Hayot falsafasi 🍃
57.3K subscribers
6.24K photos
251 videos
2 files
211 links
Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!

📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!

Реклама: @manfaatli_reklama

🌿 Моҳинур ))
Download Telegram
🌱 Qiz farzand nozik shoxcha, ota esa uning tomiridir. Shoxchaga qo‘pollik qilib, uni sindira ko‘rmang, aks holda tomiriga qattiq putur yetadi...

Qiz farzand ota bilan butun bo‘ladi, u otasiz yarimta bo‘lib qolaveradi, garchi hamma narsasi bus-butun bo‘lsa ham....

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Allohning goʻzal 99 ismi 🌸

1. ᴬˡˡᵃʰ - الله
2. ᴬʳ-ᴿᵒʰᵐᵃⁿ - الرحمن
3. ᴬʳ-ᴿᵒʰⁱᵐ - الرحيم
4. ᴬˡ-ᴹᵃˡⁱᵏ - الملك
5. ᴬˡ-Qᵘᵈᵈᵘˢ - القدوس
6. ᴬˢ-ˢᵃˡᵃᵐ - السلام
7. ᴬˡ-ᴹᵘᵐⁱⁿ - المؤمن
8. ᴬˡ-ᴹᵘʰᵃʸᵐⁱⁿ - المهيمن
9. ᴬˡ-ᴬᶻⁱᶻ - العزيز
10. ᴬˡ-ᴶᵃᵇᵇᵃʳ - الجبار
11. ᴬˡ-ᴹᵘᵗᵃᵏᵃᵇᵇⁱʳ - المتكبر
12. ᴬˡ-ᴴᵒˡⁱq - الخالق
13. ᴬˡ-ᴮāʳⁱ - البارئ
14. ᴬˡ-ᴹᵘˢᵒᵛᵛⁱʳ - المصور
15. ᴬˡ-ᴳ'ᵒᶠᶠāʳ - آل الغفار
16. ᴬˡ-Qᵒʰʰᵃʳ - القهار
17. ᴬˡ-ⱽᵃʰʰᵃᵇ - الوهاب
18. ᴬʳ-ᴿᵒᶻᶻᵃq - الرزاق
19. ᴬˡ-ᶠᵃᵗᵗᵃʰ - الفتاح
20. ᴬˡ-'ᴬˡⁱᵐ - العليم
21. ᴬˡ-Qᵒᵇⁱᶻ - القابض
22. ᴬˡ-ᴮᵃˢⁱᵗ - الباسط
23. ᴬˡ-ᴴᵒᶠⁱᶻ - الخافض
24. ᴬʳ-ᴿᵃᶠⁱ - الرافع
25. ᴬˡ-ᴹᵘ'ⁱᶻᶻ - المعز
26. ᴬˡ-ᴹᵘᶻⁱˡˡ - المذل
27. ᴬˢ-ˢᵃᵐⁱ - السميع
28. ᴬˡ-ᴮᵃˢⁱʳ - البصير
29. ᴬˡ-ᴴᵃᵏᵃᵐ - الحكم
30. ᴬˡ-ᴬᵈˡ - العدل
31. ᴬˡ-ᴸᵃᵗⁱᶠ - اللطيف
32. ᴬˡ-ᴴᵒᵇⁱʳ - الخبير
33. ᴬˡ-ᴴᵃˡⁱᵐ - الحليم
34. ᴬˡ-'ᴬᶻⁱᵐ - العظيم
35. ᴬˡ-ᴳ'ᵒᶠᵘʳ - الغفور
36. ᴬˢʰ-ˢʰᵃᵏᵘʳ - الشكور
37. ᴬˡ-'ᴬˡⁱʸʸ - العلي
38. ᴬˡ-ᴷᵃᵇⁱʳ - الكبير
39. ᴬˡ-ᴴᵃᶠⁱᶻ - الحفيظ
40. ᴬˡ-ᴹᵘqⁱᵗ - المقيت
41. ᴬˡ-ᴴᵃˢⁱᵇ - الحسيب
42. ᴬˡ-ᴶᵃˡⁱˡ - الجليل
