ESSELAR KANALI 💎
1.16K subscribers
80 photos
1 video
13 files
15 links
@Esse_kurslari ✅️ @kurs_natijaIari ✅️ (Milliy Sertifikat kurslari haqida) !
Milliy Sertifikat to‘liq kursi va Esse kurslari uchun @Ms_Shaxi ga murojaat qilishingiz mumkin.

https://www.instagram.com/shaxrizoda.teacher?igsh=ZTFxbTYzcDZ1Z28x
Download Telegram
Yangilangan adabiyotlar ro'yxati
2026-yil 1-apreldan amal qiladi.


@ESSELAR 💎
👍5🔥4🤩3😱1
Esseda qoʻllanuvchi soʻzlar

Ijtimoiy va ilmiy-ommabop so‘zlar
Aktual — hozirgi davr uchun dolzarb, muhim masala
Masalan: Bugungi kunda ekologiya muammosi aktual masalalardan biridir.
Innovatsiya — yangilik, yangi g‘oya yoki texnologiya
Masalan: Ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlar joriy etilmoqda.
Modernizatsiya — zamon talabiga mos ravishda yangilash
Masalan: Sanoat sohasini modernizatsiya qilish zarur.
Globalizatsiya — dunyo miqyosida yaqinlashuv jarayoni
Masalan: Globalizatsiya yoshlar dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Transformatsiya — tubdan o‘zgarish
Masalan: Jamiyat hayotida keskin transformatsiya yuz bermoqda.

💻 Texnologiyaga oid so‘zlar
Gadjet — elektron qurilma (telefon, planshet va boshqalar)
Masalan: Gadjetlardan me’yorida foydalanish muhim.
Raqamlashtirish — jarayonlarni elektron shaklga o‘tkazish
Masalan: Ta’lim tizimini raqamlashtirish samaradorlikni oshiradi.
Sun’iy intellekt — inson aqlini taqlid qiluvchi texnologiya
Masalan: Sun’iy intellekt ko‘plab kasblarga ta’sir qilmoqda.
Onlayn platforma — internet orqali xizmat ko‘rsatuvchi tizim
Masalan: Onlayn platformalar bilim olishni osonlashtirdi.

🧠 Tafakkur va jamiyatga oid so‘zlar
Motivatsiya — ichki rag‘bat, intilish
Masalan: Kuchli motivatsiya insonni yuksak natijalarga yetaklaydi.
Adaptatsiya — yangi muhitga moslashish
Masalan: Yoshlar tezkor adaptatsiya qila olishi kerak.
Mentalitet — jamiyatga xos fikrlash tarzlari
Masalan: Milliy mentalitetni asrash muhim.
Tolerantlik — bag‘rikenglik
Masalan: Tolerantlik jamiyat barqarorligining asosidir.

🎓 Ta’lim va rivojlanishga oid so‘zlar
Kompetensiya — bilim va ko‘nikmalarning uyg‘unligi
Masalan: Zamonaviy ta’lim kompetensiyani shakllantiradi.
Kreativlik — ijodiy fikrlash qobiliyati
Masalan: Kreativlik muvaffaqiyat kalitidir.
Tanqidiy tafakkur — mustaqil va chuqur fikrlash
Masalan: Tanqidiy tafakkur yoshlar uchun zarur.

@ESSELAR 💎
13🔥2👏1🤩1🏆1
Ko'pchilik yo'l qo'yadigan xatolar va uni tuzatish uchun tavsiyalar:

📌KIRISH QISMI:
1. Kirish qismidagi KIRISH GAP PARAPHRASE ga bog'lansin. 
2. Mavzu matniga ijodiy yondashing: ma'nosini  to'ldirib qayta ishlang, shaklini ham o'zgartirsangiz bo'ladi.
3. Tezis qisqa bo'lib qolmasin. Cho'zilib ham ketmasin. "Keling, mavzuni muhokama qilamiz...., sizning fikringiz qanday? "tarzidagi tezislarni qo'llamang! Umuman ikkinchi shaxsga murojaat qilmang!

📌ASOSIY QISM:
1. Asosiy qismni KIRISH GAP bilan boshlang. (Umumiy gaplar ko'payib ketmasin, urg'uni argumentlar soniga qarating).
2. Tomonlarni tanishtiring.
3. Tartib bilan argumentlarni sanang. Argumentlar batafsil shakllantirishga harakat qiling! .
4. Eng oxirgi 3-argumentingizni dalillang. Xohlasangiz har bir argumentdan keyin dalil bersamgiz ham bo'ladi, ammo hajmi oshib ketmasin!(ikkinchi tomonni ham xuddi shu shaklda yozamiz).

