bo‘lsa bu Islom biz eshitgan islom emas. Men qanday qilib Islomni o‘rganishim mumkin, dedim.
U :
- Qur’on va hadislarning tarjimasini olasan. Ularni o‘qib Islomni taniysan, dedi.
Men u aytgan kitoblarni olib ikki oy Islomni o‘rgandim va bu dinga kirganimni e’lon qildim. Keyin o‘z gardanimga Islomga da’vat qilishni vazifa qilib oldim. Qo‘limda mingdan ortiq kishi Islomga kirdi. Ruminiyada Islom markazi qurib butun dunyoga bu dinni tarqatishni niyat qildim...

@falsafasi_hayot 🕊
🌿 Bizni dardimiz ichimizga to‘lsa ham dardimizni doston qilguvchilardan emasmiz...Aksincha bir kulib qo‘yib dardlarni yengib o‘tamiz...

Bizga zulm qilishsa ham javob qaytarguvchilardan emasmiz. Jimgina Allohga havola qilib ketaveramiz. Bilamizki Alloh javobsiz qo‘ymaydi...

Bizni haqqimizni yeb ketsalar ham indamay qolaveramiz. Alloh ajrsiz qo‘ymasligini bilamiz...

Bizga tuxmat, bo‘xtonlarni yog‘dirishsa ham tortishmaymiz, gap talashmaymiz...

Bizni g‘iybatimiz bo‘lsa ham gunohlarimiz to‘kilganiga suyunib ketaveramiz...

Bizga bir musibat kelsa dod faryod qilmaymiz. Alloh meni unutmabdi-da deb taskin topamiz...

Maqsadimiz Allohga yoqish bandasiga emas...

Biz shundayin sokin Muslimalarmiz!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 -- Birovni qalbini ogʻritish xato emas, ozor..!

🌿 -- Bir inson xaqida aniq bilmay turib , boshqalarga gapirish xato emas, gʻiybat..!

🌿 -- Birovni hayoti bilan oʻynashish xato emas, nomardlik..!

🌿 -- Tinimsiz yolgʻon gapirish xato emas, ishonchni sindirish...!

🌿 -- Ota-Onaga baqirish xato emas, nonkoʻrlik..!

🌿 -- Asl tuygʻular ustidan kulish xato emas, tubanlik..!

🌿 -- Koʻnglimda bittasi, qoʻynimda bittasi... deyishlik xato emas... xiyonat..!

Adashtirmang...!

@falsafasi_hayot 🍃
Ozgina tabassum 🙃

— Qizim, besh qoshiq shakar solding, kimnidir sevib qolmadingmi?- debdi onasi.
–Yoʻq, oyijon, men shirin choyni yaxshi koʻraman.
– Besh qoshiq solding, deyapman!
– Men judayam shirin choyni yaxshi koʻraman oyijoon...
– Qizim, shakarni shoʻrvaga solyapsan, choyga emas 🤦‍♀

🤭😜🤪

@falsafasi_hayot 🍃

🌿Alloh hamma narsaga qodir!