43. ᴬˡ-ᴷᵃʳⁱᵐ - الكريم
44. ᴬʳ-ᴿᵒqⁱᵇ - الرقيب
45. ᴬˡ-ᴹᵘʲⁱᵇ - المجيب
46. ᴬˡ-ⱽᵃˢⁱ - الواسع
47. ᴬˡ-ᴴᵃᵏⁱᵐ - الحكيم
48. ᴬˡ-ⱽᵃᵈᵘᵈ - الودود
49. ᴬˡ-ᴹᵃʲⁱᵈ - المجيد
50. ᴬˡ-ᴮᵃ'ⁱˢ - الباعث
51. ᴬˢʰ-ˢʰᵃʰⁱᵈ - الشهيد
52. ᴬˡ-ᴴᵃqq - الحق
53. ᴬˡ-ⱽᵃᵏⁱˡ - الوكيل
54. ᴬˡ-Qᵒᵛᵛⁱʸʸ - القوى
55. ᴬˡ-ᴹᵃᵗⁱⁿ - المتين
56. ᴬˡ-ⱽᵃˡⁱʸʸ - الولى
57. ᴬˡ-ᴴᵃᵐⁱᵈ - الحميد
58. ᴬˡ-ᴹᵘʰˢⁱ - المحصى
59. ᴬˡ-ᴹᵘᵇᵈⁱ' - المبدئ
60. ᴬˡ-ᴹᵘ'ⁱᵈ - المعيد
61. ᴬˡ-ᴹᵘʰʸⁱ - المحيى
62. ᴬˡ-ᴹᵘᵐⁱᵗ - المميت
63. ᴬˡ-ᴴᵃʸʸ - الحي
64. ᴬˡ-Qᵒʸʸᵘᵐ - القيوم
65. ᴬˡ-ⱽᵃʲⁱᵈ - الواجد
66. ᴬˡ-ᴹᵃʲⁱᵈ - الماجد
67. ᴬˡ-ⱽᵃʰⁱᵈ - الواحد
68. ᴬˢ-ˢᵒᵐᵃᵈ - الصمد
69. ᴬˡ-Qᵒᵈⁱʳ - القادر
70. ᴬˡ-ᴹᵘqᵗᵃᵈⁱʳ - المقتدر
71. ᴬˡ-ᴹᵘqᵒᵈᵈⁱᵐ - المقدم
72. ᴬˡ-ᴹᵘ'ᵃʰʰⁱʳ - المؤخر
73. ᴬˡ-'ᴬᵛᵛᵃˡ - الأول
74. ᴬˡ-ᴬʰⁱʳ - الأخر
75. ᴬᶻ-ᶻᵒʰⁱʳ - الظاهر
76. ᴬˡ-ᴮᵃᵗⁱⁿ - الباطن
77. ᴬˡ-ⱽᵃˡⁱ - الوالي
78. ᴬˡ-ᴹᵘᵗᵃ'ᵃˡⁱ - المتعالي
79. ᴬˡ-ᴮᵃʳʳ - البر
80. ᴬˡ-ᵀᵃᵛᵛᵃᵇ - التواب
81. ᴬˡ-ᴹᵘⁿᵗᵃqⁱᵐ - المنتقم
82. ᴬˡ-ᴬᶠᵘᵛᵛ - العفو
83. ᴬˡ-ᴿᵒ'ᵘᶠ - الرؤوف
84. ᴹᵃˡⁱᵏ-ᵘˡ-ᴹᵘˡᵏ - مالك الملك
85. ᶻūˡ-ᴶᵃˡᵃˡⁱ-ᵛᵃˡ'ⁱᵏʳᵒᵐ - ذو الجلال والإكرام
86. ᴬˡ-ᴹᵘqˢⁱᵗ - المقسط
87. ᴬˡ-ᴶᵃᵐⁱ - الجامع
88. ᴬˡ-ᴳ'ᵒⁿⁱ - الغني
89. ᴬˡ-ᴹᵘᵍ'ⁿⁱ - المغني
90. ᴬˡ-ᴹᵃⁿⁱ' - المانع
91. ᴬᶻ-ᶻᵒʳʳ - الضار
92. ᴬⁿ-ᴺᵃᶠⁱ - النافع
93. ᴬⁿ-ᴺᵘʳ - النور
94. ᴬˡ-ᴴᵃᵈⁱ - الهادي
95. ᴬˡ-ᴮᵃᵈⁱ - البديع
96. ᴬˡ-ᴮᵃqⁱ - الباقي
97. ᴬˡ-ⱽᵃʳⁱˢ - الوارث
98. ᴬʳ-ᴿᵒˢʰⁱᵈ - الرشيد
99. ᴬˢ-ˢᵒᵇᵘʳ - الصبو

@falsafasi_hayot 🍃
👶 7 yoshli bolaga savol berishdi:

- Sening bitta-yu bitta orzuying nima?

- Tezroq katta bo‘lish...??

🎓 18 yoshli o‘smirga ham shu savolni berishdi:

- Oliy Ta’lim Yurtlari (OTM)ga o‘qishga kirish...??

