ExchangesCorner | International Grants🏆
1.92K subscribers
324 photos
81 videos
13 files
367 links
@Students_review_Exchanges

✈️Student Exchange Programs, Summer School and Internships

🏆MUNs, TED talks, Conferences and own passion projects.

🔝Research
Download Telegram
🗣Eng ko'p so'raladigan savollar (FAQ) — ExchangesCorner

1. ❓Dastur kimlar uchun?
👉Dastur 1–4-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan. Ayniqsa, 1–2-bosqich talabalari imkoniyatlardan erta foydalanib, profilini shakllantirish uchun qo‘shilishi tavsiya etiladi.


2. ❓IELTS sertifikatimning muddati tugagan. Dasturga qo‘shila olamanmi?
👉Ha, albatta. IELTS muddati tugagan bo‘lishi katta muammo emas. Asosiysi, ingliz tilini yaxshi bilishingiz va darslarda faol qatnasha olishingiz.


3. ❓Men 1-bosqich talabasiman, lekin ma’lumotlarim HEMIS’da hali ko‘rinmayapti. Nima qilaman?
👉Bunday holatda maktab attestati yoki mandat hujjatingizni yuborishingiz mumkin.


4. ❓Dastur menga asosan nima beradi? Grant yutishimga kafolat bormi?
👉100% grant yutishingizga kafolat bermaymiz. Chunki natija sizning harakatingiz, ariza sifati va har bir dasturdagi raqobatga ham bog‘liq.
Ammo sizga kuchli mentorlik, individual yo‘nalish, amaliy yordam, ariza topshirish strategiyasi va kerakli resurslar taqdim etiladi.


5. ❓Men ijtimoiy faol emasman, portfolioim ham deyarli yo‘q. Grant yutishim mumkinmi?
👉Ha, imkoniyat bor. Kuchli portfolio bilan boshlash shart emas. Uni dastur davomida bosqichma-bosqich rivojlantirish mumkin.
Lekin bo‘sh joylarni kuchli essaylar, recommendation letterlar, yangi tajribalar va faoliyatlar bilan to‘ldirish ustida ishlashingiz kerak bo‘ladi.


6. ❓Darslar nechta va online bo‘ladimi?
👉Jami 20 ta LIVE sessiya mavjud:
15 ta asosiy dars — haftasiga 3 marta
5 ta mentorlik sessiyasi — haftasiga 1 marta grant yutgan mentorlar bilan
Barcha darslar online formatda bo‘ladi.


7. ❓Darslar yozib olinadimi?
👉Ha. Barcha darslar yozib olinadi va keyinchalik qayta ko‘rish imkoniyati mavjud.


8. ❓Dastur qancha davom etadi?
👉Dastur 5 hafta davom etadi — ya’ni bir oydan ko‘proq vaqt davomida profilingiz va arizalaringiz ustida ishlaysiz.


9. ❓Dastur davomida va undan keyin qaysi imkoniyatlarga topshiramiz?
👉Talabaning profiliga va o‘sha vaqtdagi imkoniyatlarga qarab:
Erasmus+ ICM, Aspire Leaders, Summer Schools, mahalliy dasturlar, internshiplar, NSP, DAAD, Erasmus Mundus va boshqa grant hamda almashinuv dasturlari bilan ishlaymiz.
Ba’zi imkoniyatlar asosiy 5 haftalik dastur tugaganidan keyin ham davom ettiriladi.


10. ❓Talabalar bilan individual ishlaysizmi? Cohort 3’da nechta talaba bo‘ladi?
👉Ha. Har bir talaba bilan individual ishlash — ExchangesCorner’ning muhim qismi. Maqsad shunchaki dars o‘tish emas, balki har bir talabaning o‘ziga xos profilini kuchaytirish.
Cohort 3’da atigi 20 nafar talaba bo‘lishi rejalashtirilgan. Bu esa har bir ishtirokchiga ko‘proq individual e’tibor va mentorlik berish imkonini yaratadi.


| @ExchangesCorner Program
❤5❤‍🔥3👍2
Forwarded from TSUE International
🇮🇹Dunyoning TOP-200 universitetida bir semestr davomida o'qishni xoxlaysizmi?

Sapienza Universiteti (Rim, Italiya) 2026/2027 o‘quv yili kuzgi semestr uchun akademik mobillik dasturiga TDIUning  5 nafar talabasini qabul qiladi!

