𝐄𝐬𝐀𝐒 π’πšπ―π¨π₯π₯𝐚𝐫
4.76K subscribers
955 photos
47 videos
6.57K links
@Eski_Savollar_Bazasi

Admin: @TurnirlarZkBot

Nasib 10000ta savol joylanadi bazaga
Download Telegram
7836.

Bu ko'p eski ravot, .... unga nom
Tun-kun tulporiga bor bunda orom.
Bu eski bazm yuzlab Jamshiddan qoldi,
Bu go'rda yotadi yuz-yuzlab Bahrom.
U.Xayyom qalamiga mansub bu ruboiyda tushirib qoldirilgan so'zni toping?

Javob: Olam
7837.

Savol: A.S.Pushkin bu san’at haqida shunday fikrlarni aytgan: Β«U qalbdan ijro etilgan parvozdirΒ». Bu qaysi san’at turi?

Javob: Balet
7838.

Savol: Β«Moβ€˜l-koβ€˜lchilik dengiziΒ», Β«Sokinlik dengiziΒ», Β«Bulutlar dengiziΒ», Β«Ravshanlik dengiziΒ», Β«Yomgβ€˜irlar dengiziΒ», Β«Moskva dengiziΒ», Β«Orzular dengiziΒ» kabi dengizlar qayerda joylashgan?

Javob: Oyda
7839.

"Etik kiygan mushuk", "Qizil shapkacha", "Kuloyim"(Zolushka) ertaklari muallifini hammamiz bilamiz. Hammaga sevimli bo'lgan Sharl Perro mashhur Luvr muzeyida X bo'lib ishlagan. Savol oddy kim bo'lib?

Javob: Arxitektor(Muhandis)
7840.

⚠️Kunning oxirgi savoli
:

Mashhur animator Walt Disneyning aytishicha: dunyodagi har bir insonning qalbida qaysidur ma'noda u yashar ekan. Siz ushbu insonning kasbidan kelib chiqqan holda U ni toping?

Javob: Bolalik
Bot ishlab ketsa natijalarni e'lon qilaman
Bot qotgan hamma joyda
7841.

Diametri 76.2 mm , qalinligigi 25.4 mm vazni 140-170 gramm. Gap qaysi sport anjomi haqida ketmoqda?

Javob: Xokkey shaybasi
7842.

Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgprod, Samara, Saransk, Rostov-Don, Sochi, Yekaterinburg. Bularni nima bog'lab turadi?

Javob: Futbol Jahon Chempionati 2018 o'tkaziladigan joylar
7843.

Bu termin futbolga sirkdan kelgan. Bu so'z ,,ko'zboylagich fokus" so'zlarini sinonimi hisoblanadi. Tarjimasi esa "shlyapali tryuk " degani ekan. Bu bugungi kunda futbolda ishlatilayotgan qaysi termin?

Javob: Xettrik
Inglizcha Hat va Trick
7844.

O'rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o'yinlardan biri. Hukmdor va har xil amaldorlardan tashqari o'ziga to'q odamlar, hatto oddiy aholi ham bu o'yinni tashkil qilgan. Bu o'yin milliylik ramzi. Kelajak avlodni mard, jasur, do'stlikka vafoli qilib tarbiyalashga yordam beradi. Qaysi sport turi(o'yin)?

Javob: Ko'pkari(uloq)
7845.

Uning yaratilishiga qish fasli sababchi bo'lgan. Bu sport turining vatani AQSH. Uning Xalqaro Federatsiyasi 1932-yilda tashkil qilindi. Olimpiada o'yinlariga esa 1936-yildan kiritildi. U sport turini toping?

Javob: Basketbol
Izoh: Sport ustozi talabalar qishda shug'ullanishi uchun o'ylab topgan
7846

32 ta 6ta qavatda joylashgan xonasi, 35 ta hammomi, 412 ta eshigi, 147 ta derazasi, 28 ta kamini, 8 ta zinapoyasi va 3 lifti bor.
SAVOL: Gap ketayotgan bino uchun oxirgi "jang"da kim g'alaba qozondi?

Javob: Jo Bayden
Izoh: Gap bu yerda Aqshdagi "Oq uy" binosi haqida edi
7847.

Shimoliy Amerika xalqining shunday nomi borki, u sal kam rasmiy nom hisoblanadi. Bu so'zning ma'nosini aniqlash maqsadida Oxford lug'atiga murojaat qilishganida, bu so'zning eng qadimiy shakli "o'ta qo'rqoq odamlar" degan ma'noni bildirar ekan. 2015-yil yilning eng qimmat brendi ham shu nom bilan atalgan.
Savol: Bu qaysi nom?

Javob: YANK (Yanki)LAR
7848.

Ibrohim Adham Arab halifaligining amirlaridan hisoblangan. Kunlardan bir kuni Ibrohimni xizmatkorlaridan biri uni oltindan bo'lgan yotog'ini yig'ishtirib bo'lganidan so'ng yotoqqa bir marta yotib ko'ray deb uxab qolibti. Birozdan so'ng Ibrohim uni o'zining yotog'ida ko'rib jahli chiqib ketib uni ura boshlabti. Xizmatkorni har urganida u kular emish. Ibrohim urishdan charchab undan kulayotganini sababini so'raganida u shunchalik oqilona javob beradiki Ibrohim o'sha vaqtning o'zida bor boyligini tashlab chiqib ketadi va darveshlik hayotini tanlaydi.
SAVOL: Xizmatkor unga nima deb javob bergan?

