ExchangesCorner | International Grants🏆
987 subscribers
279 photos
73 videos
10 files
315 links
@Students_review_Exchanges

✈️Student Exchange Programs, Summer School and Internships

🏆MUNs, TED talks, Conferences and own passion projects.

🔝Research
Download Telegram
1-qism: Nega ko‘pchilik talabalar orzu qilgan stajirovkaga kira olmaydi?

🎓 "Men hali 1-kursman. Meni hech kim ishga olmaydi."
Bu talabalar orasida eng ko‘p uchraydigan fikrlardan biri.
Aslida esa kompaniyalar ko‘pincha tajribali talabalarni emas, balki salohiyatga ega, tashabbuskor va o‘rganishga tayyor yoshlarni izlaydi.

Tasavvur qiling, bir kompaniya stajirovka uchun ikki talabadan ariza oldi:

Talaba A:
"Men mas’uliyatli, mehnatkash va o‘rganishga tayyorman."
Talaba B:
"Men bir nechta loyiha ustida ishlaganman, talabalar tashkilotida faol bo‘lganman va qilgan ishlarimni portfolio shaklida jamlaganman."

Siz qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?
Ko‘pchilikning xatosi shundaki, ular darhol stajirovka qidirishni boshlaydi.
Lekin stajirovka olish yo‘li ariza topshirishdan emas, o‘zingizni qiymat yarata oladigan mutaxassis sifatida shakllantirishdan boshlanadi.

1-kurs davomida quyidagilarga e’tibor qarating:
📚 Mutaxassisligingiz bo‘yicha mustahkam bilim olish
🌍 Ingliz tilini rivojlantirish
💻 Excel, PowerPoint, Google Workspace va AI vositalarini o‘rganish
🔎 Qaysi sohada rivojlanishni xohlayotganingizni aniqlash
Ko‘pchilik:

"Qayerdan stajirovka topsam bo‘ladi?" deb so‘raydi.

Asl savol esa:
👉 "Bugun qanday ko‘nikmalarni rivojlantirsam, ertaga kompaniyalar meni qidiradi?"

Davomi bor...

#Stajirovka #Talabalar #Karyera
| @ExchangesCorner Program
4
🇰🇿 Qozog‘istonda bepul xalqaro yozgi maktab — Aral Summer School 2026

🌍 To‘liq grant (barcha xarajatlar qoplanadi)

👥 Kimlar qatnasha oladi?
• 18–40 yosh oralig‘idagi nomzodlar
• Talabalar va yosh tadqiqotchilar
• Ekologiya, siyosat, iqtisodiyot va tegishli yo‘nalish vakillari

Dastur imkoniyatlari
• Ariza topshirish — bepul
• Markaziy Osiyodan tanlangan ishtirokchilar uchun to‘liq moliyalashtirish
• Orol dengiziga ekspeditsiya
• Soha mutaxassislari bilan networking
• Rasmiy sertifikat

📅 Dastur sanasi: 2026-yil 14–22-avgust
📍 Joylashuv: Qozog‘iston
‼️ Oxirgi muddat: 2026-yil 15-iyun
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza: https://crs.dku.kz/ru/osnovnye-napravleniya/programma-po-vodnym-resursam-i-klimatu/letnyaya-shkola-na-aralskom-more/

| @ExchangesCorner Program
4
🇩🇪 Germaniyada magistratura uchun to‘liq grant — DAAD Helmut-Schmidt Programme 2026

🎓 Davlat boshqaruvi, siyosat, iqtisodiyot, huquq va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida magistratura bosqichida o‘qishni rejalashtirayotganlar uchun ajoyib imkoniyat!

📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
▫️ Ijtimoiy va siyosiy fanlar, huquq, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi yoki shu kabi yo‘nalishlarda bakalavr darajasiga ega nomzodlar;
▫️ O‘qishni tamomlagach, o‘z mamlakatiga qaytib, egallagan bilim va tajribasini amaliyotda qo‘llash niyatida bo‘lganlar;
▫️ Ingliz yoki nemis tilini bilishini sertifikat bilan tasdiqlay oladiganlar.

🎁 Grant nimalarni qoplaydi?
Magistratura kontrakt to‘lovi to‘liq qoplanadi;
Oyiga 992 yevro stipendiya beriladi;
Germaniyaga borish va qaytish aviachiptalari qoplanadi;
Tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi;
Qo‘shimcha akademik va integratsion qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari mavjud.

🏫 Dastur haqida
DAAD Helmut-Schmidt Programme ishtirokchilarga Germaniyaning yetakchi universitetlaridan birida davlat siyosati, boshqaruv va rivojlanish bilan bog‘liq magistratura dasturlarida bepul tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.

📅 Ariza topshirish muddati: 31-iyul 2026-yil
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish havolasi

| @ExchangesCorner Program
3
🇩🇪 Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida magistratura uchun to‘liq grant — ERP Study Scholarships (DAAD)

🎓 Iqtisodiyot yoki biznes boshqaruvi sohasida magistratura bosqichida tahsil olishni istagan talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
▫️ Iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi yoki turdosh yo‘nalishlarda bakalavr diplomiga ega nomzodlar;
▫️ Magistratura dasturini ingliz yoki nemis tilida o‘qishni rejalashtirayotganlar;
▫️ Akademik natijalari yuqori va xalqaro ta’limga qiziqishi mavjud bo‘lganlar.

