𝐄𝐬𝐀𝐒 π’πšπ―π¨π₯π₯𝐚𝐫
4.14K subscribers
823 photos
42 videos
5.86K links
@Eski_Savollar_Bazasi

Admin: @TurnirlarZkBot

Nasib 10000ta savol joylanadi bazaga
Download Telegram
7628.

1969-yili Britaniya televideniyesi oβ€˜n yillikning eng mashhur uch kishisi nomini e’lon qiladi. Ular bir ingliz, bir Amerikalik va bir Xitoylik. Ular
kimlar?
Uchtasi ham bitta postda qabul

Javob: Mao Szedun, Jon Lennon, Jon Kennedi.
7629.

1599 yili Ispaniyalik Gubernator Jivaro qabilasiga shu darajada ko'p soliq soladiki maskur qabila Gubernatorni tutib tamog'iga qaynab turgan .......... quyib jazolashigacha borib etadi, keyinchalik ushbu jazo usuli inkfizisa tamonidan ko'p yillar davomida odamlarga nisbatan munosib qo'llab kelingan,
Savol Gubernator qabilaga qanday soliq solgan va Gubernatorni ushlab qanday jazo qo'llashgan?

Javob: Gubernator Jivaro qabilasiga juda ko'p miqdorda oltin solig'i solgan va qabila Gubernatorni ushlab og'zidan qaynab turgan oltinni quygan
7630.

Ushbu so'z Firdavsiyning SHOXNOMA asarida ''Alfa'' ''Pul solingan qopcha'' Ma'nosini anglatuvchi so'z sifatida qo'llanilgan bo'lsa,
XIV asrda Oltin OΚ»rda xonligida ogΚ»irlik birligi hisoblangan, muayyan ogΚ»irlikdagi kumush quymasi(yombi)ni ifodalagan.
Hurmatli bilimdonlar gap nima haqida ketmoqda ?

Javob: Milliy valyutamiz So'm
7631.

Qadimda bu ulug' ishni uddalagan ayol sharafiga Arabiston podshosi tuni bilan to'p ottirgan. Hindistonda uni bir kun taxtga ham o'tkazishgan, Misrda shaxsan malika ularga sarpolar tarqatgan. Savol: Qanday ayollarga?

Javob: Og'il ko'rgan ayollarga, Chunki o'g'il bu jangchi, bu kuch va aql degani
7632.

Bir necha yil oldin
:
"Manchester Yunayted"ning afsonalaridan biri boβ€˜lgan Denis Loudan soβ€˜rashibdi:
- Sizning 60-yillardagi MYUingiz hozirgi MYUni yuta oladimi?
- Menimcha, ha, 1-0 ga yutsak kerak.
Diqqat savol, Lou nega aynan bu hisobni aytgan?

Javob: Chunki biz 70 yoshga kirib qoldik, bundan katta hisobda yuta olmasak kerak.
7633.

Xitoy tilida bir nechta iyerogliflar birlashib, yangi murakkab iyeroglif va yangi soβ€˜z hosil qilishi mumkinligini bilasiz.
Masalan, β€œit” va β€œogβ€˜iz” iyerogliflari birlashib β€œhurmoq” soβ€˜zini, β€œdevor” va β€œtom” iyerogliflari birlashib β€œuy” soβ€˜zini hosil qiladi.
Diqqat savol, β€œbugβ€˜ular podasi” va β€œyer” iyerogliflari birlashishidan qaysi soβ€˜z paydo boβ€˜ladi?

Javob: Chang
7634.

Oβ€˜rta asrlarda freskalar majmuasi odatda bir nafar rassom tomonidan emas, rassomlarning bir guruhi tomonidan ishlangan. Zamonaviy italiyalik san’atshunos Zanardining fikricha, freskalar ustida ishlash oddiy surat chizish jarayonidan tubdan farq qiladi. Ushbu fikrlarini ayta turib, mutaxassis bir oβ€˜xshatish qiladi hamda boshqa bir san’at asarini yodga olib oβ€˜tadi. Agar siz yuqorida qaysi san’at asari yodga olinganini topgan boβ€˜lsangiz, san’atshunos Zanardi fikrlarida kimni yodga olganini topib berishingiz lozim?

Javob: Uolt Disney
Izoh: Zanardi freskalar bilan ishlashni multfilm yaratish bilan tenglashtirgan.
7635.

