Hayot falsafasi 🍃
55K subscribers
6.29K photos
254 videos
2 files
211 links
Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!

📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!

Реклама: @manfaatli_reklama

🌿 Моҳинур ))
Download Telegram
🌿 Ketolmaydi deb o‘ylamang, ba’zilarning ketganini, ketib bo‘lganidan so‘ng payqaysiz...

💔 Ketsa qaytib keladi deb xomtama bo‘lmang, ba’zilarning ketishini qaytishi bo‘lmaydi...

Sensiz ham yashaganman yana yashayman deb o‘zingizga tasalli bermang, ba’zilar ketsa o‘zi bilan birga eng aziz tuyg‘ularingizni - xotirjamligingizni, xotiralaringizni, kulgularingizni, qalbda tuyulgan qaynoq muhabbatni, umidlaringizni, orzularingizni baxt to‘la tabassumi bilan birga olib ketadi...

🌱 Sizdagi sizlikni qalbiga to‘ldiradi-da, sizni sizsiz qoldirib, abadiyga ketadi.
U yoningizda ekanligida go‘yo dunyolarga sohibdek his qilar edingiz o‘zingizni, u ketsa dunyongizni ham yiqitib ketadi...
Voz kecholmaydi deb hayol surmang, ba’zilar voz kechganini voz kechib bo‘lib ma’lum qiladi... Qalbidaman deb xotirjam bo‘lib qolmang, ba’zilarning qalbida emasligingizni hammadan keyin, eng oxirida o‘rganasiz...

Mensiz yasholmaydi deb zaxarhanda kulmang, ba’zilar qasdma-qasdiga ham sizsiz go‘zal yashaydi...
Hamma zulmingizni, ozorlaringizni, kamsitishingizni ko‘targani ojizligidan yoki voz kecholmaganidan emas, sizning insofga kelib qolishingizni umid qilib
yashaganidan...
Ketganidan so‘ng his qilasiz uning o‘rnini. U bo‘shatgan bo‘shliqni hech kim va hech narsa to‘ldira olmasligini... Chunki borini fido qilib sevganlarning ketishi odatiy ketishlardan bo‘lmaydi.
Sizni sizdan olib ketadi...

— Osiyo Abdulazim qizi

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Tez orada:

- Yoʻqolgan qaytadi;

- Kasal shifo topadi;

- Mahzunlik ketadi;

- Jarohat bitadi;

- Koʻzyoshi quriydi;

- Kulgi keladi;

- Hali taskin eshigingizni taqillatadi.

Faqat siz ojizlik qilmang... Allohdan soʻrashdan toʻxtamang, siz uchun ilojsiz boʻlgan narsalar Yaratganning birgina "Boʻl" degan buyrugʻiga muhtoj halos, shuni unutmang 🥰...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Darveshdan so‘radilar:
— Xotirjamlik va sakinat uchun nima qilish kerak?
Darvesh javob qildi:
— Nafratni qo‘y, qalbing mehr bilan to‘lsin... Xavotirni qo‘y, ertang huzur topsin... Ortiqchalikni qo‘y, hayoting oddiy bo‘lsin... Kutishni qo‘y, mavhumliklar yo‘qolsin... Dunyoni qo‘y, oxirating bo‘lsin...

©️ Umidaaziz


@falsafasi_hayot 🍃
Bir kuni hammasiga erishamiz, ko‘p narsa topamiz (izzat, ikrom, pul, boylik) ammo...
biron marta tagiga qalinroq ko‘rpa solib uxlamagan Onamizni, oyog‘iga qimmat poyafzal kiymagan Dadamizni topolmaymiz..! 😔

@falsafasi_hayot 🍃
Ozgina tabassum 🙃

Chapdagi suratda AQSH prezidenti Jo Bayden 80 yoshini oilasi davrasida nishonlamoqda.

O‘ngdagi suratda esa, bizdagi tumanlarning biridagi Xadicha xolani 1yoshli nevarasini aqiqasiga tuzagan dasturxoni..