📄Talablar:
•
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr 2,3,- kurs, magistratura 1- bosqichida o’qish;
• Xorijga chiqish pasporti
• IELTS (6.5+; muddati o'tmagan)
• Dekanat tavsiyanomasi (muhrli, ingliz tilida)
• Motivatsion xat (ingliz tilida)
• Akademik transcript (fanlardan qarzdorlik bo'lmasligi kerak)
• Europass CV

✅Afzalliklar:
-Bir semestr davomida to'liq o'qish puli (tuition fee)dan ozod qilinasiz;
-Dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasida o'qish;
-Xalqaro bilim va ko'nikmalar;
-Xalqaro do'stlar orttirish imkoniyati;
❗️❗️❗️Muhim eslatma: O'qish bilan bog'liq viza, sug'urta, aviabilet, turar joy va kunlik xarajatlar talaba tomonidan qoplanadi.

📃Hujjat topshirish:
• Yuqoridagi barcha hujjatlarni elektron (skaner) tarzda zip/rar faylga joylanadi.
• Fayl nomi: Ism_Familya
• Yuborish manzili: mukhtorovilhom4@gmail.com
• Oxirgi muddat: 8-oktabr, 2026 yil, soat 23:59 gacha.
*Barcha hujjatar elektron pochta orqali qabul qilinadi.

⚠️Hujjatlarni to'liq va o'z vaqtida topshirgan talabalar
2-bosqich -suhbat jarayoniga taklif qilinadi. Topshirgan hujjatlaringiz bo'yicha natijalar elektron pochtangizga yuborilishini inobatga olib, sizdan elektron pochtangizni (spam qismini ham) tekshirib turishingiz so'raladi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
mukhtorovilhom4@gmail.com

📱Bizga qo‘shiling: @tsue_international
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
⏰ Eslatma: ExchangesCorner 3-Cohort uchun ro‘yxatdan o‘tishga atigi 3 kun qoldi!

Agar siz bu yil Erasmus+ ICM, NSP, DAAD, Erasmus Mundus yoki boshqa xalqaro dasturlarga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ayni vaqtda boshlash muhim.

📅 Darslar 2-oktabr dan boshlanadi

👉Ro’yhatdan o’tish uchun:@Sarvara_Akhmadova
❤2🔥2
Ba’zi imkoniyatlar yiliga bir marta keladi.

Ammo ularga tayyor bo‘lish uchun bir yil kutish shart emas.
Erasmus+, NSP, DAAD, Erasmus Mundus — bular shunchaki dastur nomlari emas. Ular uchun to‘g‘ri tayyorgarlik, hujjatlar va strategiya kerak.

‼️ExchangesCorner 3-Cohort uchun ro‘yxatdan o‘tishga 1 kun qoldi.

Agar keyingi imkoniyatingizni o‘tkazib yubormoqchi bo‘lmasangiz — bugun boshlang.

👉 @Sarvara_Akhmadova
🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Recording is NOW available🤩

Webinar Day 2: O‘ZINGIZNI KO‘RSATING


Webinar davomida👇

📄 Kuchli CV — scholarship va exchange uchun CV qanday bo‘lishi kerak?

✍🏻 Essay & Personal Story — o‘zingizni to‘g‘ri va ta’sirli ko‘rsatish

🎯 Selection Committee nimaga qaraydi? — arizangizni baholashda nimalar muhim?

💬 Recommendation Letter & Interview — kuchli tavsiyanoma va interviewga tayyorgarlik


Darsga qatnasholmagan do‘stlaringizga recordingni jo‘natib qo‘ying.


| @ExchangesCorner Program
1🔥47❤‍🔥31🥰21🤩16🤗4⚡3❤3🕊2🤯1🙏1🐳1
⏳ Want to join us?

We’re starting today — and we have a small opportunity for those who are ready to jump in.

If you have IELTS 7.0+, we’ll open 3 additional seats for Cohort 3.

If you’ve been thinking “maybe next time” — this might be your sign.

📩 DM @Sarvara_Akhmadova to claim your seat.

| @ExchangesCorner Program
❤4👍3
Finallyyyy….

Bizni 1-darsimiz boshlanadi va nihoyat 1 yil deganda yana qaytim ExchangesCornerga😍🥹

Qabul qilinganlar barchangiz yana bir bor xush kelibsiz!🎉

Darsimizdan videolar olib boraymi?👀

| @ExchangesCorner Program
❤19❤‍🔥9⚡3
🌍 Erasmus+ Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) (2021-2027) 🎓

Erasmus+ Xalqaro Kredit Mobilligi (ICM) talabalar, ilmiy va ma’muriy xodimlarga chet elda o‘qish, o‘qitish yoki malaka oshirish imkoniyatini taklif qilishini bilarmidingiz?

🤔 Kimlar ishtirok eta oladi?
Dastur mamlakatlaridan (Yevropa Ittifoqi va unga aloqador davlatlar) hamda hamkor mamlakatlardan (aloqador bo‘lmagan uchinchi davlatlar) talabalar (bakalavr, magistr, doktorant) va xodimlar.

