ExchangesCorner | International Grants🏆
986 subscribers
279 photos
73 videos
10 files
315 links
@Students_review_Exchanges

✈️Student Exchange Programs, Summer School and Internships

🏆MUNs, TED talks, Conferences and own passion projects.

🔝Research
Download Telegram
🇯🇵 Yaponiyada to‘liq moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot dasturi — The MIF Fellowship

📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🔹 Yaponiya fuqarosi bo‘lmagan barcha nomzodlar;
🔹 45 yoshdan kichik bo‘lishi;
🔹 PhD (doktorlik) darajasiga ega bo‘lishi;
🔹 Yaponiyadagi universitet yoki ilmiy muassasadan tadqiqot olib borish uchun qabul xatini olgan bo‘lishi kerak.

🎁 Dastur imtiyozlari
🔸 Oyiga 220 000 yapon iyenasi (taxminan $1400) stipendiya;
🔸 Ko‘chib o‘tish xarajatlari uchun bir martalik $750 grant;
🔸 Aviachipta va tibbiy sug‘urta xarajatlari to‘liq qoplanadi.

📖 Dastur haqida
🔹 The Matsumae International Foundation (MIF) tomonidan tashkil etilgan ushbu fellowship dasturi tabiiy fanlar, muhandislik, tibbiyot va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan xalqaro tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Arizalar qabuli yakuni: 30-iyun, 2026

🔗 Batafsil ma’lumot: https://www.mif-japan.org/en/fellowship/announcement/?hl=en

| @ExchangesCorner Program
🧐Bilarmidingiz, aslida talaba sifatida ko’proq stajirovka va real tajribalarga asoslangan faoliyatingizga ustunlik beriladi exchange program larga qaraganda⁉️

Stajirovkaga topshirish haqida bosqichma-bosqich topshirish va successful internship “secret” ini bo’lishaymi?

Yes “
❤️

| @ExchangesCorner Program
15
📣Ko‘pchilik chet elga sayohat qilish, exchange dasturlarida qatnashish yoki xorijda o‘qishni katta yutuq deb hisoblaydi. Albatta, bunday tajribalar juda qimmatli.

Lekin mening hayotimni eng ko‘p o‘zgartirgan narsa — bu haqiqiy ish tajribasi bo‘lgan.

👩‍💻2022-yilda IT kompaniyasida Data Analyst va Program Assistant sifatidagi ilk stajirovkamni boshladim. O‘sha kundan boshlab ishlash va o‘rganishdan to‘xtamadim. 👩‍🏫5 yildan ortiq IELTS, SAT va Advanced English fanlaridan dars berdim, shuningdek, Economic Assembly’da 👩‍🎓Yoshlar masalalari bo‘yicha Deputy Chairman sifatida faoliyat yuritdim.

Ha, men hali AQSh yoki Yevropaga bormaganman. Ammo stajirovkalar va ish faoliyatim orqali Ivy League bitiruvchilari, startap asoschilari, xalqaro tashkilotlar vakillari va kuchli mutaxassislar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldim.

Shu sababli talabalarga doimo bir maslahat beraman: imkoniyatlarni faqat sayohat qilish uchun emas, balki o‘zingizni rivojlantirish uchun tanlang. Sayohat sizga yangi joylarni ko‘rsatadi, ammo ish tajribasi sizga muammolarni hal qilishni, mas’uliyatni va professionallikni o‘rgatadi.

Albatta, agar siz xorijda stajirovka yoki amaliy tajriba orttirsangiz — bu yanada zo‘r. Siz ham xalqaro tajriba, ham amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

Oxir-oqibat, insonni davlatlar emas, tajribalar o‘zgartiradi.

| @ExchangesCorner Program
9🔥3
🇰🇷 Janubiy Koreyada SDG Youth Summer Camp

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2017-yildan beri har yili o’tkazib kelinadigan SDG Youth Summer Camp – Yoshlar uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari (SGD) yozgi oromgohiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturda 1998 va 2008-yillar oralig’ida tavallud topgan barcha yoshlar ariza topshirishi mumkin.

Oromgoh davomida ishtirokchilar:

🌱 Iqlim o‘zgarishining global ta’siri haqida bilimlarini oshiradi
🌍 Uglerod bozorlari va ularning barqaror rivojlanishdagi o‘rnini o‘rganadi
💡 Innovatsion g‘oyalar va amaliy yechimlar ishlab chiqadi
🤝 Turli davlatlardan kelgan yoshlar bilan tajriba almashadi

📅 4–6-avgust 2025-yil
📍 Janubiy Koreya


🎁 Imkoniyatlar:
Turar joy bilan ta’minlanadi
Ovqatlanish xarajatlari qoplanadi
Xalqaro sertifikat taqdim etiladi
Global tarmoq va yangi tanishlar orttirish imkoniyati

Ariza topshirish muddati: 15-iyun 2026-yil, soat 19:59 gacha
📌 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish havolasi bu yerda

| @ExchangesCorner Program
3
1-qism: Nega ko‘pchilik talabalar orzu qilgan stajirovkaga kira olmaydi?