Javob: Agar men shu bir zum yotib shuncha kaltak yegan bo'lsam, har kuni yotgan siz - erta qiyomatda qanday javob berar ekansiz, degan.
7849.

Ona tilichi filologlar uchun savol
:

Fransuz adabiyotshunosi Roland Bart ijod mohiyati ustida fikrlab, "yozuvchi" va "yozg'uvchi"ni shunday farqlaydi: Yozuvchi vazifa bajaradi, ya'ni garchi ilhomi bo'lsa-da o'z so'ziga ishlov berib, pardozlaydi. Yozg'uvchi esa X bilan mashg'ul bo'ladi.
Adabiyotshunos bu ikki toifaning birini "ega"ga, birini "kesim"ga o'xshatadi.
SAVOL: 1.Yozg'uvchi nima ish qiladi?
2. Qaysi toifa "ega", qaysi biri "kesim"?

Javob: 1.Yozish bilan
2. Yozuvchi - ega, yozg'uvchi -kesim
7850.

Quyidagi ayollar ismi: Kleopatra, Janna d'Ark, Ekaterina II, Mariya Kyuri, Roza Lyuksemburg, Klara Tsetkin, Indira Gandi vatandoshimiz Nodirabegim...
Ularning soni 116 ta. 1991 yili XAI bosh assambleyasi ularni tasdiqladi. 116 ta ayol nomi berilgan joy nomini toping?

Javob: Venera sayyorasida 116 krater va dengiz topilgan, xalqaro astronomik ittifoq ularga mashxur ayollarning nomini berishga qaror qilgan.
7851.

Ularni 6 tasigina Tauer ko'prigida
yashashlari shart ekan
Bu holat esa Angliya qiroli Karl II
davridan amalda bo'lib qirolning
fikricha ular ketsa monarxiya
tugar emish...
SAVOL : Ular nimalar?

Javob: Qarg'alar
Londonda ularni mudom saqlanishi monarxiya davomiyligi bilan bog'lanar ekan . Ehtimol qarg'alarni uzoq ko'radigan umriga nisbatlangandir
7852.

U birinchi bo'lib 1817- Yil 17-oktyabrdan 1824-yil 21-fevralga qadar, Lixteynshteyn gersogi Yevgeniy Bogarniy uchun ishlagan.
Biroq o'sha davrda unga hech kim
kerakli buyum sifatida qaramagan ekan. SAVOL : U nima ?

Javob: Soat
Yana bir ma'lumot, XX asr boshiga qadar ulardan faqat ayollar foydalanishgan ekan
πŸ“Š Kechagi kun natijalari

πŸ₯‡ ℳ𝒢𝓇𝒿ℴ𝓃𝒢 ❦︎: 13 ball
πŸ₯ˆ _radjaboff_: 5 ball
πŸ₯ˆ
@Muslimmmmmmmmmmmmmmm: 5 ball
πŸ₯ˆ
@deduktsiya95: 5 ball
πŸ₯ˆ Askar: 5 ball
πŸ₯ˆ
@Tarixchi_44: 5 ball
πŸ₯ˆ
@anvar_nematov_2703: 5 ball
πŸ₯ˆ
@wms_17: 5 ball
πŸ₯ˆ
@Imona0702: 5 ball
πŸ₯ˆ 🀍 𝙾 ོ∞ ❄️: 5 ball
πŸ₯ˆ
@pssOMONJON07: 5 ball
πŸ₯ˆ
@IQ101101: 5 ball
πŸ₯ˆ
@raykxann: 5 ball
πŸ₯ˆ Shaxobov Umid: 5 ball
15.
@abdulaz1zazamov: 3 ball
15.
@samijonogli: 3 ball
15.
@UmarovIlhom_14: 3 ball
18.
@mashhurbeks: 2 ball


πŸ†GΚ»oliblarni gΚ»alaba bilan tabriklaymiz!

OΚ»yinimizda faol ishtirok etgan barchaga rahmat, ilmingiz bundanda ziyoda boΚ»lsin!
πŸ“Š Bugungi kun natijalari

πŸ₯‡
@No_1Davlatbek: 7 ball
πŸ₯ˆ
@F_Ch_R: 5 ball
πŸ₯ˆ
@anvar_nematov_2703: 5 ball
πŸ₯ˆ
@IQ101101: 5 ball
πŸ₯ˆ
@yuzer_kerakmi: 5 ball
πŸ₯ˆ
@Abdulmajid8883: 5 ball
πŸ₯ˆ
@Mehroj_Jalilov: 5 ball
πŸ₯ˆ J@HONGIR: 5 ball
πŸ₯ˆ
@NurbekNuraliyevich1991: 5 ball
πŸ₯ˆ
@Ant0phile: 5 ball
πŸ₯ˆ
@Boburmirzo2: 5 ball
12.
@Sakinat101: 3 ball
12.
@b_bekmurod: 3 ball
12.
@Channel_Bot: 3 ball

πŸ†GΚ»oliblarni gΚ»alaba bilan tabriklaymiz!

OΚ»yinimizda faol ishtirok etgan barchaga rahmat, ilmingiz bundanda ziyoda boΚ»lsin!