❤️ 29 yoshli yigitga ham shu savol berildi:

- Idealimdagi qizni topib, u bilan birga yashash...??

😊 40 yoshli erkakka ham shu savolni berishdi:

- Bolalarimni va umr yo‘ldoshimni bekami-ko‘st yashashlarini...??

👰 51 yoshli kishidan ham so‘rashdi:

- Farzandlarimni eson-omon turmushga berish...??

💑 62 yoshli insondan ham so‘rashdi:

- Nevaralarimni to‘ylarini ko‘rish...??

😢 73 yoshli kishidan so‘rashgan-da:

- Qaniydi kichkinalimga qaytsam-da, ota-onamni yana ko‘rsam...??

Sizda hali vaqt borligida, bor narsalaringizni qadrlang...??

Chunki orzular ko‘pincha armon bo‘lib qolishi mumkin...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 —Mana shu duoni yodla.
—Xo‘p, xo‘p...

***
—Tunov kuni aytgan duomni yodladingmi?.
—Adasi, esimdan chiqibdi, yodlayman, inshaalloh...

***
— O‘sha kuni aytgan duoni yodladingmi, aytib ber.
— Yo‘q, hali...
— Duoni yodlashing shart keyin, har kuni qirq marta aytishing kerak. Uning boshi tavhid, o‘rtasi tasbeh, oxiri istig‘fordir. Shuncha she’r yodlagan odamga bitta duoni yodlash shu qadar qiyinmi?
Yodlamasam qutulmasligimni bilaman. Ishdan kelsam, uyda hech kim yo‘q ekan. Ovozimni chiqarib yuz marta qaytargandim va nihoyat yod oldim. Endi xursand bo‘lib o‘tiribman. Alhamdulillah

Yodlaganimni aytib "suyunchi" olsam, yana rag‘batlantirib qo‘ydilar.

📿—“La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn”

ni ko‘p aytishing kerak. Bu zikr g‘amlarga qahr ko‘rsatib, shodlikni jalb qiladi. Bu Yunus alayhissalomning duolari bo‘lib, shu duolari sababli nahang qornidan qutilganlar.

Bizga shodlik sog‘inganlardan Alloh rozi bo‘lsin.

Sizning ham shunday ustozingiz bormi?

Feruza Salxodjayeva


@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Antiqa sahovat

- Kechirasiz, uka, mana shu yerdan o‘tib ketayotgandim, ko‘chada yurgan ekan, sizniki emasmi? - so‘z boshladi toza, ozoda kastyum shim kiyib, qo‘lida sigir arqonini tutib olgan kishi.
- Yo‘q, bizni sigirimiz yo‘q. -javob berdi kambag‘algina, boriga shukur etib kelayotgan inson.
- Men juda majlisga shoshib turgandim, shu sigir siznikida turatursin, egasi qidirib kelsa berib yuborasiz. Ko‘chada biror yoqqa ketib qolib egasi qidirib yurmasin.
- Xo‘p, aka mayli. Egasi kelib qolsa sizni aytaman, yaxshi inson ekansiz.
- Mayli, meni aytaqoling. Hechkim so‘rab kelmasa, o‘zim olib ketaman, maylimi? -kuldi haligi kishi.
- Xo‘p, aka.
Otasining o‘rtog‘i unga amaki bo‘ladigan bo‘lsa, jondek jigariga Ramazon oldi bitta sigir hadya etsa etibdi-da. Sahovat qilishning shunday yo‘llarini topsa ham bo‘larkan-ku. Ertasi tongda darvozasi oldida qog‘ozcha topdi, shukur bilan yashab kelayotgan inson. "Kecha sizga arqonini tutqazgan sigirim o‘zingizniki ekan. U sizga Yaratganning bir tuhfasi emishki, egasi qidirib keladi deb kutmang. Ramazon muborak bo‘lsin, do‘stim!"

— Nuriddin Ziyo


@falsafasi_hayot 🍃
🍂 Assalomu alaykum varahmatullohi va barakatuh!

Omonmisiz qadrligim?

Boshlanayotgan kunga bismilloh!

Shukrimiz tilda alhamdulillah!

Uygʻotganiga, oyoqqa qalqitganiga shukr!

Koʻzimiz koʻrib, yuragimiz urib, rizqimizni berib turganiga shukr!

Yaxshi kun boʻlsin! Dilimiz yashnasin, Alloh yaxshilarini yaxshilar ichiga tashlasin!

Xayrli tong tilayman!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 O‘zgarding deyishdi...
Yo‘q o‘zgarmadim, shunchaki qadrimni bilmaydiganlardan uzoqlashdim...