🎁 Grant nimalarni qoplaydi?
Oyiga 992 yevro stipendiya;
O‘quv materiallari va boshqa xarajatlar uchun yiliga 460 yevro qo‘shimcha mablag‘;
Tibbiy sug‘urta xarajatlari;
Germaniyaga borish va qaytish safar xarajatlari;
Zaruratga qarab 2 oylik bepul nemis tili kursi.

🏫 Dastur haqida
ERP Study Scholarships (DAAD) dasturi xalqaro talabalarni Germaniyaning yetakchi universitetlarida iqtisodiyot va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida magistratura ta’limini olishda qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur nafaqat moliyaviy yordam, balki Germaniyaning kuchli akademik va professional muhitida rivojlanish imkoniyatini ham taqdim etadi.

📅 Ariza topshirish muddati: 2-noyabr 2026-yil
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish havolasi

| @ExchangesCorner Program
3
Forwarded from EU in Uzbekistan
🚀 Yevropa Ittifoqi Youth Alumni vakillarining birinchi Global sammiti: Global Solidarity in Action 🌍

Youth alumni vakillari, bu imkoniyat aynan siz uchun!

🤔 “EU youth alumni” nimani anglatadi?
Ma’lumot olish uchun bu yerga bosing👇 (https://telegra.ph/EU-youth-alumni-nimani-anglatadi-06-15-2)


Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasi orol mamlakatlaridan Birinchi Youth alumni vakillari yagona global platformada uchrashadi.

Nega ishtirok etish kerak? 👇

🌍 1. Global aloqalarni o‘rnatish
4 qit’adan kelgan yaratuvchilar, yosh yetakchilar va alumni vakillari bilan bog‘lanish imkoniyati.

🤝 2. Global alumni tarmog‘ining bir qismi bo‘ling
O‘z hamjamiyatlarida o‘zgarishlar qilayotgan yoshlar bilan tajriba va g‘oya almashing.

🇺🇿3. O'zbekistonni munosib namoyon eting
Keling, O'zbekiston ushbu ilk global sammitda faol va munosib ishtirok etishini ta’minlaylik!

📅 Qachon: 2026-yil 25-iyun, 18:00–20:30 /Toshkent vaqti/
15:00–17:30 /CET/

📍 Qayerda: Zoom

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://mailchi.mp/92ba5c0eb3c3/582tyq3no7-17482766

Sizni sammitda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz! 🚀
---
🚀 First EU Youth Alumni Global Summit: Global Solidarity in Action 🌍

EU youth alumni, this one is for you!

🤔 Want to know what “EU youth alumni” means?
👇Click here to learn more (https://telegra.ph/What-does-EU-youth-alumni-mean-06-15-2)

For the first time ever, young alumni from Asia, Africa, Latin America and the Caribbean will come together on one global platform for the EU Youth Alumni Global Summit.

Here’s why you should join 👇

🌍 1. Connect globally
Meet and connect with changemakers, young leaders and alumni from 4 continents.

🤝 2. Be part of a global alumni network
Share ideas, experiences and inspiration with youth who are making a difference in their communities.

🇺🇿3. Represent Uzbekistan
Let’s make sure Uzbekistan is strongly represented at this first global summit!

📅 When: 25 June 2026, 18:00–20:30 /Tashkent time/
15:00–17:30 /CET/

📍 Where: Zoom

🔗 Register here: https://mailchi.mp/92ba5c0eb3c3/582tyq3no7-17482766

See you there! 🚀
🔥3
🎓 Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Erasmus+ Milliy ofisi bilan hamkorlikda Erasmus+ hamjamiyati uchun networking tadbirini tashkil etdi.

Tadbir Erasmus Mundus stipendiatlari va bitiruvchilari, Erasmus+ dasturlari ishtirokchilari, universitetlar, davlat tashkilotlari va diplomatik korpus vakillarini bir joyga jamlab, tajriba almashish, yangi professional aloqalarni o‘rnatish hamda xalqaro akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini yaratdi.

Tadbir davomida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar Erasmus+ dasturining ta’lim, akademik mobillik va insonlar o‘rtasidagi aloqalar orqali Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi muhim rolini ta’kidladi.

🤝 Tadbirda joriy yilda Yevropaning yetakchi universitetlarida tahsil olishni boshlaydigan yangi tanlangan Erasmus Mundus talabalari ham ishtirok etdi.

🔗 Batafsil

| @ExchangesCorner Program
1
🎓 Bepul 1:1 konsultatsiyalar boshlandi!
Erasmus+ xodimi grantlar, almashinuvlar va stajirovkalar bo‘yicha maslahat beradi.


