* * *
Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Ko‘zlar visol orzusida charaqlab...
— Bolam, choying sovib koldi, — der onang,
O‘ltirasan uyda kitob varaqlab.
Hali sevgi deb atalgan bastakor
Yuragingda torlar chertib o‘tmagan,
Hali hech kim gullar tutib navbahor
Seni visol bog‘larida kutmagan.
Kechalaring osudadir, bir odam —
Yodi bilan band bo‘lmagan o‘ylaring...
«Yosh Verter»ni o‘kib bir kun meni ham —
Sevarmikin kimdir deya o‘ylading.
Gʻoyibona yo‘llaringga intizor,
Allakimning kutishini bilmaysan.
Derazangni chertib senga ilk bahor,
Bir dasta gul tutishini bilmaysan.
Sen ham uni, u ham seni ko‘rmagan,
Qayerdadir yashar lekin dunyoda.
Bog‘lar kezib hech gulga yuz burmagan,
U sen uchun har kimdan ham ziyoda...
Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Qalb orzikib, yor oldiga chopadi...
Qayerdadir seni izlar parvonang,
U albatta seni izlab topadi.
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Ko‘zlar visol orzusida charaqlab...
— Bolam, choying sovib koldi, — der onang,
O‘ltirasan uyda kitob varaqlab.
Hali sevgi deb atalgan bastakor
Yuragingda torlar chertib o‘tmagan,
Hali hech kim gullar tutib navbahor
Seni visol bog‘larida kutmagan.
Kechalaring osudadir, bir odam —
Yodi bilan band bo‘lmagan o‘ylaring...
«Yosh Verter»ni o‘kib bir kun meni ham —
Sevarmikin kimdir deya o‘ylading.
Gʻoyibona yo‘llaringga intizor,
Allakimning kutishini bilmaysan.
Derazangni chertib senga ilk bahor,
Bir dasta gul tutishini bilmaysan.
Sen ham uni, u ham seni ko‘rmagan,
Qayerdadir yashar lekin dunyoda.
Bog‘lar kezib hech gulga yuz burmagan,
U sen uchun har kimdan ham ziyoda...
Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Qalb orzikib, yor oldiga chopadi...
Qayerdadir seni izlar parvonang,
U albatta seni izlab topadi.
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
PO‘LAT
U dastavval oybolta bo‘ldi,
So‘ng zambarak bo‘lib quyildi.
Qilich ham u,
miltiq
va nagan,
U bomba ham bo‘lib portlagan.
Lekin olgan jahonni faqat
Pero bo‘lib quyilgach po‘lat.
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
U dastavval oybolta bo‘ldi,
So‘ng zambarak bo‘lib quyildi.
Qilich ham u,
miltiq
va nagan,
U bomba ham bo‘lib portlagan.
Lekin olgan jahonni faqat
Pero bo‘lib quyilgach po‘lat.
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
YO‘LLAR
Yillar osha bir yosh o‘sarman,
Yo‘llar osha bir bosh o‘sarman.
Men sayr etgan gul vodiylarda
Chechaklarga yondosh o‘sarman.
Bog‘lar o‘tgan, qir oshgan yo‘llar,
Ufqlarga tutashgan yo‘llar,
Jimir-jimir nuqralar taqib,
Nur emibsiz quyoshdan, yo‘llar.
Sayr odatim qo‘yarmidim men,
O‘lkam kezib to‘yarmidim men,
Kezmay turib, sayr etmay turib
Uni shuncha suyarmidim men!
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Yillar osha bir yosh o‘sarman,
Yo‘llar osha bir bosh o‘sarman.
Men sayr etgan gul vodiylarda
Chechaklarga yondosh o‘sarman.
Bog‘lar o‘tgan, qir oshgan yo‘llar,
Ufqlarga tutashgan yo‘llar,
Jimir-jimir nuqralar taqib,
Nur emibsiz quyoshdan, yo‘llar.
Sayr odatim qo‘yarmidim men,
O‘lkam kezib to‘yarmidim men,
Kezmay turib, sayr etmay turib
Uni shuncha suyarmidim men!
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Xayrli kech
Tilak qadrin bilar odamlar,
Yaxshi niyat qilar odamlar.
