UChI TUGUK DASTRO‘MOL
Qo‘shnim ishga ketayotir saharlab,
Bir qo‘lida uchi tuguk dastro‘mol.
Yo rektorga aytmoqchidir muhim gap,
Kechqurunga go‘sht kerakdir ehtimol.
Kim biladi, balki zarur kiritmoq
Ilmiy kengash qaroriga yangi band,
Yo do‘stiga qilmoqchidir qo‘ng‘iroq, Olmoqchidir bolalarga xo‘rozqand.
Balki... yana boshqa ming bir xil sabab,
Unutmasin deb parishon bu xayol,
Qo‘shnim ishga ketayotir saharlab,
Bir qo‘lida uchi tuguk dastro‘mol.
Shoshma, do‘stim, barcha ishing bitadi,
Bitmas ish yo‘q, oshiqmasin yuraging.
Inson umri axir yeldek o‘tadi,
Bosh ko‘tarib atrofingga karagin.
Qara, bahor sep yozibdi olamga, Qara, g‘uncha gul shoxini egibdi. Yasanishni unutmay deb bayramga,
Balki u ham ro‘molchasin tugibdi.
Bu dunyoda kim betashvish, kim beg‘am,
Har insonning bir boshida ming xayol.
O‘ylab ko‘rsam, miyamizning o‘zi ham
O‘n to‘rt milliard uchi tuguk dastro‘mol,
Odam yashar zamon yukin orqalab,
Serg‘alvaroq kechasidan buguni.
Orom bermas ko‘kragida betinch qalb Bamisoli dastro‘molning tuguni.
Shoshma, do‘stim, barcha ishing bitadi,
Muhim gap ham, qo‘ng‘iroq ham, xo‘rozqand.
Ammo seni ertangi kun kutadi,
Erta yana dastro‘molning uchi band.
Bugungidek yana sahar turasan,
Ajratasan keraklarning keragin...
Sochlaringda bir tola oq ko‘rasan
Birinchi bor sanchganida yuraging.
Takdir deylar, bilmam nadir taqdiring,
Balki oltmish, balki yuzga kirgan chol...
Boshing uzra unsiz yig‘lar kampiring,
Bir qo‘lida uchi tuguk dastro‘mol.
Hayot asta so‘nar ekan ko‘zingda,
Yurak sendan hisob so‘rar o‘sha kun.
Bo‘lganmi hech ixtiyoring o‘zingda,
Biror soat yashadingmi betugun?
O‘yla, do‘stim, kelmay turib o‘sha dam,
Isrof qilma yosh yurakning kuchini.
Mana bu gap hech chiqmasin yodingdan,
Tugib qo‘ygin dastro‘molning uchini.
1966
Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoiri.
Kanalimiz @Erkin_Vohidov_sherlari
https://t.me/joinchat/AAAAAFVNJ7p2zWOg90JOfQ

* * *
Endi qaytmam uyimga,
Men elkezar devona.
Ko‘z tikibdir yo‘limga
Ko‘m-ko‘k o‘tloq yagona.
Unda meni sog‘ingan
Faqatgina qichitqon,
Boshi quyi solingan
Chuchmo‘mai nafarmon.
Oy tepamda yuksakdir,
Shapka otsam yetmaydi.
Qo‘shiq asli yurakdir,
Tug‘iladi — yitmaydi.
Uyga umr so‘ngida
Biz qaytamiz turfahol.
Vujud titroq qo‘ynida,
Yarim murda, yarim shol.
Sening uchun, ey odam,
Ko‘hna maqol aytadi:
"O‘lar chog‘i itlar ham
O‘z uyiga qaytadi".
Men qaytaman uyimga,
O‘tkinchi bir devona...
Kechalar ko‘l bo‘yida
Yig‘lar o‘tloq yagona.

