𝐄𝐬𝐀𝐒 π’πšπ―π¨π₯π₯𝐚𝐫
3.56K subscribers
781 photos
39 videos
5.44K links
@Eski_Savollar_Bazasi

Admin: @TurnirlarZkBot

Nasib 10000ta savol joylanadi bazaga
Download Telegram
7658.

Chexov yoshligida aynan shu taxallus bilan ijod qilgan. Savol qanday taxallus bilan ijod qilgan?

Javob: Ayatosha Chexonte
7659.

Qadimgi Hindistondagi qishloq xududlarida yashovchi dehqon
oilalari dalada hosil pishish oldidan ertalabdan kechgacha sholipoya atrofida qo'shiqlar aytib, raqslarga tushib, quvlamachoq, berkinmachoq o'yinlari o'ynab kunni kech
qilishgan. Hosilni yig'masdan oldin boshlanib ketgan bu bayramdan maqsad nima bo'lgan?

Javob: Qushlardan asrashgan
7660.

2011 yili suratga olingan β€œΠžΠ»ΠΈΠ²Π΅β€ (Olive) filmining rejissyori AQSHlik Xuman Xaliliy hisoblanadi. U bu filmni yaratish uchun 500 ming AQSH dollari miqdorida mablagβ€˜ sarflagan. Ekspertlarning fikricha film sifatli chiqqan. Endi biroz gβ€˜alatiroq savolni eshiting. Ushbu filmni yaralishida muhim rol oβ€˜ynagan vositani bitta lotin va bitta grek soβ€˜zlari bilan yozib bering?

Javob: Mobil Telefon
Izoh: mobil telefonda suratga olingan film
7661.

Diqqat qiling savolda oβ€˜zgarish bor.
Ikkinchi Jahon urushi davrida Genrix Gimmler qoβ€˜l ostidagi Daxau lagerida NA’MATAK MEVALARI ustida tadqiqotlar olib borilgan. 1944 yilda Germaniya qurolli kuchlari 200 tonna NA’MATAK MEVALARIGA buyurtma bergan. Buyurtmaning 65 tonnasi neytral hudud hisoblangan Shveysariyaning Roche firmasi tomonidan yetkazib berilgan. Savol: NA’MATAK MEVALARI soβ€˜zlari bilan qaysi soβ€˜zlarni almashtirdik?

Javob: "C" vitamini.
Izoh: Eng koβ€˜p tabiiy C vitamini na’matak mevalarida uchrar ekan.
7662.

Afrika va Lotin Amerikasi, Osiyoning bir qancha xududlarida har yili yoz oylari
turli yuqumli kasalliklar qo'zg'alib turadi. Har bir davlat bu borada o'z
loyihalarini ishlab chiqqan. Braziliya bu borada juda katta mablag'li reja tuzgan.
Unga ko'ra uzun-uzun trassalarda har 50 metrni kavlab quvurlar yotqizish aytilgan.
Hurmatli bilimdonlar, yo'lga yotqiziladigan quvurlar orqali kasalliklar oldi qanday olinadi. Quvurlar nima uchun yotqiziladi?

Javob: Kasalliklar asosan chivin-hasharotlardan tarqaydi. Ularni
terib yeydigan jonzot bu qurbaka. Qurbakalar yo'lni kesib o'tayotib juda ko'plab nobud
bo'lib ketadi. Qisqa hayoti mobaynida qurbaka bir necha 10 minglab chivinlarni
quritadi. Qurbakalar trubadan o'tishlari uchun ularga yo'l ochib qo'yishni taklif
etishgan.
7663

Qadimdan Sharq tabiblari bemorni davolashda benazir bo'lishgan. Shunday
xalqona usullardan foydalanishganki, haligacha dunyo tibbiyotida bu usullar
qo'llaniladi. Savolimiz davolash usullari haqida emas. Davolanishga to'lanadigan haq to'g'risida. Sharqda xususan Xitoy, Xindiston, qisman bizda ham, davolaganlari
uchun kasal haqi emas, chiroq haqi olishgan. Nega davo haqi emas, chiroq haqi olingan?