Do‘stga tungi orom oldidan
Xayrli kech tilar odamlar.
Xayrli kech — hikmatli istak,
Bu istakni buyurmish yurak.
Xayrli kech — farahli tuning
Osoyishta, tinch bo‘lsin, demak..
Yer yuzida yashagan inson
Mayliga, u qayerlik bo‘lsin,
Tinch mehnatda kunlari shodon,
Kechalari xayrli bo‘lsin.
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Tilak qadrin bilar odamlar,
Yaxshi niyat qilar odamlar.
Do‘stga tungi orom oldidan
Xayrli kech tilar odamlar.
Xayrli kech — hikmatli istak,
Bu istakni buyurmish yurak.
Xayrli kech — farahli tuning
Osoyishta, tinch bo‘lsin, demak..
Yer yuzida yashagan inson
Mayliga, u qayerlik bo‘lsin,
Tinch mehnatda kunlari shodon,
Kechalari xayrli bo‘lsin.
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
ONA TUPROQ
Nega inson yerni qutlug‘ der,
Tuproqni ham sanar muqaddas?
Yo‘q, moʻtabar emas asli yer,
Tuproq o‘zi tabarruk emas.
Dastlab o‘sha yer uzra odam
To‘kkanida halol manglay ter,
Gavhar undi ona tuprokdan,
Qutlug‘ bo‘ldi muazzam bu yer.
O‘z muborak tuprog‘in inson
Yot nazardan asrab har nafas,
Uni quchib fido etdi jon,
Qoni bilan qildi muqaddas.
Yo‘q, moʻtabar emas asli yer,
Qutlug‘ emas tuproq hech qachon.
Muborakdir inson to‘kkan ter,
Moʻtabardir qutlug‘ toza qon.
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Nega inson yerni qutlug‘ der,
Tuproqni ham sanar muqaddas?
Yo‘q, moʻtabar emas asli yer,
Tuproq o‘zi tabarruk emas.
Dastlab o‘sha yer uzra odam
To‘kkanida halol manglay ter,
Gavhar undi ona tuprokdan,
Qutlug‘ bo‘ldi muazzam bu yer.
O‘z muborak tuprog‘in inson
Yot nazardan asrab har nafas,
Uni quchib fido etdi jon,
Qoni bilan qildi muqaddas.
Yo‘q, moʻtabar emas asli yer,
Qutlug‘ emas tuproq hech qachon.
Muborakdir inson to‘kkan ter,
Moʻtabardir qutlug‘ toza qon.
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Donishqishloq hangomalari.
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
O‘LKA
Bog‘laringni sayr etganimda
Sen bor eding qalbda, Vatanim.
Bog‘ husniga she’r bitganimda
Uni dastlab senga atadim.
Minglab tilda madhingni so‘zlar
Bunda o‘sgan har bitta daraxt.
Nur emadi millionlab ko‘zlar
Ko‘kdan sening husningga qarab.
Jilmayadi o‘zida yo‘q shod
Yangi oy ham ketmay qoshingdan.
Etak-etak olib koinot
Yulduzlarin sochar boshingdan...
1960 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Bog‘laringni sayr etganimda
Sen bor eding qalbda, Vatanim.
Bog‘ husniga she’r bitganimda
Uni dastlab senga atadim.
Minglab tilda madhingni so‘zlar
Bunda o‘sgan har bitta daraxt.
Nur emadi millionlab ko‘zlar
Ko‘kdan sening husningga qarab.
Jilmayadi o‘zida yo‘q shod
Yangi oy ham ketmay qoshingdan.
Etak-etak olib koinot
Yulduzlarin sochar boshingdan...
1960 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
* * *
Kun tog‘ o‘rkachiga tirmashar asta,
Novvot koyalarda yaltiraydi qor.
Yuksak cho‘qqilardan boshlangan bahor
Shalolalar bilan intilar pastga.
To‘shab sohillarga jilvakor gilam
Daryo bo‘lib okar Amu, Siriga.
Bahor o‘lkasining kon tomiriga
Sharqirab kiradi fusunkor ko‘klam.
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Kun tog‘ o‘rkachiga tirmashar asta,
Novvot koyalarda yaltiraydi qor.