Erkin Vohidov - "Ruhlar isyoni"
Bu dunyoning
Quvonchi kam,
Dardu gʻami — ziyoda,
Ammo gʻamdan qochmoqning ham
Tadbiri koʻp dunyoda.
Kimning dildosh
Bor ulfati,
Dardin unga toʻkadi.
Yolgʻizlarning bor kulfati
Dil tubiga choʻkadi.
Kim najotni sokin tunning
Uyqusidan soʻraydi.
Kim ramini
Nikotinning —
Tutuniga oʻraydi.
Dil zahmiga malham topar
Kim habib,
Kim tabibdan.
Kim qochmoqqa aylar safar
Gʻam atalgan raqibdan.
Gar bularning
Yoʻq imkoni,
Soʻnggi chora etmoq bor.
Kulfat toʻla bu dunyoni
Shartta tashlab ketmoq bor.
Lek olamda bir dard borki,
Unga sira najot yoʻq.
Bu azobga kim duchorki,
Unga kun yoʻq,
Hayot yoʻq.
Bu mashaqqat
Ichgan bilan
Dil tubiga choʻkmaydi.
Uni hech kim yuragidan
Hech kimsaga
Toʻkmaydi.
Xalos etmas bitta arqon,
Nuqta qoʻymas
Bitta oʻq.
Chidamoqqa yoʻqdir imkon,
Qochmoqqa ham
Chora yoʻq.
U jon bilan ketsa dildan,
Sukut qolsa yuraqda,
Odamzodning
Ruhi bilan
Yashayberar falakda.
Bu – shoirning dilin ezgan
Istibdodning dardidir.
Yurakdan qon boʻlib sizgan
Isteʼdodning dardidir.
Toʻlgʻorida bu alamning
Tanho ingroq — xonish bor.
Abadiyat
Jaxannamning
Otashida yonish bor.

TAAJJUB
Bolalar onasining uxlatishidan cho‘chib,
Kechqurun uyga kelmay qochib yurgani kabi,
Ertalab turolmasdan shirin uyqudan kechib,
Ko‘rpasini boshiga tortib turgani kabi,
Yozning issiq kunida anhor bo‘yida turib,
Tusholmagan kabi biz muzdek suvga daf’atan,
So‘ng esa oromijon suvning rohatin ko‘rib,
Qaytib chiqishni sira istamagandek badan,
Odamzod ham yo‘qlikdan borliqqa kelish chog‘i
Chinqirib bu dunyoni ko‘taradi boshiga.
Lekin dahshat tuyular o‘z asliga qaytmog‘i,
Faryod chekar olamni ko‘mgudek ko‘z yoshiga.
1977 yil

Shoir hayoti va ijodiga bir nazar
Taniqli o'zbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tug'ilgan. To'qqiz yoshida otasidan, bir yildan so'ng onasidan ajralgan. Toshkentlik tog'asi Karimboy Sohiboev qo'lida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi O'zMU)ning o'zbek filologiyasi fakultetida (1955-1960) tahsil olgan. So'ng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali 'Yoshlik'ning asoschisi (1982).
U I va II chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hozir qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Keyingi yillarda O'zbekiston Oliy majlisining qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Uning birinchi kitobi 'Tong nafasi' 1961 yilda chop etildi. Shundan so'ng uning 'Qo'shiqlarim sizga' (1962), 'Yurak va aql' (1963), 'Mening yulduzim' (1964), 'Nido' (1964), 'Lirika' (1965), 'Palatkada yozilgan doston' (1966), 'Yoshlik devoni'(1969), 'Charog'bon' (1970), 'Quyosh maskani' (1972), 'Tirik sayyoralar' (1978), 'Sharqiy qirg'oq' (1981), 'Kelajakka maktub' (1983), 'Muhabbat' (1984), 'Hozirgi yoshlar' (1986), 'Iztirob' (1991), 'Yaxshidir achchiq haqiqat' (1992) kabi she'riy to'plamlari nashr qilindi. 'Nido' (1964), 'Palatkada yozilgan doston' (1966), 'Charog'bon' (1970), 'Ruhlar isyoni' (1980), 'Ko'hinur' (1982) kabi dostonlar yozgan.
'Oltin devor', 'Istambul fojeasi', 'Ikkinchi tumor' kabi dramalar muallifi. S. Esenin, A. Tvardovskiy, M. Iqbol, G. Emin she'rlarini, Gyotening 'Faust', R. Hamzatovning 'Dog'istonim' asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. 1999 yilda O'zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo'ldi.
Erkin Vohidov menga oq yo'l tilagan inson va ustoz sifatida azizdir.Uztozning oq yo'li bilan 1976 yilda o'sha davrning eng obro'li jurnali 'Guliston'da ilk she'riy turkumum bosilgan edi.