🎓 "Men hali 1-kursman. Meni hech kim ishga olmaydi."
Bu talabalar orasida eng ko‘p uchraydigan fikrlardan biri.
Aslida esa kompaniyalar ko‘pincha tajribali talabalarni emas, balki salohiyatga ega, tashabbuskor va o‘rganishga tayyor yoshlarni izlaydi.

Tasavvur qiling, bir kompaniya stajirovka uchun ikki talabadan ariza oldi:

Talaba A:
"Men mas’uliyatli, mehnatkash va o‘rganishga tayyorman."
Talaba B:
"Men bir nechta loyiha ustida ishlaganman, talabalar tashkilotida faol bo‘lganman va qilgan ishlarimni portfolio shaklida jamlaganman."

Siz qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?
Ko‘pchilikning xatosi shundaki, ular darhol stajirovka qidirishni boshlaydi.
Lekin stajirovka olish yo‘li ariza topshirishdan emas, o‘zingizni qiymat yarata oladigan mutaxassis sifatida shakllantirishdan boshlanadi.

1-kurs davomida quyidagilarga e’tibor qarating:
📚 Mutaxassisligingiz bo‘yicha mustahkam bilim olish
🌍 Ingliz tilini rivojlantirish
💻 Excel, PowerPoint, Google Workspace va AI vositalarini o‘rganish
🔎 Qaysi sohada rivojlanishni xohlayotganingizni aniqlash
Ko‘pchilik:

"Qayerdan stajirovka topsam bo‘ladi?" deb so‘raydi.

Asl savol esa:
👉 "Bugun qanday ko‘nikmalarni rivojlantirsam, ertaga kompaniyalar meni qidiradi?"

Davomi bor...

#Stajirovka #Talabalar #Karyera
| @ExchangesCorner Program
4
🇰🇿 Qozog‘istonda bepul xalqaro yozgi maktab — Aral Summer School 2026

🌍 To‘liq grant (barcha xarajatlar qoplanadi)

👥 Kimlar qatnasha oladi?
• 18–40 yosh oralig‘idagi nomzodlar
• Talabalar va yosh tadqiqotchilar
• Ekologiya, siyosat, iqtisodiyot va tegishli yo‘nalish vakillari

Dastur imkoniyatlari
• Ariza topshirish — bepul
• Markaziy Osiyodan tanlangan ishtirokchilar uchun to‘liq moliyalashtirish
• Orol dengiziga ekspeditsiya
• Soha mutaxassislari bilan networking
• Rasmiy sertifikat

📅 Dastur sanasi: 2026-yil 14–22-avgust
📍 Joylashuv: Qozog‘iston
‼️ Oxirgi muddat: 2026-yil 15-iyun
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza: https://crs.dku.kz/ru/osnovnye-napravleniya/programma-po-vodnym-resursam-i-klimatu/letnyaya-shkola-na-aralskom-more/

| @ExchangesCorner Program
4
🇩🇪 Germaniyada magistratura uchun to‘liq grant — DAAD Helmut-Schmidt Programme 2026

🎓 Davlat boshqaruvi, siyosat, iqtisodiyot, huquq va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida magistratura bosqichida o‘qishni rejalashtirayotganlar uchun ajoyib imkoniyat!

📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
▫️ Ijtimoiy va siyosiy fanlar, huquq, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi yoki shu kabi yo‘nalishlarda bakalavr darajasiga ega nomzodlar;
▫️ O‘qishni tamomlagach, o‘z mamlakatiga qaytib, egallagan bilim va tajribasini amaliyotda qo‘llash niyatida bo‘lganlar;
▫️ Ingliz yoki nemis tilini bilishini sertifikat bilan tasdiqlay oladiganlar.

🎁 Grant nimalarni qoplaydi?
Magistratura kontrakt to‘lovi to‘liq qoplanadi;
Oyiga 992 yevro stipendiya beriladi;
Germaniyaga borish va qaytish aviachiptalari qoplanadi;
Tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi;
Qo‘shimcha akademik va integratsion qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari mavjud.

🏫 Dastur haqida
DAAD Helmut-Schmidt Programme ishtirokchilarga Germaniyaning yetakchi universitetlaridan birida davlat siyosati, boshqaruv va rivojlanish bilan bog‘liq magistratura dasturlarida bepul tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.

