𝐄𝐬𝐀𝐒 π’πšπ―π¨π₯π₯𝐚𝐫
4.52K subscribers
923 photos
44 videos
6.39K links
@Eski_Savollar_Bazasi

Admin: @TurnirlarZkBot

Nasib 10000ta savol joylanadi bazaga
Download Telegram
7622.

U faqat hozirgi zamonda yoziladi: muallif ayni paytning oβ€˜zida koβ€˜rgan yoki eshitgan voqea-hodisadan olgan bevosita taassurotini yozib boradi. Uning an’anaviysi nomga ega boβ€˜lmaydi va gβ€˜arb uchun odatiy boβ€˜lgan ifodaviy vositalardan foydalanilmaydi.
Savol: Uni toping?

Javob: hokku, xayku.
7623.

Metodist cherkovi asoschisi Djon Uesli ularni la’natlagan, oβ€˜rta asrlarda kema kapitanlari matroslarni uni bortga oβ€˜zlari bilan olishlariga ruxsat berishmagan, bugungi kunda shaxtyorlar konga tushayotganlarida uni olishmaydi, xonadon oβ€˜gβ€˜rilari esa uydan hamma narsani olishsa ham, uni uy egalariga qoldirishadi. Shunday boβ€˜lsa-da ularning mashhurligi umuman kamaymaydi. Ularni 2 soβ€˜z bilan yozib bering?

Javob: Oβ€˜yin kartalari.
7624

Kunning oxirgi savoli
:

Dengizchilarning qadimgi an’analaridan biri sifatida tatuirovkalar ham muhim ahamiyatga ega. Tatuirovkalar yordamida dengizchilar dengiz xudolarining sahovatiga erishishga va uyga sogβ€˜-omon qaytib kelishga harakat qilishgan. Dengiz, qora mushuk, taqa kabi tasvirlar omad keltiradi deb hisoblangan. Bundan tashqari yana bir turdagi tatuirovkalar ham keng tarqalgan ediki, ular oβ€˜ziga hos amaliy vazifani ham bajarishgan. Qanday turdagi tatuirovkalar haqida gap ketayotganligini topgan holda ular bajargan amaliy vazifani yozib bering?

Javob: Qaysi dinga e’tiqod qilishini aniqlash uchun.
Izoh: Bu yerda diniy tatuirovkalar haqida aytib oβ€˜tilgan. Bunday suratlar ham ancha keng tarqalgan. Dengizchilar qandaydir ofatlar tufayli halok boβ€˜ladigan boβ€˜lsa, uni qaysi din vakili sifatida narigi dunyoga kuzatishni aniqlab olish uchun oβ€˜ziga hos amaliy vazifani bajargan.
Sog'inch
JAVA
#Bugunga_tugadi

Natijalar chiquncha eshitamiz

🎡Java - Sog'inch


Bo'ladigan ishla bo'ldi
Lanati nafs ham to'ydi
Gunohla oshib ketib to'ldi
Yo'q yo'q yo'q
πŸ“Š Yakuniy natijalar

πŸ₯‡
@Samofarishta: 18 ball
πŸ₯ˆ
@GozalShavkatjonovna: 10 ball
πŸ₯ˆ
@Turdiyeva_Shohista: 10 ball
4.
@Boburmirzo2: 5 ball
4.
@Ikromjonov_Muhammadqodir: 5 ball
4. β„π”Έπ•Šπ•Œπ•ƒπ•†π•π”Έ_𝕄: 5 ball
4.
@b_bekmurod: 5 ball
4.
@Im_Odilbek_Donyorovich_2002: 5 ball
9.
@SardorAbduxoliqov_1993: 3 ball
9. Guzal: 3 ball
9.
@Page_404_not_found: 3 ball
9. ❕❗: 3 ball

πŸ†GΚ»oliblarni gΚ»alaba bilan tabriklaymiz!

OΚ»yinimizda faol ishtirok etgan barchaga rahmat, ilmingiz bundanda ziyoda boΚ»lsin!
Bugun:

πŸ’ Jami 14 ta savol o'ynaldi
βœ… 12 ta savol topildi

⛔️Grob savollar 7619 va 7623

πŸ†Bugungi g'oliblarimiz:

@Samofarishta 18 ball

πŸ“©Savol yuborgan bilimdonlar.

Sunnat Qurbonov. 5 ball

πŸ’― ancha ishtirokchi qatnashdi

πŸ‘β€πŸ—¨Eng ko'p ko'rilgan savol 7615 savol
601 ta obunachi ko'rgan

πŸ’ŒEng yaxshi savol qaysi bo'ldi sizningchi?
7611 dan boshlab 7624 gacha

πŸ’ŒAgar sizda ham savollar bo'lsa:

Manzil:
@TurnirlarZkBot yoki @Killer_Crazy007
Endi oyoqni uzatib. Instagramdagi shou biznes vakillarini tomosha qilamiz)
Zero ularning hayotni orzu qilib yashaydigandek
πŸ˜πŸ‘¨β€πŸ¦―
Obbo 70% video uylanish to'y to'y nikoh haqida
Bularni o'ylasam rasxodlar qanchaligi miyamda aylanayaptiπŸ’ΈπŸ’Έ
Demak bitta motivator aytganidek.

Odam o'lmasa yashayveradikan
πŸ‘¨β€πŸ¦―
7625.

Tugβ€˜ilganda uni Kindzaku deb atashgan, balogβ€˜atga yetganda esa Munefusa nomini olgan. U shogirdlari tomonidan berilgan oddiy chayla-uyda yashab yurganda u yerga oβ€˜z qoβ€˜llari bilan banan palmasini ekadi va aynan shu daraxt biz uni taniydigan taxallusini olishiga sabab boβ€˜lgan deb hisoblanadi. Ushbu taxallusni siz ham yozib bering?