Mehmondoʻst xalqimdan aylanay... 🤭

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Er-xotin orasida nizo chiqdi. Ayol yotoq chetiga o‘tirib yum-yum yig‘lardi. Shu vaqt eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Ayol eshikni ochib qarasa, uni ko‘rgani ota-onasi kelibdi. Qizining yig‘idan qizargan ko‘zlarini ko‘rgan ota-ona tabiiyki, xavotirga tushdi.
— Tinchlikmi, qizim? Nega buncha yig‘lading?
Qizi mungli yuzini nim tabassumga aylantirib, shunday dedi:
— Aytsam ishonmaysizlar, sizlarni juda sog‘ingandim, ko‘rgim kelganidan ichim gumirib yig‘lab o‘tirgandim. Ne ajabki, eshik qoqib kelib o‘tribsizlar!

Bu gapni nargi xonadagi er eshitib turgandi. Xotinining matonati, oila sirini diydiyo qilmaganidan unga hurmati oshdi, o‘z qilmishidan esa xijolat torti.

Oila hikmat, sabr-toqat va matonat bilan qo‘riqlanadi.

@falsafasi_hayot 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☀️🌤 Assalomu alaykum, dildosh, ko‘ngildosh.

   Allohning betakror hadyasi bo‘lmish yana bir munavvar tong siz- u bizga muborak bo‘lsin.

    Umr kitobimizning "bugun" deya ochilayotgan yangi sahifasi eng chiroyli taqdir ila bitilsin.

    Barchamizning yurak to‘rimizdagi tilaklarimizni Allohning o‘zi ravo aylasin. .

     Oilaviy hotirjamlik , tinchlik - omonlik , tan- sihatligi  doimiy hamrohimiz bo‘lsin. 

Kanalga ulanish 👇 :

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Agar sizni sevmasalar ~ sevgi so‘ramang...
🌿 Agar sizga ishonmasalar ~ o‘zingizni oqlamang...
🌿 Agar sizni qadrlamasalar ~ qimmatingizni tushirmang...
🌿 Sizni xech kim sevmasa ham Alloh sevsa bas …
🌿 Allohga hamdlar va istig‘for ayting …
🌿 Chumolining ovozini eshitgan Robbim ko‘ngillarning ham faryodini eshitadi...
🌿 Eng muhimi Robbingiz siz bilan birgaligiga ishoning va shukur qiling...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Qaychi katta mato o‘ramlarni kichkina bo‘laklarga ajratib tashlaydi. Igna esa kichkina bo‘lishiga qaramay, shu mato bo‘laklarni birlashtirib, kiyimlar hosil qiladi. Sen hayoting davomida igna kabi bo‘l. Bo‘lingan bo‘laklarni birlashtir, butunni ajratma. Insonlar orasini isloh qil. Ular orasiga nizo solma. Qalblariga muhabbat urug‘ini ek. Insonlarni sevishni o‘rgan. Zero, yaratilgan narsalarni sevmagan, Yaratuvchini sevolmaydi.

Insonlarga yondosh bo‘l, yelkadosh bo‘l. Kishilarning barcha muammolarini hal qilolmassan, ammo g‘amga cho‘mgan inson huzuringga kelsa, dardini tingla. Aybdor uzr so‘rasa, uzrini qabul qilib, bag‘rikenglik ko‘rsat, yordamga muhtoj kelsa, imkoning boricha uni qo‘lla. Sen zaminni gullar bilan to‘ldirmasang ham, unga gul ekilishi uchun tikanlardan tozala. O‘zing eng yomon vaziyatda bo‘lsang ham, insonlarga yaxshilik ulash. Ularni zulmatli jarlardan yorug‘likka tortuvchi mustahkam arqon bo‘l. Ana shunda insonlar seni boshlariga toj qiladilar!

@falsafasi_hayot 🍃

🌿 Oqibat...

