𝐄𝐬𝐀𝐒 π’πšπ―π¨π₯π₯𝐚𝐫
4.76K subscribers
956 photos
47 videos
6.58K links
@Eski_Savollar_Bazasi

Admin: @TurnirlarZkBot

Nasib 10000ta savol joylanadi bazaga
Download Telegram
9051.

Savol yuborgan bilimdon Анвар ΠΠ΅ΡŠΠΌΠ°Ρ‚ΠΎΠ²


Bu olim 1077 yilda u Yevklid kitobiga sharh yozib, butun sonlarning ildizini topish yoβ€˜llarini koβ€˜rsatib beradi. 1079 yilda esa yangi kalendar ishlab chiqaradi. Bu kalendar 500 yil keyin qabul qilingan va hozirgi vaqtgacha qoβ€˜llanilayotgan Grigorian kalendaridan ham aniqroq boβ€˜lgan. Shuningdek uning Koinot va uning vazifalari, Borliq haqida risola, β€œBorliq umumiyligi haqida risola” kabi asarlari ham mashhurdir. Agar siz gap kim haqida ketayotganligini topgan boβ€˜lsangiz, bir manbada β€œuning koβ€˜nglini ranjitmaslik”ka harakat qilgan shoir nomini yozib bering?

Javob: Muhammad Yusuf.
Izoh: Savolda mashhur matematik, munajjim va shoir Umar Xayyom haqida gap borayotganligini payqagan boβ€˜lsangiz kerak.
Muhammad Yusufning:
Mening haqimdagi gβ€˜iybatlar yolgβ€˜on,
Ixtiyor oβ€˜zimda boβ€˜lsa qaniydi.
Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan,
Ichmasam, ul zotning koβ€˜ngli ranjiydi.
9052.

Savol yuborgan bilimdon Анвар ΠΠ΅ΡŠΠΌΠ°Ρ‚ΠΎΠ²


Diqqat savolda bir soβ€˜zdan ayrim harflar tushirib qoldirilgan!
Nepaldagi qishloqlardan birini BRAK QISHLOQ deb atashadi. Mazkur qishloq odamlarining qashshoq va ilmsizligidan foydalangan firibgarlar ularni regeneratsiyaga ishontirishgan. Diqqat savol: firibgarlar qishloq odamlarini aldab qanday ishni amalga oshirishadi?

Javob: ularning buyraklarini yana qayta oβ€˜sib chiqadi deb ishontirib arzon narxda sotib olishadi.
Izoh: brak soβ€˜zi buyrak bilan almashtirildi. Qishloq nomi Buyrak qishloq
Manba: https://t.me/uzbekchilik17/2167
9053.

Savol yuborgan bilimdon Анвар ΠΠ΅ΡŠΠΌΠ°Ρ‚ΠΎΠ²


"Ushbu savol haqiqatga juda yaqin, biz sizni aldamoqchi emasmiz". Yaponiyada qari yoshdagi avtomobil haydovchilariga mashina haydashdan voz kechish evaziga X ni taklif qilishadi, shu orqali yoβ€˜llardagi avariyalarni kamaytirishga erishilarkan. X ni bir soβ€˜zda yozib bering?

Javob: LagΚ»mon, Lapsha
9054.

Isitiladigan palovning guruchi ezilib ketmasligi uchun qozonga ozgina X qo'shib yuboring. Xdagi polifenollar og'iz bo'shlig'i kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan himoya qiladi. Shuningdek, uning "ixlosmandlari" orasida artrit kasalligi kam uchrar ekan. Ayniqsa, buvi va bobolarimiz orasida "ommabop"
X ni 2 so'z bilan ayting?

Javob: Qora choy
9055.

Bir mahsulot haqida to'rtlik:

Mevalardan darmon-dori qilurlar,
Vaqti kelsa tayoq bilan ururlar,
Hatto yaproqlarin yig'ib Taxmonlarga solurlar.
Savol: u qaysi meva va barglari nega taxmonga solinadi ?

Javob: Yong'oq. Yozda kuya tushmasligi uchun qishki kiyimlarning orasiga yong'oq barglari solinadi.
9056.

Do’konga 6 bochkada moy keltirilgan. Rasmda har qaysi bochkaga necha litr moy sig’ishi ko’rsatilgan
.

Birinchi kuniyoq bitta firma, ikkitta bochkani, ikkinchi firma esa uchta bochkani ochilmagan holda sotib olgan. Lekin birinchi firma ikkinchisiga qaraganda moydan ikki baravar kam olgan. Hullas bochkalar ochilmasdanoq sotilib ketgan. Kechki vaqtga kelib do’konda faqat bitta bochkada moy qolgan. Necha litrli bochka do’konda soltilmay qolganini aytib bering?

