🌙 Ro‘za tutishga qiynalaman deganlar uchun tavsiya!
Ramazon oyining boshida 10 kun, o‘rtasida 10 kun, oxirida 10 kun tuting, oson bo‘ladi..))
Mohi Ramazonning 2-kuni muborak qadrligim ✨
@falsafasi_hayot 🍃

🌿 Suratda Turkiyalik konchilar birgalikda iftor qilishyapti...
Ramazonni sevmagan, uni intiq kutmagan moʻmin boʻlmasa kerak ☺️ Allohni qudrati bilan dasturxonga ham bir baraka kirib ketadiki... Daromad, topish tutish oʻsha-oʻsha.. lekin baraka bor, quvonch bor, birdamlik bor... Alhamdulillah))

🌿 Misr metrolaridan birida bir yigit iftorlik vaqti paketga uchta hurmo solib bir qog‘oz parchasi bilan ro‘zadorlarga tarqatibdi. Qog‘ozda shunday deyilgan:
"Haqqimga duo qiling, unga uylanayin"
Tinib tinchimagan bo‘ydoqlar)😅
Ozgina tabassum 🙃
@falsafasi_hayot 🍃
"Haqqimga duo qiling, unga uylanayin"
Tinib tinchimagan bo‘ydoqlar)😅
Ozgina tabassum 🙃
@falsafasi_hayot 🍃
Mohi Ramazon oqshomlarini judayam yahshi koʻraman... Osmondagi oydan tortib jamiyki yulduzlar shu qadar boshqacha nur sochadiki... Goʻyoki ular hamma charogʻonliklarini yil boʻyi shu muqaddas Ramazon oyiga asragandek... Osmon ham shu qadar musaffo... Ayniqsa saharlikka yaqin biram mayin shaboda esadi, unda Ramazonni hidi bor... Kasbim dasturchi boʻlgani sabab koʻpincha tunda hotirjam ishlashni maʼqul koʻraman... Ramazon kelishi bilan dimogʻimga urilgan hiddan yuragim biram hapqirib ketadi. Lekin boshqa oylarda bu iforni, bu shabodani, bu musaffolikni va bu qadar qalb hotirjamligini his etib boʻlmaydi... Izlab - izlab topib boʻlmaydi... Yetkizganiga shukur....
🍀 Mohinur
@falsafasi_hayot 🕊
🍀 Mohinur
@falsafasi_hayot 🕊
Muqaddas oy 🌙
Doʻsti Azizning kutilmaganda mehmonga kelishi Gʻayratning yuragini oʻynatib yubordi. Qanday uyat. Ayni uzilish payti kelib qolganini...
Bir necha kunki, Gʻayratning uyida qotgan-qutgan nondan boʻlak hech vaqo yoʻq. Haliyam bolalar qishloqda, ota-onasining yonida, yoʻqsa shu qotgan non ham boʻlmas edi. Qadrdon doʻsti Aziz uch yil deganda uyiga bir kelsayu, uni oldiga qoʻyishga hech vaqo topa olmasa.
Gʻayrat Aziz bilan hol axvol soʻrashgach, “hozir” deya xotini yoniga, oshxonaga kirdi. Yaxshiyamki Farangiz ogʻir, bosiq, sabri keng ayol. Er-xotin bir-biriga uzoq tikilib qolishdi. Oradan bir choy qaynagulik vaqt oʻtdi. Bu orada Gʻayrat Azizning yoniga ikki marta kirib chiqdi. Xuddi katta narsaga taraddud koʻrayotgan odamdek, “hozir, sen oʻtirib tur” deya chiqib, Farangizni yoniga keladi. Farangizning ham boshi egik. U choy damlab, choynakni Gʻayratga uzatdi. Gʻayrat bir qoʻlida choynak, bir qoʻlida piyola bilan, qizargancha Azizning yoniga kirdi. Shunda Aziz Gʻayratning qoʻlidagi choynakka qarab jilmaygancha dedi:
-Men roʻza edim doʻstim, sen oʻzing bemalol... Seni bir koʻrib ketay degandim.
Gʻayratning yuzida bolalarcha quvonch paydo boʻldi.
-Iya shunaqami? Men ham roʻza edim. Kelining ham roʻza. Ramazon muqaddas oyda. Muqaddas oy! - dedi entikib...
©Umid Abduhakimov
@falsafasi_hayot 🕊️