5. Asosiy qism 3 ta xatboshidan iborat bo'lsin.
-birinchi tomon
-ikkinchi tomon
-shaxsiy fikr qismi
6. Shaxsiy fikr qismini MENING FIKRIMCHA...deb boshlang.
7. Shaxsiy fikr qismida tomonlardan birini tanlashingiz SHART.
8. Shaxsiy fikr qismida nima uchun u tomonni tanlaganingizni ochiqlang, ya'ni bitta yangi argument keltiring.
9. Shaxsiy fikr qismidagi argumentingizga DALIL berishingiz SHART.

📌XULOSA QISMI.

❗️Yozma ishning XULOSA qismida talabgor topshiriq shartida berilgan vaziyat yuzasidan o'zi tarafdorlik qilayotgan va qo'llab-quvvatlayotgan qarashni aniq bayon eta olishi,
asos ko'rsata olishi, bunday xulosa jamiyat hayotiga ta'sir ko'rsata oluvchi omil ekanIigini yoritib berishi talab qilinadi.


Essening shaxsiy fikr va xulosa qismida qarashlar haqida so'z yuritayotganda: " Me'yor kerak, muvozanatda bo'lishi kerak" degan ta'riflardan foydalanmasligimiz kerak. Har ikkala qism ham BIRTOMONLAMA  yoritilishi SHART.

BADIIY ASARLAR va telenovellalardan misol keltirib berilgan ma'lumotlar DALIL BO'LA OLMAYDI. (chunki ularda to'qima obrazlar bo'ladi)

IQTIBOSLAR ham DALIL BO'LA OLMAYDI, ular leksik xilma-xillikni ta'minlab, matn ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.

❗️Esseda umumiy gaplar ko'payib ketmasin. Mavzu mohiyatidan chetga chiqib ketmang! Faqatgina so'ralgan vaziyat bo'yicha yozing.


@ESSELAR 💎
14🔥10👍2💯2
Esse yozishda qo‘llaniladigan iboralar va kirish birikmalar :

1. Kirish qismi uchun iboralar
• “Bugungi kunda … masalasi jamiyatimizda dolzarb bo‘lib turibdi.”
• “Hech kimga sir emaski, … muammosi barcha insonlarni bevosita ta’sir qiladi.”
• “Ko‘plab olimlar va mutaxassislar … haqida turli qarashlarni bildiradilar.”
• “Mazkur mavzu bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud.”
• “Avvalo, … masalasining ildizlariga nazar tashlaylik.”
____
2.
Birinchi tomon fikrlarini bayon qilish uchun iboralar
• “Ayrimlar fikricha, …”
• “Bir guruh mutaxassislarning ta’kidlashicha, …”
• “Shuni e’tirof etish lozimki, … ga qarshi fikrlar ham mavjud.”
• “Ba’zi odamlar bu borada quyidagicha o‘ylashadi: …”
• “Ularningcha, … esa eng muhim yo‘ldir.”i bildiradilar.”
• “Mazkur mavzu bo‘yicha
3. Ikkinchi tomon fikrlarini ifodalash uchun iboralar
• “Boshqa bir qarashga ko‘ra, …”
• “Shu bilan birga, qarama-qarshi fikrlar ham mavjud.”
• “Aksincha, ayrimlar … deya ta’kidlaydilar.”
• “Mazkur masalani boshqacha izohlaydiganlar ham bor.”
• “Bu fikrga qo‘shilmaganlar esa … ga urg‘u beradilar.”iradilar.”
• “Mazkur mavzu bo‘yicha turli

4. Shaxsiy fikrni ifodalash uchun iboralar
• “Shaxsan men ushbu masalaga quyidagicha yondashaman: …”
• “Mening nazarimda, …”
• “O‘zimning tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, …”
• “Barchasini inobatga olgan holda, men quyidagicha fikrdaman: …”
• “Eng to‘g‘ri yondashuv deb … ni hisoblayman.”iradilar.”
• “Mazkur mavzu bo‘yicha turli

5. Dalil va misollar keltirishda ishlatiladigan iboralar
• “Masalan, …”
• “Statistik ma’lumotlarga qaraganda, …”
• “O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, …”
• “Hayotiy tajribadan ham ko‘rinadiki, …”
• “Buni quyidagi misol orqali tushuntirish mumkin: …”assislar … haqida turli qarashlarni bildir