Sokinsan deyishdi...

Yo‘q , men haliyam olovi ichida bo‘lgan olmosman. Shunchaki befoyda munosabatlardan chekindim....

Kibr yaxshimas deyishdi...

Alloh holimni isloh qilsin. Muslimalar islomda baland bo‘lishini bilgach yuqoriladim.

Siz…tinmay ayb axtaravering...

Endi menga farqi yo‘q. Men yo‘limdagi nurni topdim. Ba’zan ish va boylik vasvasasi kelib qolganda kitobimni ochib, o‘zimni unga majburlayman...

Shunda bilasizmi men uchun yopilgan bir eshik ortida ikkita ochilgan yangi xayr eshigini ko‘raman. Bu lazzatni qaniydi Sizga tushuntirib berolsam...

- Madina Mo'minova

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ayol ko'chada yiqilib tushdi, uni ko'rgan bir guruh yigitlar kulib yuborishdi....
Ayol oʻrnidan turdida, ustini qoqib, kulgan yigitlarga qarata :
"Yaxshiyam erkaklar yo'q ekan" dedida ketti...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Turkiyalik bu otaxon bozorlar, ommaviy joylarni aylanib yurib Qur’on o‘qishni ta’lim berar ekan.

Sumkadagi yozuv: "Har hafta men sizlarga Qur’on o‘rgataman. Darslar ish joyingizda, ishingizga xalaqit bermagan holda o‘n daqiqada o‘tiladi. Bu uchun haq talab qilmayman, balki Alloh azza va jalla rizosi uchundir".

Mashaolloh! Jannatga oshiq qalblar mana shunday bo‘ladi.

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Vafotingizdan keyin insonlar sizni qanchalik tez unutishlarini bilsangiz edi... Umringizni Allohdan boshqani rozi qilish bilan oʻtkizmas edingiz...

@falsafasi_hayot 🍃
🍂 Alloh taolo hordiq uchun yaratib qoʻygan tunga yetdik...

Ilohim har bandani xotirjamlikda, shukrga toʻla qalb bilan tongga yetkazsin!

Yaqinlaringiz qalbingizni anglagan boʻlsin...

Siz suyganlar va sizni suyadiganlar - suyaydigan boʻlsin! Tirgaydigan boʻlsin!

Umringizning necha kuni bor, necha tuni bor - yaxshi insonlar yonida kechsin!

Osuda tun tilaymiz, Alloh taoloning panohida boʻling!

— UmmuZaynabUmmu

@falsafasi_hayot 🍃
Kimdir omadga havola etdi, yana kimdir vaqtga tashlab qo'ydi... Men Senga havola etdim, yo Rab!....

@falsafasi_hayot 🍃
Xafa bo'lmang... Odamlar sizni yuzingizga yopgan eshikni tirqishidan sizni ko'rish uchun qaraydigan kunlar oldinda...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Mehr

U ovqat suzayotganida qattiq charchaganini his qildi. «Qornim ochdi, shekilli»,-deb o‘yladi.
Taomni suzib keldi. Qaynotasi «Tuzi past bo‘libdi», desa, qaynonasi «Yaxshi qaynamabdi», -dedi. Dili og‘ridi. Bir ko‘ngli «Dasturxonga qo‘yilgan ovqatni maqtab yeyish sunnat», deb aytay dedi-yu, tiliga chiqarmadi
-Uzr, oyijon, uzr adajon,-dedi.

Indamay, bolalarini ovqatlantirdi. Idish-tovoqlarni yuvdi. O‘g‘illari yoyib tashlagan o‘yinchoqlarini yig‘ishtirdi. Qoni kamayganmi, holsizlandi. Ertaga 6 soat darsi bor. Bir talay daftar tekshirishi kerak hali. Bolalarini ertak aytib uxlatdi.

Daftarlarni tekshirayotib, ko‘zi yumilib-yumilib keta boshladi...
Kimdir yelkasiga yengil ko‘rpa tashlaganini his qildi. Ko‘zini ochdi. Eri kelibdi.
-Assalomu alaykum, qachon keldingiz? Ovqat tayyorlaymi- so‘radi u
-Charchabsan-a? O‘zim suzib yeyman. Sen biroz dam ol.
-Yo‘g‘-ye, o‘zim, - oshxonaga yurdi u.

-Qo‘ling shirin, ovaqtlaring biram mazaliki. Hech qaysi restoranda bu mazani topolmayman.

Ayolning ko‘ngli yorishdi. Ishtaha bilan ovqatlanayotgan turmush o‘rtog‘iga tikilib, charchoqlari ham tarqab ketganini his qildi.