Yuksak cho‘qqilardan boshlangan bahor
Shalolalar bilan intilar pastga.
To‘shab sohillarga jilvakor gilam
Daryo bo‘lib okar Amu, Siriga.
Bahor o‘lkasining kon tomiriga
Sharqirab kiradi fusunkor ko‘klam.
1959 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
YO‘Q, HALOVAT ISTAMAYMAN
Yo‘q, halovat istamayman,
Orom bilmas yosh jonim.
To‘lqin urgan ummoncha bor
Yurakdagi tug‘yonim.
Bo‘ronlarga, dovullarga
Peshvoz yurgim keladi.
Daryolarning girdobiga
Ko‘krak urgim keladi.
Tinchlik bilmas odatimdan
Ozor cheksam mayliga.
Olov bo‘lib bir dam yonsam,
So‘ng o‘chsam ham mayliga...
Har mushkulga bardosh berar,
Chidar mening tosh boshim.
Ammo sokin, tinch yashashga
Sira yo‘qdir bardoshim.
1960 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Yo‘q, halovat istamayman,
Orom bilmas yosh jonim.
To‘lqin urgan ummoncha bor
Yurakdagi tug‘yonim.
Bo‘ronlarga, dovullarga
Peshvoz yurgim keladi.
Daryolarning girdobiga
Ko‘krak urgim keladi.
Tinchlik bilmas odatimdan
Ozor cheksam mayliga.
Olov bo‘lib bir dam yonsam,
So‘ng o‘chsam ham mayliga...
Har mushkulga bardosh berar,
Chidar mening tosh boshim.
Ammo sokin, tinch yashashga
Sira yo‘qdir bardoshim.
1960 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
* * *
Aytib bo‘ldim so‘nggi qo‘shiqni,
Jo‘nab ketdi quyosh ham asta.
Alvon ko‘ylak kiygan ufqning
Etagida qoldi guldasta.
Kuchoq ochar farahli bir tun,
Ko‘z oldimda yana bir chaman —
Xayrli kech —
Tong bilan, do‘stim,
Yana bir she’r o‘qib beraman.
1960 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Aytib bo‘ldim so‘nggi qo‘shiqni,
Jo‘nab ketdi quyosh ham asta.
Alvon ko‘ylak kiygan ufqning
Etagida qoldi guldasta.
Kuchoq ochar farahli bir tun,
Ko‘z oldimda yana bir chaman —
Xayrli kech —
Tong bilan, do‘stim,
Yana bir she’r o‘qib beraman.
1960 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
* * *
To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
U bu so‘z yondosh bo‘lur:
Mohiru mehru mahorat,
Olimu ilmu amal,
Oshiqu ishqu mashaqqat,
Shoiru she’ru shuur.
1961 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
U bu so‘z yondosh bo‘lur:
Mohiru mehru mahorat,
Olimu ilmu amal,
Oshiqu ishqu mashaqqat,
Shoiru she’ru shuur.
1961 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
OLIMLAR VA SHOIRLAR
Qancha ilhom kerak, ishq, orzu-tilak
Insonni fazoga uchirmoq uchun.
Qancha bilim kerak, tafakkur kerak
Buni she’r, dostonga ko‘chirmoq uchun.
Olimni band etar yulduzli osmon,
Cheksiz fazo ilmi shoir xayolin.
Ha, bu shunday zamon, ajoyib zamon,
Olimlar — shoiru
Shoirlar — olim.
1961 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Qancha ilhom kerak, ishq, orzu-tilak
Insonni fazoga uchirmoq uchun.
Qancha bilim kerak, tafakkur kerak
Buni she’r, dostonga ko‘chirmoq uchun.
Olimni band etar yulduzli osmon,
Cheksiz fazo ilmi shoir xayolin.
Ha, bu shunday zamon, ajoyib zamon,
Olimlar — shoiru
Shoirlar — olim.
1961 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
SAMARQAND KEChASI
Munajjim tasbexidan to‘kilgan donalardek
Osmon uzra sochilib yarqiraydi yulduzlar.
Oy sham’u tegrasida uchgan parvonalardek
To sahar javlon urib parpiraydi yulduzlar.
