Emogramm
178 subscribers
297 photos
84 videos
2 files
98 links
• Raupov Akbar
• EmoKReeD
• AkRa's life presents..
Download Telegram
50ta reaksiya yig'sa, 2-qismini olamiz

👀 Ko'proq cast va ssenariy bilan
🔥14⚡2❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'lja - qisqa metrajli film

• Ikki qahramon sirli sumkaga ko'z olaytirishadi. Ammo bu buyumni olib qochish oson bo'lishiga hech kim kafolat bermagan...

• Xullas, navbatdagi ijodchamiz, ko'ring, zavqlaning, izohlarda fikringizni qoldiring.

• Agar 100 ta reaksiya yig'sa qismlarni uzviy bog'laymiz 😂

• 720p #kontentcha
1❤36🔥21😁15👏4🆒4❤‍🔥3😱2👍1🙈1💅1
Kimdir ssenarist, operator, rejissor va montajorni ham maqtasin e😂
❤9🤣8
Forwarded from AI | DigiTech
⚡️AQSh universitetlarida og‘zaki imtihonlarga qaytishmoqda: sun’iy intellekt tufayli talabalar mustaqil fikrlamay qo‘yishdi.

Talabalar neyrotarmoqlar yordamida esse yozishni puxta o‘rganib olishdi, mustaqil fikrlashni esa yoddan chiqarishdi. Amerikalik professorlar shunday xulosaga kelib, endilikda yozma ishlardan voz kechib, eski an’ana — yuzma-yuz suhbatlashish usuliga qaytmoqdalar.

Talabalar benuqson yozilgan matnlarni topshirishadi-yu, ammo materialni tushuntirib berish so‘ralganda, ikki og‘iz so‘zni bir-biriga bog‘lay olishmayapti. O‘qituvchilar bundan havotirda: yoshlar kognitiv ko‘nikmalar va tanqidiy fikrlash qobiliyatini yo‘qotmoqda.


Universitetlar (jumladan, Kornell va Nyu-York universiteti) og‘zaki imtihonlarni joriy etmoqda. Uning shakllari turlicha: 4 daqiqalik blits-so‘rovlardan tortib, yarim soatlik suhbatlargacha.

📟 DigiTech
👍3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
To'qnashuv - o'ta qisqa videorolik

• Bu safar metrajli film deb nomlamadik. Sababini ko'rgach, bilasizlar)
1🤣24😁3🔥2❤1🙈1
Moliyaviy dengizdagi akulaning sarguzashtlari

• Teodor Drayzer oldida bosh kiyimni yechsa arziydigan mualliflardan biri. Atigi bitta romanini o'qigan bo'lsam-da, allaqachon u XIX asr siyosati, iqtisodiyoti, madaniyati va o'lmas tabiat qonunlarini yuqori ustokorona yorita olishiga guvoh bo'ldim.

• Istak trilogiyasining birinchi qismi, "Sarmoyador" asarida iqtisodchilar orasida anchagina tanish bo'lgan millioner Charlz Yerksning badiiy timsoli bo'lgan Frenk Kapervudning ushbu dengizga qanday kirib kelishi, jamiyatdagi qiyinchiliklarga bardosh berishi, o'zining moliyaviy hukmdorlikka intilishlarini ko'ramiz.

• Frenk Kapervud - haqiqiy nahang, u yirtqich hayvon. O'zining xohish-ehtiroslarini birinchi o'ringa qo'yib, tabiat qonunlarini o'ziga qurol qilib oladi. Qahramon o'tda yonmas. U o'zidan olov chiqaradigan Feniks. U mustahkam poydevor. U qo'zg'atib bo'lmas ulkan g'isht. Haqiqiy iroda, jur'at va qaytaraman, u ego timsolidir.

• Asar iqtisodga qiziqishni oshiradi. O'qishni tavsiya etaman.

#books 698bet
🔥4❤2❤‍🔥1🕊1💯1
2yil deganda yana yugurdim, bu uchinchi 10km edi

Bizga ham ultrasi nasib qilar)
⚡11🔥6👏3❤‍🔥2❤1👍1💯1🏆1
Haqiqatda ish beradigan self improvement 3 tasi:

• Uyqudan uyg'onish uchun emas, balki yotish uchun budilnik o'rnating.
• Boshqa odamlar bilan birga bajarish mumkin bo'lgan jismoniy mashg'ulot toping va uni har kuni bajaring.
• Yeyiladigan ovqatlar ro'yxatini tuzib, 95%ini avtomatlashtiring, 5% esa zavqlanish uchun.
❤8🕊3❤‍🔥2🔥2💯1
Forwarded from 🔒 1% Premium
Stuart_Russell_20_Xulosa.pdf
67.9 KB
Sun’iy Intellekt haqida shu xulosalarni o’qib chiqishni har bir biznes egasi, oila boshlig’iga, talabalarga tavsiya qilaman. Agar kimdir to’liq ko’rishni istasa shu ma’ruza ham juda qiziq.
❤1👍1🔥1💯1
Jamiyatga aynan shunaqa bizneslar yetmayotgandi😂👌
🤣20🔥3❤‍🔥1😢1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Anime qanday qilib mashhur bo'ldi? | Madaniyat | Xuddi shunday →
👤 #Xuddi_shunday

Bugun 15-aprel, xalqaro anime day edi
❤1🔥1
Forwarded from Sarmoyador
Bank sektori rekordi: Sof foyda 5,5 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekiston tijorat banklari 2026-yilning ilk choragini 5,52 trln so‘m sof foyda bilan yakunladi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,1 trln so‘mga yoki 61,6 foizga oshganini ko‘rsatadi. Umumiy foydaning 3,7 trln so‘mi xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, davlat banklari tomonidan 1,9 trln so‘m miqdorida sof foyda qayd etildi.