⚡️ U nimalarni taklif qiladi?
🔹 Qisqa muddatli mobillik (2-12 months)
🔹 Aralash mobillik (jismoniy + virtual)
🔹 Treninglar va xodimlarni o‘qitish
🔹 Sayohat va yashash uchun moliyaviy ko‘mak


❓ Qanday ariza topshirish mumkin?
Faqat Dastur mamlakatlari universitetlari hamkor mamlakatlar universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda Erasmus+ Milliy agentligi orqali moliyalashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin.

ICM imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun quyidagi videoni tomosha qiling! 👇
🟥 https://www.youtube.com/watch?v=vM457ZytRdM

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
🇺🇸 Kectil Program | Yoshlar uchun bepul yetakchilik dasturi

Davlat: AQSH
Format: Onlayn
Yosh: 17–26 yosh
Til: Ingliz tili

📌 Dastur haqida
Kectil Program — yuqori salohiyat va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun mo‘ljallangan bepul xalqaro onlayn dastur. Ishtirokchilar yetakchilik, moliya, tadbirkorlik, barqarorlik va ruhiy salomatlik kabi yo‘nalishlarda 12 ta modul orqali bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

👤 Dasturda innovatsion g‘oyalar yaratishga qiziqadigan va jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga intiladigan yoshlar qatnashishi mumkin.

🏆 Imtiyozlar
• Bepul onlayn ta’lim
• Yetakchilik va tadbirkorlik bo‘yicha amaliy bilimlar
• Dunyo bo‘ylab yoshlar bilan networking
• Rasmiy sertifikat

📅 Deadline: 15-noyabr, 2026
🔗 Batafsil: https://kectil.com/

| @ExchangesCorner Program
❤6
ExchangesCorner | International Grants🏆
🇺🇸 Kectil Program | Yoshlar uchun bepul yetakchilik dasturi Davlat: AQSH Format: Onlayn Yosh: 17–26 yosh Til: Ingliz tili 📌 Dastur haqida Kectil Program — yuqori salohiyat va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun mo‘ljallangan bepul xalqaro onlayn dastur.…
Shaxsan o'zim bu programmani alumna siman. AQSH ga sayohat yutib olishingiz mumkin + juda yam diverse studentlar va professionallarni uchratasiz.

Eng zo'ri har oy emailimga exclusive imkoniyatlar (konferensiyalar, meetinglar, grantlar) yuborib turishadi.

Xullas, qatnashinglar🔥
🔥6
🎓 YEVROPADA MAGISTRATURA UCHUN TOP 15 TA GRANT

🇩🇪 1. Germany - DAAD
💰 Stipendiya, sug‘urta va boshqa xarajatlarni qoplash dasturga qarab farq qiladi.
🔗 daad.de


🇫🇷 2. France - Eiffel Excellence
💰 Oylik stipendiya va qo‘shimcha imtiyozlar
🔗 campusfrance.org


🇭🇺 3. Hungary - Stipendium Hungaricum
💰 Kontrakt to‘lovi + oylik stipendiya + turar joy uchun yordam + tibbiy sug‘urta
🔗 stipendiumhungaricum.hu

🇸🇪 4. Sweden - SI Scholarship
💰 O‘qish to‘lovi, oylik stipendiya va ayrim qo‘shimcha xarajatlar
🔗 si.se


🇨🇭 5. Switzerland - Swiss Government Excellence Scholarships
💰 Dasturga qarab moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
🔗 sbfi.admin.ch


🇬🇧 6. United Kingdom - Chevening
💰 Kontrakt + oylik stipendiya + aviachipta va boshqa xarajatlar
🔗 chevening.org


🇮🇪 7. Ireland - Government of Ireland Scholarship
💰 O‘qish xarajatlari va stipendiya
🔗 hea.ie


🇧🇪 8. Belgium - ARES Scholarships
💰 Grant shartlari dasturga qarab belgilanadi
🔗 ares-ac.be


🇮🇹 9. Italy - MAECI Scholarship
💰 Oylik stipendiya va ayrim hollarda tuition fee bo‘yicha imtiyozlar
🔗 studyinitaly.esteri.it


🇳🇱 10. Netherlands - NL Scholarship
💰 Odatda qisman moliyaviy yordam
🔗 studyinnl.org


🇩🇰 11. Denmark - Danish Government Scholarships
💰 Universitet va dasturga qarab tuition waiver yoki stipendiya
🔗 studyindenmark.dk


🇷🇴 12. Romania - Romanian Government Scholarship
💰 Kontrakt, stipendiya va boshqa qo‘llab-quvvatlashlar
🔗 lnkd.in/eW4JXb-2