Bir yigit harbiy xizmatga boribdi. U paytlar Rossiyaga ham borilar edi. Yigit namozxon edi. Harbiy xizmatda ham namozlarini amallab oʻqib yurarkan. Xizmatdoshlari uni ustidan kulishar, lekin yigit ularga parvo ham qilmas ekan.
Bir kuni ularni boshligʻi yigʻibdi. Oʻsha namozxon yigitga:
- Mana bu mashinani kalitini olib, anavi mashinani anavi yerga olib borib qoʻy, debdi.
Haligi namozxon yigit:
- Men mashina xaydashni bilmayman, mashina xaydashni biladigan bola oborib qoʻya qolsin, - debdi.
Boshliq esa:
- Xudoyingdan soʻra. U hamma narsaga qodir der eding-ku? - debdi.
Hamma kulib masxara qilibdi.
Yigitga Alloh ustidan kulishlari yoqmabdi. Allohga tavakkal qilib mashinaga oʻtiribdi. Duolar oʻqib, Allohdan madad soʻrab, bir amallab aytilgan joyga mashinani olib borib qoʻyibdi.
Mashinadan tushib qarasa hammalari yigʻlashayotgan ekan.
Yigit hayron boʻlibdi.
Shunda boshliq:
- Seni Xudoyingga ishondik. U bor ekan. Sen haq yoʻlda yurgan ekansan, - debdi.
Namozxon yigit hayron ularga qarabdi.
Shunda boshliq mashinani oldiga borib uni ochibdi. Ne koʻz bilan koʻrishsinki mashinaning motori yoʻq ekan.
Alloh har nega qodir Zot. Faqat oʻzidangina koʻmak soʻraylik. Bandasi esa faqat sababchi boʻladi, xolos.

Manba: “Oilam bilan har kuni bir hayot darsi oʻrganamiz” kitobi.

🍃 Bu hikoyani oʻqib koʻz yoshlarimni tutib tura olmadim... Allohga ishongan va Unga yurakdan tavakkul qilgan, U haqida faqat yaxshilikni gumon qilgan bandani Alloh-da noshukur qoldirmaydi, Inshaalloh..!

Yangi kun muborak, aziz dindoshim


@falsafasi_hayot 🕊️
🍃 Allohning suygan bandasimisiz..?!

Albatta! Allohning suyganisiz... 🙂 Chunki kecha qilgan gunohlaringizga qaramay, tongda sizni uyg‘otdi...
Uyqu chog‘ida joningizni olmadi...
Sizdan behojat, o‘zingiz ham, amalingiz ham Unga kerak bo‘lmagan holda tavba qilishingiz uchun imkon berdi, demak...
Buni ne’mat ekanligini his qiling...
Foydalaning va Allohga nisbatan goʻzal gumon qiluvchilardan boʻling, aziz dindoshim ))

@falsafasi_hayot 🕊️
🍃 Taslim boʻlmang...

Yaxshi koʻrganlaringiz tashlab ketsa ham, dard ustiga dard cheksangiz ham, Hamyoningizda pulingiz tugasa ham, Ikki yuzli insonlar orqangizdan gapirib, kulsalar ham, Eng yaqin doʻstlaringiz sirtingizdan zarba berib, xiyonat qilsalar ham, Sizga hech kim tasalli boʻlmasa ham, Qadrlaganlaringiz koʻz yoshingizni artmasa ham, Yaxshilik qilgan insonlaringiz qiymatingizni bilmasa ham, Hayot oʻn boʻlakka boʻlsa ham,
Uch kunlik dunyo uchun hech biriga ranjimang...
Eng muhimi - jon sogʻligi...
Qolgani behuda gaplar...
O'zingiz bilan kelishishga harakat qiling...
Istasangiz ham istamasangiz ham hayot davom etadi...
Muhimi taslim boʻlmang...
Endi esa tabassum qiling 🙂


Reaksiyalaringizni kutaman ))

@falsafasi_hayot 🕊️
Ey gʻamga botgan inson, gʻam tashvish abadiy emas! Bu dunyo mashaqqatlariga sabr qiling. Axir tun xar qancha uzun boʻlmasin, uning soʻnggida baribir tong otadi.
Yaxshi kunlar yaqin...
axir bejizga emas, oyning oʻn beshi qorongʻu boʻlsa, oʻn beshi yorugʻ deydilar. Xursandchiliklar oldinda...
Yorugʻ kunlar sari umid bilan olgʻa bosing...!