📌 Imkoniyatlar:

CV va motivatsion xatni tuzatish
Ariza topshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq
45 daqiqalik individual konsultatsiya
Erasmus+, Mundus va boshqa dasturlar bo‘yicha savollarga javob
Grantlar, yozgi maktablar, volontyorlik va klublar haqida maslahat

💡 Kimlar uchun: 1–4-kurs talabasi, xalqaro imkoniyatlarga ariza topshirayotgan, CV tuzayotgan va qayerdan boshlashni bilmayotganlar uchun.

📍 Joylar cheklangan, ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!
Deadline: 17-iyun, 18:00


| @ExchangesCorner Program
2
‼️Atiga 3 kun vaqtingiz qoldi!

🗣Nyu-Yorkda to‘liq moliyalashtiriladigan xalqaro konferensiya

Til talabi: ingliz tili (erkin muloqot darajasi)

👉Kimlar uchun:
Nomzod bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talaba bo‘lishi kerak
Konferensiya davomida barcha tadbirlarda to‘liq ishtirok eta olishi lozim

✍️Foydali tomonlari:
AQShga safar xarajatlari qoplanadi
Turar joy ta’minlanadi
Ovqatlanish xarajatlari qoplanadi

⭐️Dastur haqida:
Ushbu konferensiya biznes sohasiga qiziquvchi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Nyu-York shahrida o‘tkaziladi va butun dunyodan ishtirokchilarni jamlaydi.

📌Oxirgi muddat: 20-iyun, 2026

Batafsil:
https://ic.businesstoday.org/

| @ExchangesCorner Program
🔥21
Guys, we will announce the TOP 5 winners tomorrow at 15:00 p.m Tashkent time
🔥81
🎉 Congratulations to the Winners of Our Free Consultations! 🎉

Thank you to everyone who applied for our Free Consultation Program. We are excited to announce the selected participants!

As announced, selection was based on a first-come, first-served principle. The first 5 applicants who successfully completed the form secured their spots.

📊 Selected participants:
TSUE students: 5
• 1st year: 2
(@For_ever0030,@rasulovna_07)
• 2nd year: 1
(@Khafa_007)
• 3rd year: 2
(@miss_monnyy, @ik16ik)

To encourage greater diversity, we have also added one extra consultation slot for an AJOU University 4th-year student (@jjamolla)

📞 We will begin contacting selected participants from 18:00 today to arrange consultation times.
‼️Please constantly check your telegram today after 18:00 p.m

🗓 Sessions will be held Saturday–Sunday and will last approximately 45 minutes.

Good luck to everyone, and thank you for your interest in international opportunities! 🍀

| @ExchangesCorner Program
6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Erasmus Mundus bitiruvchilari bilan eksklyuziv suhbat – 2- qismni tomosha qiling!

Yevropada o‘qish qanday? Erasmus Mundus stipendiyasini yutish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Talabalik hayoti, yangi madaniyatga moslashish va xalqaro tajriba qanday imkoniyatlar yaratadi?

🎙 Ushbu intervyuning 2-qismida Erasmus Mundus bitiruvchilari hamda maxsus mehmonlarimiz bilan qiziqarli suhbat tashkil etdik. Ular o‘zlarining Yevropadagi ta’lim tajribasi, duch kelgan sinovlari, erishgan yutuqlari va Erasmus+ dasturlarining keng imkoniyatlari haqida samimiy fikrlarini ulashadilar.

Agar siz ham Yevropada o‘qish, grant yutish, almashinuv dasturlarida qatnashish yoki xalqaro karyera qurishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, ushbu suhbatni albatta tomosha qiling!

| @ExchangesCorner Program
3
Good part of the day, guys

Many of you could not manage to apply for Free Consultations as we had first come first serve system. However, we decided to open paid consultation if you are applying to IES program or NSP for Spring semester 2027, this is a great opportunity to give a try.

‼️We will also prepare you to JACAFA Scholarship interview with real questions from winners

Deadline: 26th June, 18:00 p.m

More details about consultations is here👇:
https://forms.gle/332K42PUm1VXx4os7

Read me 🧐👀

______________________

Assalomu alaykum, barchaga!

Ko‘pchiligingiz Free Consultations uchun ariza topshirishga ulgurmaganingizni bilamiz, chunki tanlov first come, first serve (birinchi bo‘lib topshirganlar) tamoyili asosida amalga oshirilgan edi.
Shunga qaramay, biz IES dasturi yoki 2027-yil bahorgi semestr uchun NSP dasturiga hujjat topshirayotganlar uchun pullik konsultatsiyalarni ochishga qaror qildik. Bu — ariza jarayonida professional yordam olish uchun ajoyib imkoniyat.

‼️Shuningdek, biz sizni JACAFA Scholarship intervyusiga ham tayyorlaymiz — buning uchun avvalgi g‘oliblardan olingan real intervyu savollaridan foydalanamiz.

Ariza topshirish muddati: 26-iyun, 18:00 gacha


Konsultatsiyalar haqida batafsil ma’lumot bu yerda👇:
https://forms.gle/332K42PUm1VXx4os7

Meni o'qing🧐👀

| @ExchangesCorner Program
2👎1
Xalqaro CV uchun yana bir zo’r imkoniyat🤩!

Batafsil👉
link

‼️Rasmdagi infoni o’qing

| @ExchangesCorner Program
🔥21