Javob: Albatta og'ir kasaldan
tuzalgan bemor, chin dildan ataganini tabibga beradi. Tabib esa bu pulni chiroq puli deb oladi. Chunki ilgari chiroqlar yoxq paytida (el.energiyani nazarda tutayapman)
kechqurunlari odamlar tabib kerak bo'lganda uni uyini qidirib yurmasliklari uchun, tabibni uyi oldida doimo lampa-chiroq yonib turgan. Zimiston qishloqda shu tahlit
tabibni topish oson bo'lsin deb chiroq yoqib qo'yilgan. Lampa-chiroqlar esa qimmat bo'lgan.
7664.

Gapirsa yolg'on gapiradi, Va'da bersa bajarmaydi, Omonatga esa hiyonat qiladi .
Diqqat savol bu nimani alomati?

Javob: Munofiqlik
7665.

Uning vatani AQSh. 1922 yilda u Fransiyada topildi. Keyinchalik u oβ€˜zining Yevropa boβ€˜ylab sayohatini davom ettirib, Sharqiy Yevropaga, Ukrainaga, Belorussiyaga yetib boradi. O’zbekistonga u Belorussiyadan 1972 yilda kelib qoladi. Hoβ€˜sh endi aytingchi, u AQSh ning qaysi shtatidan kelgan?

Javob: Kolorado.
Izoh: Bu yerda gap kolorado qoβ€˜ngβ€˜izi haqida ketmoqda.
7666.

⚠️Kunning oxirgi savoli
:

Yevropaning eng bahavo, mo’tadil, go'zal shaharlaridan biri
Madriddur. Yil 12 oy ilik, mayin ob-havo Madridda hukmronlik qiladi. Shu sababli XVII-XVIII-XIX asrlarda Yevropadagi ko'plab qirol oilalari muhim bir hodisa tufayli Madridga tashrif buyurib turishgan. Savol: nima sababdan ular Madridga kelishgan?

Javob: Madrid barcha qulayliklarga ega shahar bo'lgani uchun malikalar
shu yerda ko'zlari yorishni xohlashgan.
πŸ“Š Yakuniy natijalar

πŸ₯‡
@Samofarishta: 36 ball
πŸ₯ˆ ❕❗: 13 ball
πŸ₯‰
@Boburmirzo2: 10 ball
4.
@TIMFCBAYERN_TM: 5 ball
4. Π°Π±Π΄ΡƒΠ»Π»Π°Π΅Π²: 5 ball
4.
@Turdiyeva_Shohista: 5 ball
4.
@b_bekmurod: 5 ball
4.
@Abdulmajid8883: 5 ball
4. Feniks: 5 ball
4.
@Doston_1994UMK: 5 ball
4.
@Diyorbek2617: 5 ball
4. Umida: 5 ball
4. Abu Rayhon: 5 ball
4. Xayrullayev: 5 ball
15.
@nurullayev_behruz: 3 ball
15. Sh: 3 ball
15. _ Aishe_malak_: 3 ball
15. π•Šπ•™π•’π•©π•π• π•’π•«π•šπ•žπ• π•§π•’: 3 ball
15.
@bibliofil1: 3 ball
20.
@Bahriddin_Muhiddinov: 2 ball
20. RAIMKULOVNA: 2 ball
20.
@UmarovIlhom_14: 2 ball

πŸ†GΚ»oliblarni gΚ»alaba bilan tabriklaymiz!

OΚ»yinimizda faol ishtirok etgan barchaga rahmat, ilmingiz bundanda ziyoda boΚ»lsin!
Bugun:

πŸ’ Jami 22 ta savol o'ynaldi
βœ… 21 ta savol topildi

⛔️Grob savollar 7647

πŸ†Bugungi g'oliblarimiz:

@Samofarishta: 36 ball

πŸ“©Savol yuborgan bilimdonlar.

Buguncha yo'qπŸ€·β€β™‚

πŸ’― ancha ishtirokchi qatnashdi

πŸ‘β€πŸ—¨Eng ko'p ko'rilgan savol 7646 savol
584 ta obunachi ko'rgan

πŸ’ŒEng yaxshi savol qaysi bo'ldi sizningchi?
7645 dan boshlab 7666 gacha

πŸ’ŒAgar sizda ham savollar bo'lsa:

Manzil:
@TurnirlarZkBot yoki @Killer_Crazy007
Bugun o'qib qolgan go'zal satrim

Natijasi senga erishish bo'lsa,
Kutishdan charchamayman
Demak maktab to'ng'izlarga qolarkandaπŸ˜‚πŸ‘¨β€πŸ¦―
7667.