🌿 Yo'qliging ro'zadek mashaqqatli bo'lsa-da, bilamanki, kelishing iftordek lazzatli bo'ladi..!
Seni kutish tarovih kabi uzun bo’Isa-da, bilamanki, kelishing hayit kabi fayzli bo’ladi Jannat qalbligim….
ان شاءالله
@falsafasi_hayot 🍃
Seni kutish tarovih kabi uzun bo’Isa-da, bilamanki, kelishing hayit kabi fayzli bo’ladi Jannat qalbligim….
ان شاءالله
@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Goʻzallik va jozibadorlik uchun duo
1. Tashqi va ichki goʻzallik uchun:
اللَّهُمَّ كَمَا أَحْسَنْتَ خَلْقِي فَأَحْسِنْ خُلُقِي
"Allohumma kama ahsanta khalqi fa ahsin khuluqi."
Ma’nosi: "Allohim, qanday qilib menga chiroyli qiyofa bergan boʻlsang, xulqimni ham goʻzal qil."
(Imom Ahmad va Ibn Hibbon rivoyati)
🥰 2. Yuz nurli boʻlishi uchun:
اللَّهُمَّ اجْعَلْ فِي وَجْهِي نُورًا
"Allohumma aj‘al fi wajhi nuran."
Ma’nosi: "Allohim, yuzimga nur ato et."
(Buxoriy va Muslim rivoyati)
💚 3. Odamlar orasida jozibali va sevimli boʻlish uchun:
يَا جَمِيلُ يَا وَدُودُ
"Ya Jamilu, Ya Wadud."
Ma’nosi: "Ey goʻzal Zot (Alloh), ey mehribon Zot."
– Ushbu ism-zikrni har kuni 100 marta aytish tavsiya etiladi.
☝️Goʻzallikni saqlash uchun tavsiyalar:
Har kuni tahoratda boʻlish (tahorat nur bagʻishlaydi).
Tong va shomda "Ayatul Kursiy" va "Falaq", "Nos" suralarini oʻqish.
Koʻzguga qaraganda: "Alhamdulillahillazi ahsana khalqi" (Meni goʻzal yaratgan Allohga hamd boʻlsin) deb aytish.
Ijobiy fikrlash va qalb pokligini saqlash, chunki haqiqiy goʻzallik ichkaridan boshlanadi.
Bu duolar va zikrlar Allohdan goʻzallik, nur va jozibadorlik soʻrash uchun eng maqbul vositalardandir. Qalbingiz pok va niyatingiz ezgu boʻlsa, Alloh sizni yanada goʻzal qiladi, Inshaalloh))
✨ Manfaatli boʻlgan boʻlsa, reaksiyalaringizni qoldirib keting...

🌿💚...
- Uy ishlari bilan qiynalib qolmayapsizmi, onajon? Keldi-ketdi, mehmonlar bilan bo'lib sizdan xabar ham ololmay qoldim...
- Xavotir olma, bolam. Sen uchun ham kuyovim kelib, bizdan xabar olib ketdi. Baraka topsin! Odamga mahtal bo'lib o'tirgan edik, hech kutilmaganda eshik ochilib, kirib kelsa, biram xursand bo'ldik, biram xursand bo'ldik! Issiqqina yeysizlar, deb, manti olibdi, halim olibdi. Biram ajoyib, biram ma'nili, xushfe'l yigit-da! Rosa duo qildik, ota-onasiga ming rahmat... Uning hech nimadan xabari yo'q edi...
Turmush o'rtog'i uning ota-onasini ziyorat qilib, holidan xabar olganini , eshitib, unga nisbatan mehri yanada tovlanib ketdi. Tanasidagi charchoq, qalbidagi og'riq tumandek tarqab, ko'ngli kundek yorishdi va bel bog'lab uy ishlariga kirishdi...
- Shodiyona Omon