MANZARA
Qora qushlar qo‘narlar
Majnuntolning shoxiga.
Boshin suvga egarlar
Boqmay sira ohiga.
Rahmi kelib bulutning,
Yig‘lab to‘kar yoshini.
Qushlar kochar, majnuntol
Ko‘taradi boshini.
Bulutning orasidan
Quyosh kulib karaydi.
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi.
1952

Men jilg‘aman,
Daryo bo‘lib to‘lgim keladi.
Ona yurtim,
Senga o‘g‘lon bo‘lgim keladi.
Bugun senga
Faqatgina she’r bag‘ishladim.
Kerak bo‘lsa,
Jonni fido qilgim keladi.
1953

TONG LAVHASI
Ufqlarga qo‘yib guldasta,
Tog‘ ortidan ko‘tardi-da bosh,
Pastga boqdi cho‘qqidan asta
Oltin qalam tutgan bir naqqosh.
Har nuqtaga sayqal berib u,
Vodiy uzra chizdi zar lavha.
So‘ng quyosh deb imzo chekdi-yu,
Tongotar deb qo‘ydi sarlavha.
1956

TOGʻ BILAN SUHBAT
Deyman: Bulutlarga chulg‘angan, oppok
Tumanli boshingga quyosh to‘kar nur.
Kimsanki, qarshimda yuksalib mag‘rur,
Uzoq-uzoqlarga boqasan, o‘rtok?
Aks-sado der: — Tog‘!..
Deyman: Gʻorlaringga ko‘yganman qadam,
Ulkan qoyalaring kuchib o‘tganman.
Ustingdan necha bor uchib o‘tganman.
Kimmanki, shunchalar yuksak irodam?
Aks-sado: — Odam!..
Deyman: Quvonchingga tor kelur jahon,
Tongdan boshlanarkan bag‘ringda gurung.
Nimadir shunchalar faxring, g‘ururing,
Ayt, nelar qilibdi qo‘yningda makon?
Aks-sado der: — Kon...
Deyman: Fanlar sari shaxdam yo‘l oldim,
Porloq istiqbolim ko‘z tutar menga.
Ishon, bir kun yana kelaman senga.
Ammo kim bo‘lib — shu fikru xayolim.
Aks-sado: — Olim...
Tilagim shu, o‘rtoq, haqlisan butkul,
Ilmlar tog‘i bor qarshimda hali,
Javohirlar to‘la bag‘ring ochgali
Quchog‘ingga yana kelaman, kutgil!
Aks-sado der: — Kel!

KIChIK OY SO‘ZI
Birinchi sun’iy Yer yo‘ldoshi atmosferaning quyuq qatlamlarida yonib
ketdi..
Mayli, umrim abadiy emas,
Mayli, yashay faqat bir nafas,
Lekin meni oyga qilib teng,
Shu’lalardan yasab koshona,
Quyosh sari uzatgan xalqning
Boshi uzra bo‘lay parvona.
Mayli, so‘ng o‘t chirmashsin tanga,
Mayli, meni quchsin alanga.
Faqat bo‘lib Dankoning qalbi,
Fazolardan nur sochay fanga.
Ona-Vatan! Bir o‘g‘ling kabi
Fido etay jonimni sanga!
1957