Fransuz faylasufi va yozuvchisi Volter inson psixologiyasini
mukammal o'rgangan shaxs sifatida yodda kolgan. Ayniqsa, ayollar ichki dunyosini
bilishga butun umrini bag'ishlagan. O'zini ta’kidlashicha, ko'pchilik ayollarni ichida sir
turmaydi – deyishadi. Volter aksincha ular o'zlari bilan bog'liq bir ma’lumotni o'ta
sir saqlashadi. Volter naqadar haq ekanligiga siz ham to'g'ri javobni eshitib ishonch
hosil qilasiz. Savol: Volter qanday sirni nazarda tutgan?

Javob: Hech bir ayol necha yoshga kirganini aytmaydi, sir tutadi.
Bunaqada men uylanmoqchi bo'lgan qiz mendan katta yoki kichikligi qayerdan bilamanπŸ˜•
Volter tog'a
7636.

Hindistondagi bir soha vakillari 1988 yil 6 oy mobaynida 3200 kg oltin topishga muvaffaq boβ€˜lganlar. Bu miqdor esa oltin qidiruvchilar va shaxtyorlar oβ€˜ljasidan ikki barobar ortiqdir.
Savol: ular kimlar?

Javob: Bojxona xodimlari.
Izoh: chegaradan noqonuniy olib oβ€˜tilayotgan oltinlarni musodara qilib
7637.

Savol miloddan avvalgi 3-2 ming yillikga oid kuzgular qaysi manzilgohdan topilgan?

Javob: Zamonbobo
7638

Charli Chaplin tishlarni saqlab qolishning 3 yo'li borligini aytgan:
Birinchi: kuniga 2 marta yuvish,
Ikkinchi: har 6 oyda shifokorga borish;
Chaplinning hazilkash ekanini hisobga olgan holda 3-yo'lni toping?

Javob: Birovlarning ishiga aralashmaslik. Chunki musht keb qolishi mumkin jag'iga qarab
7639

Qadimgi Misr xalqi yozuvlarida Β«odillikΒ»
so'zi tuyaqush patlari bilan izohlangan. Hurmatli bilimdonlar, bir daqiqadan so'ng nega aynan tuyaqush patlari orqali u so'zni ifodalashganligini aytasiz?

Javob: Tuyaqush patlari hammasi bir xil uzunlikda bo'ladi. Odillik barchaga
barobar bo'lishiga ishora qilishgan
7640.

Matematik boshqotirma


Bir kishi sochini oldirib bo'lib qancha bo'ladi dedi, Usta esa g'aladonda necha so'm bo'lsa shuncha tashlab 2000 so'm oling dedi. Keyingi odamga ham shu qaytarildi va uchinchi odam ham g'aladonda qancha bo'lsa shuncha pul tashlab 2000 so'm olib chiqib ketdi va g'aladonda pul tugadi.
Savol g'aladonda necha so'm pul bo'lgan. izohlab bering?

Javob: 1750 bor
Birinchi kishi shuncha tashasa 3500 bo'ladi 2000 qaytarib olsa 1500 qoladi. Ikkinchi kishi 1500 tashasa 3000 bo'ladi 2000 qaytarib olsa 1000 qoladi, uchinchi kishi 1000 tashasa 2000 bo'ladi, 2000 qaytarib olsa pul qomaydi
7641.

Dunyo okeani terminining boshqacha talqini galosfera deyiladi. Bu yer sharining suv qobig'i qismining uning eng asosiy xususiyati bilan birlashtirilgan so'zlar kombinasiyasidan kelib chiqqan. Savol aynan qaysi xususiyat?

Javob: Galo-tuz sfera-shar
3500 bo'lib yuborsak kechga yana savollar udari bo'lishi mumkin😁πŸ’₯
7642.

Uni qo'limga olib go'yo ichganday bo'ldim. To'yib hidlab yuzlarimga surtdim, so'ngra bilaklarimga o'rab boshim uzra ko'tardim va uni oyoqlarim ostiga tashladim va
bundan ko'nglim to'lmay uni yana qo'limga oldim va shundagina jismu-jonim orom topdi.
Hurmatli bilimdonlar yuqorida qanday jarayon ta’riflanmoqda?

Javob: Suvni qo'lga quyib ichgandek bo'lib, uni hidlab, bilaklaringiz
bilan aylantirasiz. 3 karra bu amallar ado bo'lgach, jismu-joningiz rohat topadi. Bu har bir musulmonni namoz oldindan bajarajak tahorat amallaridur
7643.

Men shunday kuchga egamanki imkoniyatim bo'lmasa ham sizni xarakatga keltiraman, siz meni ko'rmaysiz mobodo ko'rsangiz ham mendan boshqa hech narsani ko'rolmaysiz! men kim yoki nimaman?

Javob: Tush. Uyqu javobi ham qabul