🌿 Saharlik uchun chirog‘i yongan xonadonlarni Alloh rahmati va mag‘firati ila burkasin! Omin...
Tutgan roʻzalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin, kechgacha sabr bersin Qadrligim ))
@falsafasi_hayot 🍃
Tutgan roʻzalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin, kechgacha sabr bersin Qadrligim ))
@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ramazonda ayollarning ajru savobi naqadar bisyor; ular ro‘zaning savobini, uy yumushlarining savobini hamda ro‘zadorga iftor qilib berish savobini oladilar.
Allohim, ayollarimizni barcha gunohlardan pokla, jannating bilan siyla!
@falsafasi_hayot 🍃
Allohim, ayollarimizni barcha gunohlardan pokla, jannating bilan siyla!
@falsafasi_hayot 🍃
Allohdan qarzdormisiz?!
Xoʻja Nasriddin bozorda oʻrik sotayotgan edi. Shunda, oldiga mahallasida yashaydigan chala tanish bir ayol kelib:
--Oʻrigingiz shirinmi, deb soʻradi.
Xoʻja Nasriddin:
--Tatib koʻring, dedi.
Ayol:
--Men roʻzaman.
Xoʻja nasriddin:
Unday boʻlsa, olib borib yeng. Pulini keyin berasiz.
Oʻrikni tortib berar ekan, oʻylab qoldi: Xozir ramazon oyi boʻlmasa, demak....
--Qanaqa roʻza tutyapsiz?
Ayol:
--Uch yil avval ramazonda qarzim qolgan edi, shuni qazosini tutyapman.
Shunda Afandi oʻrikni qaytarib joyiga qoʻydi.
--Hozirgina bermoqchi edingiz. Nima boʻldi?
Afandi:
--Allohga boʻlgan qarzingizni uch yilda berayotgan ekansiz, menikini kim biladi qachon berasiz. Boring, sizga qarzga bermayman, debdi.
🌿 Roʻza turmoqlik biz uchun farz.... biz uchun qarz...!
Tutgan ro'zalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin ilohim 🍀 o'zi go'zal sabr bersin...!

🍀 Iftorlik...
E, bu Ramazonning hikmati koʻpda!
Buni bir kun roʻza tutsang bilasan.
Qobil amaki Ramazonning birinchi kuni roʻza tutdi. Iftorni birinchisi Asadulla doʻkonchinikida boʻlarkan.
Buni eshitganida soat tushdan keyin edi.
Ogʻzidan suvi oqib ketdi maishatni oʻylab.
Kech boʻlganda hammadan oldin yoʻlga chiqdi. Kelsa dasturxon toʻshalgan, ammo hech narsa yoʻq, faqat xurmo qoʻyilgan ekan.
Oʻchoq boshida ham tinchlik. Demak, faqat xurmo bilan iftor qilarkan.
—Uka, negadir boshimga ogʻriq tushdi, oftobda biroz yer chopgandim, shundan shekilli, roʻzaman deb dori icha olmagandim, borib dorimni ichib biroz dam olsam.
“Qoling”, deb undashiga ham qaramasdan ketishga chogʻlandi Qobil amaki.
Darvoza hatlab, endi oʻn-yigirma qadamlar bosgandi yuk mashinasi kelib toʻxtadi.
—Asadulla aka, ming bor uzr kechikib qoldik, mashinamiz buzilib qolgandi.
Mashinaning yukxonasidan xilma xil noz neʼmatlar tashiy boshlandi.
Ortga qaytmoqqa yoʻl qolmagan edi!
Nuriddin Ziyo

Ramazon oyida, roʻzadorlar uchun turli-hil shirin taomlar tayyorlab beradigan opa-singillarimizni roʻzadorlar uchun tayyorlab qoʻyilgan Jannatning Rayyon nomli eshiklari intizor kutsin..! Amiyn 🤲🏻
@falsafasi_hayot 🕊️
@falsafasi_hayot 🕊️
🌿 ALLOHGA QARZ BERGAN ODAM...
Iroqlik do‘kondor Ramazon arafasida qarz daftarini yoqib yubordi. U miskin, muhtoj odamlarni qarzlarini o‘ylab qiynalishlarini istamadi.
Daftar yonib kul bo‘ldi, undagi qarz odamlardan soqit bo‘lib Allohning zimmasiga o‘tdi. Do‘kondor qarzini albatta oladi. Qiyomat kuni Alloh unga juda katta foizlari bilan qaytaradi.

🌿 Falastinlik imom hikoya qiladi:
" Bu kishi daun sindromiga chalingan. Ramazonning birinchi kunidan, xozirgacha tarovihda birinchi safda ibodat qiladi.
Gohida mendan oldin ru’kuga ketadi yoki sajdadan boshini ko‘tarolmay qoladi.. Ammo ru’ku paytida doim ovoz chiqarib "Yo Rab, men seni sevaman!' deydi.. Sajda paytida esa " Allohim Sen shu yerdasan", deya yig‘laydi..
Men uni Allohni ko‘rib turgandek ibodat qilayotganini sezdim..
U namoz qoidalariga to‘liq amal qilmay ibodat qilayotganini, ibodati qabul bo‘lish yo bo‘lmasligini bilmayman. Lekin, Allohni bizdan ko‘proq sevishini, namozni ham bizdan yaxshiroq o‘qishini aniq bilaman! "