Rivoyatda aytilishicha M.Ulugβ€˜bek, bobosi – Amir Temur taqdirini yulduzlar orqali bashorat qilib, oβ€˜limdan saqlab qolgan. M.Ulugβ€˜bek bobosining tole’nomasini aniqlab, oβ€˜lim bilan bogβ€˜liq xavf-xatar borligini koβ€˜radi, lekin aynan qanday turdagi xavf ekanligini bilmay turganida: «… minora koshini koβ€˜chib, tole’noma darajasi harfi ustiga tushib, uni ezib tashlaydiΒ». Ushbu belgini ma’nosini toβ€˜gβ€˜ri tushungan M.Ulugβ€˜bek bobosini aynan qanday xavfdan saqlash kerakligini tushunadi. Bu qanday xavf ekanligini siz ham ayting?

Javob: Zilzila
Izoh: Β«Bobom hayotiga boβ€˜lgan xavf zilziladandur va u bir soat ichida boβ€˜lajakΒ».
Manba: X.Davron Β«Sohibqiron nabirasiΒ» kitobidan.
7668.

Arximedning β€œMenga dunyoni tayanch markazini topib bering va men uni ostun ustun qilib tashlayman” degan jumlasini eshitgansiz. Rene Dekartda ham shunga oβ€˜xshash tarzda β€œMenga materiya va harakatni bering men koinotni yarataman” degan jumlalar bor. Shunga oβ€˜xshagan yana bir gapni Diyego Xose Fransisko de Paula Xuan Nepomuseno Mariya de los Remedios Sipriano de la Santisima Trinidat Martir Patrisio Ruis ham ayta turib oβ€˜z gapini β€œva men uni toβ€˜ldirib tashlayman” soβ€˜zlari bilan tugatgan.
Savol: ushbu inson aytgan jumla boshidagi uchta soβ€˜zni yozib bering?

Javob: β€œMenga muzeyni koβ€˜rsating”
Izoh: Bu inson Pablo Pikasso
7669.

Chingiz Aytmatovning "Oq bulut" asarida mug'ul istilochisi Chingizxon jangga kirganida yonida egarlangan,- jangovar holatda suvoriysiz ot olib yurganligi haqida
yozib qo'yilgan. Nimaga u suvoriysiz otni yonida olib yurgan?

Javob: Chingizxondan buni sababini so'raganda, u bizni g'alabaga yetaklaydi. Chunki u ot urush xudosi uchun tayyorlangan deb javob qilgan.
7670.

Karfagen shahri hozirgi qaysi davlat xududida joylashgan? Tunis davlatida.
Karfagenlik hunarmandlar yasagan idishlarga Yevropa boy-zodagonlari juda xaridor bo'lishgan. Eng boy kishilarga o'sha idishlarda musallaslar quyilgan. Xatto qirollar
Ham Karfagen ustalari yasagan qadahlarda may ichishgan. U idishlar vazni yengil va
nihoyatda nozikligi bilan ajralib turgan. Aytingchi, u idishlarni narxi ko'tarilishiga
va xaridorgir bo'lishiga nimadan yasalganligi sabab bo'lgan?

Javob: Chunki ular tuyaqush tuxumidan yasalgan. Tuyaqush tuxumining og'irligi 1,5 kg atrofida bo'ladi.
7671.

Hazrati Umar shunday deydilar
:
"Hayotimdagi bir voqeani eslasam kulaman yana birini eslasam yig'layman" deydilar
Kulganim, biz yoshligimizda hovla yasardik va unga sig'inardik, qornimiz och qolganimizda o'sha holvalarni yeb ham qo'yardik
Lekin ..... eslasam yig'layman ...
Diqqat savol nima uchun Umar hazratlarini bir voqeani eslab yig'laydilar?

Javob: "Johiliyat davrini o'zimni qizimni o'z qo'lim yerga tirik ko'mganman"