Qaro qoshing,
qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlimga qasd qayrab —
Qilich qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan.
Qarab qo‘ygil qiyo,
Qalbimni kizdirsin quyoshing, qiz
1957 yil

EKSKAVATOR
Dasht qo‘yniga kirdi-yu
Ilk bora na’ra soldi.
Tashna yer bag‘ridan u
Siqimlab tuproq oldi.
Boshi uzra ko‘tardi
Tutib po‘lat kaftida...
Tuproq najot kutardi
Yonib quyosh taftida...
Hayojoni ortdi-yu
Titrab ketdi qo‘llari.
So‘ng bir na’ra tortdi-yu
Yurib ketdi ilgari...
1958

Gohi poyezd, goh ot bilan,
Gohi kezdim piyoda.
Men o‘tgan yo‘l meridian —
Chizig‘idan ziyoda.
Ko‘p manzillar ko‘zlaganman,
Ko‘p dovonlar oshganman.
Kimlarnidir izlaganman,
Qaylargadir shoshganman.
So‘qmoklarda tuproq kechdim,
Bosdim tog‘lar toshini...
Qancha-qancha yo‘llar kezdim —
Topgunimcha to seni.
1958 yil

MAJNUNTOL
— Qubbon sohilida qomating bukib,
Oltin barglaringni ko‘l uzra to‘kib,
Nimalar haqida surasan xayol,
So‘yla, majnuntol?
Yo tongda bir go‘zal chiqdimi suvga,
Nigohing tushdimi ko‘zi ohuga?
Seni band etdimi labidagi xol,
So‘yla, majnuntol?
Ko‘l uzra oqqushlar parvoz etdimi
Va yo o‘ylaringni olib ketdimi
Sochlaringni silab o‘tganda shamol,
So‘yla, majnuntol?
Tunda oy aksini ko‘rdingmi suvda,
Balki kutmoqdasan uni behuda,
Yo‘ksa nega ma’yus ko‘rinding, ne hol,
So‘yla, majnuntol?
— Yo‘q, fikrim band etgan oqqushlar emas,
Sabo yo parivash bokishlar emas.
Na suv ko‘zgusida ko‘ringan hilol,
Na chehrasi ol!
Xayolim boisi boshqadir butun,
O‘tmishning bu g‘amli qissasi uzun.
So‘rading, so‘ylayin, mayli, quloq sol,
Qalbga tugib ol!
«...Jondan sevar edi bir-birin ular,
Qalbda to‘liq edi shirin orzular.
Yigit o‘ktam edi, qiz — sohibjamol,
Xulkda barkamol.
Ular shu bog‘larda o‘ynab-kulardi,
Og‘ushim ularga maskan bo‘lardi,
Bunda o‘tkazardi oshiqlar visol —
Damlarin xushhol.
Anov chamanlarda gul terardilar,
Anov tosh ustida o‘ltirardilar.
Ikki qalb go‘yo qo‘sh kabutar misol,
Tillarida bol...
Ammo ushalmadi shirin orzular...
Bir kecha so‘nggi bor uchrashdi ular.
Oh, sevgi gulshani etildi poymol,
So‘zlamok mahol...
Hamon yodimdadir u g‘amli ko‘zlar,
Shu oqshom aytilgan alamli so‘zlar:
«Ota...», «boylik...», «taqdir...»,
«nikoh...», «qari chol...»
Va «Xayr, xush qol!..»
Uzoq o‘tirdilar shu tun ikki yor,
Ayriliq shomida vafoli nigor
Yigitga qoldirdi ishqidan timsol —
Shohi dastro‘mol...
Shu bo‘ldi — ularni topmadim zinhor,
So‘radim, izladim — ko‘rmadim bir bor.
Qaydadir sevganlar, ne kechdi ahvol —
Bilmayman alhol».
Gar so‘rsam javobsiz chayqalur bu ko‘l,
Daragin keltirmas yellar ham butkul.
Bog‘da gul bosh chayqar, men bergan savol
Karshisida lol...
So‘radim, daf’atan jim qoldi bog‘lar,
So‘radim, cho‘kkanday tuyuldi tog‘lar.
So‘radim, chor atrof ma’yus, bemajol —
Ko‘rindi behol...
Jondan sevar edi bir-birin ular,
Qalbda to‘lig‘ edi shirin orzular.
Bu bir sevgi edi, ulug‘ barkamol,
Oh, ketdi uvol...
Sen bukun sohilda kezib yurganda,
Dildoring yoningda xanda urganda,
Shu kechmish hislari dil mulkin darxol
Qildilar ishg‘ol.
Fikrimni band etgan ishq qissasi bu,
Va ishq qissasining alqissasi bu —
Shu sevgi haqqi ham sendagi iqbol
Topmasin zavol!