Qaddini kamon etib, yuzda tabassum izi,
Kecha sukunatiga quloq tutar yangi oy.
Nogahon eshitilsa chaqaloqning yig‘isi,
Yana bir Ulug‘bek deb o‘ylab qoldi, hoynahoy.
Samarqand yulduzlari la’limikan, durdona,
Naqsh olmalar singari terib olgim keladi.
Har biri so‘ylar ekan qadimdan bir afsona,
Sahargacha ko‘z yummay quloq solgim keladi.
Ana Hulkar — yetti qiz imlar meni yiroqdan,
Oydin ko‘chalar bo‘ylab shu’lalarda oqurman.
Ulug‘bek qadam qo‘ygan bu muqaddas tuproqdan,
Ulug‘bek nigoh tikkan yulduzlarga boqurman.
Bu kecha ko‘k ummoni mash’allarga to‘lug‘dur,
Hilolga qo‘ngan yulduz suzar go‘yo yelkanda.
Qadimiy shahrim uzra kezaman, dilda g‘urur,
Yulduz to‘la osmonni ko‘targancha yelkamda.
1961yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Munajjim tasbexidan to‘kilgan donalardek
Osmon uzra sochilib yarqiraydi yulduzlar.
Oy sham’u tegrasida uchgan parvonalardek
To sahar javlon urib parpiraydi yulduzlar.
Qaddini kamon etib, yuzda tabassum izi,
Kecha sukunatiga quloq tutar yangi oy.
Nogahon eshitilsa chaqaloqning yig‘isi,
Yana bir Ulug‘bek deb o‘ylab qoldi, hoynahoy.
Samarqand yulduzlari la’limikan, durdona,
Naqsh olmalar singari terib olgim keladi.
Har biri so‘ylar ekan qadimdan bir afsona,
Sahargacha ko‘z yummay quloq solgim keladi.
Ana Hulkar — yetti qiz imlar meni yiroqdan,
Oydin ko‘chalar bo‘ylab shu’lalarda oqurman.
Ulug‘bek qadam qo‘ygan bu muqaddas tuproqdan,
Ulug‘bek nigoh tikkan yulduzlarga boqurman.
Bu kecha ko‘k ummoni mash’allarga to‘lug‘dur,
Hilolga qo‘ngan yulduz suzar go‘yo yelkanda.
Qadimiy shahrim uzra kezaman, dilda g‘urur,
Yulduz to‘la osmonni ko‘targancha yelkamda.
1961yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
QIZALOQ
Singlim FERUZAga
Qo‘g‘irchoqdan bir zum nari ketmasdan
Erkalar, bag‘riga bosar qizaloq.
Hayot nima — hali idrok etmasdan,
Go‘dakligiga ham aqli yetmasdan,
Ona bo‘laman deb o‘sar qizaloq.
Taajjub, kim solmish uning ko‘ngliga,
Kirmoq qayda hali hayot yo‘liga,
Ona allasiga qonmasdan hali,
Ertaga shu uyga beka bo‘lgali
Supurgi tutadi jajji qo‘liga.
Halitdan onalik mehr-shafqatin
Dilingga soldingmi, erka qizaloq?
Tatib ko‘rmay hali hayot zahmatin,
Mushfiq onalikning bor mashaqqatin
Bo‘yningga oldingmi, erka qizaloq?
Gulzor yashagandek g‘uncha qatida,
Tomchida quyoshning jamolin ko‘rdim.
O‘ylasam, o‘y bitmas hayot haqida,
Shu jajji qizaloq tabiatida
Tabiatning buyuk kamolin ko‘rdim.
1961 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Singlim FERUZAga
Qo‘g‘irchoqdan bir zum nari ketmasdan
Erkalar, bag‘riga bosar qizaloq.
Hayot nima — hali idrok etmasdan,
Go‘dakligiga ham aqli yetmasdan,
Ona bo‘laman deb o‘sar qizaloq.
Taajjub, kim solmish uning ko‘ngliga,
Kirmoq qayda hali hayot yo‘liga,
Ona allasiga qonmasdan hali,
Ertaga shu uyga beka bo‘lgali
Supurgi tutadi jajji qo‘liga.