Reaksiyalaringizni kutaman))

@falsafasi_hayot 🕊
​​🌿 Siz erkaksiz, kuchingiz biznikidan ziyoda, bunga hech e’tirozimiz yo‘q... Bankaning qopqog‘ini ocholmaydigan paytlarimiz bo‘ladi. Oʻntalab yelim xaltani do‘kondan bir qo‘limizda ko‘tarib keladigan quvvatimiz yo‘q, bilamiz... Tunda kimsasiz joylarda yurganimizda soyangizdan madad umid qilamiz... Ustaxonalarda ishlab tonna-tonna yuk ostiga kirib ishlaydigan jasoratimiz yo‘q. Ba’zan yig‘loqi ruhga burkanishimiz, be’mani injiqliklar qilishimiz, noo‘rin erkalik bilan yuragingizni siqishimiz mumkin...
Ammo biz AYOLmiz!
Onamiz, opamiz, singil, xola, amma, qiz... Biz qadr-qiymatlimizki ota uyidan chiqayotganimizda oppoq kelinlikka munosib ko‘rilibmiz. Biz qiymatlimizki, "Jannat onalarning oyoqlari ostida" deyilibdi, biz bebahomizki Alloh ayollarni siz erkaklarga omonat qilibdi. Kuchlisizlar, to‘g‘ri. Lekin omonatga xiyonat qildingiz. Biz bo‘lmasak, naslingiz tugab-bitadi. Biz bo‘lmasak rangi ro‘yingiz somon bo‘ladi. Biz bo‘lmasak quyoshingiz botadi....
Bizga yashash huquqini siz emas, Alloh berdi. Uning amrlaridan tashqari bizga qo‘l ko‘tarishga haqqingiz yo‘q!
Dunyoning laqabi "yolg‘on" bo‘lsa ham, shuni unutmangki, hech bir zulm javobsiz qolmaydi! Va biz ayollar jismonan ojiz ko‘rinsak-da, ruhan ezilmaydigan quvvatimiz bor....
Endi oynaga qarang, qaysi birimiz ojiz ekanmiz, ayolga ruhiy-jismoniy zulm qilib, uni erkakka, aylantirayotgan sizmi, yoki har zulmingning ostidan nazokat bilan, ayolligimizga putur yetkazmay oyoqqa turayotgan bizmi?!..

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Dunyoda shunday insonlar borki, siz ularni shunchaki yaxshi ko‘rasiz... shunchaki! Hech narsasiz! Sizda bitta fikr bor: ular bor! Sizga boshqa hech nima kerakmas! Balki ular juda uzoqdadir, balki boshqa shahardadir yoki o‘zga davlatda. Lekin bilasizki, ular ham sizni yaxshi ko‘rishadi, hech narsasiz, shunchaki. Ularga borligingiz, shu hayotda baxtli yashayotganingiz muhim!
Boshqa hech narsa kerakmas!

@falsafasi_hayot 🍃

🍃 Jannatdagi ilk tong qanday boshlanarkin?...

Qasringiz ayvonida turibsiz... U yerdan turib oltin-kumush konlar, daryolar va bog'-rog'larni tomosha qilasiz... Osmon-u yerlar mutlaqo boshqacha... Bir anhordan sut, bir anhordan asal... Bir anhordan sharbat, bit anhordan musaffo suv oqib turibdi... Tillo va kumushdan yasalgan qasrlar, ko'zing yetgancha gavhar toshli yerlar. Atrofni mushki anbar tepaligidan taralgan muattar hidlar chulg'agan.... Hammayoqda daraxtlar... Shoxlari tillodan... Shoxlarida anvoyi mevalar... Atrofingda xizmatkorlar... Baland makonda esa Buyuk Podshoh. Abadiy qoluvchi hurlar, yosh xizmatkor bolalar. U dunyoda judo bo'lgan yaqinlaringning barchasi huzuringda jamuljam...
Mana shu ne'matlarning barchasi o'tkinchi dunyo fitnalariga sabr qilishga, nafsni Alloh yo'lida ko'p toat-ibodat qilishga, gunoh-ma'siyatlardan yiroq bo'lishga arzimaydimi?!
☺️

@falsafasi_hayot 🕊️