𝐄𝐬𝐀𝐒 π’πšπ―π¨π₯π₯𝐚𝐫
3.56K subscribers
781 photos
39 videos
5.43K links
@Eski_Savollar_Bazasi

Admin: @TurnirlarZkBot

Nasib 10000ta savol joylanadi bazaga
Download Telegram
7833.

Savol: Qushlar orasida alfa ni eng baxtsiz, omadsiz deyish mumkin! Chunki o'zi in qura olmaydi, qanoti bor ucha olmaydi, tabiatan yomg'irdan juda qo'rqadi. Qaysi qush?

Javob: Tovuq
7834.

O’zlarining oppoq roβ€˜dapo kiyimlari va konussimon qalpoqlari bilan XIX asr oxirlarida ular amerika xalqini dahshatga solishgan.
Kimlar?

Javob: Ku-kluks-klan
7835.

Bu sport turiga o'xshash o'yin turi miloddan 2 ming yil avval ham Misr, Yunoniston, O'rta Osiyoda va boshqa joylarda mavjud bo'lgan. O'rta Osiyoda avvaliga chorvadorlar orasida o'ynala boshlagan. XIX asrning ikkinchi yarmida B.Britaniyada bu sport turining klublari ochildi. Qaysi sport turi?

Javob: Chim ustida xokkey
7836.

Bu ko'p eski ravot, .... unga nom
Tun-kun tulporiga bor bunda orom.
Bu eski bazm yuzlab Jamshiddan qoldi,
Bu go'rda yotadi yuz-yuzlab Bahrom.
U.Xayyom qalamiga mansub bu ruboiyda tushirib qoldirilgan so'zni toping?

Javob: Olam
7837.

Savol: A.S.Pushkin bu san’at haqida shunday fikrlarni aytgan: Β«U qalbdan ijro etilgan parvozdirΒ». Bu qaysi san’at turi?

Javob: Balet
7838.

Savol: Β«Moβ€˜l-koβ€˜lchilik dengiziΒ», Β«Sokinlik dengiziΒ», Β«Bulutlar dengiziΒ», Β«Ravshanlik dengiziΒ», Β«Yomgβ€˜irlar dengiziΒ», Β«Moskva dengiziΒ», Β«Orzular dengiziΒ» kabi dengizlar qayerda joylashgan?

Javob: Oyda
7839.

"Etik kiygan mushuk", "Qizil shapkacha", "Kuloyim"(Zolushka) ertaklari muallifini hammamiz bilamiz. Hammaga sevimli bo'lgan Sharl Perro mashhur Luvr muzeyida X bo'lib ishlagan. Savol oddy kim bo'lib?

Javob: Arxitektor(Muhandis)
7840.

⚠️Kunning oxirgi savoli
:

Mashhur animator Walt Disneyning aytishicha: dunyodagi har bir insonning qalbida qaysidur ma'noda u yashar ekan. Siz ushbu insonning kasbidan kelib chiqqan holda U ni toping?

Javob: Bolalik
Bot ishlab ketsa natijalarni e'lon qilaman
Bot qotgan hamma joyda
7841.

Diametri 76.2 mm , qalinligigi 25.4 mm vazni 140-170 gramm. Gap qaysi sport anjomi haqida ketmoqda?

Javob: Xokkey shaybasi
7842.

Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgprod, Samara, Saransk, Rostov-Don, Sochi, Yekaterinburg. Bularni nima bog'lab turadi?

Javob: Futbol Jahon Chempionati 2018 o'tkaziladigan joylar
7843.

Bu termin futbolga sirkdan kelgan. Bu so'z ,,ko'zboylagich fokus" so'zlarini sinonimi hisoblanadi. Tarjimasi esa "shlyapali tryuk " degani ekan. Bu bugungi kunda futbolda ishlatilayotgan qaysi termin?

Javob: Xettrik
Inglizcha Hat va Trick
7844.

O'rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o'yinlardan biri. Hukmdor va har xil amaldorlardan tashqari o'ziga to'q odamlar, hatto oddiy aholi ham bu o'yinni tashkil qilgan. Bu o'yin milliylik ramzi. Kelajak avlodni mard, jasur, do'stlikka vafoli qilib tarbiyalashga yordam beradi. Qaysi sport turi(o'yin)?

Javob: Ko'pkari(uloq)
7845.

Uning yaratilishiga qish fasli sababchi bo'lgan. Bu sport turining vatani AQSH. Uning Xalqaro Federatsiyasi 1932-yilda tashkil qilindi. Olimpiada o'yinlariga esa 1936-yildan kiritildi. U sport turini toping?

Javob: Basketbol
Izoh: Sport ustozi talabalar qishda shug'ullanishi uchun o'ylab topgan
7846

32 ta 6ta qavatda joylashgan xonasi, 35 ta hammomi, 412 ta eshigi, 147 ta derazasi, 28 ta kamini, 8 ta zinapoyasi va 3 lifti bor.
SAVOL: Gap ketayotgan bino uchun oxirgi "jang"da kim g'alaba qozondi?

Javob: Jo Bayden
Izoh: Gap bu yerda Aqshdagi "Oq uy" binosi haqida edi
7847.

Shimoliy Amerika xalqining shunday nomi borki, u sal kam rasmiy nom hisoblanadi. Bu so'zning ma'nosini aniqlash maqsadida Oxford lug'atiga murojaat qilishganida, bu so'zning eng qadimiy shakli "o'ta qo'rqoq odamlar" degan ma'noni bildirar ekan. 2015-yil yilning eng qimmat brendi ham shu nom bilan atalgan.
Savol: Bu qaysi nom?

Javob: YANK (Yanki)LAR
7848.

Ibrohim Adham Arab halifaligining amirlaridan hisoblangan. Kunlardan bir kuni Ibrohimni xizmatkorlaridan biri uni oltindan bo'lgan yotog'ini yig'ishtirib bo'lganidan so'ng yotoqqa bir marta yotib ko'ray deb uxab qolibti. Birozdan so'ng Ibrohim uni o'zining yotog'ida ko'rib jahli chiqib ketib uni ura boshlabti. Xizmatkorni har urganida u kular emish. Ibrohim urishdan charchab undan kulayotganini sababini so'raganida u shunchalik oqilona javob beradiki Ibrohim o'sha vaqtning o'zida bor boyligini tashlab chiqib ketadi va darveshlik hayotini tanlaydi.
SAVOL: Xizmatkor unga nima deb javob bergan?

Javob: Agar men shu bir zum yotib shuncha kaltak yegan bo'lsam, har kuni yotgan siz - erta qiyomatda qanday javob berar ekansiz, degan.
7849.

Ona tilichi filologlar uchun savol
:

Fransuz adabiyotshunosi Roland Bart ijod mohiyati ustida fikrlab, "yozuvchi" va "yozg'uvchi"ni shunday farqlaydi: Yozuvchi vazifa bajaradi, ya'ni garchi ilhomi bo'lsa-da o'z so'ziga ishlov berib, pardozlaydi. Yozg'uvchi esa X bilan mashg'ul bo'ladi.
Adabiyotshunos bu ikki toifaning birini "ega"ga, birini "kesim"ga o'xshatadi.
SAVOL: 1.Yozg'uvchi nima ish qiladi?
2. Qaysi toifa "ega", qaysi biri "kesim"?

Javob: 1.Yozish bilan
2. Yozuvchi - ega, yozg'uvchi -kesim