🇦🇹 13. Austria - OeAD Funding Programs
💰 Turli stipendiya va grant dasturlari mavjud
🔗 grants.at


🇵🇱 14. Poland - NAWA Programs
💰 Dasturga qarab stipendiya va boshqa moliyaviy yordam
🔗 nawa.gov.pl


🇪🇺 15. European Union - Erasmus Mundus Joint Masters
💰 To‘liq grantlar: tuition fee, stipendiya, safar va boshqa xarajatlar dasturga qarab qoplanadi
🔗 erasmus-plus.ec.europa.eu


📌Har bir grantning talablari, deadline'lari, qamrovi va moliyalashtirish shartlari har yili o‘zgarishi mumkin. Ariza topshirishdan oldin grantning rasmiy saytida joriy yil talablarini tekshiring.

bu postni Hayot akani kanalidan oldim.

@hayotalks
🔥5❤4
Forwarded from FLEX Global Uzbekistan
🇺🇸 Dreaming of spending an academic year in the United States?

Applications for the FLEX Global 2027-2028 Program are now open!

FLEX Global is a competitive, merit-based exchange program funded by the U.S. Government that provides high school students with the opportunity to live with an American host family and study at a U.S. high school for one academic year.

🗓 Application Deadline: October 22, 2026

⚠️ Complete and submit your application within 5 days after starting the form.

🔗 Apply: https://ais.americancouncils.org/flexglobal

#FLEXGlobal #FLEXGlobal_Uzbekistan
❤4
🌍 Applications Now Open – Join the Global Shapers Tashkent Hub!

Are you ready to turn your ideas into action and create a positive impact in your community? We’re looking for the next generation of Shapers in Tashkent!

Eligibility:
- Aged 18–27
- Currently based in Tashkent
- Have shown initiative through projects, work, volunteering, entrepreneurship, research, or community activities
- Ready to actively contribute to the Hub and its projects

Why join?
- Develop and lead projects that create local impact
- Work alongside ambitious young people from different fields
- Connect with a global community of 10,000+ young people across 500+ Hubs in 150+ countries and territories
- Grow your leadership, communication, and project-building skills

⏰ Deadline: October 18, 2026, at 23:59
📩 Apply through the application form: https://forms.gle/C64ScyxM9Rc9VTmr8

Let’s shape the future of our communities together! 🚀
❤3🔥3
🇨🇳 14 KUNLIK QISHKI OROMGOH — XITOYDA!

Xitoyda xalqaro talabalar bilan tanishish, ilmiy laboratoriyalarni ko‘rish va yangi madaniyat bilan tanishishni istaysizmi🧐?

USTC International Winter Camp 2027 dasturi aynan siz uchun!

🎓 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Xitoy fuqarosi bo‘lmaganlar;
Hozirda bakalavriat yoki magistraturada tahsil olayotgan talabalar;
Yaqinda bitirgan va USTC’da o‘qishni davom ettirishni rejalashtirayotgan nomzodlar.

💰 Moliyaviy imkoniyatlar:
Dastur to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladi. To‘liq grant doirasida:
Safar va turar joy xarajatlari;
Tibbiy sug‘urta;
Ilmiy laboratoriyalar va madaniy obidalarga ekskursiyalar;
Xitoy tilini o‘rganish va xalqaro talabalar bilan networking imkoniyati.

Manzil: Hefei, Xitoy
Dastur sanalari: 19-dekabr, 2026 – 1-yanvar, 2027
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 8-noyabr, 2026
Batafsil ma’lumot: https://ic.ustc.edu.cn/?abroad=179

Imkoniyatni do‘stlaringiz bilan ham ulashing!

| @ExchangesCorner Program
1❤4
🇺🇿 FINTECH HACKATHON 2026 — 50 MLN SO‘MLIK MUKOFOT JAMG‘ARMASI!

Davlat: O‘zbekiston
Format: Oflayn
Kimlar uchun: Universitet talabalari, yosh mutaxassislar, dasturchilar va dizaynerlar

📌 Hakaton haqida
Inha Universiteti, United Ventures va O‘zbekiston Milliy banki hamkorligida tashkil etilayotgan 48 soatlik hakatonda ishtirokchilar moliya kelajagi uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Yakka tartibda yoki 2–5 kishilik jamoa bo‘lib qatnashishingiz mumkin.

📌Imkoniyatlar:
- 50 000 000 so‘mlik umumiy mukofot jamg‘armasi
- Ishtirok etganlik sertifikati
- Professional networking va yangi hamkorliklar

Ro‘yxatdan o‘tish: https://hackathon.inha.uz/

⏳ Oxirgi muddat: 26-oktabr, 2026-yil

| @ExchangesCorner Program
❤4