Halitdan onalik mehr-shafqatin
Dilingga soldingmi, erka qizaloq?
Tatib ko‘rmay hali hayot zahmatin,
Mushfiq onalikning bor mashaqqatin
Bo‘yningga oldingmi, erka qizaloq?
Gulzor yashagandek g‘uncha qatida,
Tomchida quyoshning jamolin ko‘rdim.
O‘ylasam, o‘y bitmas hayot haqida,
Shu jajji qizaloq tabiatida
Tabiatning buyuk kamolin ko‘rdim.
1961 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
* * *
Oy fonusin ko‘tardi osmon,
Yulduzchalar bo‘ldi parvona.
Sayr etaylik, kel, birga, jonon,
Ko‘nglim seni istar yagona.
Qo‘llarimdan tut o‘zing, dilbar,
Oydin yo‘lga yetakla meni.
Oshiq bo‘lib, ishon, shunchalar
Sevmagandim hech qachon seni.
Ajab, ortiq sarmastman bukun,
Ko‘kragimga siqquday olam.
Bu kun lim-lim to‘lmish lolagun
Ishq mayiga ko‘ngil piyolam.
Kel, yulduzlar to‘shalgan yo‘ldan
Yetaklasin bizni muhabbat.
Gʻamlaringni chiqar ko‘ngildan,
Shod kunlarni eslaylik faqat.
Sayr etaylik, kel, birga, erkam,
Rozi ketsin bizdan umrbod —
Shodlik uchun yaralgan olam,
Sevmoq uchun berilgan hayot.
1961 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Oy fonusin ko‘tardi osmon,
Yulduzchalar bo‘ldi parvona.
Sayr etaylik, kel, birga, jonon,
Ko‘nglim seni istar yagona.
Qo‘llarimdan tut o‘zing, dilbar,
Oydin yo‘lga yetakla meni.
Oshiq bo‘lib, ishon, shunchalar
Sevmagandim hech qachon seni.
Ajab, ortiq sarmastman bukun,
Ko‘kragimga siqquday olam.
Bu kun lim-lim to‘lmish lolagun
Ishq mayiga ko‘ngil piyolam.
Kel, yulduzlar to‘shalgan yo‘ldan
Yetaklasin bizni muhabbat.
Gʻamlaringni chiqar ko‘ngildan,
Shod kunlarni eslaylik faqat.
Sayr etaylik, kel, birga, erkam,
Rozi ketsin bizdan umrbod —
Shodlik uchun yaralgan olam,
Sevmoq uchun berilgan hayot.
1961 yil
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ
Forwarded from Erkin Vohidov
SHOIR UMRI ✍
{Parodiya},,Mana,men Lermontov yoshiga yetdim,
Bir shoir yoshini yashadim chindan.
She'riyat ko‘kida tik parvoz etdim,
Parvozim balanddir uchqur lochindan."
Sayyor.
,,Mana,men Lermontov yoshiga yetdim,
Bir shoir yoshini yashadim chindan".
Qancha qog‘ozlarni boshiga yetdim
Va lekin Lermontov chiqmadi mendan.
Do‘stlarim,ortiqcha kamtarlik Nega,
Kelajak o‘n yilni ko‘rdim oldindan.
Vaqt kelar, yetarman Pushkin yoshiga,
O‘shanda... Pushkin ham chiqmaydi mendan.😉
1961 yil
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7rwD9mvqM3Xkg
Forwarded from Kamoliddin Ergashev
YouTube
To quyosh sochgayki nur ... tanlovi | Kamoliddin Ergashev | Erkin Vohidov tavalludining 87 yilligi
Video sizga ma'qul kelgan bo'lsa, #like va #podpiska bosib bizni qo'llab quvvatlang! Ushbu kanal Marg'ilon shahrida joylashgan ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI rasmiy youtube kanalidir. Kanalda o'quvchilar va ustozlar ijodi, reportaj va intervyular, tadbirlardan…
Forwarded from Qambaraliyeva Kamola
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil archasi
Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.
Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.
Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!
Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.
✍ Erkin Vohidov
🎙 Kamola Qambaraliyeva
Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.
Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.
Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!
Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.
✍ Erkin Vohidov
🎙 Kamola Qambaraliyeva