🌿 Somalilik bir kishi olimlardan biriga telefon orqali bog‘lanib: "Agar saharlikda ham, iftorlikda ham yeyish uchun hech vaqo topa olmasak, ana shu kungi tutgan ro‘zamiz qabul bo‘ladimi? Chunki bizlarda, saharlik qilishga ham, iftorlik qilishga ham yegulik narsa topishning imkoni yo‘q?" deb fatvo so‘raganida, u olim o‘zini tutib tura olmasdan yig‘lab yubordi... 😢
🌿 Shunday tinch zaminda, toʻkin dasturxon ustida oʻtirganimiz uchun Allohga beadad shukrlar boʻlsin...
Xayrli iftorlar tilayman qadrligim))
@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Shunday tinch zaminda, toʻkin dasturxon ustida oʻtirganimiz uchun Allohga beadad shukrlar boʻlsin...
Xayrli iftorlar tilayman qadrligim))
@falsafasi_hayot 🍃
☘ Ramazondagi duoning ijobati
Oʻtgan yili Ramazon oyida jazirama yoz kunlari har kuni qishloqdan shaharga — ishga qatnashda issiq va holsizlikdan tinkasi qurirdi. Kechqurun iftorlikka yaqin oyoqlarini sudrab uyga kirib borar, bir qultum suv bilan ogʻiz ochar-ochmas koʻzi ilinardi. Yana ikki mahalla naridagi masjidga taroveh namoziga jamoatga qoʻshilish uchun yoʻl olardi. Baʼzan ibodatni toʻliq ado etolmay horgʻin uyga qaytayotib yurakdan Allohga yolvorardi:
– Chumolining ovozini ham eshitgan, har bir yaralmishining qalbidan boxabar Robbim! Kelasi Ramazongacha menga shunday imkoniyatlar berginki, ibodatlarda sening huzuringga tetik, quvvat va ragʻbat bilan turay...!
U shaxsiy avtomashinasida mahalladoshlari bilan jome masjidiga taroveh namozini ado etish uchun borayotib jilmayib qoʻydi.
– Tabassum boisini biz ham bilsak boʻladimi, Bek? - old oʻrindiqda oʻtirgan hamqishloq doʻsti oʻziga savolchan tikilib turardi.
– Tabassumning boisi shukronalik, ogʻayni, - dedi mamnuniyat bilan.
- Oʻtgan yillari Ramazon oyida “Qaniydi, peshin namozidan keyin bir soatgina uxlab dam olishim uchun shaharda uyim, namozlarga oʻz vaqtida yetib borish uchun avtomashinam boʻlsa edi,” deya oʻksinardim. Alloh ojiz bandasining iltijosini ijobat etti, mashinalik boʻldim. Mana ulovim hozir hammamizga hizmat qilayapti. Roʻzadorning duosi qaytarilmasligini buyurib, ummatlarini iymonu ixlosga daʼvat qilgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga molimiz, jonimiz, butun boru yoʻgʻimiz qurbon boʻlsin!..
Doʻsti yelkasiga qoqib qoʻydi. Ular qalbida shu munavvar kunlarga shukronalik tuygʻusi ila Buyuk Yaratguvchining ibodati sari yelib borishardi.
© Umida Adizova

Saharlikda ko‘o‘pgina suv ichib, g‘amlab olsam, shunda iftorgacha chanqamayman, deb o‘ylamang, chunki u sizga emas, tuyaga xos xislatdir))
@falsafasi_hayot 🍃
Saharlikda ko‘o‘pgina suv ichib, g‘amlab olsam, shunda iftorgacha chanqamayman, deb o‘ylamang, chunki u sizga emas, tuyaga xos xislatdir))
@falsafasi_hayot 🍃
- Qanday sabr qilamiz?
- Xuddi roʻza tutgandek. Unda, shom azoni aniq aytiladi deb bilamiz-ku...!
@falsafasi_hayot 🕊️
- Xuddi roʻza tutgandek. Unda, shom azoni aniq aytiladi deb bilamiz-ku...!
@falsafasi_hayot 🕊️
Ketgan narsa qaytib kelmaydi. Ammo faqat duogina umid bilan ketib, tuhfa bilan qaytib keladi. “Robbim!” desang bas…!
@falsafasi_hayot 🕊️
@falsafasi_hayot 🕊️