6. Xulosa qismi uchun iboralar
• “Yuqoridagi mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, …”
• “Xullas, … masalasi jamiyatimizda muhim o‘rin tutadi.”
• “Umuman olganda, …”
• “Natijada shuni aytish mumkinki, …”
• “Xulosa qilib aytganda, … kelajak taraqqiyoti uchun hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.”iradilar.”
• “Mazkur mavzu bo‘yicha turli7. Esse yozishda tez-tez qo‘llaniladigan umumiy klişelar
• “Hech kimga sir emaski, …”
• “Zamon talabidan kelib chiqib, …”
• “Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bu – …”
• “Insoniyat taraqqiyoti yo‘lida …”
• “Shuni alohida ta’kidlash kerakki, …”
• “Ko‘plab tadqiqotlar isbotlaydiki, …”
• “Jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadigan omillardan biri bu – …”
• “Har bir inson uchun …”dizlariga nazar tashlaylik.”
_

Xulosa
Esse yozishda iboralar va kirishlar — yozuvchining “til quroli”dir. Ular fikrni tartibga soladi, matnni silliqlaydi va o‘quvchiga qulay tarzda yetkazadi. Ammo bu iboralardan haddan tashqari ko‘p foydalanmaslik kerak, chunki esse sun’iy tuyulib qolishi mumkin. Muhimi — iboralar orqali yozuvchi o‘z fikrini ta’sirchan va aniq ifodalashni bilishi lozim.


@ESSELAR 💎
35👏42👍2🏆2🔥1
#esse_mavzusi

Qadoqlangan mahsulotlar bozori jadal kengaymoqda:
- ayrimlar bu mahsulotlarni uzoq muddat saqlash va iste’molchini qulaylik bilan ta’minlaydi, deya baholashadi;
- ayrimlar esa qadoqlashda ishlatiladigan plastmassa atrof-muhitga zarar yetkazmoqda, deb hisoblashadi.


@ESSELAR 💎
8👍3🔥1
#esse_mavzusi

Ayrimlar ish vaqti uzoq boʻlgan mamlakatlar iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli ekanini taʼkidlashmoqda. Qolganlar esa bu holat salbiy oqibatlarga olib keladi deb o’ylashadi.

@ESSELAR 💎
6🔥4👍1🎉1
#esse_mavzusi

Velosiped yo‘laklarini ko‘paytirish tashabbusi ilgari surildi:
- Ko‘pchilik sog‘lom turmush uchun bu foydali, deydi;
- Ayrimlar esa bu amaliy jihatdan qulay emas, deb fikr bildiradi.

@ESSELAR 💎
93🔥2
31-yanvar I smenada tushgan esse mavzusi:

#imtihon

Raqamli medianing rivoji va jamiyatga ta’siri:

- Ba’zilar raqamli media jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi, bilim va muloqotni osonlashtiradi, deb hisoblaydi;

- Ba’zilar esa haddan tashqari internet va ijtimoiy tarmoqlar odamlarni chalg‘itadi, vaqtni behuda sarflashga va shaxsiy muloqotni kamaytirishga olib keladi, deb ta’kidlaydi.


@ESSELAR 💎
🔥641👍1👏1
31-yanvar I smenada ayrim hududlarda tushgan deyilayotgan yana bir esse mavzusi:

#imtihon

Oziq-ovqat mahsulotlari reklamasi muhokamalarga sabab bolmoqda:
— ayrimlar oziq-ovqat mahsulotlarining reklamasi jamiyatga salbiy ta’sir ko’rsatishin ta
kidlaydi.
— ayrimlar esa bu jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi deb hisoblaydi.

@ESSELAR 💎
👍76🔥3
⚡️31-yanvar, II smenada esse mavzusi :

#imtihon
Xodimlarning ishga oʻz vaqtida kelishining ish samaradorligiga ta’siri, ish jarayonida qattiqqo'llik haqida :
- bu ish samaradorligini oshiradi
- salbiy holatlarni yuzaga keltiradi.

@ESSELAR 💎
8🔥3👍1
#esse_mavzusi

Ko‘pchilik jamoat transportlariga to‘lovni naqd pulda to‘lashni afzal ko‘radi, ba'zilar esa elektron tarzda to‘lash anchagina qulayliklarni yaratadi, deb hisoblashadi.

@ESSELAR 💎
👍41🔥1
⚡️ 1-fevral I smenadagi esse mavzusi :

#imtihon

Davlatlarning qudrati ajdodlarning merosiga qarab belgilanishi kerakmi yoki avlodlarning say-harakatigami ?

@ESSELAR 💎
9👍3🔥2😱2💯2
⚡️1-fevral II smenadagi esse mavzusi:

#imtihon

Ayrimlar maktabdagi darslarni amaliy tashkillashtirish tarafdori, boshqalar esa nazariy bilimga ko'proq foydali deyishadi.

@ESSELAR 💎
🔥1133🤩2👍1👏1