O‘ZENERGOINSPEKSIYA
2.33K subscribers
4.19K photos
597 videos
10 files
3.12K links
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy kanali

📞Ishonch tel.: 71 200 02 86
📧 evuzenergoinspeksiya@umail.uz

🌐 Veb-sayt: gov.uz/oz/uzenergoinspeksiya

Manzil: Yashnobod tumani, Istiqbol 21-uy
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
Nazorat tahlili: Nurafshon shahrida sotilayotgan AI-92 markali avtobenzin davlat standarti talablariga to‘la javob beradi

2023-yil 15-dekabr kuni soat 21:30 lar atrofida ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan “UNG Petro” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “To‘ytepa” nomli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzin bo‘yicha e’tirozli videolavha tarqaldi.

Ushbu murojaatdan xabar topgan va aynan o‘sha vaqtda boshqa bir hududda o‘rganish olib borayotgan Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i I.Nimatullaev hamda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi B.Sidikov holatni to‘g‘ri va xolisona baholash uchun voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi.

J.To‘laganov hamda Q.Do‘sovga qo‘ng‘iroq qilinib, ularning ishtirokida “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan benzindan tahlil uchun namunalar olinishi aytilganida, ular bu taklifni rad etishdi.

Shundan so‘ng xolislar va guvohlar ishtirokida bloger “AI-80 quyilyapti”, deb taxmin qilgan AI-92-rusumli hamda AI-80 rusumli avtobenzindan o‘rnatilgan tartibda sifat tahlili uchun namunalar olindi.

Olingan namunalar “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasida sifat tahlilidan o‘tkazildi.

Laboratoriya tahlili bloger “AI-80 rusumidagi benzin”, deb gumon qilgan benzindagi oktan soni 92,3 ekanligini ko‘rsatdi. Bu miqdor AI-92 rusumidagi benzin uchun xosdir.

“O‘zbekneftgaz” AJ mazkur voqeani shunday qoldirmaydi va ijtimoiy tarmoq orqali yolg‘on ma’lumot tarqatib, odamlarni chalg‘itgan, nohaq ayblov orqali kompaniya imidjiga hamda AYQShlarda mehnat qilayotgan xodimlar sha’ni va ishchanlik obro‘siga putur yetkazgan blogerga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini so‘rab huquqni muhofaza etuvchi organlarga murojaat qilishini bildiradi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida tizimga 9 mlrd 852 mln soʻmlikdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyatiga chek qo‘yildi

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari ishtirokida Samarqand viloyatida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida Samarqand shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “G.B.M.” MCHJ (mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo u yerda yashirincha mayning faoliyati bilan shug‘ullangan) 47 dona mayning qurilmasiga ega mayning fermasi faoliyatini tashkil etganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu MChJ tomonidan davlat manfaatlariga 9 mlrd 852 mln soʻmlikdan ziyod qo‘shimcha zarar undirishga qaratildi.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Xizmatni ko‘rsatish tartibi:

Ariza beruvchilar loyihalarni kelishish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YAIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

So‘rovnoma to‘ldirilib, vakolatli organ – Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boshqarmalariga elektron tarzda yuboriladi.

Vakolatli organ so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 16 ish kuni mobaynida QR-kod qo‘yilgan xulosani rasmiylashtiradi hamda Davlat xizmatlari markazlariga yoki ariza beruvchilarga YAIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

Mazkur tartib quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

🚫 aholi yashash mavzelari, dahalari va yopiq obyektlarning ichki hududlaridagi obyektlar;

🚫 qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan dalalar, ekin maydonlarining ichki hududlaridagi obyektlar;

🚫 yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘lning qatnov qismida erkin harakatlanishiga xalaqit qilmaydigan qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari olib boriladigan har qanday obyektlar.

Xizmat narxi: BHMning 30 foizi miqdorida.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

AOKAda o‘tkazilgan brifingda 17-dekabr kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#Bilasizmi

Mayning faoliyati bilan shug‘ullanish qonunchilik bilan tartibga solingan

Adliya vazirligi tomonidan “Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

📄 Ushbu nizom bilan mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangan.

📝 Bunda talabgor (mayning bilan shug‘ullanish maqsadida ruxsatnoma olish uchun murojaat qiluvchi yuridik shaxs) ruxsatnoma olish uchun axborot tizimiga Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirib, arizani elektron ravishda to‘ldiradi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) tomonidan ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza va belgilangan ma’lumotlar hamda hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan e’tiboran 20 kun ichida qabul qilinadi.

Arizani ko‘rib chiqish hamda ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun yig‘im undirilmaydi. Ruxsatnoma 5 yil muddatga beriladi.

📋 Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida QR-kod qo‘yilgan holda elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi.

Mayning faoliyati faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Maynerlar iste’mol qilingan elektr energiyasini hisobga olish uskunasini o‘rnatib, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yagona elektr energetika tizimiga ulanishi mumkin.

⚡️ Ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

⚡️ Shuningdek, elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish o‘g‘rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tahlil

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari boʻyicha sifat nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

Bu haqda “Renessans” telekanali orqali efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_energiya

Tomdi tumanidagi dastlabki shamol turbinalari test tariqasida generatsiya qilyapti


Ma’lumot o‘rnida: Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatiladi. Mazkur elektr stansiyaning ilk quvvatlari joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo‘lib hisoblanadi.