“Mastava” ni kosaga solib, qaynonasini oldiga“toʻqqilatib” qoʻydi.
Kampir bechoraning old tishlari yoʻqligi uchun chala chaynalgan non ushoqlari guruchga qoʻshilib yerga toʻkila boshladi.
Bir chetda ijirgʻanib qarab turarkan, bu manzarani boshqa koʻrishni istamaygina ensasi qotib- xujradan chiqib ketdi. Asrdan keyin ichi bir hijillashdi. Negadir onasi koʻz oldiga keldi.
“Bir habar olib kelsammi?!” deb oʻyladi.Eri qoldirib ketgan pullardan bir bogʻlamini olib, yoʻlga tushdi. “Milliy taomlar” oshxonasiga kirib, yumshoqqina qilib pishirilgan mantilardan patir ustiga yigirmattacha soldirdi.
Qizlik uyiga darvozadan kiriboq, onasini koʻzlari bilan qidirdi.Ayvonda oʻtirgan ekanlar.
Tavba, onasi uch kun oldin bunaqa emasdi-ku, lunji kirib, birdan “kampir” ga aylanib qolibdi-ya, koʻziga bir zum qaynonasi boʻlib koʻrinib ketdi.
-Oyi sizga nima boʻldi?!
-Hey, koʻrmaysanmi, ertalabdan protez tishimni yoʻqotib qoʻyib, hech narsa chaynolmayapman, mahalladan yigʻinga ham aytib ketishdi, tishim yoʻqligiga borolmadim.
-Hech narsa yemadingizmi?! tavba, anavi keliniz qani?! Topib bermaydimi, navaralariz oʻynagandir...
-Ha... Kelin ham uyidan onasidan habar olgani ketgancha, qaytmadi...
“Protez tish” ni haqiqatda ukasining kichkina qizchasi oʻynaganmi, uning qoʻgʻirchoqlari orasidan suvga solingan tish stakani bilan birga topildi.
Yana lunjlari toʻlib, asl koʻrinishiga qaytgan onasi bilan maza qilib manti yeyishdi. Ketar chogʻi onasi qoʻllariga kichkinagina tugun tutqazdi, “qaynonangga olib bor, qizim!”
Uyga kelib tugunni ochdi.
Non ustida olti dona oʻzi olib borgan mantilar... Isitib, qaynonasi oldiga dasturhon soldi.
-Zubaydaxon, qornim yaxshi edi, shamoldek boʻlib Surayyo opangiz habar olgani kelib ketdi, birga ovqatlanib olgandik.
Kelin hijolat boʻlib, yerga qaradi:
-Oyi, xudo hohlasa tishingizni oʻgʻlingiz bilan maslahat qilib protez qildirishni rejalashtiryapmiz, boshqa qiynalmaysiz...
Qaynonasining hursand boʻlganidan chehrasi yorishib ketdi, onaizor qoʻllarini darrov duoga ochdi...

@falsafasi_hayot 🕊
🌿 Assalomu alaykum, yaxshilar ...

Yangi kun muborak bo‘lsin!   Alloh barchamizni yuzi nurli,   so‘zi ta’sirli, to’leimizni baland, rizqimizni keng qilsin.

Qalbimizdagi  niyatlarimizni ijobat aylasin...
Yakshanba kunimizni mazmunli qilib,    xayr-u barokatlarini yog‘dirsin...

Kanalga ulanish 👇:

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Hech kimsani unaqa kichik sanamang... Bilasizmi o‘sha odam katta bir tarix...
...Siz balki uning bosib o‘tgan, yaxshidek ko‘ringan tarixida xatto bir kun ham yasholmassiz..?
Ammo u yashadi...
Sizni esa o‘zingizgina biladigan, eslasangiz titroq bosib, yig‘lab yuboradigan yo‘lingiz bor. Undayam birov yashab berolmaydi....
Orqaga qarasangiz ... yuragingiz orqaga tortadi, to‘g‘rimi?
Qaramang... Bo‘ldi...
Hamma chiroyli hadyalar oldinda. Aytdimku, o‘sha qiyin va sizni qiynagan o‘tmishga boshqa qaramang...
Haya, agar o‘zingiz yaxshi bo‘lsangiz Alloh atrofingizga o‘zingizdek yaxshilarni jamlab qo‘yadi, ishonavering...
Nolimang azizim... nolimang! 🙂