Javob: Matsuo Basyo
7626.

Ushbu fantastik asar qahramonlari professor Aronask, xizmatkori Konsel, garpunchi Ned Lend, endi siz ushbu asarning bosh qahramoni ismini ayting?

Javob: Kapitan Nemo
7627.

Tarix otasi Geradot juda ko'p Nil daryosi haqida ma’lumotlar qoldirgan.
Dunyodagi eng suvi ko'p daryo deb, u Nilni birinchi o'ringa qo'ygan. Ikkinchi o'ringa u Borisfen daryosini qo'ygan. Hurmatli bilimdonlar, Geradot tilga olgan Borisfen daryosini
bugun qanday nom bilan ataymiz?

Javob: Dnepr
7628.

1969-yili Britaniya televideniyesi oβ€˜n yillikning eng mashhur uch kishisi nomini e’lon qiladi. Ular bir ingliz, bir Amerikalik va bir Xitoylik. Ular
kimlar?
Uchtasi ham bitta postda qabul

Javob: Mao Szedun, Jon Lennon, Jon Kennedi.
7629.

1599 yili Ispaniyalik Gubernator Jivaro qabilasiga shu darajada ko'p soliq soladiki maskur qabila Gubernatorni tutib tamog'iga qaynab turgan .......... quyib jazolashigacha borib etadi, keyinchalik ushbu jazo usuli inkfizisa tamonidan ko'p yillar davomida odamlarga nisbatan munosib qo'llab kelingan,
Savol Gubernator qabilaga qanday soliq solgan va Gubernatorni ushlab qanday jazo qo'llashgan?

Javob: Gubernator Jivaro qabilasiga juda ko'p miqdorda oltin solig'i solgan va qabila Gubernatorni ushlab og'zidan qaynab turgan oltinni quygan
7630.

Ushbu so'z Firdavsiyning SHOXNOMA asarida ''Alfa'' ''Pul solingan qopcha'' Ma'nosini anglatuvchi so'z sifatida qo'llanilgan bo'lsa,
XIV asrda Oltin OΚ»rda xonligida ogΚ»irlik birligi hisoblangan, muayyan ogΚ»irlikdagi kumush quymasi(yombi)ni ifodalagan.
Hurmatli bilimdonlar gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: Milliy valyutamiz So'm
7631.

Qadimda bu ulug' ishni uddalagan ayol sharafiga Arabiston podshosi tuni bilan to'p ottirgan. Hindistonda uni bir kun taxtga ham o'tkazishgan, Misrda shaxsan malika ularga sarpolar tarqatgan. Savol: Qanday ayollarga?

Javob: Og'il ko'rgan ayollarga, Chunki o'g'il bu jangchi, bu kuch va aql degani
7632.

Bir necha yil oldin
:
"Manchester Yunayted"ning afsonalaridan biri boβ€˜lgan Denis Loudan soβ€˜rashibdi:
- Sizning 60-yillardagi MYUingiz hozirgi MYUni yuta oladimi?
- Menimcha, ha, 1-0 ga yutsak kerak.
Diqqat savol, Lou nega aynan bu hisobni aytgan?

Javob: Chunki biz 70 yoshga kirib qoldik, bundan katta hisobda yuta olmasak kerak.
7633.

Xitoy tilida bir nechta iyerogliflar birlashib, yangi murakkab iyeroglif va yangi soβ€˜z hosil qilishi mumkinligini bilasiz.
Masalan, β€œit” va β€œogβ€˜iz” iyerogliflari birlashib β€œhurmoq” soβ€˜zini, β€œdevor” va β€œtom” iyerogliflari birlashib β€œuy” soβ€˜zini hosil qiladi.
Diqqat savol, β€œbugβ€˜ular podasi” va β€œyer” iyerogliflari birlashishidan qaysi soβ€˜z paydo boβ€˜ladi?

Javob: Chang
7634.

Oβ€˜rta asrlarda freskalar majmuasi odatda bir nafar rassom tomonidan emas, rassomlarning bir guruhi tomonidan ishlangan. Zamonaviy italiyalik san’atshunos Zanardining fikricha, freskalar ustida ishlash oddiy surat chizish jarayonidan tubdan farq qiladi. Ushbu fikrlarini ayta turib, mutaxassis bir oβ€˜xshatish qiladi hamda boshqa bir san’at asarini yodga olib oβ€˜tadi. Agar siz yuqorida qaysi san’at asari yodga olinganini topgan boβ€˜lsangiz, san’atshunos Zanardi fikrlarida kimni yodga olganini topib berishingiz lozim?

Javob: Uolt Disney
Izoh: Zanardi freskalar bilan ishlashni multfilm yaratish bilan tenglashtirgan.
7635.

Fransuz faylasufi va yozuvchisi Volter inson psixologiyasini
mukammal o'rgangan shaxs sifatida yodda kolgan. Ayniqsa, ayollar ichki dunyosini
bilishga butun umrini bag'ishlagan. O'zini ta’kidlashicha, ko'pchilik ayollarni ichida sir
turmaydi – deyishadi. Volter aksincha ular o'zlari bilan bog'liq bir ma’lumotni o'ta
sir saqlashadi. Volter naqadar haq ekanligiga siz ham to'g'ri javobni eshitib ishonch
hosil qilasiz. Savol: Volter qanday sirni nazarda tutgan?

Javob: Hech bir ayol necha yoshga kirganini aytmaydi, sir tutadi.