QUBBON KO‘LIGA
Sado deydi: Sochlarin yoyib,
Nechun quyosh kezar parishon?
Tong chiqar-u kech bo‘lar g‘oyib.
Ne izlab u kezadi jahon?
Aks-sado der: Bunda bir zamon
Yo‘qotmish u oyinasini...
Bexabarsan, ey ko‘li Qubbon,
Quyosh hamon izlaydi seni.

BULOQ
Buloq ona-Yer siynasidan
She’r singari qaynab oqadi.
Suvning kumush oyinasidan
Mehrim bo‘lib quyosh boqadi.
To‘yib ichdim, suv bilan go‘yo
Dilga singdi yurt muhabbati.
Tashnaligim qondi-yu, ammo
Yana ortdi qalb harorati.

Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Ko‘zlar visol orzusida charaqlab...
— Bolam, choying sovib koldi, — der onang,
O‘ltirasan uyda kitob varaqlab.
Hali sevgi deb atalgan bastakor
Yuragingda torlar chertib o‘tmagan,
Hali hech kim gullar tutib navbahor
Seni visol bog‘larida kutmagan.
Kechalaring osudadir, bir odam —
Yodi bilan band bo‘lmagan o‘ylaring...
«Yosh Verter»ni o‘kib bir kun meni ham —
Sevarmikin kimdir deya o‘ylading.
Gʻoyibona yo‘llaringga intizor,
Allakimning kutishini bilmaysan.
Derazangni chertib senga ilk bahor,
Bir dasta gul tutishini bilmaysan.
Sen ham uni, u ham seni ko‘rmagan,
Qayerdadir yashar lekin dunyoda.
Bog‘lar kezib hech gulga yuz burmagan,
U sen uchun har kimdan ham ziyoda...
Uchrashuvga oshiqadi dugonang,
Qalb orzikib, yor oldiga chopadi...
Qayerdadir seni izlar parvonang,
U albatta seni izlab topadi.
1959 yil

PO‘LAT
U dastavval oybolta bo‘ldi,
So‘ng zambarak bo‘lib quyildi.
Qilich ham u,
miltiq
va nagan,
U bomba ham bo‘lib portlagan.
Lekin olgan jahonni faqat
Pero bo‘lib quyilgach po‘lat.

YO‘LLAR
Yillar osha bir yosh o‘sarman,
Yo‘llar osha bir bosh o‘sarman.
Men sayr etgan gul vodiylarda
Chechaklarga yondosh o‘sarman.
Bog‘lar o‘tgan, qir oshgan yo‘llar,
Ufqlarga tutashgan yo‘llar,
Jimir-jimir nuqralar taqib,
Nur emibsiz quyoshdan, yo‘llar.
Sayr odatim qo‘yarmidim men,
O‘lkam kezib to‘yarmidim men,
Kezmay turib, sayr etmay turib
Uni shuncha suyarmidim men!