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Oyna

—Nima harakat?
—Ota-onamni ko‘chirib kelmoqchiman, shunga uy-joylarga bir qarab qo‘yay degandim,- yon qo‘shnisiga gapira  turib ishini qilaverdi yigit.
—Ozodlik tugabdi-da! Negadir ovozini baland ko‘tarib kuldi qo‘shni. Endi yakshanba kunlari ham tinim bilmaysan. Otang kelsa, sahardan bir tepib turgizib oladi-da kechgacha ishlatadi.  Yer chop, ekin ek, ta’mirla! Tabriklayman, ukam, maza qiladigan bo‘psan!
Qo‘shnisi o‘z gapi o‘ziga nash’a qilib kulib-kulib ketdi.

Tushdan keyin yoshi otasi bilan teng yon qo‘shnisi chiqdi.
—Horma!
—Shu, ota-onamni ko‘chirib kelyapman!  U yer, bu yerga qarab qo‘yay,-istamaygina gapirdi yigit, salom bergach.
—E, barakalla! Judayam to‘g‘ri ish qilyapsan. Ota-ona baraka bo‘ladi. Ular kelsa, ko‘p hikmat ko‘rasan, uyingga fayz kiradi. Omad o‘zi ortingda quvlab yuradi. Har tong duolari bilan ishga ketasan, kelguningcha ortingda duo qilib o‘tiradilar. O‘zingga o‘q o‘tmas qalqon olib kelayotgan ekansan. Yasha, jiyan.

Qo‘shni amaki ketdi. Yigit ketmon dastasiga suyanib turarkan, odamlar o‘zi qanday bo‘lsa, olamni shunday ko‘rishiga yana bir marta iymon keltirdi.

©️ Feruza Salxodjayeva

@falsafasi_hayot 🍃
Ona
Meni o'g'il qilib tug'sang bo'larkan,
Uy tomin boshqatdan yopib berardim.
Ishlab, davlat topib, hech kim kiymagan,
Asl matolardan topib berardim.

Qiz bola birovning xasmi...
Palaxmon,
Uzoq-uzoqlarga otilib ketdim.
Va'da etilgani o'sha bir xirmon,
Sariq chaqalarga sotilib ketdim.

Qara, qolib ketdi qarzlar uzilmay,
Sen yo'q ostonani yalab-yulqadim.
Seni sog'insam ham quchib so'zlolmay,
Kimni "Onajon" deb tinmay alqadim.

Ona!
Meni o'g'il qilib tug'sang bo'larkan,
Umrim o'tmasmidi yetti bukulib.
Menga deb barmog'ing teshilib tikkan,
Yostuq jildlariga ketdim to'kilib.

Qizing qismatidan kuyib ketmasding,
Ezilib ketmasding mendan ming chandon.
Yetmishga bukilib ketmasdi qadding,
Negayam qiz qilib tug'ding, onajon!

Kechir, kechirolsang, mendan rozi bo'l,
So'litgan men bo'ldim gulday yuzingni...
Oh, Ona, shundayam duo qilasan,
Faqat qizlarini o'ylar qizingni...

Malika Salimova

@falsafasi_hayot 🍃
Eri vafot etdi...
Uning koʼylagini oʼziga joynamoz qilib oldi...
savobi doim yetib tursin deb...

Qanday goʼzal muhabbat...
Halol muhabbat....

@falsafasi_hayot 🕊️

Har bir hikoyaning ikki xil ko‘rinishi bor... Insonlarning sizga koʻrinib turgan holatiga koʻra baxo berishga shoshilmang...

@falsafasi_hayot 🕊️
🌿 Xotin eridan so‘rayapti:
- Adasi, dugonam turmushga chiqyapti, shunga, to‘yona qilib unga nima hadya qilsam ekan?