Kun bo‘yi tinmagan, horigan vujudiga bir chimdim mehr orqali bir dunyo quvvat kirib kelgandi...

Feruza Salxodjayeva

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Ro‘zg‘orlik bergani bir xonadonga kirdik, kichik qizaloq bizga sezdirmay onasini yengidan tortqilab nimanidir bizga aytishiga undar edi. Onasi esa o‘zini bilmaganday tutib bizlarga tashakkur aytardi.

Qizchani oyog‘idagi shippagiga ko‘zim tushganini bilib uyalganidan onasini ortiga yashirindi:

-  ertaga bolalaringiz maktabdan kelishganidan so‘ng "Chorsu" bozori yonidagi sariq binoni oldiga olib boring, imkon darajasida bahorga kiyimlar olib beramiz.

Ona xijolatdan yerga qaraganicha:

- raxmatsizlarga, shunchalik ro‘zg‘orimizga qarayapsizlar, svetimizga ham pul o‘tkazib berdinglar deb ko‘zlaridagi yoshini arta boshladi.

Bugun ko‘rishdik, qizchani krassovkasi ham abgor axvolda ekan:

- qizim, oyog‘inga qanaqa tufli olib beray?

-  teshigi yo‘q butun bo‘lsa bo‘ldi,dedi..

E voh,! Biz kiyimni brendini qidirib topib kiyayotgan pallada kimlardir kiyim butun bo‘lsa xursand bo‘lishini o‘ylab ko‘zlarim yoshlandi.

Kemtik qalblarni "yamab" butun qilishga hissa qo‘shganlardan Alloh rozi bo‘lsin!

@falsafasi_hayot 🍃
Er har kuni ishdan kelib xotiniga:
- Choy damla, bor, - derkan.
Bir kun xotinining jahli chiqib:
- Har kun shu ahvol. Bor choy damla, ovqating tayyormi, - deysiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o'xshab gaplashamiz, - debdi.
Bu gap erini o'yga solibdi. Ertasiga eri ishdan kelib xotiniga:
- Azizam, Sahobalar qissalarini o'qiganmisan?
- Yo'q.
- Abdulbasitning qiroatlarini eshitganmisan?
- Kim u?
- Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) payg'ambarimizning birorta hadislarini yodlaganmisan?
- Yo'q yodlamaganman.
- Shariat ahkomlarini shariy hukmlari haqidachi?
- Yo'q, eshitmaganman.
- Tur, unda choy damla!

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Bir qiz shunday dedi: «Tor, kalta kiyim kiyib, pardoz-andoz qilib yurgan paytlarimda hamma yigitlar meni qo‘lga kiritish orzusida edi, tinmay sevgi izhor qilishardi.

Uzun, oddiy kiyim kiyganimda esa biror yigit menga nazar solganini ko‘rmadim. Bildimki, arzon matoning xaridori ko‘p bo‘lar ekan. Qimmat matoga esa uni sotib olmoqchi bo‘lganlargina nazar solar ekan».

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Rahmatli buvim hamqishloqlarimizdan ko‘pchilikni yo‘qlab turardilar. Asosan, kamxarj oilalarni. Ko‘pincha u kishiga men hamrohlik qilardim. Borgan joyimizda agar kir yuvilgan bo‘lsa, buvim dorga yoyilgan kiyimlarga sinchiklab, lekin kishi bilmas razm solardilar. Bir necha kundan keyin o‘sha uyning bekasini chaqirib, unga yangi choyshablarmi, kiyim-kechakmi berardilar. Ko‘plari:
- Voy ayajon, shu zaril edi, qaydan bildingiz-a?! – deb sevinishardi.
Keyin bilsam, u oilaning zaruratini dorga yoyilganlardan bilib olarkanlar. Lekin buni sezdirmasdilar...

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Imom Xotib va imom Daylamiy hazrati Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlari bayon qilingan:

«Insonlar boshiga shunday zamon keladiki,
u davrning boylari sayohat uchun,
o‘rtahollari tijorat uchun,
qorilari riyo uchun,
faqirlari tilanchilik uchun haj qiladilar».

@falsafasi_hayot 🍃
🌿 Turkiyalik bu yigit 10 yilgacha farzand ko‘rmadi. Alloh O‘zi mexribon va xikmatlar egasi bo‘lgan Zot. Birdaniga to‘rtta o‘g‘il egizakni berdi. Ularni ismlari xam tayin, tug‘ilish ketma ketligiga qarab--Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali.

@falsafasi_hayot 🍃