Foyda miqdori bo‘yicha Ipoteka bank (846,4 mlrd so‘m), O‘zmilliybank (603,2 mlrd so‘m) va O‘zsanoatqurilishbank (550,0 mlrd so‘m) yetakchilik qilmoqda. Shu bilan birga, tizimdagi 34 ta bankdan 33 tasi chorakni foyda bilan yopgan bo‘lsa, faqatgina bitta bank (AVO Bank) manfiy natija ko‘rsatgan. Raqamli banklar segmentida Uzum bank va TBC Bank kabi tashkilotlar o‘tgan yilga nisbatan foyda hajmini qariyb 3 barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.

@sarmoyadoruz
🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qisqa metrajli roliklar uchun mavzuga idealar bormi?

• Bu safargi sarguzashtni zakovat o'yinlari bilan bog'ladik.

• Jang sahnalari kamayib, suhbatlar ko'paygani yaxshimi yoki aksi?

#kontentcha
🔥5❤1👏1
Forwarded from Qozon+
⚡️25ta Telegram premium'dan biri aynan sizniki bo'lishi mumkin!

🎉 3 oylik telegram premium obunasini yutib olish uchun, quyidagi kanallarga qo'shiling:

🟠Qozon Plus - pozitiv kayfiyatga va'da beramiz
🟠Qozon Gol - futbolga kulib qaraymiz
🟠Qozon Kino - kino sevuvchilar sahifasi
🟠Qozon Live - voqealarni jonli yoritamiz

🔥Bot 25-may kuni random orqali 25ta g'olibni aniqlaydi.

Pastdagi tugmani bosing va ishtirokchiga aylaning!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Otabek’s I/O
#startup

Juda kuchli founder va oddiy founder lar o'rtasidagi eng katta farq matematikada ekan. Google TPU, Nvidia GPU, Intel CPU yaratayotgan jamolar bilan suhbat qildim. Xulosa bitta, ular matematikada kuchli.

Misol uchun Dario Amodei (Anthropic), Ilya Sutskever (OpenAI), Sergey Brin (Google), Elon Musk (SpaceX, Tesla), Pavel Durov (Telegram), Jeff Bezos (Amazon), Mark Zuckerber (Meta), Vitalik Buterin (Ethereum), Nikolai Durov (Telegram), Piotr Dąbkowski (ElevenLabs) va h.k.z

Matematika tezkor va aniq fikrlashni o'stiradi. Istalgan eng zo'r ishlar ortida matematika bor. Bizda hali ham "matematika o'rganaymi?" degan savollar bo'lib turadi. G'ayrioddiy ishlarni qilish uchun sizga matematika kerak.

Hozirgi startup'im ham juda ko'p matematika talab qiladi. Deyarli nima o'rgansam ham hammasi borib matematikaga taqaladi. Chip levelda ish qilish, OS bilan chip gaplasha olishi uchun compiler qilish, compiler chipga yuborilgan instruksiyani qay tartibda bajarishiyu, bajarish algoritmlari. Bularni barchasiga matematika kerak va juda low-level bilmlar. Hech nima bilmayman, ammo juda ko'p o'rganayabman.

Matematika o'rganing!!!
Har yil Zominga volontyorlikka boramiz (TDIUdan +30kishi odatda)

Ro'yxatdan o'tib qo'yinglar, savollar bo'lsa gruppamiz ham bor
https://t.me/TDIUvolontyorlari

Balkim bu oxirgisi..
❤6🔥4
Forwarded from Harakat!
Ertaga soat 9-12 gacha univerda vinetkaga rasmga tushamiz kursdoshlar.
Agar kimdur mantiya kiygan versiyamda rasmga tushishni xohlasa goo))

Shunchaki sizlar bilan ham qanaqadur esdalikka tushay deyapmanda)
🔥8
Tugadi. 🫡
2❤19🐳8🔥7💔7
Velosipedda hech 10 soat vaqtingizni o'tkazganmisiz?

• Bizga hadya etilgan 5 kunlik ta'tilda sarguzasht lazzatini tatib ko'rgim keldi va oxiri kam byudjetli tanlov, bike-touringga to'xtaldim.

• Chet elda juda ham mashhurlashib borayotgan “bikepacking“ni kichkina ko'rinishi bo'lib, yurtimizda ham rivojlanib borayotganini payqab qoldim. Shu yerda savol tug'ildi, «Why not me?».

• Bahonalarga yechim izlab, yo'lga chiqdim. Velosipedni ijaraga oldim, o'zim bilan yeb-ichishga narsa olib chiqdim, eng yomon holatni ham o'ylab, "B" reja tuzib qo'ydim.

• Masofa uzoq ko'rinmasa-da, jarayonda bir qancha qiyinchiliklar kelib chiqa boshladi (sumka tushib ketishi, qiyaliklarga chiqa olmaslik, bosh kiyimsiz quyosh tig'ida bo'lish va hk.).

• Toshkentdan Chorvoqqacha bora olmagan bo'lsam ham, o'zimni yutqazgan insondek emas, balki g'olibdek his qildim. Bu kun hayotimdagi eng yaxshi kun emas, albatta, ammo davralarda bir marta bo'lsa ham faxr bilan qistirib o'tadigan ajoyib sayohat bo'ldi.

#travel
1🔥18❤10🏆4