Er:
- to‘yi kuni kelin eng go‘zal bo‘lishini istaysanmi?
- albatta.
- unda, yaxshisi, sen to‘yga borma! Chunki sen eng go‘zalsan, eng bebahosan. Agar borsang, kelin sening yoningda eng go‘zal bo‘lmay qoladi)

Bu so‘zlarni eshitgan xotin bir jilmayib, o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, to‘yga bormaslikka qaror qilibdi.

Buni ko‘rgan er, yangi ko‘ylakning, go‘zallik salonning va hadyaning chiqimi yonga qoldi, deb taktikasi ish berganidan u ham xursand)

Xotin esa ovqat pishirib, idish-tovoqlarni yuvib, hamon jilmayib yurgan emish))

P.S: shunaqa gaplaar,)

© Abdulhodiy Yusuf

@falsafasi_hayot 🍃
🌿💔...

Ukamning 5 ta qizi bor. Kelinim har safar oʻgʻilning umidida tugʻaveradi.Qizlari nimjongina. Baʼzan jahlim chiqib, kelinga dakki beraman.Qizlarini chala-chulpa emizib, keyingisiga ikkiqat boʻlib olaveradi. Na oʻziga tuzukroq qaraydi,na qizlariga. Nima boʻlsa ham oʻgʻil tugʻilsa boʻldi. 6 chisiga boʻyida boʻlganini eshitib: “Yaxshilikka boʻlsin”, deb qoʻydim. Er-xotin shifokorga borishsa:“Qiz!”, debdi. Ukamni figʻoni chiqqan, kelinim yigʻlagan. “Esinglar joyidami ishqilib?Qanchadan qanchasi tirnoqqa zor. Alloh berib turibdi-ku ketini uzmay shukr qilinglar. Qizmi,oʻgʻilmi sogʻ tugʻilsin”, dedim ikkaloviga qarab. Keyin er-xotin oʻzaro oʻrtalarida maslahatlashib, bolani oldiradigan boʻlishibdi.Biz bu ishlardan xabarimiz ham yoʻq.Bolani boʻlaklab olib boʻlgan shifokor: “Ishqilib oʻgʻlinglar bormidi, oʻgʻil ekanda?”,deb ukamdan soʻrabdi.
Allohga nonkoʻrlik qilgan ukam oʻzini yeb bitirdi.Kelinim bir burda boʻlib qolgan. Noshukurlik insonni baloga yetaklashiga yana bir bor iqror boʻldim.

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Har doim isitgich oldida bizning tozalangan oyoq kiyimlarimiz turardi.

Uni dadam shunday avvaylab, tozalab, qalin qish bo‘lsada pechka oldida quritib chiqqan kunlari bo‘lgan. Ayniqsa ikkinchi opam shaharda o‘qigani bois, shu opamning kiyimlariga boshqacha e’tibor berib, kiydirib avtobusga chiqarib qo‘yardilar. Har kuni, har doim, yillar davomida…

Dadamning yangi oyoq kiyim olganlarini negadir eslolmayapman, ammo oyoq krem surib, doim yaltillatib kiyardilar.

Tavba hozir negadir dadam necha razmer oyoq kiyim kiyishi haqida bilmasligimni bildim.. uyat o‘zimga.

Dadam esa hozir ham “bolam oyog‘ing issiqmi”, deb so‘raydilar…

— Madina Moʻminovva

@falsafasi_hayot 🍃
Qorabog‘da shahid ketgan bir do‘stimning uyiga borgandim... Uning besh yoshli qizi tizzamga kelib o‘tirdi. Uning qo‘lida pufagi bor edi... 🎈

— Qizim, kel shu pufakni birga o‘ynaymiz...
—Yo‘q, yorilib ketadi...
— U yorilsa senga minglarcha pufak olib beraman.
— Yo‘q, amaki. U yorilsa men o‘laman. Bu pufakni dadam shishirgan. Uning ichida dadamning nafasi bor.... 😔😞

@falsafasi_hayot 🍃