Izohi bilan qabul

Javob: 20 litrlik,
Izoh: birinchisi 15+18=33, ikkinchisi 16+19+31=66
9057.

U 1943-yili 9-martda tug'ilgan. 1972-yili 1-sentyabr kuni qirollik taxtiga o'tirdi. Afsuski, qirol bo'lib namunali bir ishni ham bajara olmadi. Xatto o'z qirolligini ham munosib himoya qila olmadi.
DIQQAT SAVOL: uning ismi sharifini toping?

Javob: Robert Fisher
9058.

U hamma insonlarda jam uchramaydi. U iste'dodlilarda ancha kam uchraydi. Agar hamma iste'dodlilarda u bo'lganida rivojlanish darajasi bir necha barobar o'sgan bo'lardi. Lekin daxolarda u ko'p uchraydi.
DIQQAT SAVOL: u nima?

Javob: QatΚΌiyat
9059

⚠️ Kunning Oxirgi savoli


XIX- asr oxirlarida yashagan Salitikov-Shedrin qaysidir xikoyasida bir predmetga shunday sifat bergan: uning yapalog'i, uzunchog'i, burunsifat qilib yasalgani, ingichkasi, chuqurlari bo'lishini, burlaklarda kattasi, ammo sillig'i bo'lishini yozgan.
Diqqat savol: u nima?

Javob: Qoshiq. Burlaklar cho'ntakda olib yurgani uchun qoshiqlari silliqlanib ketadi.
Faqat yigΚ»lamagin ketgin qaytmagin
Baxtli boΚ»lgin unutvorgin
Ket endi mandan qaytma)


Retro taronalardan))😁
9060.

Oybekning β€œNavoiy” romani bosilgach, unga tanqid toshlari ota boshlanadi. Shulardan biri Botir Fayziyevning β€œNavoiy” romani to’g’risidagi achimsiq maqola edi. Fayziyev romandagi bir jumlaga qattiq yopishib olib, shu jumla orqali Oybekni hukumatga qora ko’rsatishga urinadi. O’sha jumlani eshiting: β€œTo’g’onbek qimiz ichgan Udek huzur qiladi”.
SAVOL: Jumladagi U o’rnida qaysi so’z bor?

Javob: β€œTo’g’onbek qimiz ichgan QOZOQdek huzur qiladi”
9061.

β€œBir qo’limda o’ldirgich,
Bir qo’limda kuldirgich”.
Siz bizga topishmoqning javobini emas, topishmoq so’zlari kimning tilidan aytilganini aytib bering?

Javob: Chavandoz (ot mingan kishi)
Izoh: o’ldirgich – bu qamchi; kuldirgich – bu yugan. Yuganni tortsangiz, ot og’zi kulganga o’xshab qoladi, shunga kuldirgich deyilmoqda
9062.

Ular Yaponiyada baxt timsoli. Mo'g'ul chorvadorlari sut aynimasligida, Qadimgi Misrda mo'miyolangan tananing eson-omon yana qayta tiklanishida Uning yordamidan foydalanishgan ekan.
SAVOL: Unga qayerdagi xizmatlari uchun haykal o'rnatilgan?

Javob: Laboratoriyadagi
Izoh: Ular - qurbaqalar.
9063.

1997-yil amerikada suratga olingan bu filmni 2 ta qahramonini nomlari grek mifologiyasidan olingan.
Bu qahramonlarni ismini aniqlashda sizga astronomiya yordam berishi mumkin.
Bu filmni original nomini aniqlashda esa sizlarga xokkeyda qoΚ»llaniladigan bir termin as qotishi mumkin.
Ana endi savol siz menga filmni original nomini aytib berishingiz soΚ»raladi?

Javob: Face off
9064.

Latifada aytilishicha
, 5 yilcha avval 100ta ayol ishtirokida "Ayollar nimani istaydi?" degan so'rovnoma o'tkaziladi. Natijalar esa hali ham tayyor emas. Chunki hali ham ...
Savol: Nuqtalar o'rnini to'ldiring?

Javob: birinchi ayol hali gapirishdan to'xtamadi
9065.

Italiyaliklar: - "Pronto" tarjimasida "Tayyor"
Greklar: - "Embros" tarjimasida "Olga"
Yaponlar: - "Mosi-mosi" - "aytayapman-aytayapman"
Savol: Turklardachi?

Javob: Afandim
Izoh: Qo'ng'iroqqa javob so'zlari
9066.

Mediklardagi yoqimli bo'lmagan holat. Alfa har doim ham alfa emas, betta ham har doim betta bo'lolmaydi. Bollivud "Alfa betta" mashhur seriali ham bor. Bugungi savollarda g'alaba qilishingiz uchun faqat bilimli emas siz Alfa ham bo'lishingiz kerak.
Demak o'sha serial nomini ayting?

Javob: Tez yordam