😄 Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 540 mln kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-qism
473-moddasida ISTEʼMOLCHIlarning quyidagi majburiyatlari belgilangan:

energetika tarmoqlaridan foydalanilayotgan uskunalarning zarur texnikaviy holati va xavfsizligini taʼminlashi;

elektr energiyasidan foydalanishning belgilangan tartibiga amal qilishi;

avariyalar, yong‘inlar, elektr energiyani o‘lchash asboblaridagi nosozliklar va energiyadan foydalanish paytida kelib chiqadigan boshqa buzilishlar to‘g‘risida elektr energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga darhol xabar berishi lozim.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi

—————————

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии вручения высокой Международной премии по борьбе с коррупцией

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#sarhisob

Dekabr oyining 15 kunida ayrim isteʼmolchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishlari natijasida davlat manfaatlariga 73 mlrd 274 mln soʻmlik zarar yetkazilgan


Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” DXX, Bosh prokuratura, elektr va gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda dekabr oyining 15 kunida oʻtkazgan nazorat tadbirlarida 411 nafar isteʼmolchining tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi natijasida davlat manfaatlariga jami 73 mlrd 274 mln soʻmlik zarar keltirilganligini aniqladi.

Misol uchun, Toshkent viloyatida 20 ta holatda tizimga 25 mlrd 293 mln soʻmlik, Toshkent shahrida 30 ta holatda tizimga 11 mlrd 308 mln soʻmlikdan ziyod va Fargʻona viloyatida 52 ta holatda tizimga 7 mlrd soʻmlikdan ziyod energoresurslar talon-toroj qilingan.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Ushbu resurslarga talab ortgan paytda ham ulardan ayrim “tadbirkor”larning noqonuniy va oʻgʻrincha foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslar taʼminoti barqarorligiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Hurmatli tadbirkorlik subyektlari, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud hisobga olish asboblariga tashqaridan aralashish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini unutmang!

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
#Eslatma!

Elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:

⚡️ mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Расточительное расходование электрической энергии влечет за собой ответственность

Расточительное расходование электрической и тепловой энергии, то есть систематическая, без производственной необходимости недогрузка или использование на холостом ходу электродвигателей, электропечей и другого электро- и теплооборудования, бесхозяйственное использование электрической энергии для освещения:

⚡️ влечет наложение штрафа на должностных лиц от 5 до 15 БРВ.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 10 ming 369 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi

Joriy yilning shu vaqtiga qadar Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan isteʼmolchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 10 ming 369 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 7 ming 364 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tegishli 3 ming 47 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari kelishilib, shundan 659 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.

Shuni yodda tutingki, texnik shartlarsiz elektr taʼminotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Texnik shartlarning bajarilishi barcha isteʼmolchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

Andijonda gaz quvuriga noqonuniy ulanib olganlar fosh etildi

—————————

В Андижане разоблачены потребители, незаконно подключенные к газопроводу

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Farg‘ona viloyatidagi yoqilg‘i quyish shaxobchalarida neft mahsulotlari sifati yuzasidan nazorat tadbirlari otkazilmoqda

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat departamenti hamkorligida neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish boʻyicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahri va Yozyovon tumanida olib borilgan sifat nazorati tadbirlarida 5 ta xususiy avtomobillarga yoqilgi quyish shaxobchasining zahirasidagi 19 ming 582 litr bo‘lgan AI-80 markali avtobenzindan olingan namunalar Markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra davlat standarti talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan mahsulot sifatini tiklash boyicha ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tahlil

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari boʻyicha sifat nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

Bu haqda “Mening yurtim” telekanali orqali efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy va yuridik shaxslar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”ga elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish bo‘yicha yuzaga kelgan savol, taklif va shikoyat qilish uchun Telegram ilovasida 📝 @energoInspeksiya_bot va

☎️ (71) 200-02-86 raqamli “Ishonch telefoni” orqali o‘z murojaatlaringizni qoldirishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

———————————

Вниманию физических и юридических лиц!

“Узэнергоинспекция” при Министерстве энергетики Республики Узбекистан сообщает, что при возникновении вопросов, предложений и жалоб на предмет использования электрической энергии и природного газа, вы можете оставить свое обращение по "Телефону доверия"
☎️ (71) 200-02-86 а так же по Telegram боту
📝 @energoInspeksiya_bot

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
“O‘zi nima gap?” teleloyihasining birinchi sonida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

👉Suhbatni YouTube’da ko‘rish

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter
Elektr tarmoqlari obyektlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilgan 9 ming 57 ta obyekt aniqlandi

Joriy yilning shu davriga qadar Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr tarmoq xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilgan 9 ming 57 ta obyekt aniqladi.

Taʼkidlash kerakki, ushbu muhofaza maydonlari hududida qurilgan obyektlar eng avvalo insonlar uchun xavfli boʻlib, bunday qurilishlar tegishli maxsus ruxsatnomalar orqali amalga oshiriladi.

Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi elektr uzatish tarmoqlari hududida 8 ming 357 ta, ”Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi elektr uzatish tarmoqlari hududida esa 700 ta obyekt aniqlanib, belgilangan talablar boʻyicha dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, aniqlangan 7 ming 636 ta obyekt boʻyicha mahalliy hokimliklar va sudlarga hujjatlar taqdim etilgan boʻlib, ushbu noqonuniy qurilishlarni xavfsiz hududlarga koʻchirish yuzasidan ish olib borilmoqda. Ayni vaqtgacha 91 ta obyekt xavfsiz hududlarga koʻchirildi.

Eslatib oʻtamiz, muhofaza zonasi – elektr uzatish tarmogʻi boʻylab chetki simlaridan har ikkala tomonga vertikal tekislik bilan chegaralangan yer maydoni va havo boʻshligʻidan iborat maydon. Mazkur hududda uy, bino, issiqxona va hokazolar qurish, har qanday qurilish ishlarini olib borish qatʼiyan taqiqlanadi.

Quyidagi havolaga oʻtib, elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining belgilangan normalarga asosan muhofaza zonalari haqida maʼlumot olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | YouTube | Twitter