Ingliz tili 0 dan
653 subscribers
142 photos
128 videos
117 files
162 links
Ingliz tilini "0"dan o'rganuvchilar uchun kerakli bo'lgan barcha materiallar va ular bilan shug'ullanish tartibi shu yerda!

Perfluence

⤴️⤴️⤴️
Download Telegram
📚 Grammar today

📂 Olmoshlar

Ko'rsatish olmoshlari

Ingliz tilida 4 ta ko'rsatish olmoshlari mavjud.
This, that, these, those.

Birlik ko'plik

This - bu these - bular
That - u those - ular

This - yaqinda turgan bitta kishi yoki narsani ko'rsatish uchun ishlatiladi. Misol uchun:

This is a book - bu kitob

That - uzoqda turgan bitta kishi yoki narsani ko'rsatish uchun ishlatiladi. Misol uchun:

That is a book - u (anavi) kitob

These - yaqindagi ikki va undan ortiq kishi va narsalarni ko'rsatish uchun ishlatiladi. Misol uchun:

These are my books - bular mening kitoblarim

Those - uzoqdagi ikki va undan ortiq kishi va narsalarni ko'rsatish uchun ishlatiladi. Misol uchun:

Those are my books - ular (anavilar) mening kitoblarim

This, that ko'rsatish olmoshlaridan so'ng har doim "is" to be fe'li ishlatiladi. Biror nimani ko'rsatish uchun "this is", "that is" deb aytasiz.

These, those ko'rsatish olmoshlaridan so'ng har doim "are" to be fe'li qo'llaniladi. Gapni "these are", "those are" deb boshlaysiz.

@English_from_0
Weather - ob-havo
Cloudy - bulutli
Clear - musaffo
Hazy - ochiq emas, tumanli (yomg'ir yog'ishidan oldingi holat)
Foggy - tumanli
Smoggy - chang, tutunli
Windy - shamolli
Humid - nam