📅 Ariza topshirish muddati: 31-iyul 2026-yil
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish havolasi

| @ExchangesCorner Program
3
🇩🇪 Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida magistratura uchun to‘liq grant — ERP Study Scholarships (DAAD)

🎓 Iqtisodiyot yoki biznes boshqaruvi sohasida magistratura bosqichida tahsil olishni istagan talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

📌 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
▫️ Iqtisodiyot, moliya, biznes boshqaruvi yoki turdosh yo‘nalishlarda bakalavr diplomiga ega nomzodlar;
▫️ Magistratura dasturini ingliz yoki nemis tilida o‘qishni rejalashtirayotganlar;
▫️ Akademik natijalari yuqori va xalqaro ta’limga qiziqishi mavjud bo‘lganlar.

🎁 Grant nimalarni qoplaydi?
Oyiga 992 yevro stipendiya;
O‘quv materiallari va boshqa xarajatlar uchun yiliga 460 yevro qo‘shimcha mablag‘;
Tibbiy sug‘urta xarajatlari;
Germaniyaga borish va qaytish safar xarajatlari;
Zaruratga qarab 2 oylik bepul nemis tili kursi.

🏫 Dastur haqida
ERP Study Scholarships (DAAD) dasturi xalqaro talabalarni Germaniyaning yetakchi universitetlarida iqtisodiyot va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida magistratura ta’limini olishda qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur nafaqat moliyaviy yordam, balki Germaniyaning kuchli akademik va professional muhitida rivojlanish imkoniyatini ham taqdim etadi.

📅 Ariza topshirish muddati: 2-noyabr 2026-yil
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish havolasi

| @ExchangesCorner Program
3
Forwarded from EU in Uzbekistan
🚀 Yevropa Ittifoqi Youth Alumni vakillarining birinchi Global sammiti: Global Solidarity in Action 🌍

Youth alumni vakillari, bu imkoniyat aynan siz uchun!

🤔 “EU youth alumni” nimani anglatadi?
Ma’lumot olish uchun bu yerga bosing👇 (https://telegra.ph/EU-youth-alumni-nimani-anglatadi-06-15-2)


Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasi orol mamlakatlaridan Birinchi Youth alumni vakillari yagona global platformada uchrashadi.

Nega ishtirok etish kerak? 👇

🌍 1. Global aloqalarni o‘rnatish
4 qit’adan kelgan yaratuvchilar, yosh yetakchilar va alumni vakillari bilan bog‘lanish imkoniyati.

🤝 2. Global alumni tarmog‘ining bir qismi bo‘ling
O‘z hamjamiyatlarida o‘zgarishlar qilayotgan yoshlar bilan tajriba va g‘oya almashing.

🇺🇿3. O'zbekistonni munosib namoyon eting
Keling, O'zbekiston ushbu ilk global sammitda faol va munosib ishtirok etishini ta’minlaylik!

📅 Qachon: 2026-yil 25-iyun, 18:00–20:30 /Toshkent vaqti/
15:00–17:30 /CET/

📍 Qayerda: Zoom

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://mailchi.mp/92ba5c0eb3c3/582tyq3no7-17482766

Sizni sammitda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz! 🚀
---
🚀 First EU Youth Alumni Global Summit: Global Solidarity in Action 🌍

EU youth alumni, this one is for you!

🤔 Want to know what “EU youth alumni” means?
👇Click here to learn more (https://telegra.ph/What-does-EU-youth-alumni-mean-06-15-2)

For the first time ever, young alumni from Asia, Africa, Latin America and the Caribbean will come together on one global platform for the EU Youth Alumni Global Summit.

Here’s why you should join 👇

🌍 1. Connect globally
Meet and connect with changemakers, young leaders and alumni from 4 continents.

🤝 2. Be part of a global alumni network
Share ideas, experiences and inspiration with youth who are making a difference in their communities.

🇺🇿3. Represent Uzbekistan
Let’s make sure Uzbekistan is strongly represented at this first global summit!

📅 When: 25 June 2026, 18:00–20:30 /Tashkent time/
15:00–17:30 /CET/

📍 Where: Zoom

🔗 Register here: https://mailchi.mp/92ba5c0eb3c3/582tyq3no7-17482766

See you there! 🚀
🔥3
🎓 Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Erasmus+ Milliy ofisi bilan hamkorlikda Erasmus+ hamjamiyati uchun networking tadbirini tashkil etdi.

Tadbir Erasmus Mundus stipendiatlari va bitiruvchilari, Erasmus+ dasturlari ishtirokchilari, universitetlar, davlat tashkilotlari va diplomatik korpus vakillarini bir joyga jamlab, tajriba almashish, yangi professional aloqalarni o‘rnatish hamda xalqaro akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini yaratdi.

Tadbir davomida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar Erasmus+ dasturining ta’lim, akademik mobillik va insonlar o‘rtasidagi aloqalar orqali Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi muhim rolini ta’kidladi.

🤝 Tadbirda joriy yilda Yevropaning yetakchi universitetlarida tahsil olishni boshlaydigan yangi tanlangan Erasmus Mundus talabalari ham ishtirok etdi.

🔗 Batafsil

| @ExchangesCorner Program
1